Sevara Shakirova
前往频道在 Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning rasmiy sahifalari: • https://taplink.cc/sevarashakirova
显示更多未指定国家未指定类别
4 891
订阅者
-1224 小时
-347 天
-32330 天
吸引订阅者
十一月 '2611月 '26
十一月 '26
+4
在45个频道中
十月 '26
+40
在204个频道中
Get PRO
九月 '26
+39
在204个频道中
Get PRO
八月 '26
+155
在328个频道中
Get PRO
七月 '26
+6 276
在591个频道中
Get PRO
六月 '260
在561个频道中
Get PRO
五月 '26
+14
在236个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 02 十一月 | 0 | |||
| 01 十一月 | +4 |
频道帖子
+5
#Dayjest
⚡️ Agentlik direktori Sevara Şakirova iştirokida joriy yilning oktabr oyida bölib ötgan muhim tadbir va uçraşuvlar haqida
✅Rasmiy sahifalar
| 2 | ⭐️ Yoşlarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlar uçun Prezidentimizdan minnatdormiz...
Bugun yurtimizda yoş avlodning bilim olişi, öz iqtidor va salohiyatini namoyon etişi, xalqaro maydonda munosib örin egallaşi uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlarni körib, har birimizda faxr va minnatdorlik tuyğusi uyğonadi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida ta’lim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar va iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli yurtimizda yoş avlodning sifatli ta’lim olişi, öz qobiliyatini namoyon etişi va mustaqil fikrlaydigan yetuk şaxslar bölib kamol topişi uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Buning yaqqol ifodasi sifatida, 2019-yilda dastlab 16 ta ta’lim muassasasi bilan faoliyat boşlagan Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimi 2026-yilga kelib 250 tadan ortiq ta’lim muassasasini qamrab oldi. Bu esa mamlakatimizda iqtidorli yoşlarni aniqlaş, ularning salohiyatini rivojlantiriş va kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşişi uçun mustahkam zamin yaratilayotganidan dalolat beradi.
2026-yil 27–28-oktabr kunlari Toşkent şahrida ilk bor taşkil etilgan Silk Road University Fair — xalqaro ta’lim forumi va körgazmasi ham ana şunday ezgu maqsadlarga xizmat qilayotgan muhim taşabbuslardan biridir.
Mazkur forum yoşlarga dunyoning yetakçi oliy ta’lim muassasalari, xalqaro ta’lim dasturlari va yangi akademik imkoniyatlar bilan tanişiş, kelajakdagi ta’lim yönalişlarini belgilaş hamda öz oldiga yanada yuksak maqsadlar qöyiş imkonini bermoqda. Şu bilan birga, maktablar va xalqaro universitetlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga ham katta hissa qöşmoqda.
Mening nazarimda, ta’lim — bu şunçaki bilim oliş jarayoni emas, balki insonning özini anglaşi, dunyoqaraşini kengaytirişi va jamiyatdagi öz örnini topişiga xizmat qiladigan buyuk qadriyatdir. Insonga berilgan eng katta imkoniyat — bu uning salohiyatiga işonç bildirilişi va özini namoyon etişi uçun şaroit yaratilişidir. Çunki har bir iqtidorli yoşning ortida katta orzular, izlanişlar va kelajakka daxldor maqsadlar mujassam.
Bugun mamlakatimizda yoşlar uçun yaratilayotgan şaroitlar nafaqat ta’lim oliş, balki olgan bilimlarini Vatanimiz ravnaqi yölida safarbar etiş mas’uliyatini ham yuklaydi. Zero, yoşlarga kiritilgan sarmoya — bu ertangi kunga, ilm-fan taraqqiyotiga va mamlakatning yorqin kelajagiga kiritilgan sarmoyadir.
Şu ma’noda, yoşlarga bildirilayotgan yuksak e’tibor, işonç va ğamxörlik uçun Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorligimni bildiraman. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalaniş, xalqaro tajribani özlaştiriş va kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan yoşlarni tarbiyalaş eng muhim maqsadimizdir.
Işonamanki, bugun ilmga intilayotgan, öz ustida tinimsiz işlayotgan har bir yoş ertaga Özbekistonning taraqqiyotiga hissa qöşadigan yetuk mutaxassis, yuksak salohiyatli inson bölib kamol topadi. Zero, yoşlarga işonç bildirilgan jamiyatning kelajagi porloq, ilmni qadrlagan millatning istiqboli esa buyukdir.
