ch
Feedback
Registan LC | ona tili granti

Registan LC | ona tili granti

前往频道在 Telegram

📌 Registon ta'lim loyihasining “Ona tili milliy sertifikat 1000 ta granti” rasmiy kanali! ⏳ Loyihaga ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi sana — 19-Avgust!

显示更多
未指定国家未指定类别

📈 Telegram 频道 Registan LC | ona tili granti 的分析概览

频道 Registan LC | ona tili granti (@onatili_rgn) 是活跃参与者。目前社区聚集了 10 542 名订阅者,在 其他 类别中位列第

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 10 542 名订阅者。

根据 10 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 4 808,过去 24 小时变化为 -130,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 23.89%。内容发布后 24 小时内通常能获得 13.74% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 2 545 次浏览,首日通常累积 1 463 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 27

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
📌 Registon ta'lim loyihasining “Ona tili milliy sertifikat 1000 ta granti” rasmiy kanali! ⏳ Loyihaga ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi sana — 19-Avgust!

凭借高频更新(最新数据采集于 11 九月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。

10 542
订阅者
-13024 小时
-8537 天
+4 80830 天
帖子存档
视频消息01:00

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi — kursimizda 35 foizlik chegirma... ⭕️⭕️⭕️Mustaqilligimizning 35 yilligi sharafiga va bayram
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi — kursimizda 35 foizlik chegirma... ⭕️⭕️⭕️Mustaqilligimizning 35 yilligi sharafiga va bayram munosabati bilan o'quvchilarimiz uchun chinakam bayramona tuhfa — 2 oylik 790 minglik kursimizga 35% li chegirma e'lon qilamiz! 🔥CHEGIRMA: 790 minglik kurs chegirma narxda 513,500 soʻmga teng! 👉 Kurs haqida: Kuzgi milliy sertifikatga tayyorlanmoqchi boʻlgan bazasi, ya'ni grammatikasi bor boʻlgan ustozlarga moʻljallangan professional dastur. Chegirma muddati: 1, 2, 3-sentabr kunlari.
​🇺🇿 Tabrik va maqsad: Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo'lsin! Shu ulug' ayyom kunlarida o'z bilimini oshirib, yuqori natija sari dadil qadam tashlamoqchi bo'lgan har bir abituriyent va o'qituvchimiz uchun eng qulay imkoniyatni taqdim etamiz.
​⚡️ Orzuyingizdagi natija sari tashlanadigan eng to'g'ri qadamni aynan hozir, bayramona chegirma asosida boshlang! ​ ❗️ Faqatgina 3 kun: 1-2-3-sentabr kunlari amal qiladi, xolos! ✅ Chegirmaga ulgurib qolish uchun hoziroq murojaat qiling: 💬 @registononline_admin 💬 @registononline_admin 💬 @registononline_admin

😍 Mustaqillik bayrami munosabati bilan siz uchun ajoyib sovgʻamiz bor! Nima deb oʻylaysiz?

🔥Koʻplab savollaringizga bitta yechim! ✅ Sizni oʻylantirayotgan yuqoridagi savollaringizga ushbu bitta videodarsda javob olasiz! Manfaatli boʻlgan boʻlsa, 🔥yondiramiz!

📊 0 dan sertifikatgacha tayyorlanish ketma-ketligini koʻrsatuvchi videodars — Qanday tayyorlanish kerak? — Imtihon bilan bogʻliq oxirgi oʻzgarishlar... — Qanday tayyorlanish kerak? — Qancha vaqt va energiya ketadi? ... ☝️ Shu kabi barcha savollaringizga javob boʻluvchi videodars sizga zarurmi? ✍ "Ha" boʻlsa, izohda "+" belgisini qoldiring...

🧐 Abituriyentlar nima uchun sertifikatga tayyorlanishi kerak? — Oʻqishga muddatidan oldin kirish uchun, — Grant asosida oʻqish uchun, — Raqobatda ustun boʻlish uchun, — Ota-onasining mehnatini oqlash uchun...
Sertifikat — haqiqiy ilmingiz kafolati va hujjatidir! Biz bilan orzularingizni haqiqatga aylantiring!
↘️ Sertifikatga tayyorlov kursimizga yozilish uchun ushbu adminga yozing: @registononline_admin

🔥Yangiliknining olovi! ✅Ona tili grammatikasidan umumiy bazangiz bor va 24-26-oktabrda kuzgi sertifikat imtihoniga kirmoqchimisiz? 🤩Unda siz uchun Mustaqillik bayrami munosabati bilan Registon onlayndan "syurpriz"ning zo'ri bor! 😎Bunaqasi shu vaqtgacha bo'lmagan, bundan keyin ham bo'lmaydi! ⏳Tez fursatda e'lon qilamiz! 👇Izohlarda taxmin qilib ko'ring-chi? "Syurpriz" nima bo'lishi mumkin?

🤩 Kuchli oʻntalik 🔥Yutuqli konkursimizda jarayon yonyapti! Konkursda ishtirok etayotgan qatnashchilar ayni vaqtda onlayn sertifikat kursimizda oʻqishimiz uchun 54% gacha boʻlgan chegirma qoʻlga kiritdi! Qoyil! 👇 Quyida bugun soat 21:00 dagi holatga koʻra eng faol ishtirokchilar roʻyxatini koʻrishingiz mumkin: 1. Mirzaliyeva Dildora – 27 l 54% 2. Turdiyeva Shoira – 21 l 42% 3. Saydullayeva Gulchiroy – 19 l 34% 4. MUQADDAS – 16 l 32% 5. Dono Alimova – 14 l 28% 6. Pokiza Anvarovna – 12 l 24% 7. Tuxtayeva Sarvinoz – 12 l 24% 8. Gulnoza Turdaliyevna – 11 l 22% 9. Xadicha Ibragimova – 11 l 22% 10. Sevinch Subxanova – 11 l 22% 11. Umida Tog'aymurodovna – 9 l 18% 12. M. – 9 l 18% 13. O'razova Gulbahor – 9 l 18% 14. Nukritdinov – 7 l 14% 15. Odina Oxboyeva – 6 l 12% 16. Zumrad – 6 l 12% 17. Odilova__ – 6 l 12% 18. 🤍 – 5 l 10% 19. Shohida Aytmetova – 5 l 10% 20. Tulaganova Zarnigor – 5 l 10% 21. Ruxsora571 – 4 l 8% 22. Munisa🤍 – 4 l 8% 23. Muattar Shamsiddinova – 4 l 8% 24. Muxlisa Najmiddinova - 4 l 8% 25. Azizbek – 4 l 8% 26. Feruza Rajabova – 3 l 6% 27. Gulbahor – 3 l 6% 28. Sevara Ma'rufjonovna – 2 l 4 % 29. Shukurova Robiyaxon – 2 l 4 % 30. Sunbuloy – 2 l 4 % 31. Iroda Karimova – 2 l 4 % 32. israilovna_08 – 2 l 4% 33. Fayoza – 1 l 2% 34. Zafar Gulmurodov – 1 l 2% 🔺Eslatma Ushbu chegirmalar faqat onlayn kursimiz uchun amal qiladi! 👉 Konkurs haqida batafsil!

🎁 So'rovnomani to'liq to'ldirganlar umumiy qiymati 1.492.000 so'mga teng bo'lgan sovg'alarni bepulga olishlari mumkin. • 20
🎁 So'rovnomani to'liq to'ldirganlar umumiy qiymati 1.492.000 so'mga teng bo'lgan sovg'alarni bepulga olishlari mumkin. • 20 TA DIAGNOSTIK TEST VA UNING VIDEO TAHLILI • KICHIK JANRLARNING BIR-BIRIDAN FARQI... • RUBOIYLAR TAHLILI... • QIT'ALAR TAHLILI... • ISTIORA VA TASHBEHNING FARQI. • YANGILANGAN DIAGNOSTIK TEST TAHLILI • ESSE KIRISHDAN XULOSAGACHA • G'AZAL TAHLILI 📌 Barcha savolga to'liq javob bering. Formani to'liq to'ldirib bo'lgach, maxsus yopiq kanal orqali sovg'alarga ega bo'lishingiz mumkin. 📝 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScejO1lmyqS_MOxjC7PesMWOq408lrtkvnsR1tYIJ-vuCGGZQ/viewform?usp=publish-editor 📝 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScejO1lmyqS_MOxjC7PesMWOq408lrtkvnsR1tYIJ-vuCGGZQ/viewform?usp=publish-editor 📝 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScejO1lmyqS_MOxjC7PesMWOq408lrtkvnsR1tYIJ-vuCGGZQ/viewform?usp=publish-editor

