ch
Feedback
Noon Academy

Noon Academy

前往频道在 Telegram

🇺🇿 O'zbekistondagi ilk premium arab tili akademiyasi 📚 Arab tili va CEFR 🎓 10+ yillik tajriba Aloqa uchun: ☎️ +998 55 588 77 00 📲 @noon_academy_manager

显示更多
未指定国家未指定类别
1 382
订阅者
+1824 小时
+1027 天
+33230 天
帖子存档
Til emas, qalb tili! 📖 Ko'ryapsizmi, arab tilida hatto oddiy salomlashuv ortida ham qancha ehtirom, iliqlik va madaniyat yot
Til emas, qalb tili! 📖 Ko'ryapsizmi, arab tilida hatto oddiy salomlashuv ortida ham qancha ehtirom, iliqlik va madaniyat yotadi. "Ahlan va Sahlan" bu shunchaki yodlab olinadigan grammatik qoida emas, bu mehmonga va suhbatdoshga ochilgan ochiq qalbdir. Arab tilini o'rganish bu shunchaki so'zlarni yodlash emas, mana shunday go'zal ma'nolarni kashf etish demakdir. 😎Siz ham tilning shunday go‘zal va jonli taraflarini his qilib o'rganishni xohlaysizmi? Noon Akademiyada biz arab tilini shunchaki qoidalar bilan emas, uning ruhi va mehri bilan o'rgatamiz. 😎 Keling, birga kashf etamiz. Siz ham biz uchun begona emassiz Ahlan va Sahlan! 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

"Sahlan" va yashiringan sir... Iboraning ikkinchi yarmi "Sahlan" (سهلاً) nimani bildiradi? "Sahl" arab tilida "tekis, qulay,
"Sahlan" va yashiringan sir... Iboraning ikkinchi yarmi "Sahlan" (سهلاً) nimani bildiradi? "Sahl" arab tilida "tekis, qulay, oson" degani. Iboraning to'liq grammatik ko'rinishi sahlan bo'lib, "Siz tekis va qulay yerga qadam qo'ydingiz" degan ma'noni anglatadi. Grammatik sir shundaki, ikkala so'z ham oxirida "-an" bilan tugaydi. Chunki ular gapda ko'rinmas, yashiringan fe'llarning to'ldiruvchisi hisoblanadi 😊 Arablar uzoq gapirib o'tirmay, fe'llarni tushirib qoldirishgan-u, ma'noni saqlab qolishgan. Natijada: "Biznikiga xush kelibsiz, siz o'z oilangizdasiz va bu yerda sizga hamma narsa engil hamda qulay bo'ladi" degan ulkan ma'no atigi ikki og'iz so'zga joylangan 😊 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

"Ahlan" Siz begona emassiz! Arablar mehmonni qarshilaganda shunchaki "xush kelibsiz" deb qo'ya qolmaydi. Ular birinchi bo'lib
"Ahlan" Siz begona emassiz! Arablar mehmonni qarshilaganda shunchaki "xush kelibsiz" deb qo'ya qolmaydi. Ular birinchi bo'lib "Ahlan" (أهلاً) deyishadi. Lekin bu so'z qayerdan kelganini bilasizmi? Uning ildizi "Ahl" (أهل), ya'ni "oila, yaqinlar" degan ma'noni bildiradi. Qadimda bu iboraning to'liq ko'rinishi Atayta ahlan ("Siz o'z oilangiz bag'riga keldingiz") bo'lgan. Ya'ni birinchi soniyadanoq sizga: "Bu yerda o'zingizni begona his qilmang, siz bizning oilamizdansiz!" degan samimiyatni ulashishadi. Arab tilidagi mehmonnavozlik mana shunday bir og'iz so'zdan boshlanadi 😊 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

