Noon Academy
前往频道在 Telegram
🇺🇿 O'zbekistondagi ilk premium arab tili akademiyasi 📚 Arab tili va CEFR 🎓 10+ yillik tajriba Aloqa uchun: ☎️ +998 55 588 77 00 📲 @noon_academy_manager
显示更多未指定国家未指定类别
1 378
订阅者
+1124 小时
+657 天
+34930 天
帖子存档
1 378
Vaqtim yo'q... (O'zimizni aldayapmizmi?)
🔔 Hammangizga tanish holat-a? Ish, ro'zg'or, o'qish, hayot tashvishlari... Kechga borib charchoqdan yostiqqa qanday bosh qo'yganimizni ham bilmay qolamiz.
💼 Ich-ichimizdan "Qaniydi arab tilini o'rgansam" degan niyat bor. Lekin miyamizga keladigan birinchi himoya qalqoni va bahona bitta "Vaqtim yo'q".
⏳ Aslida bizda haqiqatan ham vaqt yo'qmi yoki shunchaki to'g'ri tizim yo'qmi? Telefonni titkilab, ijtimoiy tarmoqlarda birovlarning hayotini kuzatib o'tkazgan soatlarimizni bitta hisoblab ko'raylikchi... Vaqt tiqilib yotibdi-ku, to'g'rimi? Asosiy muammo, vaqtning kamligida emas, uni to'g'ri yo'naltira olmasligimizda.
Keyingi postlarda vaqtni qanday taqsimlashni ko‘rib chiqamiz.📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 378
🤨 Sizga bitta savolim bor
😳 Oxirgi marta qachon shunchaki O'ZINGIZ uchun, nimadir o'rgandingiz?
Hozir ichingizdan. "Eee, unga vaqt qayda, kun bo'yi tinim yo'q-ku..." degan ovoz keldimi?
Aynan shu "ovoz" haqida bugun siz bilan gaplashmoqchimiz.Agar sizga ham qziq bo‘lsa aktiv bo‘lib izohlarga qiziq deb yozing 👍👍👍 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 378
Xo‘sh, birinchi va eng katta sabab nima?
❤️ Grammatikaga darhol urilish. Ko‘pchilik til o‘rganishni boshlashi bilan birdaniga chuqur (grammatika) qoidalariga sho‘ng‘iydi.
❤️ Tushunarsiz terminlar, murakkab qoidalar va cheksiz istisnolar inson miyasini toliqtirib qo‘yadi. Miya esa qiyin va tushunarsiz narsadan qochishga harakat qiladi. Natijada til o‘rganish navbatdagi "og‘ir yuk"ka aylanadi.
📚 Uyning tomidan emas, poydevoridan boshlang. Avval grammatikani miyaga tiqish emas, tilni his qilish, sodda so‘z boyligini oshirish va kundalik iboralarni tushunish muhim. Qoidalar keyin, sekin-asta o‘z joyiga tushadi. Murakkablashtirmang!
Siz gramatika bosqichida to‘xtab qolganmisiz?📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 378
Bugun kechagi mavzuni davom etiramizmi?
😀 Arab tilini o‘rganishni boshlab necha marta tashlab qo‘ydingiz?
1 378
Yana boshladim, tashlab qo‘ydim...
Arab tili kitobini havas bilan sotib olasiz. Birinchi hafta alifboni o‘rganib, g‘ayrat shijoat bilan daftarga chiroyli qilib yozasiz. Xuddi arabcha ko‘rsatuvlarni tarjimasiz ko‘radigandek tuyuladi...
Lekin 3-haftaga kelib... g‘ayrat so‘nadi. Ish, o‘qish, ro‘zg‘or tashvishlari aralashadi-yu, haligi kitob tokchada chang bosib qolib ketadi.
Nafsingiz esa ichingizdan pichirlaydi: "Baribir uddalay olmaysan, arab tili juda qiyin..." Tanish holatmi? Siz ham necha marta boshlab, yarim yo‘lda tashlab yuborgansiz?
Xotirjam bo‘ling, ayb sizda emas. Statistikaga ko‘ra, arab tilini o‘rganishni boshlaganlarning 90%i uni oxirigacha yetkazmaydi.
Xo‘sh, nega bunday bo‘ladi?Keyingi postlarda 3 ta eng katta sababi va undan chiqish yo‘li haqida gaplashamiz. 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 378
Assalomu alaykum!
Buyog‘iga kanal postlar bilan qaynaydi 😉
Arab tilini qiynalmay, mazza qilib o‘rganishingiz uchun eng kerakli ma’lumotlar, qiziqarli faktlar, audio-video darslar va foydali matnlarni tayyorlayapmiz. Bu kanal birinchi navbatda Sizga xizmat qilishi va haqiqiy foyda keltirishi kerak!Shuning uchun sizning fikringiz biz uchun juda muhim. Bu yerdan aynan nimalarni kutyapsiz? Qanday kontent sizga ko‘proq yordam beradi?
Buni aniq bilib olishimiz uchun pastdagi bir nechta qisqa so‘rovnomalarda faol qatnashib, o‘z fikringizni belgilang.😎Telegram 😎Instagram
1 378
🎉 Muhadasa va istima' klublarimiz!
Noon academy o'quvchilari uchun bo'lib o'tadigan mutlaqo bepul muhadasa (so'zlashish) va istima' (eshitib tushunish) klublarimizda sizni kutamiz!
Yakshanba soat:
⏰ 13:00 da Istima';
⏰ 14:00 da Muhadasa.
Klub erkak va ayollar uchun alohida bo'lib o'tadi.
😎 Noon Academy
1 378
🎉 Muhadasa va istima' klublarimiz boshlanmoqda!
Noon academy o'quvchilari uchun bo'lib o'tadigan mutlaqo bepul muhadasa (so'zlashish) va istima' (eshitib tushunish) klublarimiz o'z faoliyatini boshladi.
Yakshanba soat:
⏰ 13:00 da Istima';
⏰ 14:00 da Muhadasa.
Klub erkak va ayollar uchun alohida bo'lib o'tadi.
Mock imtihonini kutayotganlar keyingi hafta 26-iyul yakshanba kuni bo'lib o'tadigan mock imtihonimiz uchun @noon_academy_manager ga muroja'at qiling.😎 Noon Academy
1 378
+1
🥳 Qisqa muddat. Katta natija.
C1 darajadagi ustozimizdan ta'lim olgan o'quvchilardan biri atigi 3 hafta ichida A2 darajadan B2 darajaga muvaffaqiyatli erishdi.
🚀 Bu natija to'g'ri metodika, muntazam amaliyot va o'quvchining mehnati birlashganda qanday o'sishga erishish mumkinligini yana bir bor ko'rsatdi. Oldinda bundan ham ko'plab yutuqlar bilan bo'lishamiz, albatta.
🤔 Sizning natijangiz ham navbatdagi postimizda bo'lishini xohlaysizmi, unda biz bilan bog'laning?
📞 Murojaat uchun: 55 588 77 00
@noon_academy_manager
1 378
+2
🎁 Sovg'alar o'z egalariga topshirildi!
So'rovnomamiz g'oliblariga va'da qilingan vaucherlar o'z egalariga topshirildi. 3-o'rin egasi sovg'asini akademiyamizga kelib qabul qilib oldi, 1- va 2-o'rin egalari uchun esa vaucherlar BTS orqali yuborildi. 📦
😇 Har bir ishtirokchiga samimiy tashakkur bildiramiz! Barchangizga ishtirokingiz va ishonchingiz uchun rahmat!
1 378
🎉 So'rovnoma g'oliblarimiz aniqlandi!
🥇 1-o'rin - Nafisa Lapasova;
🥈 2-o'rin - Bibihojar;
🥉 3-o'rin - Mubina.
Go'liblar bilan bog'lanib mukofotlarni topshirishni boshlab yubordik.Barcha ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. 😎 @noon_arabic_academy
1 378
🎉 Xushxabar!
So'rovnomamizda ishtirok etgan TOP 3 ishtirokchilarni saralash jarayoni boshlandi!
✅ Natijalarni ertaga e'lon qilamiz nasib qilsa.😎 @noon_arabic_academy
1 378
📣 MOCK imtihonida o'zingizni sinab ko'ring!
Jamoamiz bilan haftalik "CEFR" mock imtihonlarini yo'lga qo'ymoqdamiz.
🗓 Kelayotgan 21-iyun yakshanba, soat 10:00 da markazimiz binosida "CEFR" bo'yicha dastlabki mock imtihoni bo'lib o'tadi.
🖥Ma'lumot olish hamda ro'yxatdan o'tish uchun:
➡️@noon_academy_manager
1 378
+6
📊 O'quvchilarimiz natijalari
Sizga ham shunday natijalar kerakmi?
👇 Izohlarda "+" qoldiring!
👉 @noon_arabic_academy obuna bo'ling!
1 378
📢 Arab tili muxlislari diqqatiga!
Biz NOON academy jamoasi kichik so'rovnoma o'tkazayotgan edik
Sizning ishtirokingiz ta'lim sifatimizni yanada yaxshilashga bevositda yordam beradi.
⏳ Atigi ~5-10 daqiqa vaqtingizni olamiz xolos.
🎉 Eng mazmunli va yaxshi javob bergan 3 nafar ishtirokchilarimizni Hilol Nashr kitoblar do‘konidan vaucherlar bilan taqdirlaymiz.
🥇 1-o'rin - 900 000 so'm;
🥈 2-o'rin - 600 000 so'm;
🥉 3-o'rin - 300 000 so'm.
🫴 So‘rovnoma:
https://forms.gle/r2kjY3KGAAvGvLPK9
