ch
Feedback
Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Rahmonov Sherzod Shuxratovich

前往频道在 Telegram

Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy

显示更多
未指定国家未指定类别
9 128
订阅者
-524 小时
-877 天
-3 65730 天
帖子存档
🌱 Yoshlar bilan ishlash sifati — e’tibor markazida Kattaqo‘rg‘on shahrida mahalla yoshlar yetakchilarining bilim va ko‘nikma
+3
🌱 Yoshlar bilan ishlash sifati — e’tibor markazida Kattaqo‘rg‘on shahrida mahalla yoshlar yetakchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yoshlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida respublika mas’ullari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminarni o’tkazdik. 📝 Seminar davomida yoshlar bandligini ta’minlash, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash, Yoshlar ishlari agentligining yirik loyihalari hamda “Yoshlar daftari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 🤝 Shuningdek, yoshlar muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tajriba almashildi. 🎯 Maqsad — yoshlar yetakchilari faoliyatini yanada takomillashtirish va har bir yoshga manzilli ko‘mak ko‘rsatish. @sherzod_rahmonov

Kattaqo’rg’on shahridagi uchinchi mintaqaviy hudud 7-son tergov hibsxonasidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda S
+2
Kattaqo’rg’on shahridagi uchinchi mintaqaviy hudud 7-son tergov hibsxonasidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov hamda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining o‘rinbosari Jasur G‘aniyev ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar uchun ajratilayotgan davlat grantlari va subsidiyalar, ularning imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish, tadbirkorlik va zamonaviy kasblarga jalb etish, shuningdek, yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida Sh.Rahmonov hibsxonada saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda ular bilan suhbatlashdi.

Yangi yoshlar markazi foydalanishga topshirildi Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlar uchun zamonaviy imkoniyatlarni bir joyga jamla
+8
Yangi yoshlar markazi foydalanishga topshirildi Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlar uchun zamonaviy imkoniyatlarni bir joyga jamlagan yangi Yoshlar markazi foydalanishga topshirildi. Markazning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ishtirok etdi va yangi maskanni rasman ochib berdi. Markazda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirish, kasb-hunar o‘rganishi, turli ta’limiy va ijodiy loyihalarda ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratilgan. Bu yerda yoshlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan tadbirlar, uchrashuvlar, tanlov va loyihalarni muntazam tashkil etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. Yangi markaz Kattaqo‘rg‘on shahridagi yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirib, ularning o‘z qiziqishlari va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. @sherzod_rahmonov

✨“MODA YO‘LI”: RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA OLINGANLAR ANIQLANDI! Samarqand viloyati Yoshlar markazida “Moda yo‘li” Respub
+9
“MODA YO‘LI”: RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA OLINGANLAR ANIQLANDI! Samarqand viloyati Yoshlar markazida “Moda yo‘li” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan saralangan yosh dizaynerlar o‘z kolleksiyalarini namoyish etdi. 🏆Tanlov yakunlariga ko‘ra, munosib deb topilgan ishtirokchilar respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. ✅G‘olib va faol ishtirokchilar Respublika mas’ullari va viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i tomonidan taqdirlandi. Barcha ishtirokchilarni muborakbod etamiz! Respublika bosqichida omad yor bo‘lsin! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

“Orzu qil, izlan, harakat qil — buyuk natijalar aynan shundan boshlanadi.” @sherzod_rahmonov
“Orzu qil, izlan, harakat qil — buyuk natijalar aynan shundan boshlanadi.” @sherzod_rahmonov

🇺🇿 Payshanba — “Rahbar va yoshlar kuni” Samarqand viloyati hokimi A. Boboyev Samarqand shahrida joylashgan Oxford Internati
+2
🇺🇿 Payshanba — “Rahbar va yoshlar kuni” Samarqand viloyati hokimi A. Boboyev Samarqand shahrida joylashgan Oxford International Schoolda tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari, shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar atroflicha tinglanib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlar — ularning fikrini eshitish, muammolariga yechim topish va kelajakdagi ezgu maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash uchun muhimdir. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

​Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarma boshligʻi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan musobaqalar doirasida Kattaqoʻrgʻon
+5
Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarma boshligʻi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan musobaqalar doirasida Kattaqoʻrgʻon tuman yoshlar yetakchilari ham bir maydonda jam bo’ldi. Futbol musobaqalari qizg’in davom etmoqda…

