UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
前往频道在 Telegram
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
显示更多830
订阅者
-4824 小时
-707 天
-39230 天
帖子存档
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish va eskirgan bog‘larni yangilashni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–108-son, 09.06.2026 y.) qabul qilindi.
🆔 Mazkur Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib 2026 – 2028 yillarda 172 ming gektar sanoatlashgan bog‘lar barpo etish belgilandi.
📃 Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan:
🔵 eskirgan bog‘larni yaroqsiz deb topish, ular o‘rnida sanoatlashgan bog‘lar barpo etish yoki haydaladigan yerlar turiga o‘tkazish to‘g‘risida xulosani (xulosa) qabul qilish vakolati Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga ham beriladi;
🔵 Agentlik tomonidan xulosa berilgan sanadan boshlab:
➖ 12 oy davomida yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmagan taqdirda, ushbu bog‘lar joylashgan maydonlar uchun yer solig‘i va suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 3 baravarga oshiriladi;
➖ 24 oy davomida yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmagan taqdirda, ushbu bog‘lar joylashgan maydonlarda suv olish taqiqlanadi.
💰2026 yil 1 iyuldan bog‘ yaratishga doir hujjatlar asosida eskirgan bog‘larni yangilash va sanoatlashgan bog‘larni barpo etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etiladi:
🔸 tijorat banklari orqali 7 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 4 foiz) milliy valyutada har bir gektarga 120 mln so‘mgacha miqdorda kreditlar;
🔸 xalqaro moliya institutlaridan meva-sabzavotchilik sohasi uchun jalb qilingan resurslar hisobidan ochilgan kredit liniyalaridan tadbirkorlarga milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha yillik stavka 14 foiz (shundan, bank marjasi 4 foiz) etib belgilanadi;
🔸 xorijiy davlatlardan “in-vitro” usulida yetishtirilgan va sertifikatga ega mevali ko‘chatlarni import qilish uchun tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari orqali 18 oygacha muddatga milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 4 foiz), har bir mevali ko‘chat uchun 5 AQSH dollarigacha ekvivalentida kreditlar ajratiladi.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Korrupsiyaga_yoq_deymiz
#Jinoyatga_jazo_muqarrar
📣Hurmatli fuqarolar, agrar soha tadbirkorlari!
‼️ Agar sizdan xodimlar tomonidan pora talab qilinsa, zudlik bilan quyidagi raqamlarga murojaat qiling!!!
📞 "O'zagroinspeksiya" ishonch telefoni: 71 202-12-48
yoki murojaat uchun 📲uzagroinbot - telegram boti
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
👍👍👍
🏎"Avtomobilsiz kun"
✅ “O‘zagroinspeksiya”da navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir «Toza havo» umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
🗣️ Ma’lumot uchun: Prezidentning 2026-yil 25-martdagi PF–46-son farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-maydan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida «Avtomobilsiz kun» hamda «Avtomobilsiz hafta» aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda. Farmonga ko‘ra, aksiya kunlarida davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining xizmat avtotransportidan foydalanishi taqiqlanadi. Shu bilan birga, haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.🔰 Mazkur aksiya doirasida Inspeksiya xodimlari nafaqat xizmat avtotransport vositalaridan, balki shaxsiy avtomobillardan ham foydalanmagan holda ekoaksiyada munosib ishtirok etmoqdalar. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
❕❕❕
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
📣 Ovozli chat boshlandi
▶️ Sizni "Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VMQ 641-sonli qarorda "O'zagroinspeksiya" vakolatiga kiruvchi vazifalar yuzasidan tashkil etiladigan "OVOZLI CHAT"ga taklif etamiz!
🗣 Suhbat spikerlari: 🔂Murod Qurbonboyev-Inspeksiyaning Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'lari etishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligi 🔂Farxod Usubaliyev-“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'lalarini navdorligini baholash bo'limi boshlig'i©️ Moderator: Xolida Shadiyeva- Inspeksiya Boshlig'ining Axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi - matbuot kotibi Quyidagi havola orqali ishtirok eting👉 https://t.me/Uzagroinspeksiya_xabarlari?livestream=da29394f0dc98b409d 📞 Savollaringizni UZAGROIN guruhiga yuboring. Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz! Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz! O'zagroinspeksiya Axborot xizmati 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Video
#Qonunchilik_imtiyozlari
‼️‼️‼️
🎬 KO‘RISHNI TAVSIYA QILAMIZ:
✅Quyosh panellarini o‘rnatganlik uchun beriladigan soliq imtiyozlari
🟢 har yili hisoblangan yer soligʻi summasi 1 BHM (375 000 so‘m)dan oshmaydigan summaga kamaytiriladi, bunda imtiyoz yer uchastkasiga egalik huquqi mavjud va ro‘yxatdan o‘tkazilgan holatlardagina beriladi.
👉Soliq kodeksi 436-modda
🟢- har yili hisoblangan mol-mulk solig‘i summasi 2 BHM (750 000 so‘m)dan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.
👉 Soliq kodeksi 421-modda
✏️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun soliq idoralariga asoslantiruvchi hujjat – ko‘chmas mulk joylashgan joy bo‘yicha energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan QTEMdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishi kerak.
📁 Ma’lumotnomada:
- ko‘chmas mulk manzili (kadastr raqami);
- QTEM o‘rnatilgan sana;
- elektr energiyasini to‘plash tizimiga ega bo‘lganda elektr energiyasini to‘plash (akkumulyator) foizi (25%dan kam bo‘lmagan) haqida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
📥 Soliq imtiyozlari umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan QTEM o‘rnatilganda har bir obyekt bo‘yicha bir marotaba qo‘llaniladi.
🧮 Soliq imtiyozlari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
🔺umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan QTEMdan foydalanilganida – o'rnatilgan oydan boshlab 3 yil davomida;
🔺quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan elektr energiyasini to'plash tizimiga ega QTEMni o'rnatilganida – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10- yil davomida.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+4
✅ URUG‘LIK G‘ALLA QABUL QILISH VA SAQLASH MASKANLARI HOLATI O‘RGANILMOQDA
▶️ Jizzax viloyati Paxtakor tumanida joylashgan “Paxtakor sara boshoqlari” MCHJ urug‘lik g‘alla qabul qilish va saqlash korxonasining yangi hosil mavsumiga tayyorgarlik holati “О‘zagroinspeksiya”ning Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan monitoring qilindi.
📌 Tumanda 2026-yil urug‘lik g‘alla hosili uchun 27 ta urug‘chilik subyektlari tomonidan 1 ming 120 gektar maydondan 5002 tonna urug‘lik g‘alla yetishtirilishi koʼzlangan.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
❕❕❕
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
📣 Hurmatli kuzatuvchuilar!
▶️ Sizni "Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VMQ 641-sonli qarorda "O'zagroinspeksiya" vakolatiga kiruvchi vazifalar yuzasidan tashkil etiladigan "OVOZLI CHAT"ga taklif etamiz!
🗣 Suhbat spikerlari: 🔂Murod Qurbonboyev-Inspeksiyaning Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'lari etishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligi 🔂Farxod Usubaliyev-“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'lalarini navdorligini baholash bo'limi boshlig'i©️ Moderator: Xolida Shadiyeva- Inspeksiya Boshlig'ining Axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi - matbuot kotibi 🕔 Ovozli chat ertaga 10-iyun kuni, soat 11:30 da (efir vaqti o’zgardi) @Uzagroinspeksiya_xabarlari telegram kanalida boshlanadi. 📞 Savollaringizni https://t.me/uzagroinspeksiyamatbuotkotibi ga yuboring. Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz! O'zagroinspeksiya Axborot xizmati 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
🇺🇿 Aura.uz — O‘zbekiston haqida kontent izlaydiganlar uchun haqiqiy xazina!
🔍 Aura.uz — O‘zbekistonning eng katta va eng zamonaviy media banki. Bu yerda minglab professional foto va videolar, dron tasvirlari, tarixiy obidalar, tabiat manzaralari va zamonaviy shaharlar jamlangan.📝 Bugungi kunda platformada 12 mingdan ortiq professional foto, video va infografik materiallar mavjud. Serverlarda esa 6 terabaytdan ortiq ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan. Eng e’tiborlisi, platforma har kuni o‘rtacha 200 ga yaqin yangi kontent bilan boyitib boriladi. ❔ Kontent yaratasizmi? Bloger, jurnalist, dizayner yoki SMM mutaxassisimisiz? Unda Aura.uz siz uchun tayyor vizual xazina. 📌 Tarixiy obidalar, milliy an’analar, sport, san’at, zamonaviy shaharlar, hududlar va tabiat manzaralari — barchasi bir joyda. 🎥 Kontentlar HD, Full HD va 4K sifatida taqdim etiladi. Eng muhimi, materiallarda ortiqcha yozuv, logotip yoki suv belgilarisiz foydalanish mumkin. 💻 Sifatli kontentning yangi manzili — Aura.uz 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+3
👍👍👍
🌳 QOG‘OZSIZ _BIR KUN
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi izchil davom ettirilmoqda.
Hukumatning 2026-yil 18-martdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 109-son qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha Agroinspeksiya tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarga ko‘ra har oyning 10-sanasi Inspeksiya tizimida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi kuni etib belgilangan.“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat Bulung‘ur tuman bo‘limi xodimlari ushbu tashabbusda faol ishtirok etib, hujjatlar almashinuvini elektron shaklda amalga oshirish, raqamli platformalardan samarali foydalanish va ortiqcha qog‘oz sarfini kamaytirish borasida namunali ishlarni olib bormoqdalar. 🌱Tabiatni asrash – har birimizning burchimiz!💻 Raqamlashtirish – zamon talabi!📄 Qog‘ozni tejash – kelajak avlodga eʼtibor! 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#markaz_xabarlari
Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamiz uchun burch!
🗣 «O‘zagroinspeksiya» huzuridagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi Don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni sertifikatlashtirish yo‘nalishida korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✅ Sertifikatlashtirish jarayonlari raqamlashtirilgan bo‘lib, arizalarni qabul qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va xizmat ko‘rsatish ishlari elektron tizimlar orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa ochiqlikni ta’minlash, inson omilini kamaytirish hamda xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
Repost from UZAGROXIZMAT
+6
#markaz_xabarlari
URUG‘LIKLARNI RAQAMLI QR KODLI YORLIQLASH TIZIMI BO‘YICHA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
🗣Biznes-ombudsman devonida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi PF-109-sonli “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va joriy etilgan yangi tizimlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Ochiq muloqotda “O‘zagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi direktori J. Karimov hamda markaz mutaxassislari ishtirok etdi.Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini raqamli QR kodli yorliqlash tizimi amaliyotga to‘liq joriy etilgani, mazkur tizim urug‘liklarning kelib chiqishi, sifati va harakatini shaffof kuzatish imkonini berishi ta’kidlandi. 🟢Shuningdek, bugungi kunda urug‘liklarni raqamli QR kodli yorliqlash bo‘yicha barcha zarur tashkiliy va texnik imkoniyatlar yaratilganligi, tadbirkorlarning murojaatlari Agroset.uz axborot tizimi orqali qabul qilinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqilayotgani hamda QR kodli yorliqlar berish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berildi. Muloqot yakunida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, sohani yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi. 🔄Itimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga ulaning 🚀Telegram | 🌐Web | 🎬Youtube | 🗯Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Qaror_va_ijro
👍👍👍
💠 Subsidiya olish uchun Agroinspeksiyada hujjatlarni qabul qilish boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan, yangi qishloq xo‘jaligi texnikalariga subsidiya olish uchun hujjatlarni Agroinspeksiyaga topshirish imkoniyati yaratildi.Jismoniy yoki yuridik shaxs yangi qishloq xo‘jaligi texnikasiga subsidiya olish uchun doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzildagi Agroinspeksiya hududiy boshqarmasini Texnika holatini nazorat qilish sho‘basiga quyidagi hujjatlarni topshiradi🔺 1️⃣ Talabgor jismoniy shaxs bo‘lsa: 🔵pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi; 🔵bank rekvizitlari; 🔵o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma; 🔵qishloq xo‘jaligi texnikasini boshqarish uchun berilgan traktorchi- mashinist guvohnomasi nusxasi. 2️⃣ Talabgor yuridik shaxs bo‘lsa: 🔵davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi; 🔵yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha: 🔵oldi-sotdi shartnomasi nusxasi; 🔵kredit yoki lizing shartnomasi nusxasi; 🔵lizingga berilgan texnikalarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi nusxasi; muvofiqlik sertifikati; 🔵talabgor tomonidan o‘z ehtiyoji uchun import qilingan texnikaning bojxona yuk deklaratsiyasi va invoys nusxasi; 🔵to‘lov topshiriqnomasi nusxasi.
💠 Taqdim etilgan hujjatlar bilan birga texnikaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandagi texnik ma’lumotlar Agroinspeksiya tomonidan tegishli axborot tizimi yordamida real vaqt rejimida Agrar sohada to‘lovlar agentligiga yuboriladi.‼️ Agrar sohada to‘lovlar agentligi hujjatlarni ko‘rib chiqib, subsidiya ajratadi yoki ajratishni rad etadi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
