ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Otabek | B2B insights

Otabek | B2B insights

前往频道在 Telegram

Savdo sohasida 16 yillik, B2Bda 8 yillik amaliyotchi ekspert. 500+ biznesni avtomatlashtirgan, 100+ shogird chiqargan B2B trener. Faqat amaliy insaytlar, muzokaralar va yirik bitimlar. Hamkorlik: @Otabek_Sulaymonov

显示更多
未指定国家未指定类别
227
订阅者
无数据24 小时
无数据7 天
无数据30 天

正在加载数据

相似频道
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服。
标签云
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服。
进出提及
---
---
---
---
---
---
吸引订阅者
10月 '26
十月 '26
+230
在0个频道中
日期
订阅者增长
提及
频道
17 十月0
16 十月0
15 十月+1
14 十月0
13 十月0
12 十月+2
11 十月0
10 十月0
09 十月0
频道帖子
"Xaridlar (закупшик, снабжениц) bo‘limi har doim faqat narxni o‘ylaydi. Ular sifat, servis va yetkazib berishning ahamiyatini unutishadi. ​Faqat xaridchi bilan emas, marketing, logistika va ombor bo‘limlari bilan ham gaplashing. Mahsulotingiz kompaniyaning boshqa bo‘limlariga qanday manfaat berishini aniqlang. ​Muloqotda quyidagi savollarni bering. ​• Qanday texnik yordam va yetkazib berish shartlari kerak? • Buyurtma jarayoni qanchalik moslashuvchan bo‘lishi lozim? • Qanday qo‘shimcha sharoitlar ishingizni engillashtiradi? ​Faqat xaridchiga emas, butun kompaniyaga kerak bo‘lgan narsani soting. @otabek_b2b_insights

2
"Injiq va qiyin mijozlar bo‘lmaydi. Faqat tayyorgarligi zaif sotuvchilar bo‘ladi". @otabek_b2b_insights
145
3
"Siz xaridga emotsiyalar qo‘shganingizda mijoz narxga unchalik e'tibor bermay qo‘yadi. Lyuks brendlarda xaridning 90%i emotsiyalar va faqat 10%i mantiqqa tayanadi". @otabek_b2b_insights
156
4
"Kontrakt raqobatchiga tegmasin deb mahsulotni har qanday suv tekin narxda sotish bu eng yomon yo‘l. ​Mijoz eng arzon narx berganini tanlayman deb sotuvchilarni urishtirib qo‘yganda bunday vaziyatdan darhol chiqib keting. ​Shartnomani ololmagan odam yutdimi yoki foydasiz bitim tuzgan odammi, bu hali noma'lum". @otabek_b2b_insights
165
5
"Xaridor uchun narx ikkinchi darajali bo‘lib qoladigan vaziyatlar doim bor. Masalan samolyotga kechikayotganda taksi narxi muhim bo‘lmay qoladi. ​Mahoratli sotuvchi taqdimot paytida mijozning xayolida aynan shunday muhim va zaruriy holatni yarata oladi". @otabek_b2b_insights
178
6
"Qimmat sotmoqchimisiz, unda ushbu narxni asoslab berishingiz kerak. Mijozda narx shunchaki havodan olingandek taassurot qolmasin. ​Sizning ustunligingiz va mijozga beradigan ortiqcha qiymatingiz nimada ekanini ko‘rsating. ​Mijoz aytgan narxingizni mutlaqo o‘rinli va mantiqli deb bilishi lozim". @otabek_b2b_insights
197
7
"Statistika bo‘yicha mijozlarning 5-20 %igacha qismi har doim eng qimmat taklifni tanlaydi. ​Sababi juda oddiy. Ular uchun qimmat narx sifat kafolatini bildiradi. Qimmatroq versiyani olish orqali ular o‘zlarini ancha yuqori va obro‘li his qilishadi. ​Lekin ko‘pchilik bizneslar bu imkoniyatni qo‘ldan boy beradi. Siz oddiy xizmat yonida VIP versiyani ham taklif qilmasangiz, cho‘ntagingizga kirishi kerak bo‘lgan pulni raqobatchiga topshirasiz. ​O‘zingiz so‘ramasangiz, mijoz sizga ortiqcha bir tiyin ham to‘lamaydi". @otabek_b2b_insights
208
8
"​Agar men eng zo‘r savdo menejeri bo‘lishni xohlaganimda nima qilgan bo‘lardim? Oxirgi vaqtlar directga shunaqa savollar juda koʻp kelyapti. Shu savabli umumiy qilib javob berdim. Lekin javob uzunroq boʻldi. ​1-qadam. Sotayotgan mahsulotga 100% ishonch xosil qilishim kerak. Kompaniyada albatta ishlab chiqarish, xaridlar yoki xizmat ko‘rsatish bo‘limi bor. Ular ishlayaptimi, demak o‘z mahsulotini va ishini yaxshi ko‘radi. Men ularning oldiga borib shunday degan bo‘lardim: «Yigitlar, mendan kofe, menga o‘z qimmatli vaqtingizdan 1 soat ajratib bering. Nima va qanday qilayotganimizni eng mayda tafsilotlarigacha tushunmoqchiman. Sotayotgan narsamning ashaddiy fanatiga aylanishimga yordam bering. Menga barcha nozik taraflarini ko‘rsating». Yani sotayotgan xizmat yoki mahsulot xaqiqatdan ham mijozni ogʻriqlariga yechim boʻla olashiga ishonch xosil qilishim kerak. ​2-qadam. Eng TOP xodim bilan uchrashuv. Keyin eng natijali xodimni topib, uni ham kofega taklif qilardim. Agar bunday xodim bo‘lmasa bu rahbar yoki hatto kompaniya egasi bo‘lishi mumkin. Va shunday derdim: «Men jamoada juda qadrli o‘yinchi bo‘lishni xohlayman. Ko‘p sotish bo‘yicha bilgan barcha narsangizni aytib bering. Eng muhim qilinadigan va umuman qilish mumkin bo‘lmagan narsalar nima? Qanday finkalar, muvaffaqiyatli usullar bor? Menga hammasini aytib bering, eng zo‘r shogird bo‘lishga va'da beraman». ​3-qadam. Hujum hajmi bo‘yicha birinchi bo‘lish. Keyin 1 va 2-qadamdagi bilimlarni birlashtirib, eng ko‘p hajmda ishlaydigan menejer bo‘lishga harakat qilardim. Eng ko‘p uchrashuvlar, prezentatsiyalar o‘tkazish, eng ko‘p qo‘ng‘iroq qilish va bazaga(obrabotkaga) eng ko‘p mijozni olish. Bu bosqichda vazifa amaliyotni ko‘paytirish va bilimlarni qo‘llash. Shuning o‘zidayoq hayratlanarli natijalar bo‘ladi. ​4-qadam. Yetakchilar safiga chiqish. Bu yerda natijalar va bitimlar bo‘ladi, lekin hali ulkan bo‘lmaydi. TOP bo‘lish uchun — mendan sotib olmagan BARCHA mijozlarga qayta qo‘ng‘iroq qilib, shunday derdim: « Eshmat aka, men Toshmatman, menejeringizman, esizdami? Siz o‘shanda sotib olmagandingiz. Nima sababli qo‘ng‘iroq qilyapman? Men kompaniyamda eng zo‘r menejer bo‘lishni va o‘sishni xohlayman. Buning uchun ko‘proq sotishim kerak. Lekin sizni ko‘ndira olmaganman. Menga yordam bering. Nima xato qildim? Qayerda bilimim yetmadi? Ko‘proq sotishim uchun nimani o‘zgartirishim, kuchaytirishim kerak? Maslahat bering, qanchalik ochiqcha aytsangiz — shuncha yaxshi». Agar bu mijozlarga qoʻngʻiroq qilishni xoxlamasangiz boshqa yoʻli shu mijozlar bilan boʻlgan suxbatni audio zapisini tajribali mutaxasis bilan eshitib chiqish va u mutaxasisdan feedback olish. ​Keyin barcha ma'lumotlarni tahlil qilib, qonuniyatlarni ko‘rib, xatolarimni tuzatardim va ko‘rsatkichlar bo‘yicha hammani ortda qoldirardim. Ko‘rib turganingizdek, eng zo‘r sotuvchi bo‘lish juda oddiy". @otabek_b2b_insights
2 092
9
"Tasavvur qiling: Mijoz siz bilan uchrashuvgacha 3-4 ta raqobatchingiz bilan gaplashib chiqqan. Standart sotuvchilar darhol o‘z mahsulotini maqtashni boshlaydi. ​Siz esa bunday qilmang! Buning o‘rniga ushbu savolni bering: ​"Avvalgi yetkazib beruvchilar bilan uchrashuvlarda oxirigacha yechimini topa olmagan yoki javobsiz qolgan muayyan masalalaringiz bormi?" Keyingi qadam: Mijoz raqobatchilarning zaif tomonini o‘zi aytib beradi. Siz esa o‘z taqdimotingizni aynan ushbu bo‘shliqni va muammoni yopadigan afzalliklaringiz ustiga qurasiz. ​Raqobatchilaringiz e'tiborsiz qoldirgan joyni to‘ldiring va g‘olib bo‘ling!" @otabek_b2b_insights
401
10
​"Mijozga faqat pul va vaqt tejashni emas, yashirin foydalarni ham ko‘rsating. Ular emotsiyalar va shaxsiy vaqt bilan bog‘liq bo‘ladi. ​Yashirin foydalarga misollar. ​Hayot sifatining yaxshilanishi Imidj va obro‘ning oshishi Emotsional qoniqish hamda individuallik Yangi foydali tanishuvlar va netvorking Mijozning o‘zini targ‘ib qilishi Yaqinlari va jamoasiga foyda yetkazish Shaxsiy brendi yoki kompaniyasi PR bo‘lishi ​Mijozlar ko‘pincha aynan mana shu emotsional va yashirin afzalliklar uchun ko‘proq pul to‘lashga tayyor bo‘lishadi." @otabek_b2b_insights
370
11
"​Qimmat e’tirozi hech qachon bir xil ma’noni anglatmaydi. ​Ba’zi mijozlar uchun qimmat bu boshqasi bilan solishtirganda qimmatroq degani. Boshqalar uchun qimmat shunchaki chegirma qilib bering degani. Uchinchi toifa uchun qimmat bu berilayotgan naf va foydani ko‘rmadim degani. To‘rtinchisi uchun qimmat hozir pulim yetarli bo‘lmagani uchun xaridga tayyor emasman degani. Beshinchisi uchun esa qimmat men bunday narxni kutmagandim degani. ​Shuning uchun ushbu e’tiroz bilan ishlashdan oldin, aynan ushbu mijoz «qimmat» deganda nimani nazarda tutayotganiga har doim aniqlik kiriting". @otabek_b2b_insights
343
12
Biznesda va savdoda JTBD (Jobs to be Done) degan kuchli konseptsiya bor. Bu insonlar mahsulotni shunchaki sotib olmasdan, ma'lum bir vazifani bajarish uchun uni «ishga yollaydi» degan konseptsiya. Misol: O‘t o‘radigan mashina sotib olgan kishiga texnika emas, balki qo‘shnilar havas qiladigan chiroyli hovli kerak. Har bir insonning maqsadi yaxshiroq bo‘lishdir. Mahsulot esa unga shu yo‘lda yordam berishi kerak." @otabek_b2b_insights
2 952
13
"Mijozlar mahsulotingizni emas, balki u beradigan NATIJANING emotsiyasini sotib olishadi!" @otabek_b2b_insights
454
14
"B2B savdoda passiv(lid) kutib o‘tirish bu bozor ulushini o‘z qo‘lingiz bilan boy berishdir. ​Agar siz va jamoangiz aktiv savdo (sovuq qo‘ng‘iroqlar, uchrashuvlar, proaktiv takliflar) bilan shug‘ullanmayotgan bo‘lsangiz aslida sizniki bo‘lishi va daromad keltirishi mumkin bo‘lgan mijozlarni raqobatchilaringizga shunchaki sovg‘a qilib yuboryapsiz! ​Mijoz sizni topishini kutmang, ularning yoniga o‘zingiz birinchi bo‘lib boring!" @otabek_b2b_insights
406
15
​"Oddiy bizneslar raqobatchiga qarab narx qo‘yadi va hammaga o‘xshashga urinadi. Lekin raqobatchingiz narx borasida to'g'ri qaror qabul qilgan deb kim kafolat beradi? ​Muvaffaqiyatli bizneslar esa boshqacha yo‘l tutadi. Raqobatchilardan o‘zib ketish uchun kutilmagan qadamlar kerak. ​Kutilmagan marketing, kutilmagan mahsulot va strategiya. ​Kutilmaganlik — bu sizning bosh ko‘ziringiz(jo'ker)!" @otabek_b2b_insights
377
16
"Mijoz bilan uchrashuvga borayotganda nima sotishni emas, unga qanday foyda keltirishni o‘ylang. «Sotmoqchiman» o‘rniga «Yordam bermoqchiman» yondashuvini qo‘llang. Birinchi holatda siz ko‘plab sotuvchilardan birisiz, ikkinchisida esa kamyob biznes-suhbatdoshsiz. Aynan shu sizni raqobatchilardan ajratib turadi" @otabek_b2b_insights
378
17
"O‘rganishni xohlamaydigan sotuvchilar qiymatni qadrlovchi mijozlarni topish o‘rniga, "hamma mijozga faqat arzon narx kerak" deb o‘zlarini ovutishadi. Narxga oxirgi navbatda qaraydigan mijozlarni topish yechimi juda oddiy bo‘lishiga qaramay, bu ularning qo‘lidan kelmaydi". @otabek_b2b_insights
321
18
"Nimanidir sotishning 3 ta darajasi bor: 1) Quruq mahsulot. 2) Mahsulot + qo‘shimcha xizmatlar (qo‘shilgan qiymat). 3) Mahsulot + bilim + ekspertiza (mijoz biznesini o‘stirish). Agar shunchaki quruq mahsulot sotayotgan bo‘lsangiz, faqat narx bilan raqobatlashasiz. Bu esa ayanchli, chunki sizdan arzonroq beradigan raqobatchi doim topiladi. Mijozga tovar emas, EKSPERTIZA va BIZNESIGA QIYMAT sotishni boshlang!" @otabek_b2b_insights
339
19
"Mavjud mijozga qo‘ng‘iroq qilish uchun 10 ta sabab: Yangi mahsulot sotish Ma'lumot olish Ma'lumot berish Kelajak uchun zamin yaratish Mijoz mamnunligiga ishonch hosil qilish Norozilikni hal etish Tavsiya so‘rash Fikrini bilish va maslahatlashish Uni boshqalarga tavsiya qilishi Bayram bilan tabriklash Yana qanday sabablarni bilasiz? Izohlarda yozing". @otabek_b2b_insights
315
20
"Haqiqiy B2B sotuvchi bu har qanday vaziyatda yangi bitim imkoniyatini ko‘ra oladigan inson. Misol uchun aytaylik: Biznes markazga mijoz bilan uchrashuvga ketyapsiz. Buning uchun siz vaqt energiya resurs sarfladiz. Endi shu borgan joyizda faqat 1ta mijoz uchun borishdan yomoni yoʻq. Borgandan keyin boshqa kompaniyalarni ham koʻrib gaplashib aloqa oʻrnatish kerak. Yokida boshqa shaxarga uchrashuvga ketyapsiz nega 1ta mijoz bilan koʻrishib kelish kerak? Shu shaxardagi potensial mijozlarni roʻyxatini tuzib uchrashuvlar belgilab tayyorgarlik koʻrib borish kerak. Yana misol. Eng oddiysi samalyotda uchyapsiz yonizdagi yoʻlovchilar bilan yaqindan tanishib sotuv qilish, mana shu eng zoʻr b2b sotuvchilari xisoblanadi". @otabek_b2b_insights
331