Ayni damda Paxtachi tumanida Yoshlar yetakchilari o‘rtasida Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi kubogi uchun sport
+8
Ayni damda Paxtachi tumanida Yoshlar yetakchilari o‘rtasida Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi kubogi uchun sportning futbol turi bo‘yicha musobaqalarga start berildi. 🔥 Musobaqaning dastlabki bahsida 1-sektor jamoasi va 2-sektor jamoasi o‘zaro kuch sinashmoqda. 🏆 Jamoalarga omad va g‘alaba tilaymiz!

Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda Ayni paytda viloyat hokimi Adiz Boboyev payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan S
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda Ayni paytda viloyat hokimi Adiz Boboyev payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi “Oxford International School” ta’lim muassasasida tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari, shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar tinglanmoqda. Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hududlar bo‘ylab Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun Zakovat intellektual o’yini va futbol musobaqalar
Hududlar bo‘ylab Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun Zakovat intellektual o’yini va futbol musobaqalari e’lon qilingan. Hozirda ushbu musobaqalarning tuman va shahar bosqichlari qizg‘in davom etmoqda. 🏆Yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan bahslarda jamoalar g‘oliblik uchun munosib kurash olib bormoqda. ✅Qadrli sportsevar yoshlar! Siz ham faol bo‘ling, jamoangiz bilan musobaqalarda ishtirok eting va o‘z mahoratingizni namoyon qiling! Musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etib, esdalik sovg’alariga ega bo’ling! Qizg’in bahslar va futbolda o‘zingizni sinang — g‘alaba sari yo’l oling! #Futbol #ViloyatKubogi @sherzod_rahmonov

Hududlar bo‘ylab Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun Zakovat intellektual o’yini va futbol musobaqalar
Hududlar bo‘ylab Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun Zakovat intellektual o’yini va futbol musobaqalari e’lon qilingan. Hozirda ushbu musobaqalarning tuman va shahar bosqichlari qizg‘in davom etmoqda. 🏆Yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan bahslarda jamoalar g‘oliblik uchun munosib kurash olib bormoqda. ✅Qadrli sportsevar yoshlar! Siz ham faol bo‘ling, jamoangiz bilan musobaqalarda ishtirok eting va o‘z mahoratingizni namoyon qiling! Musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etib, esdalik sovg’alariga ega bo’ling! Qizg’in bahslar va futbolda o‘zingizni sinang — g‘alaba sari yo’l oling! #Futbol #ViloyatKubogi @sherzod_rahmonov

⚽️ FUTBOL MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA! Hududlar bo‘ylab Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun futbol muso
⚽️ FUTBOL MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA! Hududlar bo‘ylab Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun futbol musobaqalarining tuman va shahar bosqichlari qizg‘in davom etmoqda. 🏆Yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan bahslarda jamoalar g‘oliblik uchun munosib kurash olib bormoqda. ✅Qadrli sportsevar yoshlar! Siz ham faol bo‘ling, jamoangiz bilan musobaqalarda ishtirok eting va o‘z mahoratingizni namoyon qiling! Musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etib, esdalik sovg’alariga ega bo’ling! ⚽️ Futbol maydonida o‘zingizni sinang — g‘alaba sari yo’l oling! #Futbol #ViloyatKubogi @sherzod_rahmonov

“Millatning kelajagi yoshlarning tarbiyasi va ma’rifatiga bog‘liq.” — Abdulla Avloniy @sherzod_rahmonov
“Millatning kelajagi yoshlarning tarbiyasi va ma’rifatiga bog‘liq.” — Abdulla Avloniy @sherzod_rahmonov

📚 Samarqand viloyatida yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminarlar davom etmoqda Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Yosh
+4
📚 Samarqand viloyatida yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminarlar davom etmoqda Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida mahalla yoshlar yetakchilari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi. 📝 Seminar davomida yoshlar bandligini ta’minlash, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash, Agentlikning mega loyihalari hamda “Yoshlar daftari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. 🤝 Shuningdek, mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan manzilli foydalanish va yoshlar yetakchilari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🎯 Maqsad — mahallalarda yoshlar bilan ishlash sifatini oshirish va har bir yosh uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni ta’minlash. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

📚 “Qo‘rqma” asari haqida “Qo‘rqma” — insonni o‘ziga ishonishga, qiyinchiliklardan cho‘chimaslikka va hayotda dadil qadam tashlashga undaydigan mazmunli asar. ✨ Asar har birimizga bir narsani eslatadi: qo‘rquvni yenggan inson o‘z imkoniyatlarini kashf etadi. 📖 Mutolaa qiling, o‘zingiz uchun yangi fikrlar toping! @sherzod_rahmonov

💙💙💙 «YOSHLAR MUAMMOLARINI TAHLIL QILISH MARKAZI» LOYIHASINING 2-BOSQICHI BOSHLANDI! 📝 Xabaringiz bor, loyihaning 1-bosqic
💙💙💙 «YOSHLAR MUAMMOLARINI TAHLIL QILISH MARKAZI» LOYIHASINING 2-BOSQICHI BOSHLANDI! 📝 Xabaringiz bor, loyihaning 1-bosqichida yoshlardan 947 ta murojaat qabul qilinib, ular tahlil qilindi va dolzarb bo’lgan muammolar ijroga qaratildi. Vaqt talab etiladiganlari esa, qat’iy nazoratga olindi. ✅ Hozirda esa loyihaning 2-bosqichi doirasida aniqlangan muammolarni hal etishga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi boshlandi. 📝 Bunda, murojaatlar bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar aniqlanib, muammolarga aniq taklif va amaliy yechimlar tayyorlanadi. 🫥 Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va doimiy nazorat qilinib, natijalar yoshlarga yetkaziladi. 📲Siz ham o‘z taklif va murojaatlaringizni mavjud Telegram-bot: @YiaMurojaat_bot orqali yuborishingiz mumkin. Murojaatlarni qabul qilish 26-27-28-avgust kunlari davom etadi Dolzarb bo’lgan masalalar yechimida faol bo‘ling va yoshlar kelajakni birgalikda yarating Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

💙💙💙 «YOSHLAR MUAMMOLARINI TAHLIL QILISH MARKAZI» LOYIHASINING 2-BOSQICHI BOSHLANDI! 📝 Xabaringiz bor, loyihaning 1-bosqic
💙💙💙 «YOSHLAR MUAMMOLARINI TAHLIL QILISH MARKAZI» LOYIHASINING 2-BOSQICHI BOSHLANDI! 📝 Xabaringiz bor, loyihaning 1-bosqichida yoshlardan 947 ta murojaat qabul qilinib, ular tahlil qilindi va dolzarb bo’lgan muammolar ijroga qaratildi. Vaqt talab etiladiganlari esa, qat’iy nazoratga olindi. ✅ Hozirda esa loyihaning 2-bosqichi doirasida aniqlangan muammolarni hal etishga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi boshlandi. 📝 Bunda, murojaatlar bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar aniqlanib, muammolarga aniq taklif va amaliy yechimlar tayyorlanadi. 🫥 Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va doimiy nazorat qilinib, natijalar yoshlarga yetkaziladi. 📲Siz ham o‘z taklif va murojaatlaringizni mavjud Telegram-bot: @YIAMurojaatBot orqali yuborishingiz mumkin. Murojaatlarni qabul qilish 26-27-28-avgust kunlari davom etadi Dolzarb bo’lgan masalalar yechimida faol bo‘ling va yoshlar kelajakni birgalikda yarating Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov
+2
Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov tizim xodimlari ishtirokida navbatdagi apparat yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda uning mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda sohadagi muhim bo’lgan kunlik va haftalik masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, hududlarda yoshlar ishtirokidagi bayram tadbirlarini mazmunli tashkil etish, tashabbus va loyihalarni keng yoritish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov
+2
Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov tizim xodimlari ishtirokida navbatdagi apparat yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda uning mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hududlarda yoshlar ishtirokidagi bayram tadbirlarini mazmunli tashkil etish, tashabbus va loyihalarni keng yoritish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

«O‘zingni boshqalar bilan solishtirma. Har bir insonning yo‘li va vaqti boshqacha.» @sherzod_rahmonov
«O‘zingni boshqalar bilan solishtirma. Har bir insonning yo‘li va vaqti boshqacha.» @sherzod_rahmonov