ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅 👈

Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi

Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi

前往频道在 Telegram

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMG‘ARMASI rasmiy telegram kanal: @agrosafeuz rasmiy pochta: if@agro.uz tel: +998550550755 📍Manzil: Toshkent sh., Yakkasaroy t, Shota Rustaveli k., 8-uy

显示更多
未指定国家未指定类别
376
订阅者
无数据24 小时
+87 天
+2030 天
帖子存档
👍 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida xalqaro tajriba almashinuvi davom etmoqda 🗣Bugun Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktorining birinchi o‘rinbosari Umidjon Nurmatov hamda sugʻurtalash boshqarmasi boshligʻi Umidjon Rahimovlar boshchiligidagi ishchi guruh ishtirokida Italiyalik mustaqil ekspert Andrea Stoppaning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasi bilan amaliy tanishuvi tashkil etildi. 🗺Tashrif doirasida ishchi guruh Toshkent viloyatining Parkent tumanida bo‘lib, hududdagi bog‘dorchilik va chorvachilik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi. 🗣Amaliy tashrif davomida xorijiy ekspertga O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligi faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, bog‘dorchilik va chorvachilik yo‘nalishlaridagi jarayonlar, shuningdek, ushbu sohalarda sug‘urta mexanizmlarini qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan ma’lumotlar almashilindi. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram

Doʻl yoqdimi yoki yoʻqmi? Javobni bahs emas, meteostansiya beradi. 18-sentabr kuni Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasi va Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti memorandum imzoladi. Mohiyati oddiy: institut meteorologik xavflardan koʻrilgan zararni baholashda ilmiy-uslubiy yordam beradi. Ob-havo kuzatuvlari maʼlumotlarini esa Jamgʻarma shartnoma asosida Gidrometeorologiya xizmati agentligidan (Oʻzgidromet) oladi. Bu fermer uchun nimani anglatadi? Talafot boʻlganini uzoq yozishmalar emas, meteostansiyalar maʼlumoti tasdiqlaydi. Ekspert faqat zararning oʻzini baholaydi. Toʻlov tezroq boʻladi. Tizimda hozircha tarif hamma uchun yagona. Rejadagi keyingi qadam tariflarni har bir tumanning koʻp yillik ob-havo statistikasi asosida hisoblash. Bunda ham tayanch Oʻzgidromet maʼlumotlari. Maʼlumot qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi uchun xuddi suv kabi zarur resurs. QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷Instagram

#muhum_eslatma ⚠️ HURMATLI FERMER XO‘JALIKLARI! ⚠️ 🌾 G‘alla hosili uchun imtiyozli kreditdan foydalangan qishloq xo‘jaligi s
#muhum_eslatma ⚠️ HURMATLI FERMER XO‘JALIKLARI! ⚠️ 🌾 G‘alla hosili uchun imtiyozli kreditdan foydalangan qishloq xo‘jaligi subyektlari diqqatiga! 🗣Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, imtiyozli kreditlardan foydalanishda qishloq xo‘jaligi hosilini sug‘urtalash muhim shartlardan biri hisoblanadi. 🗣Shu munosabat bilan, g‘alla hosili bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalaringiz holatini tekshirishingizni, shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta mukofoti to‘lovlarini belgilangan muddatlarda to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirishingizni so‘raymiz. ❗️Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi sug‘urta shartnomasining amal qilishi va sug‘urta himoyasiga ta’sir qilishi mumkin. 📌 Shartnomangiz holatini tekshiring va belgilangan to‘lov muddatlarini o‘z vaqtida amalga oshiring! 🏪 To‘lovlarni amalga oshirish jarayonida biror-bir savol yoki muammoga duch kelsangiz, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasiga murojaat qiling! ☎️ +998 55 055-07-55 ☎️ 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining sanoatlashgan intensiv
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining sanoatlashgan intensiv bogʻini koʻzdan kechirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с интенсивным садом промышленного типа предприятия «ADM Agro» в Кегейлийском районе Республики Каракалпакстан. #Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #bogdorchilik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Italiya tajribasi O'zbekiston agrosug'urtasiga xizmat qiladi Bugun Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasiga qishloq xo'jaligi sohasidagi italiyalik ekspertlar - professor Simone Severini va Andrea Stoppa tashrif buyurdi. Ularni Jamg'arma direktori Murodjon Achilov qabul qildi. Suhbat davomida mehmonlarga O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sug'urtasi qanday yo'lga qo'yilayotgani so'zlab berildi. Tizimni yaratish davomida Turkiya tajribasi o'rganilganligi hamda kelgusi yillarda tizim bosqichma-bosqich kengayib borishi aytildi. Italiyalik mutaxassislar avvalo sug'urta tarifining pastligiga e'tibor qaratdi. Ularning aytishicha, bu fermer uchun katta yengillik. Jamg'arma rahbari bunga davlat dasturi ekani bilan izoh berdi. Fermerga og'ir yuk tushirmaslik boshidanoq asosiy shart qilib olingan. Sug'urta tarifi atigi ikki foizni tashkil etadi, uning yarmini ham davlat to'lab beradi. Italiya va Turkiyada esa bu ko'rsatkich ancha yuqori. Mehmonlar o'z navbatida Italiya tajribasi va qayta sug'urtalash tizimi haqida gapirib berdi. Uchrashuv qizg'in savol-javob bilan yakunlandi. Ekspertlar O'zbekistonda 25-sentabrgacha bo'ladi. Ularni treninglar, vazirlik va sug'urta kompaniyalari bilan uchrashuvlar hamda Oqqo'rg'on tumanidagi fermer xo'jaligiga safar kutmoqda. QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷Instagram

📚 Ilmiy yondashuv va ochiq muloqot Bugun Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqida ilgari surilgan g‘oyalar hamda milliy dasturlarning maqsad va mazmunini kengroq yoritishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. 🎓 Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Xushvaqtov Xusan Achilbayevich ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ularning amaliy ahamiyati haqida fikr almashildi. 💬 Xusan Achilbayevich mavzu yuzasidan o‘zining ilmiy qarashlari va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda takliflarini bildirdilar. 🤝 Bunday uchrashuvlar ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xodimlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷Instagram

🌾 Hosil uchun oylar davomida mehnat qilinadi. Ammo kutilmagan xavf bir necha daqiqada katta zarar keltirishi mumkin. Shu sababli g‘alla yetishtirishda nafaqat hosil haqida, balki uni moliyaviy himoya qilish haqida ham oldindan o‘ylash muhim. ⚠️ MUHIM ESLATMA O‘RQ-1056-son «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun davlatning imtiyozli kreditlaridan foydalanilganda, yetishtiriladigan mahsulotning nobud bo‘lish xavfini oldindan sug‘urta qilish shart. 📌 G‘alla ekinlarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urta summasining 4 foizini tashkil etadi: — 2 foizi — fermer tomonidan; — 2 foizi — davlat subsidiyasi hisobidan qoplanadi. ❗️Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim. Mehnatingizni va hosilingizni kutilmagan xavflardan moliyaviy himoya qiling. #Agrosugurta #Galla #Fermer #QishloqXojaligi #Sugurta QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷Instagram

AnimatedSticker.tgs0.02 KB

🌾 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasining asosiy maqsadi nima? Jamg‘arma asosiy maqsadi  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarni qishloq xo‘jaligi faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli tavakkalchiliklardan himoya qilish, ko‘rilgan zararlarni qoplash hamda ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash. 🎥 Batafsil ma’lumotni videoda tomosha qiling. 🌐 agrosafe.uz 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook

🌾 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi qanday tashkilot? Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 223-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan davlat muassasasidir. Jamg‘arma Vazirlar Mahkamasining 772-sonli qarori va tasdiqlangan nizom asosida faoliyat yuritadi. 🤝 Uning asosiy maqsadi — zarar yetganda fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash. 🎥 Batafsil javobni videoda tomosha qiling. 🌐 agrosafe.uz 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook

🥇O‘zbekiston xalq artisti, sevimli aktyor Rajab Adashev bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv jamoamiz uchun chinakam iliq va unutilmas voqeaga aylandi. 🎥 Kino barchamizga yaqin. Ayniqsa, o‘zbek kinosining sevimli va allaqachon afsonaga aylangan “Abdullajon” filmi ko‘pchiligimiz uchun alohida xotiralar bilan bog‘liq. Ushbu filmda yorqin obraz yaratgan Rajab Adashev bilan yuzma-yuz suhbatlashish, uning ijodiy yo‘li, suratga olish jarayonlari va hayotiy xotiralarini o‘zidan eshitish barchada katta taassurot qoldirdi. ❤️Samimiy suhbat, qiziqarli voqealar va ustoz san’atkorning hayot hamda ijod haqidagi fikrlari uchrashuvga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Tadbir yakunida barcha ko‘tarinki kayfiyatda, iliq taassurotlar va yangi ilhom bilan tarqaldi. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook

🎓 Мустақил экспертларга расмий гувоҳномалар топширилди Бугун қишлоқ хўжалиги суғуртаси соҳасида фаолият олиб борувчи мустақи
🎓 Мустақил экспертларга расмий гувоҳномалар топширилди Бугун қишлоқ хўжалиги суғуртаси соҳасида фаолият олиб борувчи мустақил экспертлар учун ташкил этилган ўқув курсининг тўртинчи босқичи муваффақиятли якунланди. 📜 Курс якунида иштирокчиларга Қишлоқ хўжалиги суғуртаси жамғармасининг мустақил эксперти мақомини тасдиқловчи расмий гувоҳномалар топширилди. Гувоҳномаларни Жамғарманинг Суғурта воситачилари ва мустақил экспертлар билан ишлаш бўлими бошлиғи тантанали равишда топширди. 📚 Мазкур ўқувлар мустақил экспертларнинг касбий билим ва кўникмаларини ошириш, суғурта ҳодисаларини холис ва аниқ баҳолаш бўйича амалий тажрибасини мустаҳкамлашга хизмат қилади. 🌾 Жамғарма томонидан соҳада малакали ва профессионал мустақил экспертлар тизимини шакллантириш бўйича ишлар изчил давом эттирилмоқда. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook

Bugun bilim, muloqot va amaliy ishlar kuni Bugun Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasida bir vaqtning o‘zida qishloq xo‘ja
Bugun bilim, muloqot va amaliy ishlar kuni Bugun Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasida bir vaqtning o‘zida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasining bir necha muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar olib borildi. Kun davomida chorvachilik va bog‘dorchilik sug‘urtasi bo‘yicha Zoom yig‘ilishlari, shuningdek, mustaqil ekspertlar uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi. Jamg‘arma direktori Murodjon Azamatovich Achilov boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvlarda hududlardagi amaliy masalalar, sug‘urta mexanizmlarini samarali qo‘llash, fermerlar duch kelayotgan xavflar va ularni sug‘urta orqali kamaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Soha vakillarining savollari, taklif va mulohazalari tinglandi. Mustaqil ekspertlar uchun o‘quv jarayonida esa risklarni baholash, sug‘urta hodisalarini o‘rganish va zararni xolis aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlarda TARSİM mustaqil ekspertlar koordinatori Sayfettin Gun hamda Jamg‘armaning Sug‘urta vositachilari va mustaqil ekspertlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Alisher To‘lqinov ishtirok etdi. Bir kun - uch muhim yo‘nalish. Maqsad esa bitta: qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini fermer uchun tushunarli, ishonchli va amalda ishlaydigan himoya vositasiga aylantirish. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook

⚠️ MUHIM ESLATMA ⚠️ Hurmatli fermer xo‘jaliklari rahbarlari! 🌾G‘alla ekinlarini sug‘urtalash ishlari jadal davom etmoqda. O‘
⚠️ MUHIM ESLATMA ⚠️ Hurmatli fermer xo‘jaliklari rahbarlari! 🌾G‘alla ekinlarini sug‘urtalash ishlari jadal davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1056-son “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasiga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun davlatning imtiyozli kreditlaridan foydalanganda, yetishtiriladigan mahsulotning nobud bo‘lish xavfini oldindan sug‘urta qilish shart etib belgilangan! 📌 G‘alla ekinlarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urta summasining 4 foizini tashkil etadi: — 2 foizi fermer tomonidan to‘lanadi; — 2 foizi davlat tomonidan subsidiya asosida qoplab beriladi. ❗️Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim.❗️
📞 Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: 55 055-07-55 yoki hududingizga biriktirilgan hosil sug‘urtasi bo‘yicha kuratorga murojaat qiling.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook

🌾 Kuzgi ekish — kelajakdagi hosilga qo‘yilgan poydevor. Har bir don ortida mehnat, vaqt va mablag‘ bor. Hosilingiz himoyasi haqida hozirdan qayg‘uring. Kuzgi don ekinlarini sug‘urtalash bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda. Qoplanadigan xavflar va sug‘urta shartlari bilan oldindan tanishing. ✅ Rasmiylashtirish — "Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali. Sug‘urta ixtiyoriy. Muhimi, uni sug‘urta hodisasi yuz berishidan oldin rasmiylashtirish kerak. 📞 Batafsil ma’lumot: +998550550755 Savollaringizni izohlarda ham yozishingiz mumkin. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook

Mustaqil ekspertlar uchun o‘quv seminari davom etmoqda O‘quv seminarning mantiqiy davomi sifatida bugun 4-bosqichda mustaqil
+3
Mustaqil ekspertlar uchun o‘quv seminari davom etmoqda O‘quv seminarning mantiqiy davomi sifatida bugun 4-bosqichda mustaqil ekspertlikka nomzodlar uchun navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. 👍 Qishloq xo‘jaligi sug‘urta jamg‘armasi Sug‘urta vositachilari va mustaqil ekspertlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Alisher To‘lqinov hamda Agrosanoatni raqamlashtirish markazi boshqarma boshlig‘i Anvar Azimov ishtirokida nomzodlarga Agroportal va Agrosafe tizimlari orqali ishlash tartibi va tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy o‘quv kursi o‘tkazilmoqda. 💻 O‘quv mashg‘ulotlari davomida mustaqil ekspertlikka nomzodlarning raqamli tizimlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish, sug‘urta jarayonlarini elektron shaklda yuritish hamda platformalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlari mustahkamlanmoqda. 📚 Seminar doirasidagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mustaqil ekspertlarni zamonaviy raqamli tizimlardan samarali foydalanishga tayyorlashga qaratilgan. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook

🇺🇿🇹🇷 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida Turkiya bilan hamkorlik amaliy jihatdan davom ettirilmoqda! 🌱 O‘zbekiston va
+5
🇺🇿🇹🇷 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida Turkiya bilan hamkorlik amaliy jihatdan davom ettirilmoqda! 🌱 O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, mustaqil ekspertlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha belgilangan kelishuvlar ijrosi doirasida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda. 🗣Mazkur o‘quv jarayoni Zoom platformasi orqali tashkil etilib, unda Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi huzuridagi sug‘urta yo‘nalishi vakili, TARSİM mustaqil ekspertlar koordinatori Sayfettin Gün, Qishloq xo‘jaligi sug‘urta jamg‘armasi Sug‘urta vositachilari va mustaqil ekspertlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Alisher To‘lqinov, shuningdek, 4-bosqich o‘quv kursida tahsil olayotgan mustaqil ekspertlikka nomzodlar ishtirok etmoqda. 📚 O‘quv mashg‘ulotlari davomida Turkiya tajribasi asosida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasida mustaqil ekspertlarning faoliyati, sug‘urta hodisalarini baholash, zararni aniqlash hamda ekspertlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🤝 Mazkur amaliy hamkorlik Turkiyaga yaqinda amalga oshirilgan ishchi tashrif davomida erishilgan kelishuvlar va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. 🇺🇿🇹🇷 O‘zaro tajriba almashish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yanada takomillashtirish, malakali mustaqil ekspertlar institutini rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook

📚 MUSTAQIL EKSPERTLARNI O‘QITISH BO‘YICHA DASTLABKI O‘QUV SEMINARI BO‘LIB O‘TDI 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
+5
📚 MUSTAQIL EKSPERTLARNI O‘QITISH BO‘YICHA DASTLABKI O‘QUV SEMINARI BO‘LIB O‘TDI 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tizimini takomillashtirish maqsadida mustaqil ekspertlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. 📚 Mazkur yo‘nalishdagi 4-bosqich mustaqil ekspertlikka o‘qitish bo‘yicha nomzodlar uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda: — Jamg‘arma direktori Achilov Murodjon Azamatovich; — Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Muxidinov Mirshodjon; — Toshkent davlat agrar universiteti prorektori Mamadiyorov Dilshod Urolovich hamda mustaqil ekspertlikka nomzodlar ishtirok etdi. 🌱 O‘quv kursi doirasida dehqonchilik va bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik yo‘nalishlarida: 🔹 sug‘urta hodisasi ehtimolini tahlil qilish; 🔹 sug‘urta obyektlarini ko‘zdan kechirish; 🔹 sug‘urta hodisasining mavjudligini aniqlash; 🔹 yetkazilgan zarar miqdorini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. 📌 Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida malakali va professional mustaqil ekspertlar korpusini shakllantirishga xizmat qiladi. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook

Agroportalda g‘alla ekinlarini sug‘urta qilish xizmati joriy etildi 💻 Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va fermerlarni qo‘
Agroportalda g‘alla ekinlarini sug‘urta qilish xizmati joriy etildi 💻 Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. 🖥 Endilikda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” integratsion platformasi — Agroportal orqali g‘alla ekinidan kam hosil olish natijasida ko‘riladigan moliyaviy zararni sug‘urtalash xizmati yo‘lga qo‘yildi. 🕘 G‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar Agroportaldagi shaxsiy kabineti orqali onlayn ariza yuborib, sug‘urta shartnomasini masofadan turib rasmiylashtirishlari mumkin. Bu vaqt va ortiqcha hujjatbozlikni kamaytiradi. 💰 Sug‘urta mukofotining 50 foizi fermer tomonidan, qolgan 50 foizi esa davlat subsidiyasi hisobidan qoplab beriladi. 🩵 Yangi xizmat g‘alla yetishtiruvchilarning kutilmagan xatarlardan moliyaviy himoyalanishi va sug‘urta xizmatlaridan tez va qulay foydalanishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram