Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
前往频道在 Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
显示更多未指定国家未指定类别
4 712
订阅者
+724 小时
-437 天
-1 71730 天
帖子存档
🔔 Hurmatli tumandoshlar!
🌧 Havo haroratining oʻzgarishi natijasida yogʻingarchilik va shamol boʻlishi kutilmoqda. Buning natijasida daraxt va shoxlar sinishi, mustahkam oʻrnatilmagan konstruksiyalar oʻrnidan qoʻzgʻalishi mumkin.
❗️Barchangizdan kuchli shamol kuzatilganida koʻchada harakatlanmasligingizni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam boʻlmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qoʻyishlaringizni soʻraymiz. Oʻzingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang.
☎️ Favqulodda holatlarda 1050 va 1055 raqamlariga qoʻngʻiroq qiling.
***
🔔 Уважаемые жители района!
🌧 В ближайшие дни в столице ожидаются проливные дожди, сильный ветер, а также, изменение температуры воздуха. В результате чего могут сломаться ветки и деревья, а неустойчивые конструкции могут не выдержать напора ветра.
❗️ Просим вас в условиях сильного ветры не покидать помещения, парковать автомобили вт безопасные места, подальше от деревьев и неустойчивых конструкций. Берегите себя и своё имущество от несчастных случаев.
☎️ В случае возникновения чрезвычайных ситуаций звоните по номерам 1050 и 1055.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 Yangihayotda mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi ochildi
👍 Bugun Yangihayot tumanida barcha zamonaviy talablarga javob beradigan mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
👍 Ochilish marosimida Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, tuman hokimi o‘rinbosari, harbiy xizmatchilar, nuroniylar, deputatlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
👍 Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda mudofaa tizimini yanada rivojlantirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda mudofaa ishlari organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
⭕️ Shundan so‘ng ramziy qizil tasma kesilib, bino rasman foydalanishga topshirildi.Tadbir yakunida mehmonlar va mas’ullar binoda yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy jihozlar hamda qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
_________________________________
🇺🇿 В Янгихаётском районе открылось новое здание отдела по делам обороны
👍 Сегодня в Янгихаётском районе было сдано в эксплуатацию новое здание отдела по делам обороны, отвечающее всем современным требованиям.
👍 В церемонии открытия приняли участие командующий войсками Ташкентского военного округа, заместитель хокима города Ташкента, заместитель хокима района, военнослужащие, ветераны, депутаты и представители широкой общественности.
👍 Выступившие на мероприятии особо отметили реформы, проводимые в нашей стране для дальнейшего развития системы обороны, воспитания молодежи в военно-патриотическом духе и повышения эффективности деятельности органов по делам обороны.
⭕️ После этого была перерезана символическая красная лента, и здание было официально сдано в эксплуатацию. В завершение мероприятия гости и ответственные лица ознакомились с созданными в здании условиями, современным оснащением и удобствами.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Rasmiy axborot
✅ Saida Mirziyoyeva Venada xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 1-iyun kuni Avstriyaning Vena shahrida o‘z mehnati, bilimi va mas’uliyatliligi bilan kun sayin O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchni yuksaltirib kelayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.
“Vatandan uzoqda bo‘lishlariga qaramay, O‘zbekiston bilan mustahkam aloqani saqlab qolayotganlari ayniqsa tahsinga loyiq. Bu kabi uchrashuvlar har safar o‘zgacha faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Yurtdoshlarimiz yuqori kasbiy mahorati bilan xalqaro maydonda o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘layotgani hamda global vazifalar yechimida faol ishtirok etayotganini ko‘rish kishini ruhlantiradi, quvontiradi. Bunday malakali mutaxassislar safi yanada kengayishi juda muhim. Biz xalqaro tajriba orttirishni, professional jihatdan o‘sishni, vatanimiz hamda jahonga naf keltirishni istaydigan yosh o‘zbekistonliklarni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
⚡️ Hurmatli “Tashabbus”, “Yangiturmush”, “Humo”, “Olchazor” “Yangi Darxon” va “Yangi Choshtepa” mahallalari ahli!
🛠️ Ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, bugun soat 16:00 ga qadar hududning ayrim qismlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🥳 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Yangi Umid” mahallasida joylashgan amfiteatrda bolajonlar va ularning ota-onalari uchun bayram konsert dasturi tashkil etildi.
✏️ Tadbir davomida iste’dodli xonandalar va san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, bolajonlar bayramona chiqishlardan zavqlanib, qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib vaqtlarini mazmunli va quvnoq o‘tkazishdi.
😍 Bayram dasturi bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ularning yuzlarida tabassum ulashish hamda unutilmas taassurotlar qoldirishga xizmat qildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Rasmiy axborot
+4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Venada BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) ijrochi direktori etib yangi tayinlangan Monika Juma bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning BMT GJB bilan hamkorligi, giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlar hamda 2026-yil aprel oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro forumdan keyingi amaliy ishlar yuzasidan fikr almashildi.
“Ayollar, bolalar va yoshlar himoyasiga bag‘ishlangan sayd-iventimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Monika Jumaga minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston ushbu tadbirni bugun BMT Jinoyatchilikning oldini olish komissiyasining 35-sessiyasi doirasida o‘tkazdi. Biz BMT GJB bilan xavfsizlik, adolat va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyormiz”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.✅ Muloqot chog‘ida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, global tahdidlarga qarshi birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish hamda inson manfaatlarini ustuvor qo‘ygan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Rasmiy axborot
+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriya Parlamentida Federal kengash Raisi Markus Shtotter hamda Milliy kengash Raisi Valter Rozenkrans bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqotlar chog‘ida O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, siyosiy muloqotni faollashtirish, ta’lim, madaniyat va iqtisodiyot sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashdik. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga, xususan, jamiyatni demokratlashtirish va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish borasidagi jarayonlarga alohida e’tibor qaratildi”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.Uchrashuvlarda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini izchil kengaytirish muhim ekani qayd etildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Rasmiy axborot
+6
🔴 Venada tarixiy kun: Global kun tartibini O‘zbekiston boshlab berdi
Bugun Venada global xavfsizlik va huquq-tartibotni belgilovchi eng yirik platforma — BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 175 davlatidan 1,5 mingdan ziyod yuqori martabali vakillar, vazirlar va xalqaro ekspertlarni jamlagan ushbu anjuman O‘zbekiston diplomatiyasi va davlat siyosati uchun yangi tarixiy bosqichni boshlab berdi.
Vena sammitida O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan misli ko‘rilmagan ehtirom Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko‘zlagan strategik islohotlari, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan siyosati va faol xalqaro tashabbuslari jahon miqyosida to‘liq tan olinganining yaqqol isbotidir.
Aprel oyida O‘zbekiston ushbu BMT Komissiyasiga ilk bor a’zo bo‘lgan edi. Bugun esa Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi barcha davlatlar ichida birinchi bo‘lib Milliy ma’ruza bilan chiqish qildi.
Unda Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda odil sudlov, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nutq so‘zladi.
“Kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zo‘ravonlik chegara bilmaydi. Shu sababli ularga qarshi ochiq muloqot, o‘zaro tajriba almashish va xalqaro hamkorlik orqali birgalikda kurashishimiz zarur”, — dedi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Rasmiy axborot
🏓 “Jurnalistlar kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi
📢 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan stol tennisi bo‘yicha “Jurnalistlar kubogi” musobaqasi tashkil etiladi.📌 Tashkilotchilar: 🔵 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 🔵O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi 🔵“Biznesni rivojlantirish banki” ATB 📅 Sana: 20-iyun, 2026-yil 🏆Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 📞 Murojaat uchun: +998 97 666 18 10 +998 94 172 63 63 https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🥳 Yangihayotlik bolajonlar Magic Safari’ga sayohat qilishdi
🇺🇿 Bugun Yangihayot tumani hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida bir guruh ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari hamda vasiylik va homiylikdagi bolalar uchun Magic Safari’ga sayohat tashkil etildi.
🦒 Sayohat davomida bolalar afrikacha shoular, hayvonot olami va turli mo‘jizaviy tomoshalarning guvohi bo‘lishdi.