✅Rasmiy sahifalar | 23 311 |
| 3 | #Jarayon
Silk Road University Fair — xalqaro ta’lim forumi va körgazmasiga start berdik
Toşkent şahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda ilk bor Silk Road University Fair — xalqaro ta’lim forumi va körgazmasi boshlandi.
Tadbirda dunyoning 10 dan ortiq davlatlaridan 40 dan ortiq universitet vakillari iştirok etmoqda.
Bizni kuzatişda davom eting...
✅Rasmiy sahifalar | 19 668 |
| 4 | ⚡️ Samarqandda ötkazilgan xalqaro sammitda iştirok etdik
Bugun, 22-oktabr kuni, Özbekiston Respublikasi Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva taşabbusi bilan Samarqand şahrida taşkil etilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl” mavzusidagi Butunjahon sammitida iştirok etdik.
Nufuzli xalqaro anjumanda turli mamlakatlarning birinçi xonimlari, BMT, UNICEF, Jahon banki, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti hamda boşqa xalqaro taşkilotlarning yuqori martabali vakillari jam böldi. Sammit doirasida taşkil etilgan 4-parallel sessiyada qatnaşib, ta’lim tizimida sun’iy intellektdan foydalaniş, bolalar xavfsizligini ta’minlaş va zamonaviy texnologiyalarni mas’uliyat bilan joriy etiş masalalari yuzasidan fikrlarimiz bilan örtoqlaşdik.
Bugungi kunda sun’iy intellekt ta’lim jarayoniga tobora çuqur kirib kelmoqda. Şu bois asosiy vazifamiz uşbu texnologiyalarni şunçaki joriy etiş emas, balki ulardan har bir bolaning bilim olişi, rivojlanişi va kelajagi uçun samarali foydalanişdan iborat.
Özbekiston sun’iy intellektni ta’lim tizimida qöllaş böyiça tajribalarni boşlaşga tayyor. Biroq bu jarayonda bolalar xavfsizligi, şaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi, ta’lim sifati va barça öquvçilar uçun teng imkoniyatlarni ta’minlaş ustuvor bölişi lozimligini ta’kidladik. Şuningdek, sun’iy intellekt vositalarini dastlab kiçik kölamli, nazorat ostidagi loyihalar doirasida sinovdan ötkaziş, öqituvçilarning malakasini oşiriş hamda samarali tajribalarni bosqiçma-bosqiç butun ta’lim tizimiga tatbiq etiş muhimligiga töxtaldik.
Ayniqsa, ixtisoslaştirilgan maktablarimiz yoşlarning sun’iy intellekt sohasidagi salohiyatini rivojlantiriş, ularni yangi texnologiyalarni nafaqat qöllaşga, balki mas’uliyat bilan yaratişga ham örgatişda muhim örin tutadi. Şu bilan birga, ilğor tajribalar barça maktablarga yetib borişi va har bir bola uçun teng imkoniyatlar yaratilişi zarurligini qayd etdik.
Sammit davomida xalqaro hamkorlar bilan tajriba almaşiş, ta’limda sun’iy intellektdan foydalanişning samarali yeçimlarini örganiş va bolalar manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan yondaşuvlarni rivojlantiriş borasida muhim fikrlar bildirildi. Işonamizki, bunday xalqaro muloqotlar ta’lim sifatini oşiriş, bolalar farovonligini ta’minlaş va kelajak avlod uçun yanada keng imkoniyatlar yaratişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’limda sun’iy intellektning haqiqiy mezoni texnologiyaning qay darajada ilğor ekanida emas. Eng muhimi har bir bolaning xavfsizligi ta’minlanişi, sifatli ta’lim olişi va hayotda teng imkoniyatlarga ega bölişidir.
________________________
⚡️ Participating in the International Summit in Samarkand
Today, October 22, we participated in the World Summit on "Investing in Children's Well-Being: A Path Towards Sustainable and Equitable Development for Future Generations" held in Samarkand at the initiative of Ziroat Mirziyoyeva, First Lady of the Republic of Uzbekistan.
The prestigious international gathering brought together First Ladies from various countries, along with high-level representatives of the United Nations, UNICEF, the World Bank, the World Health Organization, and other international organizations.
During the fourth parallel session, we shared our perspectives on the application of artificial intelligence in education, ensuring children’s safety, and deploying modern technologies responsibly.
Today, artificial intelligence is becoming increasingly integrated into education. Our main task, therefore, is not simply to introduce these technologies, but to ensure that they are used effectively to support every child’s learning, development, and future.
Uzbekistan is ready to start piloting the use of artificial intelligence in education. However, we emphasized that children’s safety, personal data privacy, educational quality, and equal opportunities for all learners must remain our paramount priorities throughout this process.
We also highlighted the importance of testing artificial intelligence tools through small-scale, closely monitored pilot projects, enhancing teachers’ professional skills, and gradually scaling effective practices across the entire education system.
Our specialized schools have a particularly vital role to play in nurturing young people’s potential in artificial intelligence and teaching them not only how to use new technologies, but also how to develop them responsibly. At the same time, we stressed the need to ensure that successful practices reach schools across the country and that every child has equal opportunities.
Throughout the summit, valuable perspectives were exchanged with international partners on sharing best practices, exploring effective solutions for artificial intelligence integration in education, and developing frameworks to safeguard children’s interests.
We believe that international dialogue of this kind is essential to improving the quality of education, promoting children’s well-being, and creating greater opportunities for future generations.
The true measure of artificial intelligence in education lies not in how advanced the technology itself is, but in ensuring that every child is safe, receives a quality education, and has equal opportunities in life.
✅Rasmiy sahifalar | 8 948 |
| 5 | 没有文字... | 6 509 |
| 6 | 🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!
Aziz hamkasblar, hurmatli yurtdoshlar!
Barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho qadriyatlarimizning timsolidir. O‘zbek tili xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati va ezgu orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan buyuk ma’naviy merosimizdir. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash, nufuzini yuksaltirish va kelajak avlodlarga munosib yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan ona tilimizni asrab-avaylash, uning davlat va jamiyat hayotidagi mavqeini yanada mustahkamlash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish hamda o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng namoyon etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biz ham tashkilotimiz jamoasi bilan birgalikda ushbu ezgu siyosatni qo‘llab-quvvatlash, ona tilimizning sofligi va ravnaqini ta’minlash, uni yosh avlod qalbiga singdirish hamda kundalik faoliyatimizda davlat tiliga hurmat tamoyillariga qat’iy amal qilish yo‘lida doimo kamarbastamiz.
Zero, tilga ehtirom — elga ehtirom, ona tiliga sadoqat esa milliy qadriyatlarimizga sadoqatdir. Ishonamanki, barchamizning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlarimiz o‘zbek tilining jamiyatimiz hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga, uning boy ma’naviy merosini kelajak avlodlarga bezavol yetkazishga xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Ona tilimiz doimo ardoqda, qadrda va e’zozda bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Sevara Shakirova
______________________
🇺🇿 Happy Uzbek Language Day – October 21!
Dear colleagues and esteemed compatriots, I sincerely congratulate you all on October 21 – Uzbek Language Day!
Our native language is the symbol of our national identity, spirituality, and invaluable heritage. It embodies the centuries-old history, rich culture, and noble aspirations of our people. Preserving the Uzbek language, safeguarding its purity, enhancing its prestige, and passing it on to future generations is a sacred duty for each of us.
Today, under the leadership of our President, significant attention is being paid to preserving our native language, strengthening its role in public life, raising its international status, and fully showcasing its vast potential. Together with our team, we remain dedicated to supporting these noble efforts, fostering the growth of our language, instilling a deep respect for it in the younger generation, and strictly adhering to the principles of honoring the state language in our daily operations.
Respect for the language is respect for the nation, and loyalty to our native language is loyalty to our national values. I am confident that our joint efforts will further solidify the place of the Uzbek language in our society and preserve its rich spiritual legacy for generations to come.
On this auspicious occasion, I wish you all robust health, family happiness, prosperity, and great success in your professional endeavors.
May our native language always be cherished, honored, and respected!
Sincerely,
Sevara Shakirova
✅Rasmiy sahifalar | 18 945 |
| 7 | Bugun Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan College Board SAT | Advanced Placement (AP) Day xalqaro tadbirida ishtirok etdim.
