Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
前往频道在 Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
显示更多未指定国家未指定类别
201
订阅者
无数据24 小时
+27 天
-830 天
帖子存档
+1
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi
Mazkur sessiya kun tartibidagi qarorlarni
kengash.gov.uz sayti orqali kuzatib borishingiz mumkin.
+1
📖 Kun tartibidagi uchunchi masala muhokama qilindi
Sessiya kun tartibidagi uchunchi masala — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili davlat dasturi hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Kitob tumanida 2026-yil I chorakda ijrosi to‘g‘risida.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani bo‘limi boshlig‘i A. Sirojev hisobot berdi.
Masala yuzasidan Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Z.Norova o'z taklif-mulohazalarini bildirdi.Hisobot beruvchi tomonidan ushbu savol yuzasidan to'liq axborot berildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+3
📖 Ikkinchi masala muhokama qilindi
Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kitob tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yilning o‘tgan davrida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axboroti haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kitob tumanidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A.Nu’mononov axborot berdi.
Masala yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi D.Inoyatova o'z taklif-mulohazalarini bildirdi.Hisobot beruvchi tomonidan ushbu savol yuzasidan to'liq axborot berildi. Jonli efirni kuzatish Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+2
📌 1-masala muhokama qilindi
Sessiya kun tartibidagi birinchi masala — "Qashqadaryo viloyatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida".
Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari T.Nasimov hisobot berdi.
Masala yuzasidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Boboyev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Boboyev fuqarolar murojaatlaridan kelib chiqib o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.Hisobot beruvchi tomonidan ushbu taklif inobatga olinishi ma’lum qilindi. Xalq deputatlari tuman Kengashi
Ayni vaqtda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o'n sakkizinchi sessiyasi o'z ishini boshladi.
Sessiya kun tartibidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish hamda boshqa qator dolzarb va muhim masalalar o‘rin olgan.
🔹 Sessiya jarayonlarini bizni kuzatishda davom eting. 🔹 Eng muhim qarorlar va yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar berib boramiz.Sessiya ishini jonli efir orqali kuzating |Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
+1
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
Bugun tuman Kengashi deputati B.Egamberdiyev ishtirokida "Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
📌 Tadbirda asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
🔹Bolalar ongiga salbiy ta’sir etuvchi, zo‘ravonlik va axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallardan himoyalanishning huquqiy asoslari; 🔹Axborot mahsulotlaridagi yosh cheklovlari (0+, 7+, 12+, 16+, 18+) va ularga amal qilishning ahamiyati; 🔹Internet tarmog‘idagi xavfli o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlardagi turli yot g‘oyalardan yoshlarni asrash.🤝 Deputat B.Egamberdiyev o‘z so‘zida farzandlarimizning ma’naviy olamini asrash nafaqat qonun ustuvorligi, balki har bir ota-ona va jamoatchilikning vijdoniy burchi ekanligini alohida ta’kidladi. DEPUTAT_FAOLIYATI
Xalq deputatlari tuman Kengashining faoliyati sizga yoqadimi
+2
⚖️ MEROS MASALALARI: MUAMMO VA QONUNIY YECHIM
Xalq deputatlari tuman Kengashi xodimlari hamda "Madad" NTT o‘rtasidagi hamkorlik o‘zining amaliy natijalarini bermoqda.
Navbatdagi uchrashuv va qabullar davomida tumanimiz aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan, yechimi murakkab ko‘ringan mulkiy meros masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Qabul davomida quyidagi natijalarga erishildi:
🔹Merosni rasmiylashtirishda muddatlarni o‘tkazib yuborgan fuqarolarga sudga da’vo arizasi kiritish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.🔹
Mulkiy meros bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasida yuzaga kelgan tushunmovchiliklar qonun doirasida tushuntirilib, o‘zaro kelishuv yo‘llari ko‘rsatildi.🔹
Notarial idoralar va arxivlardan tegishli ma’lumotlarni olish hamda mulk huquqini tiklash yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berildi.
DEPUTAT_FAOLIYATI|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
+3
Kitob tumanida turizm salohiyatidan samarali foydalanish, hududga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda 12-Bashir saylov okrugi deputati (tuman hokimi) Rustam Gafurov boshchiligidagi Eskpert hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zolari “Bashir” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida “Hazrati Bashir” ziyoratgohi atrofida joylashgan qishloqning betakror tabiati, salqin iqlimi hamda tarixiy va ziyorat turizmi uchun qulay imkoniyatlari alohida qayd etildi. Hududning turistik jozibadorligini yanada oshirish maqsadida qishloqda zamonaviy oilaviy mehmon uylari tashkil etish bo‘yicha istiqbolli takliflar muhokama qilindi.#ish_reja DEPUTAT_FAOLIYATI
🖌 Tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
Tuman Kengashi raisi, kotibiyati mudiri hamda kotibiyat xodimlari tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari tashkiliy jihatdan ko‘rib chiqildi.
Jarayon davomida sessiyaga kiritiladigan masalalar, hujjatlar bilan ishlash, tashkiliy masalalar hamda sessiyani yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
+4
Deputat so‘rovi amalda: Tupchoq mahallasida yo‘llar asfaltlashtirilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Boboyevning tashabbusi va deputatlik so‘rovi o‘zining amaliy natijasini bermoqda.
"Obod ko‘cha" dasturi doirasida tanlab olingan Tupchoq MFY hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlandi. Xususan, deputat so‘rovi asosida mahalladagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish jarayoniga start berildi.
Ushbu xayrli ishlar natijasida mahallaning infratuzilmasi yaxshilanib, aholi uchun qulay va ravon yo‘llar barpo etilmoqda.
Xalq dardi bilan yashash — deputatning asosiy mezonidir.DEPUTAT_FAOLIYATI
+1
🚦
Yo‘l harakati xavfsizligi va tirbandliklar deputat nazoratida
Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash hamda haydovchi va piyodalarga qulay sharoit yaratish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bugun tuman Kengashi deputati G‘.Uzoqov tomonidan tumandagi transport qatnovi yuqori bo‘lgan hamda yo‘l-transport hodisalari (YTH) tez-tez sodir bo‘layotgan hududlar atroflicha o‘rganildi.📋 O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
🚗 Tirbandlik nuqtalari: Pik vaqtlarida qatnov qiyinlashayotgan chorrahalar va tor ko‘chalar tahlil qilindi.
⚠️ Xavfli hududlar: YTHlar ko‘p kuzatilayotgan nuqtalarda yo‘l belgilari va chiziqlarining holati ko‘zdan kechirildi.
🛑 Infratuzilma: Svetoforlar o‘rnatish, piyodalar yo‘laklarini yangilash va yo‘llarni kengaytirish zarurati bor joylar belgilab olindi.#ish_reja_ijrosi DEPUTAT_FAOLIYATI
+3
🛣 Paxtaobodda 2 km ichki yo‘llar shag‘allashtirilmoqda
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ayniqsa, ichki yo‘llarni tartibga keltirish borasida amaliy ishlar davom etmoqda.
Xususan, "Paxtaobod" MFY aholisining murojaatlari hamda tuman Kengashi deputati Sh.Temirov so‘rovi asosida hududdagi 2 kilometr uzunlikdagi tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari boshlandi.
✅ Amaliytda bajarilayotgan ishlar:
Yillar davomida to‘plangan muammo yechimi: Yog‘ingarchilik kunlarida aholi va avtotransport vositalari harakati uchun qiyinchilik tug‘dirgan tuproq ko‘chalar tekislanmoqda.
Sifat nazorati: Shag‘al yotqizish jarayonlari belgilangan me’yorlar asosida, maxsus texnikalar yordamida amalga oshirilmoqda.
Aholi roziligi: Ushbu tashabbus natijasida mahalladagi o‘nlab xonadonlar uchun qulay qatnov yo‘li yaratilmoqda.
Ma’lumot uchun: Hududdagi ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha deputatlik nazorati davom etadi. Maqsad — har bir mahalla ko‘chalarini ravon va xavfsiz holatga keltirishdir DEPUTAT_FAOLIYATI
+3
🏔 Olis tog‘li hudud yo‘llari kengaytirilmoqdaTumanimizning eng chekka va baland tog‘li hududlaridan biri sanalgan “Ko‘hsor” mahallasida yirik obodonlashtirish ishlari boshlandi. Aholining tuman markazi bilan bog‘lanishini osonlashtirish hamda transport qatnovi xavfsizligini ta’minlash maqsadida, tuman Kengashi deputati O.Qodirov tashabbusi bilan mahallani bog‘lovchi asosiy yo‘lda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
🛠 Amalga oshirilayotgan ishlar:
Tog‘li relyef sababli tor bo‘lib qolgan qismlar maxsus texnikalar yordamida kengaytirilib, ikki tomonlama harakat uchun qulay holatga keltirilmoqda
Yo‘lning notekis va o‘ydim-chuqur qismlari tekislanib, qatnov qismi yumshatuvchi qatlam bilan mustahkamlanmoqda
Ushbu yo‘lning ta’mirlanishi nafaqat “Ko‘hsor” mahallasi ahli, balki shu hududdagi barcha qatnovchilar uchun yillar davomida kutilgan qulaylik bo‘ldi.
Maqsadimiz — hududning joylashuvidan qat’i nazar, har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoitini yaratishdir. DEPUTAT_FAOLIYATI
+1
🛣 Mahalladagi ichki yo‘llar va tungi yoritish tizimi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati hamda partiya vakillari hamkorligida aholi murojaatlari va ijtimoiy soha obektlari holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Bugun tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, kotibiyat mutaxassisi O.Nosirov hamda “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi ishtirokida navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.
🔍 O‘rganish jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
"Xalqlar do‘stligi" mahallasidagi ichki ko‘chalarning bugungi holati;
Ko‘chalarning tunda yoritilishi va elektr energiyasi tizimidagi kamchiliklar;
Aholi uchun kundalik qulayliklar yaratish masalalari.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xususan, yo‘llarni ta’mirlash va tungi chiroqlarni o‘rnatish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish va chora-tadbirlar belgilash ko‘zda tutildi.#ish_reja_ijrosi DEPUTAT_FAOLIYATI
+1
🔵 Aholi murojaatlari e’tiborda: Xalqlar Do‘stligi MFYda sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi N.Turayev ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida “Xalqlar Do‘stligi” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining kundalik turmush sharoitlari, infratuzilma va ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari birma-bir tinglandi.
📌 Qabulda asosan quyidagi masalalarga urg‘u berildi:
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash;
Kommunal sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish;
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash.
Muloqot davomida bildirilgan har bir murojaat mas’ullar tomonidan nazoratga olindi. Muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko'rsatmalar berilib, ijrosi qat'iy belgilab qo'yildi.
"Maqsadimiz — har bir fuqaroning dardu tashvishi bilan yashash va mavjud muammolarga qonuniy yechim topish," — deya ta’kidladi mas’ullar.|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan “Xalqlar Do'stligi” mahalla fuqarolar yig'ini aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda mazkur mahalla fuqarolar yig'inidagi Transformator o'rnatib berish masalasi ilgari surilgan.
DEPUTAT_FAOLIYATI
+2
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari: Qonun ijrosi amalda o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash hamda hududlarda “yashil energiya” qurilmalarini joriy etish holati doimiy nazoratda.
Shu munosabat bilan, tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov joylarda bo‘lib, qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: ✅ Aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlariga quyosh panellarini o‘rnatish jarayoni; ✅ Tadbirkorlik subektlariga yaratilgan imtiyozlarning qo‘llanilishi. Energetika mustaqilligiga erishish va ekologik toza manbalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda. #ish_reja_Qonun_ijrosi |Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
Repost from Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
🏛 Mahalliy Kengash sessiyalarini o‘tkazish tartibi Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalarini tashkil etish jarayonida quyidagi muhim bosqichlarga qat’iy amal qilinadi: 📅 Tashkiliy ▪️ Deputatlar kamida 3 kun oldin xabardor qilinadi ▪️ Kun tartibi oldindan tarqatiladi ▪️ Sessiya vaqti va joyi aniq belgilanadi 👥 Ishtirok va vakolat ▪️ Deputatlarning kamida 2/3 qismi qatnashishi shart (kvorum) ▪️ Qatnashgan va qatnashmagan deputatlar qayd etiladi ▪️ Raislik qiluvchi va sessiya kotibi belgilanadi 📂 Masalalarni ko‘rib chiqish ▪️ Har bir masala avval doimiy komissiyalarda muhokama qilinadi ▪️ Ma’ruzalar va muzokaralar reglament asosida o‘tkaziladi ▪️ Deputatlar savol va takliflar bilan faol ishtirok etadi 📝 Oshkoralik va hujjatlashtirish ▪️ Bayonnoma yoki stenogramma yuritiladi ▪️ Ovoz berish natijalari rasmiy qayd etiladi ▪️ OAV vakillari ishtiroki ta’minlanadi ✅ Sessiyalar jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda ochiq va shaffof tarzda o‘tkaziladi.
