ch
Feedback
UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

前往频道在 Telegram

O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot

显示更多
899
订阅者
+2124 小时
-427 天
-38330 天
帖子存档
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Infografika #yer_nazorati ✅ 2026-yill I -yarim yillikda “O‘zagroinspeksiya”ning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan
#Infografika #yer_nazorati ✅ 2026-yill I -yarim yillikda “O‘zagroinspeksiya”ning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonida 4051 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi. 📊Batafsil Infografikada 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

🌳 QOG‘OZSIZ _BIR KUN “O‘zagroinspeksiya” tomonidan “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi izchil davom ettirilmoqda. Hukumatning 20
+3
🌳 QOG‘OZSIZ _BIR KUN “O‘zagroinspeksiya” tomonidan “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi izchil davom ettirilmoqda.
Hukumatning  2026-yil 18-martdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 109-son qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha Agroinspeksiya tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarga ko‘ra har oyning 10-sanasi Inspeksiya tizimida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi kuni etib belgilangan.
“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat Ishtixon tuman bo‘limi xodimlari ushbu tashabbusda faol ishtirok etib, hujjatlar almashinuvini elektron shaklda amalga oshirish, raqamli platformalardan samarali foydalanish va ortiqcha qog‘oz sarfini kamaytirish borasida namunali ishlarni olib bormoqdalar. 👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

📹 Brifing: O‘zagroinspeksiyaga 2026-yilning birinchi yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili ◾️2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zagroinspeksiya markaziy apparati va hududiy boshqarmlariga jismoniy hamda yuridik shaxslardan jami 1040 ta murojaat kelib tushdi. ◾️Barcha murojaatlar qonunchilik talablari asosida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqildi. Natijada 279 ta murojaat boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi, 576 ta murojaat ijobiy hal etildi. ◾️O‘zagroinspeksiyaga kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismii Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan foydalanish hamda texnika nazorati hissasiga toʻgʻri keldi. ◾️“Oʻzagroinspeksiyada murojaatlarni tizimli tahlil qilish, ularda koʻtarilayotgan masalalarni chuqur oʻrganish va tegishli choralarni amalga oshirish orqali jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish boʻyicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

✅ QASHQADARYO: 210 DONA PAXTA TERISH MASHINASI MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA ▶️ Qashqadaryo viloyatida 2026 yilgi paxta yig‘im-teri
+4
QASHQADARYO: 210 DONA PAXTA TERISH MASHINASI MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA ▶️ Qashqadaryo viloyatida 2026 yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini betalofat, sifatli va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida «O‘zagroinspeksiya»ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan texnikalarni mavsumga tayyorlash ishlari bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda.
📌 Joriy mavsumda viloyat bo‘yicha jami 210 dona zamonaviy paxta terish mashinalarining qatnashishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu mashinalarning 100 donasi FM Vorld98 donasi Boshiran9 donasi John Deere va 3 donasi Dong Feng rusumidagi yuqori unumdorlikka ega paxta terish mashinalari tashkil etadi.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ NAVOIYDA G‘O‘ZA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLAR MONITORINGI DAVOM ETMOQDA ▶️ Navoiy viloyatida 2026-yil hosili uchun jami
NAVOIYDA G‘O‘ZA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLAR MONITORINGI DAVOM ETMOQDA ▶️ Navoiy viloyatida 2026-yil hosili uchun jami 24 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda. “O‘zagroinspeksiya”ning Navoiy viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan ushbu maydonlarda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring tadbirlari olib borilmoqda.
📌 Monitoring jarayonida viloyatdagi 1 334 ta fermer xo‘jaligining 8 001 gektar g‘o‘za maydonida agrotexnik qoidalarga to‘liq rioya etilmaganligi va muayyan kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA TEKSHIRISHLARNI O‘TKAZISH VA MAʼMURIY AMALIYOT SOHASIDA O‘QUV-AMALIY SEMINARLARI BO‘LIB O‘TMOQDA
+1
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA TEKSHIRISHLARNI O‘TKAZISH VA MAʼMURIY AMALIYOT SOHASIDA O‘QUV-AMALIY SEMINARLARI BO‘LIB O‘TMOQDA ▶️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-63-son Farmoni talablari ijrosini samarali tashkil etish, shuningdek, nazorat tadbirlarida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash, xodimlar malakasini oshirish maqsadida “O‘zagroinspeksiya” ning hududiy boshqarma va tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari xodimlari uchun 2026-yilning 3-avgustidan -19–avgustgacha o‘quv-amaliy seminar mashg’ulotlari o‘z ishini boshladi.
Seminarda «O‘zagroinpseksiya» viloyat boshqarmasi boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda sohaviy tarmoq va tuman bo‘limi xodimlari ishtiroki nazarda tutilgan bo‘lib, tadbirning birinchi kuni Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari uchun tashkil etildi.
👉🏻BATAFSIL

