ch
Feedback
UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

前往频道在 Telegram

O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot

显示更多
830
订阅者
-4824 小时
-707 天
-39230 天
帖子存档
#chellenj #Men_davlat_xizmatchisiman ✅ “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi Texnika holatini nazorat qilish sho‘basi bosh mutaxassislari-Kurbanov Sanjar Sayfidinovich va Toshboltayev Shoxrux Sayfiddinovichlar ishtirokida “Mening ish joyim — iftixorim” mavzusida “Men davlat xizmatchisiman” chellenji tashkil etildi. Mazkur chellenj davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyatga bo‘lgan mas’uliyati, fidoyiligi hamda xizmat joyiga bo‘lgan sadoqatini keng jamoatchilikka namoyon etish, shuningdek, davlat xizmatining nufuzini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#LIVE 🇺🇿⚽️😏🥳🙁🙁⚽️🇨🇴 🔸Ayni damda Agroinspeksiyaning Navoiy viloyat boshqarmasida katta ekranda boshqarma boshlig'i bos
+4
#LIVE 🇺🇿⚽️😏🥳🙁🙁⚽️🇨🇴 🔸Ayni damda Agroinspeksiyaning Navoiy viloyat boshqarmasida katta ekranda boshqarma boshlig'i boshchiligida barcha xodimlar Oʻzbekiston va Kolumbiya oʻrtasidagi bahsni birgalikda tomosha qilmoqda. ✅Barchaning nigohi maydonda, qalbi esa Oq bo‘rilar bilan birga! ⚽️🐺 ⚽️Olgʻa, Oʻzbekiston! 🇺🇿 ⚽️HAYAJONLI LAHZALARNI BIZ BILAN KUZATISHDA DAVOM ETING!!!

Эртага барча идораларда иш вақти 10:00 дан бошланади Президент Шавкат Мирзиёев 18 июнь куни барча давлат ташкилотларида иш вақтини соат 10:00 да бошланишини белгилаб бердилар — Президент матбуот котиби Шерзод Асадов. Эслатиб ўтамиз, эртага Ўзбекистон ЖЧ-2026да тарихий учрашув Колумбияга қарши майдонга тушади. Учрашув Тошкент вақти билан 07:00да бошланади. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ AGROTEXNIK TADBIRLARNING SIFATLI BAJARILISHI O’ZAGROINSPEKSIYA NAZORATIDA ▶️ G‘o‘za parvarishidagi har bir kun kelgusi hosi
+3
AGROTEXNIK TADBIRLARNING SIFATLI BAJARILISHI O’ZAGROINSPEKSIYA NAZORATIDA ▶️ G‘o‘za parvarishidagi har bir kun kelgusi hosil taqdirini belgilaydi. Shu sababli hududlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan kunlik nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Qamashi tumanida 2026-yil paxta hosili uchun 7690 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda.Ayni paytda g‘o‘zani ikkinchi mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari  bajarilmoqda. Tumaning "Chim, To‘qboy, Qora tepa" va G‘ishtli hududlaridagi g‘o‘za maydonda oziqlantirish ishlari jadal bajarilmoqda. Oziqlantirish bilan bir vaqtda g‘o‘zani chopiq qilish, begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlar bilan ishlov berish hamda sug‘orish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ O‘ZAGROINSPEKSIYADA HALOLLIK VA SHAFFOFLIKNI TAʼMINLASH BO‘YICHA TIZIMLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA 🔂 O‘zagroinspeksiyaning Sa
✅ O‘ZAGROINSPEKSIYADA HALOLLIK VA SHAFFOFLIKNI TAʼMINLASH BO‘YICHA TIZIMLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA 🔂 O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tizimda halollik va shaffoflik muhitini qaror toptirish, nazorat jarayonlarini takomillashtirish hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
📌Bugungi kunda boshqarma faoliyatida inson omilini kamaytirish, qarorlar qabul qilishda xolislikni taʼminlash va nazorat tadbirlarining samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda dala nazoratlari, monitoring tadbirlari, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazilgan. Mazkur yondashuv xizmat faoliyatining ochiqligini taʼminlash bilan birga, subyektiv qarorlar qabul qilinishi ehtimolini sezilarli darajada kamaytirmoqda.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

DON QABUL QILISH SHOXOBCHALARIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI Joriy yilning 16-iyun kuni O'zagroinspeksiyaning Sirdar
+3
DON QABUL QILISH SHOXOBCHALARIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI Joriy yilning 16-iyun kuni O'zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Shodiyev boshchiligida “Oqoltindonmahsulotlari” AJ, “Sirdaryo Best Seeds” MChJ hamda “Sayxun Karvon” MChJ don qabul qilish maskanlarida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tushuntirish-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda qaror bilan belgilangan yangi tartiblar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish jarayonlarida uning miqdori hamda sifatini nazorat qilish, shuningdek, tabiiy kamayish me’yorlariga rioya etilishi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, don qabul qilish shoxobchalarida O'zagroinspeksiya xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari tushuntirildi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ SAMARQAND VILOYATI TUMANLARIDA URUG‘LIK G‘ALLA MAYDONLARIDA APROBATSIYA JARAYONLARI YAKUNLANDI ▶️ Samarqand viloyatining ur
+3
SAMARQAND VILOYATI TUMANLARIDA URUG‘LIK G‘ALLA MAYDONLARIDA APROBATSIYA JARAYONLARI YAKUNLANDI ▶️ Samarqand viloyatining urug‘chilikka ixtisoslashgan tumanlarida 2026-yil hosili uchun o‘tkazilgan tender tanlovida g‘olib deb topilgan 186 ta fermer va elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan jami 7 ming 472 gektar urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya jarayonlari yakunlandi.
Mazkur jarayonlar 8 ta nav bo‘yicha tashkil etilib, aprobatsiya ishlari mutaxassislar tomonidan zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirildi. Xususan, planshet qurilmalari orqali maʼlumotlarni tezkor va aniq kiritish, shuningdek, jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz in
Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya kengashlarining mintaqaviy alyansi tashkil etilayotganini o‘z vaqtida qabul qilingan qaror sifatida baholadi. Bozor qanchalik katta va qoidalar qanchalik uyg‘un bo‘lsa, mintaqa davlatlariga sarmoyalar oqimi shuncha ko‘payadi. Shu ma’noda, bu muhim tashabbus kelgusida umumiy investitsiya makonini yaratish yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘lishiga ishonch bildirildi.
Biz uchun investitsiya bu faqatgina iqtisodiy resurs emas, balki ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va tajribalar, yangi ish o‘rinlari va davr bilan hamnafas taraqqiyot demakdir. Har qanday buyuk orzu va niyatni hayotga to‘la tatbiq etishda asosiy hamkor, hech shubhasiz, ezgu niyatli investorlar, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bois, diyorimizga katta ishonch va g‘oyalar bilan kelayotgan xorijiy sarmoyadorlarga Yangi O‘zbekistonning eshiklari hamisha ochiq. Prezident sifatida shaxsan o‘zim va Hukumatimiz yoningizda yelkadosh bo‘lishga doim tayyormiz. Toshkent investitsiya ruhi barchangizni mamlakatimizga doim chorlab turishiga, umumiy muvaffaqiyat ramziga aylanishiga ishonaman. Yurtimizning go‘zal tabiati, betakror madaniyati va olijanob xalqimizning mehmondo‘st qalbi esa do‘stligimizni mustahkamlash uchun o‘ziga xos investitsiya bo‘lishiga aminman”,
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida. Facebook|Instagram|X

So‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlari rivojlanishida turizm va zamonaviy agrosanoat ham drayver yo‘nalishga aylanmoqda. Xus
So‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlari rivojlanishida turizm va zamonaviy agrosanoat ham drayver yo‘nalishga aylanmoqda. Xususan, o‘tgan besh oyda yurtimizga xorijiy turistlar oqimi 27 foizga o‘sib, 5,5 millionni tashkil etdi. Umuman, O‘zbekistonda har yili 15-20 million chet ellik sayyohlarni qabul qilish va ularga yiliga kamida 15 milliard dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatish salohiyati bor. Prezidentimiz investorlar turizm durdonalari bo‘lgan Samarqand, Buxoro va Xiva bilan bir qatorda boshqa hududlarimizda ham sayyohlik sohasiga faol sarmoya kiritishiga umid bildirdi. Shu bilan birga, an’anaviy qishloq xo‘jaligini ilg‘or agrobiznes tarmog‘iga aylantirish bo‘yicha ham dadil qadamlar tashlanmoqda. Hozirgi kunga kelib, O‘zbekiston dunyoning 70 dan ortiq davlatiga yiliga 3,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilib, o‘z brendiga ega bo‘ldi.
“Bugungi anjumanda bizning 14 ta hudud rahbarlari ham ishtirok etmoqda. Marhamat, ular bilan birgalikda viloyatlarga borib, yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bevosita tanishing. Boy tajribangiz, texnologiya va sarmoyangiz bilan o‘zaro manfaatli loyihalarda faol ishtirok eting. Bu jarayonlarda barcha hokimlar sizlarning yoningizda turib, yaqindan ko‘mak beradi va har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi”,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

Oltinchi yo‘nalish – hududlarni rivojlantirishda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish. O‘zbekiston aholisi q
Oltinchi yo‘nalish – hududlarni rivojlantirishda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish. O‘zbekiston aholisi qariyb 40 millionga yaqinlashdi. Jadal demografik va iqtisodiy o‘sish urbanizatsiya va shaharsozlik bo‘yicha katta dasturlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ular doirasida 2040-yilga qadar quriladigan uy-joylarning sonini 2 karra oshirib, urbanizatsiya darajasini hozirgi 51 foizdan 65 foizga yetkazish reja qilingan. Poytaxtimizga tutash hududda 2 million aholiga mo‘ljallangan zamonaviy Yangi Toshkent megapolisi bunyod etilmoqda. Shuningdek, Andijon, Namangan va Samarqandni millionli shaharlarga aylantirish bo‘yicha loyihalar boshlab yuborilgan. Umuman, yurtimizda uy-joy qurilishi loyihalari yiliga kamida 10 milliard dollarlik kafolatli bozorni ta’minlaydi. Bunga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston infratuzilmani barpo etishda 27 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini investorlar bilan amalga oshirishga tayyor. Facebook|Instagram|X

Beshinchi yo‘nalish – mintaqaviy transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish. Ma’lumki, investorlar uchun xalqaro savdo
Beshinchi yo‘nalish – mintaqaviy transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish. Ma’lumki, investorlar uchun xalqaro savdo bozorlariga chiqish katta ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liq va butun jahonga ochiq bo‘lgan katta imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda. Jumladan, Xitoy va Qirg‘iziston bilan hamkorlikda strategik temir yo‘l qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, janubiy dengiz portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beradigan Transafg‘on koridori loyihasi ustida faol ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan “O‘rta koridor” transport yo‘nalishi ham rivojlantirilmoqda. Ushbu loyihalarni to‘liq ro‘yobga chiqarish evaziga O‘zbekiston Osiyo va Yevropani bog‘laydigan transport magistrallar tarmog‘iga qo‘shiladi. O‘zbekistonda transport-logistika yo‘nalishida qator megaloyihalar ham boshlangan. Masalan, saudiyalik hamkorlar bilan yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilmoqda. Investorlar forum doirasida taqdim etilayotgan tezyurar avtomobil yo‘llarini barpo etish, ko‘p funksiyali logistika markazlari va “quruq portlar”ni qurish kabi loyihalarda faol ishtirok etishga taklif qilindi. Facebook|Instagram|X

To‘rtinchi yo‘nalish – “yashil” energetika va sun’iy intellekt sohalaridagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish. Investorlarg
To‘rtinchi yo‘nalish – “yashil” energetika va sun’iy intellekt sohalaridagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish. Investorlarga quyosh va shamol elektr stansiyalari bilan bir qatorda energiya saqlash tizimlarini rivojlantirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, “yashil” energiya asosida ishlaydigan data-markazlar barpo etish taklif etildi. Sun’iy intellekt tarmog‘ini rivojlantirish – davrimizning muhim talabi. Xorijiy ekspertlar O‘zbekistonda kelgusi besh yilda ushbu yangi yo‘nalishda kamida 10 milliard dollarlik qo‘shimcha qiymat yaratilishini prognoz qilmoqda.
“Asosiy vazifamiz sun’iy intellekt orqali aholining barcha qatlamlari hayotini yaxshilash, undan ta’lim, davlat xizmatlari va biznes jarayonlarida keng foydalanishdan iborat”,
– dedi Prezidentimiz. Qoraqalpog‘istonda sun’iy intellekt loyihalari va data-markazlar uchun maxsus zona yaratildi. Bu hududda 2040-yilgacha investorlar barcha turdagi soliq va bojlardan ozod qilinadi, yo‘l, elektr, suv infratuzilmasi davlat hisobidan qurib beriladi, 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 5 sent miqdorida imtiyozli tarif belgilanadi. Shu bilan birga, maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan O‘zbekiston xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ham tashkil etilmoqda. Prezidentimiz investorlarni ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha jozibadorligi yuqori bo‘lgan loyihalarda hamkorlikka taklif etdi. Facebook|Instagram|X

Uchinchi yo‘nalish – yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirlarini kengaytirishga investitsiyalarni jalb etish. Sanoatning barcha tar
Uchinchi yo‘nalish – yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirlarini kengaytirishga investitsiyalarni jalb etish. Sanoatning barcha tarmoqlarida yangi texnologik bosqichga o‘tish va qo‘shilgan qiymatni yaratish bo‘yicha katta dasturlar boshlangan.
“Yaxshi xabardorsiz, O‘zbekiston boy tabiiy resurslar – oltin, mis, uran, volfram, gaz va boshqa noyob zaxiralarga ega. Strategik xomashyo bo‘lgan yer osti boyliklarimizning umumiy qiymati 3 trillion dollar deb baholanmoqda”,
– dedi Prezidentimiz. Mazkur sohadagi imkoniyatlarni xorijiy investorlarga taqdim etish maqsadida ochiq raqamli geologiya ma’lumotlar bazasi yaratiladi, auksionga qo‘yiladigan konlar 4 karra ko‘paytiriladi, “qazib olishdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun Toshkent va Samarqandda barpo etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklariga xorijiy sarmoya keng jalb qilinadi. Mashinasozlik, robototexnika, yengil sanoat, qurilish materiallari, elektrotexnika, farmatsevtika kabi “drayver” tarmoqlarda ham 20 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish taklif qilindi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarning faoliyatiga ham keng imkoniyatlar ochilishini ta’kidladi. Bundan
Prezidentimiz O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarning faoliyatiga ham keng imkoniyatlar ochilishini ta’kidladi. Bundan tashqari, investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish uchun suveren islom obligatsiyalari – sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi. Bular korxonalarimizga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital olib kelish uchun katta turtki beradi. Shuningdek, xususiylashtirish doirasida shu yil 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk, korxonalardagi davlat ulushi va yer uchastkalari auksionga chiqariladi. Davlatimiz rahbari mahalliy va xorijiy investorlarni bunday yangi imkoniyatlardan keng foydalanishga chorladi. Facebook|Instagram|X

Ikkinchi yo‘nalish – kapital bozorini rivojlantirish, muqobil moliya vositalariga keng yo‘l ochish. O‘zbekiston yangi avlod m
Ikkinchi yo‘nalish – kapital bozorini rivojlantirish, muqobil moliya vositalariga keng yo‘l ochish. O‘zbekiston yangi avlod moliya texnologiyalari va sarmoya bozorlarini jadal rivojlantirmoqda. O‘tgan davrda xalqaro bozorlarda 16 milliard dollardan ziyod obligatsiyalar joylashtirildi. Shu bilan birga, milliy valyutadagi korporativ yevro-obligatsiyalar ham aylanmaga kiritildi. Ilk bor 13 ta strategik korxona aktiviga ega Milliy investitsiya jamg‘armasining 30 foiz aksiyalari Toshkent va London fond birjasiga chiqarildi. E’tiborli jihati, bu London birjasining oxirgi besh yildagi eng yirik IPOsiga aylandi. Shu bilan birga, qator yirik kompaniyalarni ham IPOga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu kabi islohotlarning huquqiy negizini mustahkamlash uchun “Kapital bozori to‘g‘risida”gi va “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinadi. Facebook|Instagram|X

Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan maxsus tartib-tamoyil joriy etiladi, mustaqil Toshkent xalqaro
Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan maxsus tartib-tamoyil joriy etiladi, mustaqil Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil qilinadi. Unda nufuzli xorijiy sudyalar va xalqaro ekspertlar faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, investitsion mediatsiya tizimi ham rivojlantiriladi. Bu borada O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilish niyatida. Ushbu choralar natijasida investorlar O‘zbekistonning o‘zida kafolatlangan xalqaro huquqiy himoyaga ega bo‘ladi. Prezidentimiz barchani bunday shart-sharoitlardan, shakllanayotgan yangi ekotizim imkoniyatlaridan unumli foydalanishga chaqirdi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish uchun bir qator ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi. Birinchi
Prezidentimiz ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish uchun bir qator ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi. Birinchi yo‘nalish – investorlar uchun huquqiy kafolat tizimini yanada kuchaytirish. Investorlar huquqlarini kuchli institutlar, e’tirof etilgan xalqaro mexanizmlar orqali ta’minlash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu borada mart oyidan Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlandi. Markazning huquqiy asoslari Konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlanadi. Ushbu markaz ishtirokchilari uchun jozibador soliq tizimi yaratiladi. Foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol-mulk solig‘i va bojxona bojlari nol foiz etib belgilanadi. Kapitalning erkin harakati, istalgan valyutada hisob-kitob qilish imkoniyati so‘zsiz kafolatlanadi. Moliyaviy texnologiyalar, raqamli aktivlar, “yashil” moliya uchun zamonaviy tizim yaratiladi. Markaz hududida normativ hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega mustaqil moliyaviy regulyator ham tashkil etiladi. Dastlabki bosqichda bu kabi imtiyozlarning amal qilish muddati 50 yil etib belgilanadi. Facebook|Instagram|X

Jahon iqtisodiyoti va global kapital xaritasi keskin o‘zgarayotgan, savdo ziddiyatlari avj olayotgan hozirgi sharoitda har qa
Jahon iqtisodiyoti va global kapital xaritasi keskin o‘zgarayotgan, savdo ziddiyatlari avj olayotgan hozirgi sharoitda har qanday investor tadbirkorlarning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinayotgan, iqtisodiyot jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan, keng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan davlatlarga sarmoya kiritishga intilishi tabiiy. Shu bois, Yangi O‘zbekistonda investitsiya muhitini tubdan yaxshilash yo‘lida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda. O‘tgan yili yalpi ichki mahsulotimiz 7,7 foizga o‘sdi, iqtisodiyotga 43 milliard dollar investitsiya jalb qilindi. Milliy valyutamizning barqarorligi ta’minlanib, xalqaro zaxiralarimiz hajmi 70 milliard dollardan ortdi.
Ko‘pchilikning yodida, biz toʻrt yil avval bo‘lib o‘tgan ilk forumda 2026-yil yakuniga kelib, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotini 100 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan edik. Jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz bu yil 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda!,
– dedi Prezidentimiz. Shu bilan birga, O‘zbekiston xalqaro kredit reytingi yil sayin yaxshilanib bormoqda. Joriy yilda mamlakatimiz nufuzli “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 pog‘ona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti mo‘tadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi. Bularning barchasi O‘zbekiston iqtisodiyoti yangi sur’at va yangi imkoniyatlar bosqichiga chiqayotganiga yorqin misoldir. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zlamoqda. Davlatimiz
Prezident Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zlamoqda. Davlatimiz rahbari forumda qatnashayotgan davlat va hukumat rahbarlari, nufuzli xalqaro moliya institutlari, yirik kompaniyalar, jamg‘armalar, va yetakchi ishbilarmonlarni qutladi. Bu yilgi forumda dunyoning 100 ta davlatidan 4 mingga yaqin xorijiy mehmonlar qatnashmoqda.
“Sizlarning ishtirokingiz xalqaro miqyosda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga bo‘lgan ishonch tobora ortib borayotganining yana bir ifodasidir. Forum doirasida birgalikdagi harakatlarimiz katta marralarga erishish uchun mustahkam poydevor bo‘lmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda yurtimizga 150 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, shundan 123 milliard dollari oxirgi besh yilga to‘g‘ri kelmoqda. Biz O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan, teng huquqli va o‘zaro foydali sheriklikka tayyor investorlar uchun doimo ochiqmiz”,
– dedi Prezidentimiz. Fursatdan foydalanib, tadbirda ishtirok etayotgan Albaniya Prezidenti Bayram Begay, Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin, Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyev, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzodaga, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yangi taraqqiyot banki, shuningdek, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Yevropa investitsiya banki hamda xorijiy banklar, kompaniya va tashkilotlar vakillariga minnatdorlik bildirildi. Facebook|Instagram|X