UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
前往频道在 Telegram
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
显示更多789
订阅者
-1924 小时
-917 天
-37630 天
帖子存档
✅ YOG‘-MOY KORXONALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI: ULAR BELGILANGAN TALABLARGA MUVOFIQ SIFATLI MAHSULOT ISHLAB CHIQARYAPTIMI?
Tegishli manfaatdor idoralar mutaxassislaridan iborat (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati) ishchi guruh tashkil qilinib, 2026-yilning yanvar-mart oylarida jami 11 ta yog‘-moy korxonalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.👉🏻BATAFSIL 👉 Bizni ishtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#Amir_Temur_tavalludining_690_yilligi
📸 Amir Temur haqida nimalarni bilamiz?
Buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi va markazlashgan davlat asoschisi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan videorolik tayyorlandi.👉 Bizni ishtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+8
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
MARKAZDA KORRUPSIYAGA QARSHI O‘QUVLAR START OLDI
🗣“O‘zagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” tomonidan Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda Markaziy apparat xodimlari uchun 2 kun davom etadigan qisqa muddatli o‘quv kurslari boshlandi.
Mazkur o‘quvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son hamda 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.💖“Halollik vaksinasi” tamoyili asosida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, xizmat etikasi va komplaens nazorat bo‘yicha zarur bilimlar berilmoqda. 🔴Mazkur tashabbus xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
Nega korrupsiyaga qarshi barcha birday kurashishi kerak?
Tasavvur qiling, sizning ko‘zingizga korrupsiyaning ayanchli oqibatlari bugunoq ko‘rinsa, bu illatga nisbatan befarq bo‘la olasizmi?Ushbu videorolik orqali bu savollarga o‘zingiz uchun javob topasiz. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz O'zagroinspeksiyaning 71-202-12-04 (ichki 104) orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
📰 Киберхавфсизлик тарғибот тадбирлари учун тайёрланган баннер
📏 Размер: 1.5 м га 1 м
Пастда Сифатли варианти ва ўзгартириш учун исходник файли жойланди ✅
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
Nega korrupsiyaga qarshi barcha birday kurashishi kerak?
Tasavvur qiling, sizning ko‘zingizga korrupsiyaning ayanchli oqibatlari bugunoq ko‘rinsa, bu illatga nisbatan befarq bo‘la olasizmi?Ushbu videorolik orqali bu savollarga o‘zingiz uchun javob topasiz. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+1
#Hududlardan_yangilik
YANGIBOZOR TUMANIDA CHIGIT EKISH ISHLARI INSPEKSIYA NAZORATIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 6-bandiga asosan 2026-yil 1-yanvardan boshlab raqamli QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini realizatsiya qilinishi doimiy nazoratga olinishi belgilangan.Shunga muvofiq, Inspeksiyaning tuman bo‘limlari tomonidan tumanda urug‘liklarni realizatsiya qiluvchi subyektlarga ogohlantirish xatlari va yozma ko‘rsatmalar berilib, bugungi kunda xorijiy va mahalliy sharoitda tayyorlangan urug‘liklar to‘liq QR kodli yorliqlangan va ijobiy ekinboplik xulosasi mavjud bo‘lgan holda realizatsiya qilinishi nazorat qilib borilmoqda. 👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+2
#Hududlardan_yangilik
#Samarqand
QONUNBUZARLIK NATIJASIDA UCH YUZ ELLIK TO‘RT MILLION SO‘MLIK ZARAR HISOBLANDI
Samarqand viloyatining Urgut tumanida «Jamshidbek Hosildor Bog‘lari» fermer xo‘jaligi tomonidan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 0,77 gektar yerdan qonunchilikga zid foydalanilgan. Bu yer maydoniga tegishli ruxsat olmasdan davolash maskani, sex va boshqa qurilish obyektlari barpo etilgan. Bu qonunbuzarlik natijasida 354 702 000 (uch yuz ellik to‘rt million yetti yuz ikki ming) so‘mlik zarar hisoblangan.«O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlarida Urgut tumanida faoliyat yuritayotgan “Jamshidbek Hosildor Bog‘lari” fermer xo‘jaligi tomonidan yer qonunchiligi talablari buzilganligi aniqlandi. 👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+5
#Ekofaol_xodim
🌺 Gullar bilan yashnagan mehr
Ba’zan katta o‘zgarishlar baland minbarlardan emas, balki sokin mehnat, pok niyat va mehr bilan boshlangan oddiy qadamlar orqali yuzaga chiqadi.“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasida faoliyat yuritayotgan Djabborova Nargiza ana shunday fidoyi ayollardan biridir. 👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#13_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+2
#Ekofaol_xodim
Tabiatga mehr – go‘zallikka yo‘l
O‘zagroinspeksiyaning Surxondaryo viloyati boshqarmasida faoliyat yuritib kelayotgan Mamatmuminova Go‘zal Ibragimovna o‘zining mehnatsevarligi, mas’uliyatliligi va fidoyiligi bilan jamoada alohida hurmat qozongan xodimlardan biridir.
U Moliya-iqtisod va xo‘jalik sho‘basida bosh mutaxassis sifatida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, u nafaqat o‘z ishiga, balki atrof-muhitga bo‘lgan munosabati bilan ham boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
👉🏻BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#Biz_OAV_sahifalarida
https://uza.uz/uz/posts/sifatli-urug-barqaror-hosil-garovi_837207
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+5
#Hududlardan_yangilik
#Xorazm
DON O‘RISH KOMBAYNLARINI MAVSUMGA TAYYORLASH ISHLARI AVJ PALLADA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zagroinspeksiya to‘g‘risidagi Nizomda berilgan vakolatlar hamda 2023-yil 29-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 170-sonli qarorda belgilangan talablar asosida O'zagroinspeksiyaning Shovot tumani texnikalar holatini nazorat qilish sohasi xodimi tomonidan hududlarda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, tumanda 2026-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekilgan 3,7 ming gektar maydonlardagi hosilni o‘rib yig‘ib olishda qatnashadigan 15 ta don o‘rish kombaynlarini ta’mirlash uchun belgilangan maskanlarga to‘liq yig‘ilib, ayni kunlarda joriy ta’mirlash ishlari avj pallaga kirgan. Ushbu texnikalarning aksariyati ishlab chiqarilganiga 5 yil bo‘lib, shundan 5 tasini qo‘shimcha ta’mirlash ehtiyoji mavjud.
👉🏻BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+1
🔴LIFE
🔴#matbuot_anjumani
Ayni daqiqalarda “O’zagroinspeksiya” tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.
✅ OAV vakillari va blogerlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda.
📌 2025-yil yakunlari: asosiy ko’rsatkichlar
2025-yil davomida qishloq xo‘jaligi sohasida qonuniylikni ta’minlash maqsadida 117 mingdan ortiq nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
17 ming 853 ta tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha 9 mingga yaqin ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Qonunbuzarliklarning oldini olish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga:
✅5 ming 486 ta taqdimnoma,
✅91 ming 342 ta ogohnomalar yuborildi.
Shuningdek, 3 ming 322 ta materiallar sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
👉🏻BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+4
BESHARIQ TUMANIDA CHIGIT EKISH ISHLARI NAZORATDA
Beshariq tumanida 2026 yil paxta hosili uchun jami 7300 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 2880 gektari mahalliy urug‘lar, 4420 gektari esa xorijiy "Xin Lu Zao-87" naviga to‘g‘ri keladi.
Rejaga ko‘ra, 2071 gektarda Shinjon usuli, 76x10 o‘lchamdagi qo‘sh qator usulda 4500 gektar hamda 76 o‘lchamdagi yakka qator usulida 2800 gektar maydonda ekish ishlari olib boriladi.
Joriy yilda tumanda xorijiy navlarni ekish uchun 34 dona 2MBJ-2/8 rusumidagi va boshqa turdagi jami 63 dona chigit ekish seyalkalari jalb etilgan.
👉🏻BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
