ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Sakranum

Sakranum

前往频道在 Telegram

显示更多
未指定国家未指定类别
715
订阅者
+124 小时
-237 天
-12730 天
帖子存档
Kel ikkimiz qahva ichaylik Qahva mendan manzara sendan Dardimizni teng boʻlishaylik Yeg'lash mendan kulish sendan Kelganingda yolg'iz edim men Ketar bo'lsang insof bilan ket Manzarangni butun qoldirib Yolg'izligim yarmin olib ket. -Mahbubi

Malumlik Bolalikdan malum har odam, Bola boshdan degan gap toʻgʻri, Mabodo men shoyir boʻlmasam, Boʻlar edim bezori oʻgʻri, Jikakgina shum bola edim, Tengdoshlarim ichra qahramon, Qaytar edim koʻchadan doim, Burnim pachoq usti boshim qon. Qoʻrqib ketgan onam qoshida, Derman tutib oʻzimni mahkam, Hechqisi yoʻq, qoqildim toshga, Ertagacha qolmas oʻrniham. Yillar oʻtdi, ketti bolalik, Nixoyi yoʻq armonlarimga, Yoshlikdagi shoʻxlik olovlik, Koʻchti sheru dostonlarimga. Magʻrurligim hamon qolmagan, Hamon oʻta oʻtli koʻkragim, Bolalikda burnim qonagan, Bugun esa qondir yuragim. Mendan kechgan toʻda qoshida, Derman tutib oʻzimni mahkam, Hechqisi yoʻq, qoqildim toshga, Ertagacha qolmas oʻrniham

Baxt emasmi? Ming boʻlakga boʻlib dunyoni, Tug'ulgandan baxtni izlaymiz. Qoʻl ushlashib ushbu roʻyoni, Atrofda baxt, bazan bilmaymiz. Baxtlar bilan bezatilgan taxt, Allohimga yetsa bas zoring, Kimdur seni sogʻinsa shu baxt, Baxt aslida dunyoda boring, Kimlarnidur sevib sogʻinib, Intizorla uni kutganing. Baxt emasmi tomogʻing bilan, Shu bir qultim suvni yutganing. Atroflarda baxtlaring sochiq, Bahorlardan goʻzallik yiqgan, Baxt emasmi koʻzlaring ochiq, Osmonga boq koʻkga oy chiqgan, Senga yana nima yetmaydi? Hatoki baxt yelib tolmoqlik. Hammagayam nasib etmaydi, Tongda turib nafas olmoqlik. Erkin Vohidov.