Mahzunona
前往频道在 Telegram
Манбасиз олаверинг Хамма нарса Аллoхники @by_yozuvchi енг йоқтирган саҳифам Канал егаси:Музаккар( еркак киши) @sahiifala.)
显示更多未指定国家未指定类别
868
订阅者
+7924 小时
+1737 天
+15930 天
帖子存档
861
Insonlarning hayotida qanchalik iz qoldirsang, sen haqingda shu qadar eslab yurishadi. Sen yupatgan ko’ngillar, yuzingni doim yodda saqlaydi.
Sahobalardan maktublar📚
861
O’z dunyongga emas, sajdaga burkansang, iztiroblaring o’rnida umid gullari chechak ochadi…
Mehmet Yildiz
861
Қуруқ ва ҳиссиз қалбларга етти йил давомида муҳаббат уруғини эксангда, севги унга фойда бермайди.
861
Ҳушсурат келинга маҳр зарурат,
Илм йўлларида сабр зарурат.
Улуғлик истасанг умр бўйи гар,
Нафсингга ҳамиша жабр зарурат.
• Ибн Ҳишом роҳимаҳуллоҳ
861
Ilm olishdan bosh maqsad, asosiy niyyat — inson oʻzini va qalbini isloh qilishi boʻlishi kerak.
Boshqalardan oʻzini ustun tutishi, boshqalarga aql koʻrsatishi emas..!
Niyyat solih boʻlsa boshqa barakalar shundoq ham kelaverar ekan..
861
Жим турмасдан ҳаракат қилишни ўзингга лозим тут: шариат мақомидан тасаввуф мақомига, тасаввуф мақомидан ҳақиқат мақомига, ҳақиқат мақомидан ҳаққул ҳақиқат мақомига, ундан эса сиддийқия мақомига.
Лекин инсон бу ҳаракатларни амалга оширмайди, сабаби у нафснинг қўлида асирдир. Нафсининг насибаси эса ухровий ишларига ҳам кириб боради, унинг ихлосини бўшаштиради ва ундан фойдалана олмайди.
Аслида эса, инсон динида бажариладиган амалларда нафсини кесиши, қаттиқ туриши лозимдир.
• Шайх Аҳмад Фатҳуллоҳ Жомий
861
Sening duoying osmonga ko‘tarilayotgan paytda, sen uni unutib yuborgan bo‘lishing mumkin. Ammo Alloh unutmaydi. Sen ko‘z yoshingni yashirgan bo‘lishing mumkin. Ammo Alloh ko‘radi. Sen o‘zingni yolg‘iz his qilishing mumkin. Ammo Alloh seni tark etmaydi. Chunki U — Allohdir
861
Маҳрум ким, айтайми?
Тунни ижтимоий тармоқларда бедор ўтказиб, бомдод вақти тош қотиб ухлаганлар ҳақиқий маҳрумлардир.
861
Bu kitobni o'qiganlar sizlarda qanday tuyg'u qoldirgan ushbu kitob ? Fikringizni izohlarda kutaman
861
Ba'zan inson shunday holatga tushadiki, uni hech kim tushunmayotgandek tuyuladi. Dardini aytishga odam topolmaydi, ko'ngli siqiladi, gunohlari yelkasini bosadi, kelajagi esa qorong'i ko'rinadi. Ana shunday paytda bu kitob qo'lingizdan ushlab, sizni odamlar tomon emas, Robbingiz tomon yetaklaydi.
Bu kitob sizga Allohning ismlarini shunchaki o'rgatmaydi. Balki:
Yiqilsangiz, Alloh G'afur ekanini eslatadi.
Qo'rqsangiz, Alloh Hafiz ekanini bildiradi.
Yolg'iz qolsangiz, Alloh Qarib ekanini his qildiradi.
Umidingiz so'nganida, Alloh Rahmon ekanini qalbingizga joylaydi.
Sahifalarni o'qir ekansiz, go'yo uzoqlashib qolgan qalbingiz yana Robbiga qaytayotgandek bo'ladi. Ko'zingiz satrlarni o'qiydi, ammo ta'sirini qalbingiz his qiladi.
Bu kitobning eng go'zal jihati — u sizga Alloh haqida ma'lumot bermaydi, balki Allohni yanada yaqinroq tanitadi. O'qib bo'lgach, muammolaringiz yo'qolib qolmasligi mumkin, lekin ularga qarashingiz o'zgaradi. Chunki siz muammolaringizning kattaligiga emas, Robbingizning buyukligiga boqishni o'rganasiz.
Agar qalbingiz charchagan bo'lsa, uni o'qing. Agar umidingiz susaygan bo'lsa, uni o'qing. Agar Allohni yanada yaqindan tanishni istasangiz, uni albatta o'qing.
Chunki ba'zi kitoblar aqlni boyitadi. Ba'zi kitoblar esa qalbni uyg'otadi. “Chunki Sen Allohsan” ana shunday kitoblardan biridir.