🎬 Jarayonlar videomizda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+3
🇺🇿 Tuman hokimi “Perfect Leader Electrical” korxonasida bo‘ldi
👍 Yangihayot tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda sanoatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📍 Xususan, tuman hokimi, tuman hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i hamda mas’ullar “Perfect Leader Electrical” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
💬 Bundan tashqari, uchrashuv davomida mahsulot sifatini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirish borasida o‘zaro fikr almashildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
❗️Hurmatli “Oriyat”, “Yangi Hayot ”, “Marhamat” va “Gushanobod” mahallalari fuqarolari!
💡 “Istiqbol” podstansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, bugun soat 19:20 ga qadar yuqorida keltirilgan mahallalarning ayrim qismlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#YangihayotAI
#IjtimoiyRolik
🚫 Biz korrupsiyaga qarshimiz!
➡️ Agar siz poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish yoki boshqa korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bu haqda, albatta, Bosh prokuraturaning 1161 — ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.
🟡 Korrupsiyaga murosasiz munosabat — adolatli va farovon kelajak sari muhim qadamdir.
_______________
#YangihayotAI
#СоциальныйРолик
🚫 Мы против коррупции!
➡️ Если вы столкнулись со взяточничеством, злоупотреблением должностным положением или другими случаями коррупции, обязательно сообщите об этом по телефону доверия Генеральной прокуратуры — 1161.
🟡 Бескомпромиссное отношение к коррупции — это важный шаг к справедливому и процветающему будущему.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from OQ BOʻRI
Республика кинематография комиссияси, Миллий ва Бадиий кенгашлар фаолияти тугатилади
Шу йилнинг 1 сентябридан давлат буюртмаси асосида кино яратишда тарғибот ва реклама харажати учун фильм бюджетининг 30 фоизигача маблағ ажратилади, харид шартномаларини экспертизадан ўтказиш талаби бекор қилинади. Шунингдек, хорижий компанияларнинг Ўзбекистон ҳудудида кино маҳсулот яратиш билан боғлиқ фаолияти солиқлардан озод қилинади.
Давлат буюртмаси асосида яратилган фильмлар намойишидан тушган маблағнинг 50 фоизи продюсер ва ижодий гуруҳга қўшимча рағбат сифатида берилади.
Ўзбекистон киноарбоблари ижодий уюшмаси томонидан ўтказиладиган “Олтин ҳумо” миллий кино тақдимотининг нуфузини янги босқичга кўтариш мақсадида ҳар йили 5 миллиард сўмдан ажратилади.
Республика кинематография комиссияси, Миллий ва Бадиий кенгашлар ҳалигача эскича бошқарув ва самарасиз назорат тизимидан воз кеча олмаётгани қайд этилди. Шу боис, соҳада ижодий эркинлик ва соғлом рақобат муҳитини ривожлантириш мақсадида ушбу комиссия ва кенгашлар фаолияти бутунлай тугатилади.
Энди кинонинг ҳар бир жанри ва мавзусидан келиб чиқиб, ўша соҳа мутахассисларидан иборат ҳақ тўланадиган эксперт гуруҳлари ташкил қилинади.
Бунда Ўзбекистон киноарбоблари ижодий уюшмаси, Ёзувчилар уюшмаси, Бастакорлар уюшмаси томонидан тавсия этилган мутахассислар эксперт гуруҳлари таркибига киритилади. Мутасаддиларга кино соҳасида замонавий ва шаффоф тизимни йўлга қўйиш бўйича таклиф киритиш топширилди.
✈️Бизни кузатинг🫥Oq boʻri
❗️ Hurmatli “Yangi Darxon” mahalla ahli!
💡 Hududdagi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari amalga oshirilayotganligi sababli, bugun soat 17:00 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
📣 Hurmatli yangihayotliklar va tumanimiz mehmonlari!
🛣 Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda hududdagi transport oqimini tartibga solish maqsadida Yangihayot tumanidagi ikkilamchi Qipchoq ko‘chasi va Polvonyor ko‘chasi
kesishmasidan Davlatobod ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida transport vositalari uchun bir tomonlama harakat tartibi joriy etiladi.
😊 Hurmatli fuqarolar, ushbu tartib yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, tirbandliklarning oldini olish va siz uchun yanada qulay harakatlanish sharoitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Vaziyatni to‘g‘ri baholab, tushunganingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.
👍 Huquqiy asos
_____________________________
📣 Уважаемые жители Янгихаётского района и гости нашего района!
🛣 В целях обеспечения безопасности дорожного движения и регулирования транспортного потока на участке от пересечения второстепенной улицы Кипчак и улицы Полвонёр до пересечения с улицей Давлатабад в Янгихаётском районе вводится односторонний режим движения для транспортных средств.
😊 Уважаемые граждане, данная мера вводится с целью повышения безопасности дорожного движения, предотвращения заторов и создания для вас более комфортных условий передвижения. Заранее благодарим вас за правильную оценку ситуации и проявленное понимание.
👍 Правовая основа
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Rasmiy axborot
“Davlatni iqtisod ko‘taradi, qonun boshqaradi, armiya himoya qiladi. Lekin qaysi mamlakat adabiyot va madaniyatga eʼtibor bersa, kelajagi mustahkam bo‘ladi. Qaysi jamiyat ijod va sanʼatni qadrlasa, o‘sha xalqning maʼnaviy immuniteti kuchli boʻladi. Bitta yaxshi asar, taʼsirchan qoʻshiq millatning ruhini ko‘taradi, birgina spektakl jamiyatning tafakkurini uyg‘otadi, kinodagi bir obraz butun avlodning qarashini o‘zgartiradi”,📰 Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan uchrashuvidagi nutqidan https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik davomida ko‘plab ijodkorlar bilan suhbatlar o‘tkazildi, madaniyat va san’at obyektlari joyiga borib ko‘rildi.
Davlatimiz rahbari mazkur muloqotning maqsadi sohadagi muammolarga yechim topish hamda adabiyot, madaniyat, san’at va kreativ iqtisodiyotda yangi muhit yaratadigan katta tashabbuslarni boshlab berishdan iborat ekanini ta’kidladi.
Sohada iste’dodlarni yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi tizim joriy qilinishi qayd etildi. Jumladan, teatr, kino, raqs, opera, folklor, estrada, akademik va milliy cholg‘u, tasviriy va amaliy san’at kabi 21 ta yo‘nalish bo‘yicha ijodiy birlashmalar tashkil etiladi.
Ijodiy birlashmalarga bir tomondan ustoz ijodkorlar, ikkinchi tomondan esa vazirlar va kompaniya rahbarlari hamrais bo‘ladi.
Bu jarayonda o‘z maktabini yaratgan san’atkorlarimiz yoshlarga kasb sirlari va sahna madaniyatini o‘rgatadi.
Vazirlar va kompaniya rahbarlari esa eng quyi pog‘onaga tushib, tumanlardagi musiqa maktablari va badiiy jamoalar bilan uchrashib, ularning muammolariga yechim topadi. Yoshlarning ijodiga yangi nafas olib kirish uchun har bir ijodiy birlashma kesimida mahalla – tuman – viloyat – respublika tanlovlarini tashkil qiladi. G‘olib va sovrindorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ularni gastrol safarlari, festivallar va xalqaro tanlovlarda ishtirok etishiga ko‘maklashadi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan uchrashuvi boshlandi.
Tadbirda milliy adabiyotimiz, madaniyat va sanʼatimiz faxri bo‘lgan shoir va yozuvchilar, aktyor, dramaturg va rejissyorlar, qoʻshiqchi, sozanda va kompozitorlar, rassom, haykaltarosh va hunarmandlar, sanʼatshunos olimlar ishtirok etmoqda.
“Davlatni iqtisod ko‘taradi, qonun boshqaradi, armiya himoya qiladi. Lekin qaysi mamlakat adabiyot va madaniyatga eʼtibor bersa, kelajagi mustahkam bo‘ladi. Qaysi jamiyat ijod va sanʼatni qadrlasa, o‘sha xalqning maʼnaviy immuniteti kuchli boʻladi. Bitta yaxshi asar, taʼsirchan qoʻshiq millatning ruhini ko‘taradi, birgina spektakl jamiyatning tafakkurini uyg‘otadi, kinodagi bir obraz butun avlodning qarashini o‘zgartiradi”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