Tadbir doirasidagi plenаr sessiyalarda O‘zbekistonda maktab maslahatchilari faoliyatining o‘rni va ahamiyati, ularning o‘quvchilarni nufuzli xorijiy universitetlarga yo‘naltirishdagi vazifalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda Agentlik tizimi xodimlari va maktab maslahatchilari ham faol qatnashib, TOP universitetlarga qabul talablari, xalqaro ta’lim dasturlari va o‘quvchilarni xorijda tahsil olishga tayyorlash masalalari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Maqsadimiz — o‘quvchilarimiz uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, ularning salohiyatini to‘liq namoyon etishlariga ko‘maklashish va nufuzli universitetlarda tahsil olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish.
✅Rasmiy sahifalar | 22 371 |
| 8 | Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qonunga hurmat, mehnatga munosabat va Vatanga sadoqat hamisha yuksak bo‘ladi. Chunki ustozni e’zozlash butun bir millat kelajagini e’zozlash demakdir".
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«В стране, где высоко чтут учителя, всегда сильны стремление к знаниям, уважение к закону, отношение к труду и преданность Родине. Ибо ценить учителя – значит ценить будущее целого народа».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 5 140 |
| 9 | #Ustoz_va_murabbiylar_kuni
💐 HAR BIR YUTUQ ORTIDA USTOZ BOR
Aziz ustozlar, qadrli murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Faoliyatim davomida bir haqiqatga ko‘p bor amin bo‘ldim: o‘quvchining katta yutug‘i hech qachon o‘z-o‘zidan kelmaydi. Uning ortida albatta ustozning mehnati, sabri, ishonchi va tinimsiz izlanishi turadi.
O‘quvchimiz xalqaro olimpiadada medal olganida, nufuzli universitet talabasi bo‘lganida, yangi g‘oya yoki kashfiyoti bilan e’tirof etilganida biz uning muvaffaqiyatidan quvonamiz. Ammo ana shu natijagacha bo‘lgan uzoq yo‘lda unga bilim bergan, xatosini to‘g‘rilagan, ba’zan ruhlantirgan, ba’zan esa shunchaki “Sen buni uddalaysan!” deb ishongan ustoz bor.
Shuning uchun men uchun ta’limdagi eng katta kuch — bu o‘z kasbini sevadigan, shogirdining kelajagiga befarq bo‘lmagan ustozdir.
Bugun Agentlik tizimida ana shunday fidoyi pedagoglar bilan bir safda mehnat qilayotganimdan faxrlanaman. O‘quvchilarimiz erishayotgan har bir natijada sizlarning munosib hissangiz bor.
Qadrli ustozlar!
Sizlarga shogirdlaringizning yutuqlaridan quvonib, mehnatingiz samarasini ko‘rib yashash baxti nasib etsin. Oilangizga xotirjamlik, o‘zingizga mustahkam sog‘lik, faoliyatingizga esa yangi kuch va muvaffaqiyatlar tilayman.
Siz bergan bilim bir kun kelib natijaga, siz bildirgan ishonch esa katta orzularga aylanadi.
✅Rasmiy sahifalar | 40 775 |
| 10 | #Yil_oʻqituvchisi
#Gʻoliblar_aniqlandi
💐 BUGUN USTOZLARIMIZ BILAN FAXRLANAMIZ!
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari orasida Agentligimiz tizimida faoliyat yuritayotgan ustozlarimiz borligi meni juda quvontirdi. Bu natija ortida ularning yillar davomida to‘plagan tajribasi, doimiy izlanishi va eng muhimi, o‘quvchilariga bergan bilimi hamda mehr-mashaqqati turibdi.
Ustozning mehnatini faqat bir tanlov natijasi bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Uning eng katta yutug‘i — o‘quvchisining muvaffaqiyati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va kelajakda munosib o‘rin topishidir. Bugungi e’tirof esa ana shunday fidokorona mehnatning munosib qadrlanishidir.
💐 Aziz ustozlarimiz, sizlarni chin qalbimdan tabriklayman! Har biringizning yutug‘ingizdan faxrlanaman. Bilimingiz, tajribangiz va mehnatingiz bilan hali ko‘plab yoshlarning hayotida unutilmas iz qoldirishingizga ishonaman. G‘oliblik muborak bo‘lsin!
✅Rasmiy sahifalar | 45 301 |
| 11 | 🇺🇿MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT, KELAJAK OLDIDAGI BUYUK MAS’ULIYAT!
Aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, ota-onalar va yoshlar!
Sizlarni jonajon O‘zbekistonimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, o‘z kuch va salohiyatiga tayanib kelajagini bunyod etishi uchun berilgan bebaho imkoniyatdir. Bugun yoshlarimizning katta orzular bilan ulg‘ayayotgani, ilm-fan, ta’lim, ijod va sportda yuksak marralarni zabt etib, xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarayotgani — istiqlolimiz bergan imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.
Men uchun Mustaqillikning eng go‘zal timsollaridan biri — o‘z Vatanida katta orzu qilish, bilim olish, izlanish, yaratish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan avloddir.
Aziz yoshlar, dunyodagi eng yuksak marralarni ko‘zlang, bilimingiz va iste’dodingiz bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shing. Qalbingizda esa doimo O‘zbekiston bo‘lsin!
Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlariga fayz-u baraka, yurtimizga tinchlik va farovonlik tilayman.
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, xalqimiz hamisha farovon bo‘lsin!
✅Rasmiy sahifalar | 36 495 |
| 12 | 没有文字... | 1 |
| 13 | 🇺🇿MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT, KELAJAK OLDIDAGI BUYUK MAS’ULIYAT!
Aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, ota-onalar va yoshlar!
Sizlarni jonajon O‘zbekistonimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, o‘z kuch va salohiyatiga tayanib kelajagini bunyod etishi uchun berilgan bebaho imkoniyatdir. Bugun yoshlarimizning katta orzular bilan ulg‘ayayotgani, ilm-fan, ta’lim, ijod va sportda yuksak marralarni zabt etib, xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarayotgani — istiqlolimiz bergan imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.
Men uchun Mustaqillikning eng go‘zal timsollaridan biri — o‘z Vatanida katta orzu qilish, bilim olish, izlanish, yaratish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan avloddir.
Aziz yoshlar, dunyodagi eng yuksak marralarni ko‘zlang, bilimingiz va iste’dodingiz bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shing. Qalbingizda esa doimo O‘zbekiston bo‘lsin!
Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlariga fayz-u baraka, yurtimizga tinchlik va farovonlik tilayman.
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, xalqimiz hamisha farovon bo‘lsin!
✅Rasmiy sahifalar | 1 |
| 14 | #YagonaVatan35
🇺🇿 “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETI — O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi bilan birgalikda barchamiz uchun quvonchli va muhim voqeaga guvoh bo‘ldik.
🎓 Universitetimiz Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha nufuzli tashkiloti — Quality Assurance Agency for Higher Education (QAA) tomonidan xalqaro institutsional akkreditatsiyaga sazovor bo‘ldi. Eng muhimi, “Yangi O‘zbekiston” universiteti mamlakatimizda ushbu akkreditatsiyani qo‘lga kiritgan birinchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi.
Bugun ushbu tarixiy yutuq munosabati bilan universitetda QAA xalqaro akkreditatsiya sertifikatini tantanali topshirish marosimini ochib berdim. Tadbirda universitetning Faxriy prezidenti doktor Wolfgang Herrmann, universitet rektori Bahodir Ahmedov, professor-o‘qituvchilar, talabalar, hamkasblarimiz va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.
Bu natija ortida katta mehnat, mas’uliyat va ta’lim sifatini xalqaro mezonlar darajasiga olib chiqish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlar turibdi. QAA tomonidan berilgan xalqaro e’tirof universitetimizda shakllantirilayotgan akademik muhit va sifatga qaratilgan yondashuvning muhim natijasidir.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida qo‘lga kiritilgan ushbu yutuq barchamiz uchun alohida ahamiyatga ega. Ishonamanki, “Yangi O‘zbekiston” universiteti bundan keyin ham xalqaro ta’lim va ilm-fan maydonida o‘z o‘rnini mustahkamlab, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadrlarni tayyorlashda davom etadi.
✅ Rasmiy sahifalar | 17 872 |
| 15 | #avgust_kengashi
🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik Avgust kengashi — o‘quv-seminarini yakunladik.
Unda Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari bilan 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va maktab boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim masalalarni atroflicha muhokama qildik.
Bu yilgi kengashning asosiy g‘oyasi — kuchli maktab kuchli liderlikdan boshlanadi.
❗ Seminar davomida Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va inventarizatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish va tahlil etish, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting va natijadorlikni oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr va tajriba almashdik.
❗ Shuningdek, HR siyosati va pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlaridan samarali foydalanish, ta’lim va sport integratsiyasi, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
❗ Maktab rahbarlari bilan huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham muhim masalalarni ko‘rib chiqdik.
❗ Shu bilan birga, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv reja va tarifikatsiyani shakllantirish, kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldik.
Mazkur yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha Agentligimizning tegishli boshqarma va bo‘limlari mas’ullari tomonidan seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, maktab direktorlari bilan mavjud muammolar, amaliy tajribalar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Eng muhimi, bu uchrashuvlar faqat ma’lumot berish bilan cheklanmay, joylardagi muammolarni bevosita rahbarlarning o‘zidan eshitish, fikr va takliflarni muhokama qilish hamda kelgusidagi vazifalarni birgalikda belgilab olish uchun amaliy maydon bo‘ldi.
Men uchun maktab direktori — faqat ta’lim jarayonini boshqaruvchi rahbar emas. U jamoani bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, yangilikka ochiq, tashabbus ko‘rsatadigan va eng muhimi, natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan liderdir.
Ikki kun davomida ushbu kengashni mazmunli tashkil etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash va o‘tkazishga hissa qo‘shgan Agentligimiz jamoasi, boshqarma va bo‘limlarimiz mas’ullariga, shuningdek, o‘z tajribasi, fikr va takliflari bilan faol ishtirok etgan barcha maktab direktorlariga minnatdorlik bildiraman.
🖌 Oldimizda yangi o‘quv yili va katta vazifalar turibdi. Ishonamanki, bir jamoa bo‘lib, aniq maqsad va mas’uliyat bilan harakat qilsak, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqamiz.
✅ Rasmiy sahifalar | 87 991 |
| 16 | #sayyor_qabul
#Fargʻona_viloyati
🌿 So‘xda: ota-onalar va pedagoglar bilan yuzma-yuz muloqot
So‘x tumanida tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida ota-onalar, pedagoglar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashdik. Sayyor qabul davomida ularning ta’lim jarayoniga oid murojaatlari, taklif va fikrlarini bevosita tingladik. Ko‘tarilgan masalalarni joyida muhokama qilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab oldik.
Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari Sh.Polvonov, So‘x tumani hokimi S.Sayidmusayev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori N.Mannopova, pedagoglar va ota-onalar ishtirok etishdi.
Shuningdek, So‘x tumanida barpo etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktabdagi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdik. Bunyodkorlik ishlarining holati, o‘quv va yordamchi binolarni zamonaviy talablar asosida jihozlash, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish bilan bog‘liq masalalarni ko‘zdan kechirdik. Qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish va maktabni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdik.
Muloqotimizning asosiy mavzularidan biri — So‘xda yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Ta’lim sifatini ta’minlash, kuchli pedagogik jamoani shakllantirish, zamonaviy ta’lim muhitini yaratish va eng muhimi, So‘xdagi iqtidorli bolalarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun munosib imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Har bir hududdagi bolaga sifatli ta’lim olish uchun teng imkoniyat yaratish — oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri, deb hisoblayman.
✅ Rasmiy sahifalar | 16 574 |
| 17 | 📌 Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarimizning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdim.
🎓 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, qurilish-ta’mirlash ishlari hamda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdik. Pedagoglar bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini ham tingladik.
Tashrif davomida Urganch shahrida yangidan tashkil etilayotgan muhandislik maktabi faoliyatiga alohida e’tibor qaratdik. Maktab Al-Xorazmiy universitetiga biriktiriladi, 10–11-sinflardagi o‘quv dasturlari universitetning 1-kurs dasturlari bilan integratsiya qilinadi. Universitet professor-o‘qituvchilari maktab o‘quvchilariga oliy ta’lim fanlaridan dars beradi. Belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan bitiruvchilar esa Al-Xorazmiy universitetida test va qo‘shimcha imtihonlarsiz, bir yillik qo‘shimcha davlat granti asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2-kursdan ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu yondashuv orqali maktab va oliy ta’lim o‘rtasida uzviy tizim yaratish, yoshlarni muhandislik yo‘nalishlariga maktab davridan boshlab maqsadli tayyorlashni ko‘zlayapmiz. Eng muhimi, o‘quvchilarimiz maktabni bitirayotganidayoq kelajak kasbi uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Yangi o‘quv yilidagi asosiy maqsadimiz ham — har bir o‘quvchi uchun sifatli ta’lim va katta imkoniyatlarga olib boradigan muhit yaratish.
