Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
前往频道在 Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
显示更多未指定国家未指定类别
4 732
订阅者
-224 小时
-697 天
-1 73030 天
帖子存档
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🏢 “Tashkent INDEX” bozori Yangihayotda faoliyat yuritadi
🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz.
📌 25-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida joylashgan “Tashkent INDEX” yirik ko‘p tarmoqli savdo-sotiq bozori hisoblanadi.
📌 Bozor 2022-yilda ish boshlagan bo‘lib, 72 gektar maydonni egallagan. Bu yerda turli yo‘nalishdagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyat yuritadi.
⚡️ Hajmi jihatidan Markaziy Osiyodagi yetakchi bozorlardan biri bo‘lgan “Tashkent INDEX” tumanidagi yirik savdo va biznes maskanlaridan biridir.
👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
💫 Bayram arafasida mehr-saxovat tadbirlari davom etmoqda
🥳 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumanida mehr-saxovat tadbirlari davom etmoqda.
👍 Xususan, tumandagi barcha mahallalarda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinib, bayram tuhfasi sifatida oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari topshirildi.
🥰 Bunday mehr-saxovat tadbirlari fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini ulug‘lash hamda jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q.
—
За тридцать пять лет независимого развития мы глубоко осознали одну истину: если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🌸 Ijtimoiy tarmoqlardagi mashhur “pushti ko‘cha” Yangihayotda joylashgan
🎉 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz.
📌 24-fakt. Bilasizmi? Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortgan, pavloniya daraxtlari bilan qoplangan mashhur “pushti ko‘cha” aslida Yangihayot tumanida joylashgan.
🌳 Qo‘rg‘ontepa ko‘chasiga bundan 6 yil avval “Yashil Makon” loyihasi doirasida ekilgan pavloniya ko‘chatlari bugungi kunga kelib bo‘y cho‘zib, ko‘chaga o‘ziga xos va chiroyli qiyofa bergan.
🌸 Ayniqsa, pavloniya daraxtlari gullagan paytda ko‘cha pushti rangga burkanib, o‘ziga xos manzarani hosil qiladi. Shu sababli ushbu maskan ijtimoiy tarmoqlarda “pushti ko‘cha” nomi bilan mashhur.
👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi.
—
C огромной гордостью, торжественно отпраздновано 35-летие независимости нашей священной Родины.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi.
—
В Новом Ташкенте состоялась торжественная церемония по случаю 35-летия государственной независимости Республики Узбекистан. Приняв участие в мероприятии, Президент Шавкат Мирзиёев сердечно поздравил наш народ с великим праздником.
#Mirziyoyev #bayram #Mustaqillik #35yil
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Главное из поздравления Президента Шавката Мирзиёева по случаю 35-летия государственной независимости (первая часть):
📌 Корни нашей великой независимости уходят в глубь истории, к традициям национальной государственности и нашей древней цивилизации, насчитывающей более трех тысяч лет;
📌 Независимость прежде всего вернула нам честь и достоинство, нашу священную религию, родной язык, забытые национальные ценности;
📌 Мы преклоняемся перед немеркнущей памятью всех наших самоотверженных предков, погибших в героической борьбе за нынешнюю свободную жизнь;
📌 Мы глубоко чтим память о нашем Первом Президенте, выдающемся государственном и политическом деятеле, уважаемом Исламе Абдуганиевиче Каримове;
📌 С первых же дней наших реформ мы прислушались к голосу народа, поставили перед собой задачу помочь в решении его проблем;
📌 Мы искоренили такие негативные явления, как «принудительный и детский труд», в том числе на хлопковых полях, «ограничения конвертации», «прописка»;
📌 Последние 10 лет мы упорно трудились для построения общества, где каждый человек будет жить свободно и благополучно, широко открыли Узбекистан миру;
📌 Мы планировали довести к 2030 году объем ВВП до 160 миллиардов долларов. Эту задачу мы выполним уже в текущем году и войдем в ряд государств с доходом на душу населения выше среднего;
📌 Мы сумели снизить уровень бедности с 35 процентов в 2017 году до 4 процентов в нынешнем. У 10 миллионов человек повысилось качество жизни, они обрели семейное благополучие;
📌 Более половины студентов вузов страны составляют девушки и женщины образованные девушки – это образованные семьи, образованное поколение, просвещенное общество;
📌 Решающим фактором нашего развития мы наряду с образованием считаем науку, современные технологии и инновации;
📌 Моя цель – добиться того, чтобы Узбекистан стал центром прогрессивных инициатив в сфере технологий.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism):
📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi;
📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi;
📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz;
📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbob Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz;
📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik;
📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik;
📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik;
📌 2030-yilda borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz;
📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi;
📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir;
📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz;
📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi:
– Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan yana bir bor tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Davlatimiz rahbari xalqimizga bir fikrni ishonch bilan aytmoqchi ekanini ta’kidladi.
– Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz! O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q,– dedi mamlakatimiz yetakchisi. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘qligi ta’kidlandi. Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot hamda buyuk kelajagimizni birgalikda barpo etishga da’vat qilindi. Prezidentimiz matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetishiga ishonch bildirdi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘p qirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz,– dedi davlatimiz rahbari. Iqtisodiy diplomatiya tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Mamlakatimiz 2027-2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga ilk marotaba raislik qiladi. Dunyodagi 120 dan ortiq davlatni birlashtirgan ushbu global tuzilma samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar faol ilgari suriladi. Yon qo‘shnimiz Afg‘oniston bo‘yicha konstruktiv siyosat qat’iy davom ettiriladi. Prezidentimiz tantanada ishtirok etgan diplomatik korpus vakillari, xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda AQSh, Turkiya va Singapurdan kelgan yuqori martabali mehmonlarga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yettinchi milliy dastur O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng o‘lka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirishga qaratiladi.
Yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya a’zolari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashayotgani qayd etildi.
– Bugungi notinch zamonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik xalqimizning oltin fondi, bebaho boyligidir,– dedi Prezidentimiz. O‘zbekistonning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar siyosati uzoq muddatli taraqqiyotimizni ta’minlashga qaratilgan. Markaziy Osiyoda ahil qo‘shnichilik, strategik sheriklik va do‘stlik aloqalarini kengaytirishda tarixiy yutuqlarga erishildi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Amerika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va arab-musulmon dunyosi davlatlari bilan munosabatlar yanada mustahkamlandi. Sharqiy Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari ochildi. O‘zbekiston bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan davlatlarning soni qariyb 170 taga yetdi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi va tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘lishini ta’kidladi.
Oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.
– Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi,– dedi davlatimiz rahbari. Tuman budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi. Fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi eng asosiy mezon sifatida belgilanadi. Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Istiqlolimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi katta konsert dasturi bilan davom etmoqda.
—
Торжества по случаю 35-й годовщины независимости продолжаются красочной концертной программой.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Adolat qaror topgan joyda iqtisodiy o‘sish ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi,– dedi mamlakatimiz yetakchisi. Beshinchi milliy dastur sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini umumiy qadriyatga aylantirishga qaratilgan. Huquqiy tarbiya maktabdan boshlab aniq tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar qat’iy davom ettiriladi. Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish choralari yanada kuchaytiriladi. Yashirin iqtisodiyot, uyushgan jinoyatchilik, ayollar va bolalar huquqini kamsitishga qarshi kurash yangi bosqichga ko‘tariladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi.
To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.
Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.
– Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,– dedi Prezidentimiz. Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi. Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish,– dedi davlatimiz rahbari. Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’ati saqlangan holda, 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi. Sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi. Yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi. Kichik biznesning o‘rta biznesga, o‘rta korxonalarning yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizim yo‘lga qo‘yiladi.
– Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlari kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi.
Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi.
Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi.
Yurtimiz zamonaviy tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiyalar va tibbiy ta’lim taraqqiy etgan maskanga aylantiriladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.
Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi.
Ularda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 millionga yetkaziladi.
– Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi,– dedi Prezidentimiz. Kelgusida kamida 10 ta universitetni TOP mingtalikka kiritish katta marra sifatida belgilandi. Facebook|Instagram|X