Chunki har kuni o'z ustingda ishlashga majbur qiladigan, tinmay topshiriq beradigan, nazorat qiladigan, kerak bo'lsa tanbeh, kerak bo'lsa motivatsiya beradigan bir USTOZga yoki TIZIMga ehtiyojim bor ekanligi yaqqol ayon bo'lgan edi. Xullas, tavakkaliga bu kursga yozildim-u, "bekor qildimov",– deb o'yladim. Pulimga ichim achidimi,mehnat qilgim kelmayotganmidi,"nima zaril edi-ya?!"-derdim o'zimga o'zim. Nachora? Boshlab qo'ydim. Davom ettirishim kerak. ...Bu jamoa shunday shiddat bilan ishlashar, tinmay topshiriq berishardiki, ba'zan jahlim chiqardi. Nima biz avtomatmizmi? O'ylanib topshiriq bermaydimi odam degan? Shuncha asar, shuncha test! Qaysi biriga ulguramiz? Vaqt masalasini hisobga olishadimi, yo'qmi? "Bu asarni o'qiganman!" -deyman qaysarlik bilan. "Qayta o'qing!"–deyishadi. Qayta o'qiyman. "Tahlil tinglang!" Tahlillardan gohi ko'nglim to'lsa, gohi to'lmaydi.Chunki fikr odamiman. O'zimcha tushunib,o'zimcha xulosa chiqarib o'rganganman. "Test yeching!" Testlarim birda baland, birda pastroq chiqadi. Topshiriqlarning biriga ulgursam, boshqasiga ulgurmayman. Ora-orada tanqidiy fikrlar bildirib qolaman, testlarni tahlil qilib kimlar bilandir tortishib qolaman. "To'xta!–dedim shunda o'zimga o'zim. Maqsading MS olishmi, maqsaddan og'ishma! Imkon qadar o'qi va harakat qil, mehnat qil, natijasini Allohga havola qil. Boshqasi bekor". 100%vazifalarni bajardim deya olmayman, namunali o'quvchi ham bo'la olganim yo'q, lekin azizlar, mana ko'rib turibsiz ko'zlagan natijaga erishdim. Uddaladim! B+ga 50% ustama to'lashadi. Men esa undan ham o'tib Adaraja oldim! A+ga salginagina(0,1 ballmi?) yetmay qolibman-a? Bu esa quntim kamligi, dangasalik qilganimdan, albatta. Haydarovlar jamoasi o'sha men kutgan sehrli "turtki" vazifasini o'tay oldi. Tizimlashgan dasturi bilan meni o'z ustimda ishlashga majbur qildi. O'sha men "rasvo" hisoblagan ilmiy matnning testlarini oddiy va oson yechish yo'llarini, chalkash tuyilgan g'azal testlarining nozik nuqtalarini, yoqimsiz ko'ringan mantiqiy testlarning mohiyatini anglata oldi. Buning uchun jamoadagi barcha ustozlardan minnatdorman! Rahmat, rahmat,rahmat! Ilmingiz ziyoda bo'lsin! Men kabi MSning ichiga kirmay, eshigidan mo'ralab "qiyin" ekan deb cho'chib yurganlarga tavsiyam: Belni mahkam bog'lang va o'quv kurslariga yoziling! To'g'ri tanlov, iroda va mehnat sizni yuksaltiradi. Intilganga tole yor! Shu yergacha erinmay o'qiganlarga tashakkur. Yorug' yuz bilan nurli manzillarda ko'rishguncha omon bo'ling. Salomat Eshimbetova Beruniy tumani 47-maktab ona tili va adabiyoti o'qituvchisi

TURTKI Milliy sertifikat olish muammo emas! Endi yoshim o'tdi, xotira sustlashdi, vaqtim yo'q, ishim ko'p, qolaversa bu testlar qiyin, biz o'rgangan testlarday emas, juda murakkab, juda chalkash, bari bir-biriga o'xshash, 40 asar o'qish osonmi, g'azal tahlili dahshat, ilmiy matn rasvo, mantiqaniga balo bormi... ala-bala-vala...deyapsizmi? To'xtang! Shoshmang! Hech qachon hech qachon demang! Agar qattiq xohlasangiz uddalab bo'lmas ish, erishib bo'lmas cho'qqi yo'q! Niyatni butun qiling va o'z ustingizda ishlang! Yuqoridagi qo'rquv, xavotir, norozilik, kibr menda yo'qmidi deysiz? Men bu sertifikatni qanday qo'lga kiritdim? Allohga shukur, toifam oliy. Ish stajim 26yil. Shuncha yillar mobaynida nimaiki imtihon, nimaiki test bo'lsa barini yengil va oson topshirganman. Hech qachon mag'lubiyat mayini totmaganman. Ijod qilib turaman. Ommaviy axborot vositalarida hikoya va maqolalarim muntazam bosilib chiqadi. Shogirdlarim olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashadi, oliy o'quv yurtlariga kirishadi. Obro'yim ham, ilmim ham, ishim ham joyida. Lekin shu MS chiqdi-yu, oromim yo'qoldi. Tabiatan konservativ odammanmi, bu xildagi testlarga moslashishim qiyin kechdi. Boshini boshlayman–tashlab qo'yaman. Ilmiy matn shu darajada asabiylashtiradiki, iloji bo'lsa o'qigim kelmaydi. G'azal... O! G'azallarni azaldan sevaman. Shiddat bilan rasmlar chizib, go'zal tashbehlari, she'riy san'atlarini shunday to'lqinlanib tushuntiramanki, o'quvchilarim ham, o'zim ham maza qilaman. Lekin! MSning g'azal testlariga sunnikaverib( turtinaverib) jig'ibiyronim chiqadi. E, o'rgildim-a! Shunaqayam malamijir– chalkash-chulkash testlar bo'ladimi-ya? "Esse yozish sizga ish emas! Rosa qoyillatasiz",–deb havas qilishardi. Ha, "qoyillatardim!" Hammada so'z topish, 200-250 so'zga yetkazish muammo bo'lsa menda 650-700 so'z bo'lib ketadi. Esselarim publistik emas badiiy uslubga tortib ketaverardi. Tabiiyki, bu esa nizomga asosan past baholanishi kerak. Hafsalam pir bo'ldi oxiri. Qo'lni yuvib qo'ltiqqa urdim. "Bu testlar men uchun emas ekan",–degan qarorga kelib 2-3yilni ham o'tkazib yubordim. Bir kuni qarasam mendan hijjalab grammatikani o'rgangan, oddiy testlarni yecha olmay yordam so'raydigan ustozlar MS olyapti! "Unda men ham olishim aniq",–dedim-u tayyorlanmasdim shartta MSga topshirdim-keldim. "Savollarning bariga tishim o'tyapti, o'zimcha "gulini" chiqarib ishladim. Esseni ham go'zal yozdim. Endi albatta o'taman. Axir falonchi va pistonchilardan kam joyim yo'q-ku",–deb natijani kuta boshladim. Kibr qursin. Kibr insonni g'aflatda qoldiradi. Biron marta "shoxi sinmagan", doim yuqori natijalarni qo'lga kiritgan, chuqur hurmatga, doimiy maqtov va e'zozlarga o'rganib qolgan menday inson umrimda birinchi marta "yiqildim!" Yiqilish?! Aslida buni "yiqilish" deb ham bo'lmasdi. Ballim yaxshigina. B daraja olibman.B+ga 2,7ball yetmay qolibdi.(Bu darajaga havasmandlar ham talaygina-ku, deb o'ylamabman ham o'shanda.) "E, kerakmas!"–deb o'zimcha arazlagan bo'ldim.(Kimga foyda kimga ziyon?!) Qayta topshirmay, tayyorlanmay, dunyodan xafa bo'lib yuraverdim-u... ichimda nimadir g'imirlayverardi. Nimaga? Nimaga endi men ola olmadim? Ilmim kammi? Irodam sustmi? 25soat dars, uy ishlari, mol-hol,bola-chaqa, to'y-tomoshadan ortib vaqt topa olmayapmanmi? E, yo'q! Shunchaki men aniq maqsad qo'ymadim va maqsadim yo'lida qattiq mehnat qilmayapman xolos. Ilmim poydevori mustahkam, shunchaki bu testlarga moslashishim va o'z ustimda qattiq ishlashim kerak! Shu qarorga kelgan paytimda hayotimdagi sinovli davrni boshdan kechirayotgan edim. Mashina urib yuborib yotib qolgan paytim edi. O'ng qo'lim gipsda, o'ng oyog'im ezilgan. Qattiq og'riq va uzluksiz davolanish. Kunda-kunora mehmon-izlom. Har narsada bir xayr bor ekanki, o'sha og'ir ikki oy davomida men izlagan, istagan "turtki"– avvaldan kuzatib kelayotgan, munosib ko'rib, hammaga tavsiya qiladigan Haydarovlar kursiga yozilib qoldim. Umrim davomida pul to'lab ilm olmaganman. Uncha-muncha ustozlardan ko'nglim to'lmagan. Bular bilgan narsani men ham a'lo darajada bilaman deb hisoblardim. Lekin ich-ichimdan adashganimni his qilardim.

🔥 Milliy sertifikatga 0 dan boshlamoqchimisiz? ➖ Ona tilini qisqa muddatda 0 dan o'rganmoqchimisiz? ➖ Tayyorgarlikni nimadan
🔥 Milliy sertifikatga 0 dan boshlamoqchimisiz? ➖ Ona tilini qisqa muddatda 0 dan o'rganmoqchimisiz? ➖ Tayyorgarlikni nimadan boshlashni bilmayapsizmi? ➖ Qat’iy nazorat va tizimli dastur asosida oʻqishni istaysizmi? 🫵 Unda ushbu kursimiz aynan siz uchun! ✅ Kurs davomida siz bilan maxsus platformada quyidagilarni  oʻrganamiz: ➖ Gʻazal tahlili va tabdili (28 ta dars) ➖ Matn tahlili va oson yechish usullari (21 ta dars) ➖ Esse tahlili va yozishdagi oltin qoidalar (20 ta dars) ➖ Diagnostik test tahlili (12 ta dars) ➖ Test yechish texnikasi (21 ta dars) ➖ Grammatika kursi (30 ta dars) ➖ Badiiy asar tahlili (40+ ta dars) 🖥️ Platformadagi ustozlar: Muhammad Haydarov (75 ta dars) Sevinch Xalillayeva (40+ ta dars) Sarvinoz Qurbonova, Marjona Zokirova (20 ta dars) Mohinur Xo'jayeva (30 ta dars) 💻 Platformadagi darslar toʻlov qilingan zahoti sizga ochib beriladi. Ya’ni hozirdan boshlashingiz mumkin. ⌛️Vaqt — gʻanimat! Har bir kun sizni A+ darajaga yaqinlashtiradi. 👨‍💻 Jonli efir darslari: Ustozlar: — Sevinch Xalillayeva, — Sarvinoz Qurbonova, — Xo'jayeva Mohinur. ☑️ Jonli efir darslari 16-sentyabrdan boshlanadi! Kurs imtihongacha davom etadi!
🤩 4 oylik kurs uchun SUPER narxi! Kurs asl narxi: 1 590 000 soʻm Chegirma narx: 990 000 soʻm.
Toʻlov chegirma narxda toʻliq kurs uchun (4 oyga bir marta 990 000 soʻm) amalga oshiriladi. ❌ Oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni yoʻq! 👨‍💻 Kursga roʻyxatdan oʻtish uchun hoziroq @registononline_admin ga murojaat qiling! Shoshiling, ushbu kursimizga talab oʻta yuqori! 👉 BIZNING NATIJALAR @onatili_rgn