🟦🟦🟦🟦 📚"Bir odamni boshqasidan ajratib turadigan narsa bizga berilgan narsa emas, balki bizda bor narsadan nima yarata ol
🟦🟦🟦🟦
📚"Bir odamni boshqasidan ajratib turadigan narsa bizga berilgan narsa emas, balki bizda bor narsadan nima yarata olishimizdir."
💬 Nelson Mandela 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ Qishloq xo‘jaligi yerlari nazoratda: 204 ta holatda 22 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirilgani aniqlandi ▶️ “O‘zagroinspeksiy
+3
Qishloq xo‘jaligi yerlari nazoratda: 204 ta holatda 22 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirilgani aniqlandi   ▶️ “O‘zagroinspeksiya”ning Namangan viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish hamda ularning ekin muomalasidan chiqishiga sabab bo‘layotgan holatlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida viloyatning 14 ta tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 204 ta qonunbuzilish holati aniqlandi.  
 👉 BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Qishloq xo‘jaligi yerlari nazoratda: 204 ta holatda 22 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirilgani aniqlandi   ▶️ “O‘zagroinspeksiya”ning Namangan viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish hamda ularning ekin muomalasidan chiqishiga sabab bo‘layotgan holatlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida viloyatning 14 ta tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 204 ta qonunbuzilish holati aniqlandi.  
 👉 BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

“QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI SIFATINI BAHOLASH MARKAZI” ISTA AKKREDITATSIYASI SARI YANA BIR MUHIM QADAM 🇺🇿 🇹🇷2026-yil
+5
“QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI SIFATINI BAHOLASH MARKAZI” ISTA AKKREDITATSIYASI SARI YANA BIR MUHIM QADAM 🇺🇿 🇹🇷2026-yil 27–31-iyul kunlari Turkiya Respublikasining Anqara shahrida Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘liklarni ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatlashtirish markazi (TTSM) tomonidan Xalqaro urug‘larni sinash assotsiatsiyasi (ISTA) talablari asosida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish o‘quv dasturida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi delegatsiyasi ishtirok etdi. 🧪O‘quv dasturi davomida mutaxassislar TS EN ISO/IEC 17025 standarti talablari, ISTA akkreditatsiyasi mezonlari, laboratoriya sifat menejmenti tizimi hamda urug‘ namunalarini qabul qilish, ro‘yxatga olish va sinovdan o‘tkazish tartiblari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamladilar. 🌱 Shuningdek, urug‘larning tozaligi, namligi, unuvchanligi va ming dona urug‘ massasini aniqlash usullari, ISTA xalqaro sertifikatlari (Orange, Blue, Duplicate va Provisional)ni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar. 🔬Xizmat safari doirasida delegatsiya Turkiyaning zamonaviy urug‘lik sinov laboratoriyalari faoliyati, laboratoriya boshqaruv tizimi hamda xalqaro akkreditatsiya bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandi. O‘quv dasturi yakunida barcha ishtirokchilarga xalqaro namunadagi sertifikatlar topshirildi. 🌍Mazkur malaka oshirish dasturi Markazning Markaziy laboratoriyasini ISTA xalqaro akkreditatsiyasiga tayyorlash, TS EN ISO/IEC 17025 standarti talablarini amaliyotga joriy etish hamda urug‘lik mahsulotlari sifatini xalqaro mezonlar asosida baholash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

🟦🟦🟦🟦 📚 "Muammolar sizni tushkunlikka tushirishi emas, balki harakatga undashi kerak." 💬 Бернард Шоу 🛫Bizni ijtimoiy ta
🟦🟦🟦🟦
📚 "Muammolar sizni tushkunlikka tushirishi emas, balki harakatga undashi kerak."
💬 Бернард Шоу 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

🎗 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
🎗 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qirgʻiz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi. Oʻzbekiston yetakchisi qardosh Qirgʻiziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlar hamda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilishini taʼkidladi. ❗️Ma’lumot uchun: 1996-yilda taʼsis etilgan “Manas” ordeni Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va oʻzaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi.