Qo‘rquvlarni bir chetga surib, jonli muloqotni boshlash vaqti keldi! NOON ACADEMY jamoasi sizni arab tili bo‘yicha "Muhadasa"
Qo‘rquvlarni bir chetga surib, jonli muloqotni boshlash vaqti keldi! NOON ACADEMY jamoasi sizni arab tili bo‘yicha "Muhadasa" (So‘zlashish) jonli uchrashuviga taklif qiladi. Quruq nazariyasiz, faqat do‘stona muhit, jamoaviy muloqot va real speaking amaliyoti bo‘ladi. 💚 Yakshanba kuni, 💚 Soat 14:00 da Gapirishdagi muammolarni yechish va lug‘at boyligini amalda ishlatish. 💚Har bir qatnashchiga e'tibor va gapirish imkoniyati. Yakshanba ko‘rishguncha! 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

Arab tilida lug‘at va qoidalarni yodlab bo‘lsangiz ham, gapirishga kelganda tilingiz chalkashib, birdan to‘xtab qolasizmi? 🌎
Arab tilida lug‘at va qoidalarni yodlab bo‘lsangiz ham, gapirishga kelganda tilingiz chalkashib, birdan to‘xtab qolasizmi? 🌎 Bu judayam tabiiy holat. Qoidalarni o‘rganish, jonli muloqotda qo‘rqmay gapirib ketish umuman boshqa narsa. Ko‘pchiligimiz “xato gapirib qo‘ymaymikinman” deb tortinamiz, ichimizdagini aytolmaymiz. Lekin tildagi eng katta o‘sish, noqulaylikni yengib, birinchi marta ovoz chiqarib gapirishni boshlagan kuningizda yuz beradi. 📍Samimiy davrada, bir-birini qo‘llaydigan insonlar orasida tortinmay so‘zlashishni xohlaysizmi? 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

Aynan shunday muhitda arab tili quloqlaringizga va tilingizga osonlashishini xohlaysizmi? Biz bilan birga yig‘ilib, arab tili
Aynan shunday muhitda arab tili quloqlaringizga va tilingizga osonlashishini xohlaysizmi? Biz bilan birga yig‘ilib, arab tilidagi eng qiziqarli kontentlarni (kinolarni!) ko‘ramiz, eshitamiz va eng muhimi birga o‘sha tilda muhokama qilamiz. Quruq va zerikarli dars bo‘lmaydi, faqat jonli praktika va do‘stona muhit! Istima’ (الاستماع) Eshitib tushunish 🗓 Yakshanba kuni 🕐 Soat 13:00 da Arabcha kontent ko‘ramiz + arab tilida birga mulohaza qilamiz 📍Noon Academy Eshitish orqali arab tilini yorib chiqmoqchi bo‘lsangiz, sizni yakshanba kuni kutamiz. 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

Arab tilini o‘rganayotganda eng qiyin joyini bilasizmi? Qoidalarni yodlash emas, o‘sha tilda «yashash»ni va eshitib tushunish
Arab tilini o‘rganayotganda eng qiyin joyini bilasizmi? Qoidalarni yodlash emas, o‘sha tilda «yashash»ni va eshitib tushunishni boshlash. Ko‘pchiligimiz kitob, grammatika va lug‘atlarga ko‘milib ketamiz. ✅ Lekin jonli nutqni, kinolarni eshitganimizda miyamiz «qotib» qoladi, to‘g‘rimi? Chunki til bu shunchaki kitobdagi qoidalar emas. Til bu emotsiya, jonli suhbat va muhit. 🎇Tasavvur qiling, arab tilida film ko‘ryapsiz va har bir iborani tarjimasiz, xuddi o‘z tilingizday his qilib tushunyapsiz. Til o‘rganish majburiyat emas. 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

Imtihondagi tavakkal va qo‘rquvni tugatamiz! Barcha xatolar va hayajoningizni Noon Academydagi Mock imtihonida qoldirib ketin
Imtihondagi tavakkal va qo‘rquvni tugatamiz! Barcha xatolar va hayajoningizni Noon Academydagi Mock imtihonida qoldirib keting. 🎧Imtihon muhiti ⏰Real vaqt nazorati ⚡️Aniq darajangiz va zaif nuqtalaringizni bilish 🌟Yakshanba kuni 🌟(10:00 – 18:00 orasi) O‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirish vaqti keldi! 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