✅ Rasmiy sahifalar | 17 043 |
| 18 | #YagonaVatan35
🌿 Mustaqillik yillarida ta’limga qaratilgan e’tiborning yana bir samarasi — yoshlarimizdan tarixiy natija!
Mustaqillikning 35 yilligi tantanalari arafasida xalqaro maydonlardan kelayotgan bu kabi xushxabarlar barchamizga alohida faxr va quvonch bag‘ishlaydi.
🇺🇿Milliy istiqlol yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan izchil siyosat natijasida yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etilishi, olimpiadachilarni tizimli tayyorlash, ular uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratilishi hamda ilg‘or xalqaro tajribalarning joriy etilishi bugun o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.
Xalqaro olimpiadalarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarayotgan yoshlarimiz — ana shu yuksak e’tibor, izchil islohotlar va yaratilgan imkoniyatlarning yorqin samarasidir.
Ikki nufuzli xalqaro olimpiadada Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘quvchilari jami 7 ta medal — 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
🇰🇷 Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan 21-Xalqaro standartlar olimpiadasida (ISO 2026) Prezident maktablari o‘quvchilari:
🥇 Asadbek Baxronov — Buxoro shahridagi Prezident maktabi;
🥇 Feruza Luqmonova — Buxoro shahridagi Prezident maktabi;
🥇 Saidakbar Jahonaliyev — Jizzax shahridagi Prezident maktabi — oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
✨Toshkent shahrida O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida (IOI 2026) esa:
🥈 Jaxonali Xaydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
🥉 Jahongirshoh Avazxonov — Namangan shahridagi Prezident maktabi;
🥉 Timur Kadirbergenov — Nukus shahridagi Prezident maktabi;
🥉 Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi sovrindor bo‘ldi.
Ushbu natija bilan O‘zbekiston terma jamoasi IOIdagi ishtiroki tarixida eng yuqori natijani qayd etdi.
✨ Bugungi medallar — yillar davomida ta’limga qaratilgan e’tibor, yaratilgan imkoniyatlar, ustozlar mehnati va yoshlarimizning intilishlari samarasidir. Eng muhimi, bu natijalar Yangi O‘zbekiston yoshlarining salohiyati va kelajakda yanada ulkan marralarni zabt etishga qodir ekanini namoyon etmoqda.
💐 G‘olib va sovrindor o‘quvchilarimizni, ularning ustozlari hamda ota-onalarini Agentlik nomidan samimiy muborakbod etamiz!
✅ Rasmiy sahifalar | 35 386 |
| 19 | 🌱 Iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni
🎓 Yangi Toshkentda barpo etilayotgan «Yangi O‘zbekiston» universiteti kampusi zamonaviy ta’lim va ilm-fan infratuzilmasining yirik loyihalaridan biridir.
Bugun kampus qurilishi jarayoni bilan tanishib, yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik.
50 gektar hududda 16 ta binoni o‘z ichiga oladigan kampusda muhandislik, agrotexnologiyalar, tibbiyot, raqamli texnologiyalar, tabiiy va gumanitar fanlar kabi ustuvor yo‘nalishlar uchun zamonaviy ta’lim va tadqiqot muhiti yaratiladi.
Innovatsion texnopark, ilg‘or texnik tadqiqotlar instituti, tibbiy ilmiy markaz va klinika esa talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot va ilmiy izlanishlar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi.
Universitetning Massachusetts Institute of Technology (MIT) va Technical University of Munich (TUM) bilan strategik hamkorligi ta’lim jarayonlarini xalqaro tajriba va standartlar asosida tashkil etishga xizmat qiladi.
✅ Rasmiy sahifalar | 46 547 |
| 20 | #Axborot24
🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat maktabiga imtihon jarayonlari
Joriy yilning 31-iyul hamda 1–2-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 2-, 3- va 4-sinflariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.
✅ Rasmiy sahifalar | 36 017 |
