Masters Finance Academy
前往频道在 Telegram
ACCA Learning center All F papers All P levels DipIFR courses Savol berish uchun: @mfa_academybot MFA Admin: @Ismoilovmfa Phone: +998 70 504 26 00 Location: Chilonzor tumani, 5-mavze,2
显示更多未指定国家未指定类别
1 713
订阅者
+424 小时
+287 天
+5330 天
帖子存档
Repost from MU University | Millat Umidi
“BIG 4”dan job offer 💼
Millat Umidi universiteti AAF yoʻnalishi talabalari Oʻzbekistonda ilk bora tashkil etilgan “Uzbekistan future CFO” musobaqasida ishtirok etishdi 🤩
Musobaqa xalqaro ACCA tashkiloti tomonidan tashkil etildi va final bosqichida faol ishtirok etgan ishtirokchilar KPMG BIG 4 va boshqa xalqaro kompaniyalardan ish takliflari olishdi.
Eng qizigʻi, Millat Umidi universiteti jamoasida boʻlgan 4 nafar talabamiz ham BIG 4dan job offer’larga ega boʻlishdi. 😎
BECOME A GLOBAL CITIZEN WITH MILLAT UMIDI UNIVERSITY
Website | Telegram | Instagram | YouTube
Repost from MU University | Millat Umidi
+5
AAF talabalaridan yana bir yutuq 🌟
Buxgalteriya va Moliya yoʻnalishi talabalari respublikamizdagi top universitetlar bilan oʻtkazilgan “Deloitte Audit Case Competition” musobaqasida eng kuchli strategik jamoa sifatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. 😎
Eng quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan barcha 6 nafar talabamiz BIG 4 tarkibiga kiruvchi DELOITTE xalqaro kompaniyasidan rasmiy ish takliflarini olishdi. 💼
Musobaqadan soʻng universitet rektori Dinora Ishmanova talabalarning ustoz-mentorlariga tashakkur bildirgan holda ularning ishtirokida talabalarni ma’naviy va moliyaviy ragʻbatlantirdilar. 🤩
Biroz avval talabalarimiz “BIG 4”ning KPMG kompaniyasidan ish takliflari olishganini xabar bergan edik.
BECOME A GLOBAL CITIZEN WITH MILLAT UMIDI UNIVERSITY
Website | Telegram | Instagram | YouTube
Repost from ACCA Uzbekistan
Oʻzbekiston fuqarolari uchun xalqaro buxgalterlar sertifikati (ACCA) dasturi doirasida maxsus chegirma joriy etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-sonli qaroriga asosan buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning imtihon xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants – ACCA) oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv memorandumiga asosan mamlakatimizda xalqaro professional buxgalterlar sonini koʻpaytirish, xalqaro sertifikat boʻyicha talabgorlarga moliyaviy jihatdan yengillik yaratish maqsadida ACCA xalqaro tashkiloti bilan uzoq muddatli muzokaralar va tizimli hamkorlik ishlari olib borildi.
Mazkur saʼy-harakatlar natijasida ACCA xalqaro malakasi tan olingan 180 dan ortiq davlatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “dastlabki roʻyxatdan oʻtish” hamda “avvalgi malaka/diplomlar asosida fanlardan ozod etilish (exemption)” toʻlovlari boʻyicha maxsus chegirmalar (kodlar) joriy etilgan kam sonli davlatlardan biri boʻlishga erishildi.
Izoh: Talabgorlar maxsus chegirmadan foydalanish uchun ACCA tizimida birinchi marta roʻyxatdan oʻtayotgan boʻlishi va roʻyxatdan oʻtish jarayonida yuqorida kelitirilgan chegirmali kodlarning tegishlisini kiritishi lozim. Natijada roʻyxatdan oʻtish toʻloviga imtiyozli narx avtomatik ravishda qoʻllaniladi.
Muhim jihatlar!
chegirma kodlari faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun amal qiladi;
chegirma kodlaridan faqat ACCA tizimida birinchi marta roʻyxatdan oʻtayotgan talabgorlar foydalanishlari mumkin;
ACCA tizimida avval dastlabki roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar ushbu imtiyozdan foydalana olmaydi;
chegirma kodlari 2027-yil 31-mart sanasiga qadar amal qiladi.
chegirma kodlaridan foydalanish ixtiyoriy hisoblanadi.
Eslatma:
Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash dasturidan foydalanishni istagan talabgorlar chegirma kodidan foydalanishdan oldin ACCAning amaldagi shartlari va qoidalari bilan tanishib chiqishlari lozim.
Chegirma kodidan foydalanish orqali talabgorlar mazkur dasturda ishtirok etish mezonlariga javob berishlarini tasdiqlaydilar hamda “ACCAning talabalar uchun imtiyozli narxlar boʻyicha amaldagi shartlari va qoidalari (Preferential pricing terms and conditions – students)”ga rioya etishga rozilik bildiradilar.
ACCA tizimida roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havolaga murojaat qilish mumkin: Apply to become a student and study accountancy | ACCA.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi
https://t.me/accauzbekistana
Repost from Masters Finance Academy
👋 Assalomu alaykum! Men — Abdulkarim Rustamov, MFA asoschisi va bosh o'qituvchisi.
🎓 ACCA Member — Since 2024
📚 BSc & MSc — WIUT
🏛 Oxford Brookes University — Mentor
🏫 Millat Umidi University — O'qituvchi (Since 2022)
👨🏫 ACCA Hybrid Teacher — barcha darajalar (Since 2021)
💼 Amaliy tajriba:
🏦 The Central Bank of Uzbekistan — 2019
🏢 AKFA Group of Companies — 2020–2022
Men ACCA ni faqat o'qitmayman — o'zim yashaganman. Har bir mavzuni real ish tajribasi bilan tushuntiraman. 💡📍 Masters Finance Academy
VEBINAR 20: 00 DA BOSHLANADI....
Esdan chiqarib qo'ymaslik uchun kanalni kuzat turing...
DARSLARGA YOZILISH UCHUN
📩 Savollar uchun: @ismoilovmfa
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
