Sakranum
前往频道在 Telegram
显示更多
未指定国家未指定类别
716
订阅者
-524 小时
-287 天
-13430 天
帖子存档
716
Ichingni tashingdan ham ko’ra ko’proq pokla, obod qil, chunki tashingni xalq ko’radi, ichingga Alloh ko’radi.
© Jaloliddin Rumiy
716
+1
Яхши одамларнинг одамлар суҳбатида сўзлари қолади, қалбида излари қолади.
Инсон ўлганидан кейин:
юраги 10 дақиқа яшайди;
ақли 20 дақиқа яшайди;
кўзлари 4 соат яшайди;
териси 5 кун яшайди;
суяклари 30 кун яшайди;
Солиҳ амаллари эса то ҳисоб-китоб Кунигача яшайди...
716
Oyni 15 yorugʻ 15 qorongʻu deyiladi, Lekin musulmon uchun oyning 30 kuni ham yorugʻdir! Yaxshilik boʻlsa shukr qiladi savob oladi, musibat kelsa sabr qiladi yana savob oladi.
716
📚 YANGI KURS STARTI! 🕌
"Arab tili grammatikasi + Tajvid qoidalari" – bitta kursda ikkita bilim!
🔸 Arab tilida Qur’onni to‘g‘ri o‘qishni xohlaysizmi?
🔸 Har bir harakat, harf va grammatik tuzilmani tushunishni istaysizmi?
🔸 Nahv, sarf va tajvid asoslarini mukammal o‘rganmoqchimisiz?
💡 U holda bu kurs aynan siz uchun!
Kursda siz:
✅ Arab tili grammatikasining asosiy qoidalarini o‘rganasiz
✅ Tajvid ilmining muhim asoslari bilan tanishasiz
✅ Qur’on oyatlarini xatolarsiz va ravon o‘qishni o‘rganasiz
✅ Amaliy mashg‘ulotlar orqali tajriba orttirasiz.
👨🏫 Darslar - Husan qori tomonidan olib boriladi. Islomshunos, Misrda ham faoliyat olib borgan, at -tanal C1 daraja sohibi. Darslari sodda, tushunarli va ilhomlantiruvchi!
⏳ Davomiyligi: 5 oy
📍 Format: Online
📲 Joylar soni cheklangan!
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun:
🔗 @Zikirli0 ga murojaat qiling!
Ilm istaganlar uchun eshiklar ochiq. Bugun boshlang, ertaga minnatdor bo‘lasiz!
716
Hayoli, iboli ayol quyoshga o’xshaydi. U shunday nur taratadiki, unga hech kim tikilib qaray olmaydi.
716
"Ilmlar faqatgina kitoblardan olinmaydi.
Kitoblarda ham topilmaydigan ilmlar bor: Fikrlardan olinadigan ilmlar bor, musibatlardan, xastaliklardan va hatto g'am, tashvishlar va mushkulotlardan o'rganiladigan ilmlar bor. . ."
716
Obid va ikki dinor
Bani Isroillik obidlardan biri daraxtga ibodat qilayotgan qavm haqida eshitib qolib, qattiq g‘azabga tushibdi. Qo‘liga bolta olib o‘sha daraxtni kesib tashlash uchun yo‘lga otlanibdi. Yo‘lda shayton unga mo‘ysafid ko‘rinishida peshvoz chiqib, debdi: «Yo‘l bo‘lsin, birodar?» Obid qayerga ketayotganini unga aytibdi. Shayton uni yo‘ldan tutib qolishga urinibdi. Lekin obid bellashuvda uni yutibdi. Shunda shayton obidga: «Shu daraxtni kesmasang, senga har kuni ikki dinor beraman», debdi. Obid ko‘nibdi va ortiga qaytib ketibdi. Birinchi va ikkinchi kuni obid haqiqatan ham uyidan ikki dinor topibdi. Uchinchi kuni qarasa, hech vaqo yo‘q emish. Obid g‘azablanibdi va boltasini olib daraxtni kesgani yo‘lga tushibdi. Yo‘lda o‘sha qiyofadagi iblisni ko‘ribdi. Bu safar ham shayton uni yo‘ldan qaytarish uchun kurashib, bellashuvda yutibdi. Shunda obid so‘rabdi: «Bu safar qanday qilib meni mag‘lub etding?
Iblis debdi: «Sen birinchi safar Allox uchun g‘azab qilganding, amaling xolis Alloh uchun edi. Shu bois Alloh seni ustun qildi. Bu safar esa Alloh uchun emas, o‘z nafsing uchun g‘azablanding, ya’ni ikki dinor uchun yo‘lga tushding. Natijada mag‘lub bo‘lding».
Qissadan hissa shuki, bandaning maqsadi Allohning rizosi bo‘lar ekan, Alloh uni himoya qiladi. Bordi-yu maqsad boshqa tarafga burilsa, Alloh uni yordamsiz qoldiradi, o‘z holiga tashlab qo‘yadi...
716
Eng ajoyib, sarguzashtlarga boy sayohat mamlakatdan mamlakatga qilingan sayohat emas, balki qalbdan qalbga, ruhdan ruhga qilingan sayohatdir.
Shams Tabriziy
716
لَا تُضَيِّقْ قَلْبَكَ بِكُلِّ شَيْءٍ، فَإِنَّ هَذِهِ الْهُمُومَ لَا تَبْقَى وَلَا هَذِهِ الدُّنْيَا تَدُومُ
Koʻnglingni har narsaga siqaverma: na bu dardlar qolur, na bu dunyo...
716
Sizga hamla qiluvchi dushmanlardan qo‘rqmang, sizga laganbardorlik qiladigan do‘stlardan qo‘rqing.
©️ Deyl Karnegi
716
Ayol istasa, har qanday milliarderni millionerga aylantira oladi!
©️ Charli Chapli
😁 — juda oson!
716
Yolgʻonchi hayotdan, rost oʻlim avzal.
Soxta insonlardan, yolgʻiz qolish avzal.
Aldovli sevgidan, armonli sogʻinch avzal.
Vafosiz yaqinlikdan, uzoqdagi sadoqat avzal.
Qalbni oʻldiradigan kulgudan, dardli sukut avzal.
---Sakranum
716
+4
ㅤ
كل شيء في العالم رائع إذا عشت وفقًا للكلمات التالية: كل شيء بإرادة الله القدير
Agar siz quyidagi so'zlarga amal qilsangiz, dunyodagi hamma narsa go’zaldir: Hamma narsa Qodir Allohning irodasi bilan.🖤