✅ PAHTA MAHSULOTLARI UCHUN ASOSIY TASHQI KO‘RINISH STANDART NAMUNALARI TASDIQLANDI ▶️“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini
+6
PAHTA MAHSULOTLARI UCHUN ASOSIY TASHQI KO‘RINISH STANDART NAMUNALARI TASDIQLANDI ▶️“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi ning Paxta mahsulotlarini sifatini baholash boshqarmasi tomonidan tashqi ko‘rinish standart namunalarini tayyorlash, tasdiqlash hamda amaliyotga joriy etish ishlari O‘zDSt 604:2016 “Paxta tolasi. Texnikaviy shartlar”, O‘zDSt 1029:2014 “Kiyim-kechak va mebelbop momiq paxta. Texnikaviy shartlar” hamda O‘zDSt 1216:2015 “ Oqartirilgan gigroskopik paxta mahsulotlari. Texnikaviy shartlar” davlat standartlari talablari va tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan, amaldagi davlat standartlari asosida tayyorlangan ASOSIY tashqi ko‘rinish standart namunalarining amal qilish muddatini uzaytirish, ularning amaldagi standartlar talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash maqsadida joriy yilning 30-iyul kuni ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👉🏻 BATAFSIL

#29_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi soni taqdim etilmoqda. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

‼️‼️‼️ 📌 Qonunchilikdagi yangiliklar ✅ 1-avgustdan boshlab Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish elektron kitobini taqdim etish tal
‼️‼️‼️ 📌 Qonunchilikdagi yangiliklar1-avgustdan boshlab Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish elektron kitobini taqdim etish talabi bekor qilinadi 📃 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–63-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-avgustdan boshlab tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshirishlarda “Biznes himoya” QR-kodi amaliyotga joriy etiladi. 🔹Mazkur tartibga ko‘ra: ✅ Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsiga Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish elektron kitobini taqdim etish tartibi bekor qilinadi; ✅ nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi tadbirkorlik sub’ekti faoliyatida tekshiruv o‘tkazishdan oldin «Yagona davlat nazorati» axborot tizimining mobil ilovasi yordamida tadbirkorlik sub’ektidagi «Biznes himoya» QR-kodini skanerlash orqali tekshiruvni ro‘yxatga oladi; ✅ davlat xizmatchilari «Biznes himoya» QR-kodi orqali tekshirish yoki muloqot haqidagi ma’lumotni belgilangan tartibda «Yagona davlat nazorati» axborot tizimiga kiritmasa, tadbirkorlik sub’ektlari davlat xizmatchisini tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslik va muloqotga kirishmaslik huquqiga ega. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Fermerlarga dizel uchun 2 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Adliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan dizel yoqilg‘isi qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni (ro‘yxat raqami 3912, 2026-yil 29-iyul) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. ✅ Endilikda paxta va bug‘doy yetishtiruvchi fermerlar 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja savdolari orqali xarid qilgan dizel yoqilg‘isi narxi 1 tonnasi uchun 13 mln so‘mdan qimmat bo‘lsa, oshgan summaning 2 mln so‘mgacha bo‘lgan qismini davlat subsidiya sifatida qoplaydi. Buning uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi – subsidiya proaktiv, ya’ni avtomatik tartibda ajratiladi. ✅ Subsidiya olish uchun: ➡️ dizel yoqilg‘isi faqat birja savdolari orqali xarid qilingan bo‘lishi; ➡️ fermerning ekin maydonlari va ekin turlari Agroportal tizimiga kiritilgan bo‘lishi; ➡️ xarid qilingan dizel yoqilg‘isi agrotexnologik xaritada belgilangan aprel–iyun oylaridagi agrotexnik ishlar uchun ishlatilgan bo‘lishi kerak. ⏰ Subsidiya miqdori Agroportal ma’lumotlari asosida avtomatik hisoblanadi. Hisoblangan mablag‘lar Agentlik tomonidan fermerning tijorat bankidagi maxsus hisobvarag‘iga 3 ish kuni ichida o‘tkaziladi. 📋 Agar texnik nosozlik yoki ma’lumotlar almashinuvidagi uzilish sababli fermer haqidagi ma’lumotlar Agentlikka yetib bormasa, u Agenlikka yozma ravishda yoki Agroportal orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter