Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
前往频道在 Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
显示更多未指定国家未指定类别
201
订阅者
无数据24 小时
+27 天
-830 天
帖子存档
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Usmonov Abdig'ani Xomidovich tomonidan “Qaynar” mahalla fuqarolar yig'ini aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda mazkur mahalla fuqarolar yig'inida ichki ko'chalarni asfaltlashtirish masalasi ilgari surilgan.
Tuman Kengashi deputati R.Kamilov tomonidan Bahor mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi aholini qiynayotgan ikki yirik muammoni hal etish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilgan ediMazkur deputatlik so‘roviga tegishli tashkilotlar tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi
Tuman Kengashi deputati R.Kamilov tomonidan Bahor mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi aholini qiynayotgan ikki yirik muammoni hal etish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilgan ediMazkur deputatlik so‘roviga tegishli tashkilotlar tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi
Kengash qarori tasdiqlandi!
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining qarori bilan yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi hamda uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha yo‘l xaritalari tasdiqlandi.
Mazkur dastur doirasida yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlikni rivojlantirish, o‘zaro ishonch va jamoaviy birdamlik muhitini mustahkamlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshiriladi.✅ Yoshlar uchun mazmunli ta’til — kelajak sari muhim qadam! #Dolzarb90Kun #KitobTumani #YoshlarSiyosati KENGASH
+4
Hududlarda oʻrganishlar davom etmoqda
Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri Gʻ.Uzoqov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Omonov bugun “Jilisuv” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY) hududida boʻlishdi.
Ishchi guruh tashrif davomida mahallada faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlari ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganishlar davomida tadbirkorlar va dehqonlarning muammolari tinglanib, ishlab chiqarish hamda hosildorlikni oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
Repost from Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+4
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
Bugun aholining kundalik ehtiyojlari uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish, bozorlarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari G.Kenjayeva va N.Turayevlar tumandagi markaziy dehqon bozorida bo‘lishdi.
🔎 Deputatlar tomonidan quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Go'sh, guruch, kartoshka, piyoz va boshqa ijtimoiy muhim turdagi mahsulotlarning narxlari;
Rastalardagi narxnomalarning mavjudligi va ularning haqiqiy narxga mosligi;
Sotuvchilar va xaridorlar uchun yaratilgan sanitariya-gigiyena sharoitlari.
O‘rganish davomida deputatlarimiz ham sotuvchilar, ham xaridorlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladilar.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDIXalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan Ulug'bek mahalla fuqarolar yig'inda transformator, simyog'och hamda liniya kabellarini yangilash masalasi bo'yicha deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDIXalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Omonov Abdinazar Ovchiyevich tomonidan Jilisuv mahalla fuqarolar yig'inini asfaltlashtirish masalasi bo'yicha deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Yo'llardan foydalanish unitar korxonasi DM tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
+1
⚡️ DMTT faoliyati deputat va partiya faollari e’tiborida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Kenjayeva hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi V.Parmonova tumandagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT) faoliyatini atroflicha o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor quyidagi jihatlarga qaratildi:
Shart-sharoitlar: Bolajonlarning ta’lim va tarbiya olishlari uchun yaratilgan qulayliklar hamda guruh xonalarining jihozlanishi;
Sog‘lom ovqatlanish: Muassasa oshxonasidagi tozalik, mahsulotlarning saqlanishi va bolalarga berilayotgan taomlarning sifati;
Ta’lim-tarbiya jarayoni: Mashg‘ulotlarning interaktiv va zamonaviy metodlar asosida tashkil etilishi.
Muloqotlar davomida tarbiyachilar va muassasa ma’muriyatining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, kelgusida bolajonlar uchun yanada qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, partiyaviy nazorat o‘rnatildi.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
15-19-IYUN kunlari elon qilingan eng muhum yangiliklar DAYJESTI15-IYUN
"Ayollar daftari": Deputatlar nazorati hududlarda davom etmoqda 🏛 Mahalliy Kengash sessiyalarini o‘tkazish tartibi16-IYUN
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 19-sessiyasi Deputat so‘rovi amalda: “Istiqbol” mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi17-IYUN
Sessiya kun tartibidagi masala doimiy komissiyada o‘rganildi Qog‘ozdagi hisobotlar emas, amaldagi holat o‘rganildi: Deputatlar hududlarda!18-IYUN
Deputatlik nazorati davom etmoqda Kengash qarori tasdiqlandi Deputatlik so’roviga rasmiy javob berildi19-IYUN
Mahalla fuqarolar yig’ini yettiligi faoliyati tahlil qilindi Deputatlar va soha mas'ullari hamkorligi: Kitobda ichimlik suvi ta'minoti tahlil qilindi 22-26-Havtalik ish reja ANONSIDEPUTATLAR_FAOLIYATI
📅 HAFTALIK ISH REJASI ANONSI (22–26-IYUN)🗓 22-IYUN
Mavzu: Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi holati.
Deputat: Q. Xudoyqulov Mas’ul: O. Nosirov🗓 23-IYUN
Mavzu: Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati.
Deputat: M. Jalilova Mas’ul: J. Ergashev🗓 24-IYUN
Mavzu: Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda ulardagi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik va jihozlanganlik holati.
Deputat: D. Razzoqova Mas’ul: O. Nosirov🗓 25-IYUN
Mavzu: Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati.
Deputat: O. Qodirov Mas’ul: J. Ergashev🗓 26-IYUN
Mavzu: Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati.
Deputat: Z. Norova Mas’ul: O. Nosirov📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib boriladi hamda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi. DEPUTATLAR_FAOLIYATI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Boboyev Azimjon Shukrullayevich tomonidan hududlardagi infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, deputat tomonidan “Iskana” MFY hududida “Obod ko‘cha” sifatida tanlab olingan va obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgan, uzunligi 150 metr bo‘lgan ichki ko‘chani asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.
Mazkur ko‘chani qattiq qoplamali (asfalt) holatga keltirish va aholining yo‘l bilan bog‘liq muammosini ijobiy hal etish maqsadida tuman Obodonlashtirish bo‘limiga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.
Masalaning ijrosi deputat nazoratiga olindi.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
🏛 Deputat so‘rovi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Djalilova Maqsuda Ikromovna tomonidan hududdagi infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.
Mazkur deputatlik so‘rovida “Beshterak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Mash'al qishlog'ini 250 metr qismini betonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish hamda belgilangan rejalarni amalga oshirish uchun tuman Obodonlashtirish boshqarmasidan 10 tonna sement ajratilishi so‘rab rasmiy murojaat yo‘llandi.Mahallalar obodligi va yo‘llar ravonligi — aholi farovonligining bosh mezonidir. Ushbu tashabbus ijrosi deputat nazoratida bo‘ladi.
+2
Deputatlar va soha mas'ullari hamkorligi: Kitobda ichimlik suvi ta'minoti tahlil qilindi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi V.Parmonova hamkorlikda “Qashqadaryo suv ta’minoti” MChJ Kitob tumani filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Tumandagi mavjud suv inshootlarining texnik holati va uzluksiz ishlash darajasi;
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi;
Sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.
Uchrashuv yakunida filial faoliyatini yanada yaxshilash, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda hududlarda ichimlik suvi tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha o‘zaro chora-tadbir va tavsiyalar belgilab olindi.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
+4
#24_tavsiyanomaga_asosan
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati S.Qodirov hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Nosirovlar tomonidan “Charmgar” mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat yuritayotgan “Mahalla yettiligi”ning ish tizimi va amalga oshirayotgan ishlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Oʻrganish davomida deputat yettilik tomonidan mahallada ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yoshlar va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusidagi muhim vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan oʻzaro fikr almashilib, tegishli tavsiyalar berildi. DEPUTATLAR_FAOLIYATI
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDIXalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan Ulug'bek mahalla fuqarolar yig'iniga 20 dona simyog'ochlarni yangsiga almashtirib berish masalasi bo'yicha deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
+3
Deputatlik nazorati davom etmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashining Qaynar saylov okrugi deputati A. Usmonov hamda Kengash kotibiyati mudiri G‘. Uzoqov, bosh mutaxassis J. Ergashevlar tomonidan tumandagi xususiy tibbiyot muassasalarida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar, sanitariya-gigiyena holati hamda tibbiyot muassasalarining faoliyati bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.#DeputatlikNazorati #Tibbiyot #XalqDeputatlariKengashi #QaynarSaylovOkrugi DEPUTATLAR_FAOLIYATI
📢 KENGASH QARORI TASDIQLANDI
Tumandagi 8 ta umumta’lim maktabida inklyuziv ta’limni rivojlantirish maqsadida maxsus korreksion xonalarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha Kengash qarori tasdiqlandi.✅ Loyiha doirasida: 🔹 12-maktab 🔹 18-maktab 🔹 36-maktab 🔹 39-maktab 🔹 54-maktab 🔹 58-maktab 🔹 83-maktab 🔹 97-maktablarda
maxsus korreksion xonalar tashkil etilib, zamonaviy o‘quv va reabilitatsiya jihozlari bilan ta’minlanadi.
💰Mazkur maqsadlar uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 87 million so‘m ajratilishi belgilandi. Ushbu tashabbus imkoniyati cheklangan bolalar uchun yanada qulay va sifatli ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻 |Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
Uchta muhim masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Tuman Kengashi deputati R.Kamilov tomonidan tuman aholisini qiynayotgan ikki yirik muammoni hal etish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborildi.
1️⃣ Birinchi masala: "Bahor" MFY ichki ko'chalariga Limonzor ko'chasiga - 15 dona Qo'shqanot ko'chasiga - 25 dona Ziyonat ko'chasiga - 40 dona Matonat ko'chasiga - 40 dona simyog'och. 2️⃣Ikkinchi masala: Ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish. Qo'shqanot ko'chasiga 1 km Jasorat ko'chasi 1 km Shoxsaroy ko'chasi 1 km
Uchinchi masala: Sharq Yulduzi MFY ko'chalarini asfaltlashtirish. Temirchi ko'chasi - 2 km Shaftolizor ko'chasi - 2 km
Har ikki masala yuzasidan so'rovlar deputat nazoratiga olingan bo‘lib natijasi yuzasidan ma'lumot berib boriladi.
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Radjabova Zulayxo Narziqulovna tomonidan Bog'ibaland mahalla fuqarolar yig'iniga 35 dona simyog'ochlarni yangsiga almashtirib berish masalasi bo'yicha deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