Kurs uchun toʻlov karta: "Super A+" kursiga ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lganlar diqqatiga! Hoziroq joyingizni band qilish uchun @
+1
Kurs uchun toʻlov karta: "Super A+" kursiga ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lganlar diqqatiga! Hoziroq joyingizni band qilish uchun @registononline_admin ga murojaat qiling! 💳 5614 6828 7521 1437 (Muhammad Haydarov nomida)
Kursga ro’yxatdan o’tish uchun to’lovni o'tkazib, skreenshoti bilan birga quyidagilarni joʻnatishingiz lozim: 1. Ism-familiya 2. Tel. raqam 3. Yosh 4. Tuman 5. Sertifikat olgan boʻlsangiz, balli (olmagan boʻlsangiz, yoʻq) 6. Ona tili ustoz, abituriyent yoki boshlang’ich ustozmisiz? Namuna: 1. Aliyev Nodir 2. +998993732737 3. 32 4. Ishtixon tumani 5. Sertifakat ballim C+ 6. Ona tili ustoz

🔥 “Super A+” kursi! ➖ Ona tilidan grammatika bazangiz bormi? ➖ Imtihonga bir necha marta kirib chiqdingiz, lekin oʻzingiz ku
+9
🔥 “Super A+” kursi! ➖ Ona tilidan grammatika bazangiz bormi? ➖ Imtihonga bir necha marta kirib chiqdingiz, lekin oʻzingiz kutgan natijani qoʻlga kirita olmadingizmi? ➖ Qat’iy nazorat va tizimli dastur asosida oʻqishni istaysizmi? 🫵 Unda ushbu kursimiz aynan siz uchun! ✅ Kurs davomida siz bilan maxsus platformada quyidagilarni oʻrganamiz: ➖ Gʻazal tahlili va mumtoz she'riyat (28 ta dars) ➖ Matn tahlili va oson yechish usullari (21 ta dars) ➖ Esse tahlili va yozishdagi oltin qoidalar (20 ta dars) ➖ Diagnostik test tahlili (12 ta dars) ➖ Test yechish texnikasi (20 ta dars) 🖥️ Platformadagi ustozlar: Muhammad Haydarov (75 ta dars) Sevinch Xalillayeva (30 ta dars) Sarvinoz Qurbonova, Marjona Zokirova (20 ta dars) 💻 Platformadagi darslar to'liq toʻlov qilingan zahoti sizga ochib beriladi. Ya’ni hozirdan boshlashingiz mumkin. ⌛️ Vaqt gʻanimat! Har bir kun sizni A+ darajaga yaqinlashtiradi. Jonli efir darslari 10-sentyabrdan boshlanadi! Kurs 24-oktyabrgacha davom etadi! 👉️️️️️️ Kurs narxi: 990 000 soʻm. 🤩️️️️️️ Chegirma narx: 790 000 soʻm. Toʻlov chegirma narxda toʻliq kurs uchun bir marta amalga oshiriladi. ❌ Boʻlib toʻlash imkoni yoʻq! ❗️ Eslatma: Ushbu kursga grammatikadan bazasi borlar qabul qilinadi! 👨‍💻 Kursga roʻyxatdan oʻtish uchun hoziroq @registononline_admin ga murojaat qiling! Shoshiling, ushbu kursimizga talab oʻta yuqori! 👉 BIZNING NATIJALAR @onatili_rgn

👨‍💻 Kursga roʻyxatdan oʻtish uchun hoziroq https://t.me/registononline_admin ga murojaat qiling!