📢 A1 Grammatika yangi guruhda o'qish boshlandi!
At-Tanal tizimi bo'yicha C2 darajasiga ega ustoz Doniyor olib borayotgan A1 Grammatika guruhida o'quvchilar hali atigi 4-darsga yetib kelishdi — qo'shilish uchun eng qulay payt aynan hozir, ortda qolish xavfi yo'q.
📖 Kurs: A1 Grammatika 👤 Ustoz: Doniyor — At-Tanal bo'yicha C2 daraja ⏰ Vaqt: Ertalab soat 08:00 👤 Kimlar uchun: erkaklar
Qo'shilmoqchi bo'lsangiz — izohga "+" deb yozing.
📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

📚Imtihon zaliga kirib, hayajondan hamma bilganingiz esingizdan chiqib ketadimi 💎Oylab tayyorlanasiz, lekin vaqti kelganda o‘zingizni yo‘qotib qo‘yasiz. Aslida muammo bilimda emas shunchaki real imtihon atmosferasiga ko‘nikmaganimizda. 🖋Katta tavakkal qilishdan oldin, hayajonni yengishni o‘rganish kerak. 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

📚Imtihon zaliga kirib, hayajondan hamma bilganingiz esingizdan chiqib ketadimi 💎Oylab tayyorlanasiz, lekin vaqti kelganda o
📚Imtihon zaliga kirib, hayajondan hamma bilganingiz esingizdan chiqib ketadimi 💎Oylab tayyorlanasiz, lekin vaqti kelganda o‘zingizni yo‘qotib qo‘yasiz. Aslida muammo bilimda emas shunchaki real imtihon atmosferasiga ko‘nikmaganimizda. 🖋Katta tavakkal qilishdan oldin, hayajonni yengishni o‘rganish kerak. 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

Arab tilidagi قَلْبٌ so‘zi qanday to‘g‘ri talaffuz qilinadi?
Anonymous voting

Arab tilidagi قَلْبٌ so‘zi qanday to‘g‘ri talaffuz qilinadi?
Anonymous voting

Siz bu arabcha so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilayotgan bo‘lishingiz mumkin… Arab tilida birgina tovush adashsa, so‘zning ma’nosi
Siz bu arabcha so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilayotgan bo‘lishingiz mumkin… Arab tilida birgina tovush adashsa, so‘zning ma’nosi butunlay o‘zgarib ketadi. Hattoki juda kulgili holatga ham tushirib qo‘yishi mumkin 🤔 Masalan: قَلْبٌ Sizningcha, bu so‘z qanday talaffuz qilinadi? Shoshilmang! Avval ovoz chiqarib aytib ko‘ring🎙 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

Arab tilidagi iboralar. 📞+998555887700 😎 Telegram 😎Instagram
+3
Arab tilidagi iboralar. 📞+998555887700 😎 Telegram 😎Instagram

Zamonaviy ustoz qanday bo‘lishi kerak? Bu savolga javob izlab, Telegramdagi “Ustoz kundaligi” blogi muallifi Mohir Mirzaxmedov bilan samimiy va mazmunli suhbat qurdik. Suhbat davomida: 🟧Bugungi ustozlar dars berishda qanday xatolarga yo‘l qo‘yayotgani; 🟧Zamonaviy texnologiyalar rivojlanayotgan bir paytda yoshlar nimadan ortda qolayotgani; 🟧O‘qituvchida pedagogik mahorat qanday bo‘lishi kerakligi; 🟧Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotiga ta’siri va uning salbiy oqibatlari; 🏹 Haqiqiy zamonaviy ustoz qanday fikrlashi va ishlashi kerakligi haqida suhbatlashdik. Bu shunchaki navbatdagi podcast emas. Unda har bir ustoz, ota-ona va ta’limga befarq bo‘lmagan inson o‘zi uchun foydali fikr topa oladi.
Agar siz ham ta’lim, tarbiya va zamonaviy ustoz qanday bo‘lishiga qiziqsangiz, ushbu suhbatni to‘liq versiyasini shu yerdan ko‘rsangiz bo‘ladi ⬇️
https://youtu.be/Pq2nY-nLXKs?si=NryU2_ui7x1LU55T

🎉 Muhadasa va istima' klublarimiz! Noon academy o'quvchilari uchun bo'lib o'tadigan mutlaqo bepul muhadasa (so'zlashish) va istima' (eshitib tushunish) klublarimizda sizni kutamiz! Yakshanba soat: ⏰ 13:00 da Istima'; ⏰ 14:00 da Muhadasa. Klub erkak va ayollar uchun alohida bo'lib o'tadi. 😎 Noon Academy

Arab tilining sehrli ildizlari Arab tilida qisqa so‘zlarning kuchi faqat lug‘atda emas, balki ularning ildizida ham yashiringan. Ko‘plab so‘zlar 3 ta asosiy harfdan tuziladi. Shu ildizdan esa turli ma’nodagi ko‘plab so‘zlar hosil bo‘ladi.
Masalan: ع ل م ildizi: عَلِمَ — ‘alima bildi عِلْم — ‘ilm bilim عَالِم — ‘aalim olim مَعْلُوم — ma’lum ma’lum bo‘ladi
 🖊️ Bitta ildiz butun bir so‘zlar oilasi. Shuning uchun arab tilini o‘rganish faqat so‘z yodlash emas. Bu so‘zlarning ichidagi bog‘liqlikni, tarixni va go‘zallikni kashf qilishdir. 📌 Agar siz ham arab tilini shunchaki o‘rganibgina qolmay, uning ma’nosini his qilishni istasangiz, Noon Academy sizni kutadi! Arab tilini birga, tushunarli va samimiy tarzda o‘rganamiz. 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

😎Nega arab tilida ba’zi so‘zlar juda qisqa, lekin ma’nosi katta? Bu savolni arab tilini o‘rganayotgan ko‘pchilik o‘ziga berg
😎Nega arab tilida ba’zi so‘zlar juda qisqa, lekin ma’nosi katta? Bu savolni arab tilini o‘rganayotgan ko‘pchilik o‘ziga bergan bo‘lsa kerak Arab tilida atigi 2–3 harfdan iborat bo‘lgan so‘zlar ham butun bir fikrni, tuyg‘uni yoki hayotiy haqiqatni ifodalashi mumkin. Masalan:
حُبّ — Hubb muhabbat قَلْب — Qalb yurak رُوح — Ruh jon h نُور — Nur yorug‘lik عِلْم — Ilm bilim
 Qarang, so‘zlar qisqa. Ammo har birining ichida katta bir olam bor. ✔️“Qalb” deyilganda shunchaki tana a’zosi emas, insonning hislari, niyatlari va ichki dunyosi ko‘z oldimizga keladi. ✔️“Nur” esa oddiy yorug‘likdan ham kengroq ma’noni anglatadi: umid, hidoyat, poklik… Arab tili aynan shunisi bilan hayratlanarli, kam harfga ko‘p ma’no sig‘adi. 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

Bir nechta harf katta ma’no? Arab tilida bazi so‘zlar juda qisqa bo‘ladi. Lekin ularni tarjima qilishga kelganda, bitta so‘z
Bir nechta harf katta ma’no? Arab tilida bazi so‘zlar juda qisqa bo‘ladi. Lekin ularni tarjima qilishga kelganda, bitta so‘z bilan kifoyalanib bo‘lmaydi.
Bu tilning o‘ziga xos sehri nimada?
Bugun arab tilidagi qisqa, ammo chuqur ma’noli so‘zlar haqida gaplashamiz. Kuzatib aktiv bo‘ling 👍👍👍 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram