𝒌𝒎𝒍𝒅𝒅𝒏𝒗𝒏𝒂❤️🩹
关闭频道
8 723
订阅者
-6324 小时
-5457 天
-45130 天
帖子存档
8 712
Eee... ketmayman ekan. 😂🤍
Chamadonimni yig'ishtirgandim... qayta ochdim. 🤣Bunaqa mehrdan keyin ketishning iloji yo'q ekan. 🤍😂
8 712
Ba'zan ortga qarab qarayman...va ko'zlarimga yosh keladi. Hammasi atigi 64 ta inson bilan boshlangan edi. O'shanda ichimda faqat bitta orzu bor edi: "Qaniydi, 100 ta bo'lsa..." Shu orzu bilan uyg'onardim, Allohdan so'rardim. Dugonalarimdan, tanishlarimdan: "Iltimos, ssilkani tashlab qo'yinglar..." dugonalaringa deb aytardim. Bir amallab 100 bo'ldik... Keyin 500... Keyin esa 1.1K...
1-iyul...O'sha kun hali ham esimda. Dugonam bilan salonda edim. Tirnoq qildirayotgan paytimda telefonimga qaradim... 1.1K. O'sha lahzada quvonchimni tariflay olmayman. Chunki bu shunchaki raqam emas edi. Bu mening duolarim, uyqusiz tunlarim va mehnatimning javobi edi.
Vaqt o'tdi... 3.1K bo'ldik. Har kecha birga kuldik, dardlashdik, hazillashdik. Har bir konkurs, har bir post, har bir xabar bu kanalni oddiy kanal emas, mening qalbimning bir bo'lagiga aylantirdi.
Kecha esa hazil tariqasida kanalni yopaman deb yozdim...Va sizlarning xabarlaringizni o'qib... yig'ladim. Kimdir menga shunday yozibdi: "Bir qaror bilan hammasini tugatmang. Balki hozir shunchaki charchagandirsiz. Kanalni o'chirishga shoshilmang. Bir necha oy oldingi o'zingizni eslang... Shu kanal uchun qancha mehnat qilgandingiz. Kim biladi, balki aynan shu kanal bir kun sizni eng baxtli qiladigan sabab bo'lar..." Yana kimdir: "Asiya opa, davom eting... Hali ko'rasiz, aktivingiz yana qaytadi." Boshqa bir qiz esa: "Qarang, qancha odam sizni ketishingizni xohlamayapti..." Yana biri: "Nega bunaqa qilasiz?.. Biz sizni sog'inib qolamiz..." Hatto kuldirib ham yuborganlar bo'ldi: "Kanalni menga bering, o'chirmang..." Shu satrlarni o'qib qo'llarim qaltiradi... Nahotki men va mening kichkina kanalim shuncha insonning qalbidan joy olgan bo'lsak?.. Nahotki bir kun kelib, meni tanimaydigan insonlar ham ketishimni istamay qolishgan bo'lsa?.. Men har doim sizlarni qo'llab-quvvatlayotganimni o'ylardim... Bugun esa bildimki, aslida meni ushlab turgan ham sizlar ekansiz. Rahmat... Menga ishonganingiz, yonimda bo'lganingiz va bu kanalni shunchaki kanal emas, kichkina oilaga aylantirganingiz uchun. Bir kun kelib bu satrlarni yana o'qisam ham, bugungi ko'z yoshlarimni eslayman... Chunki bugun men obunachilar emas, qalbimga yaqin insonlarni topganimni his qildim. Sizlarni juda yaxshi ko'raman.
