Booktopia nashriyoti
前往频道在 Telegram
Kitobsevarlar uchun yangi olam! 🌀Klassik va zamonaviy adabiyotlar 🌀Maqsadimiz: Sizning tafakkur olamingizni boyitish. 🌀Bog’lanish uchun: 77-016-44-55 ❇️ Batafsil: www.booktopia.uz 🚚 Buyurtma uchun: @Booktopiapress_bot
显示更多未指定国家未指定类别
205
订阅者
无数据24 小时
无数据7 天
无数据30 天
帖子存档
🍊Entoni Berdjessning "Murvatli apelsin" asari inson tabiatining eng qorong‘u va dahshatli qirralarini ko'rsatib beradi. Kitob sizni shunday bir dilemma qarshisiga qo‘yadiki, undan boshingiz aylanib qoladi:
👉🏻Inson o‘z ixtiyori bilan yomonlik qilgani yaxshimi yoki tizim tomonidan majburlab "yaxshi odam" qilib qo‘yilgan robotga (murvatli mexanizmga) aylanganimi?
📚Kitob nomi: Murvatli apelsin ✍️Muallif: Entoni Byorjess 📖Betlar soni: 264💬Agar insondan tanlash huquqini, hatto xato qilish erkinligini ham tortib olsangiz, unda insoniylikdan nima qoladi?
Oʻzbek adabiyoti faqat oʻzimizga qiziqmi? 🌍
😏 "Oʻzbek adabiyoti oʻzbeklardan boshqa hech kimga qiziq emas" degan fikrni eshitganmisiz? Koʻpincha oʻz milliy xazinamizga yuzaki qarab, uning jahon miqyosidagi kuchini sezmaymiz. Biz shunchaki "bu bizning tariximiz" deb cheklanamiz.
🌍 Lekin dunyo miqyosidagi haqiqiy asarlar chegara bilmaydi. "Bygone days" — Abdulla Qodiriyning "Oʻtkan kunlar" romani bugun dunyo kitobxonlarining eʼtiborini tortgan va ularni lol qoldirayotgan asarga aylandi.
📚 Kitob nomi: Oʻtkan kunlar (Bygone Days) ✍️ Muallif: Abdulla Qodiriy 🇺🇸 Ingliz tili tarjimoni: Mark Edvard Riz 📖 Betlar soni: 488💬Sizningcha, ushbu asarning jahon arenasiga chiqishi adabiyotimiz uchun qanchalik muhim? Fikringizni qoldiring 👇
Bilimning 4 ta baland binosi... 🏢
🏙Har birimiz ilm yoʻlida turlicha balandlikda yuramiz. Kimdir yuzaki maʼlumotlar bilan cheklanib: "Men shunchaki oʻrganaman" deydi. Kimdir chuqurroq kirib: "Men mohiyatni tushunmoqchiman" deb balandroq bino uzra koʻtariladi. Koʻp oʻqigan inson esa oʻz aqliga mahliyo boʻlib: "Men hamma narsani bilaman shekilli" degan hayolga boradi.
🧠Lekin haqiqiy ilm choʻqqisi va "Ultrabilim" eng yuqorida turib aytadiki: "Men esa bilganlarimga aylanaman!" Zotan, hayotga, xarakterga va amaliyotga koʻchmagan har qanday bilim sizga yetarli natija bera olmaydi.
📚Kitob nomi: Ultrabilim ✍️Muallif: Skott Yang 📖Betlar soni: 352💬Xoʻsh, siz hozir ilm olishning qaysi binosida, nechanchi qavatida turganingizni his qilyapsiz? 👇
Biz hammamiz alohida orollarmiz... 🏝️✨
⌛Har birimiz o‘z ongimiz, o‘z dunyomiz ichidagi kichik bir "orolcha"da yashaymiz. Ba’zan o‘zimizni mutlaqo yolg‘iz his qilamiz, hech kim bizni tushunmayotgandek tuyuladi.
💔Lekin hayotning asl go‘zalligi — mana shu uzoq orollarning, ya’ni insonlarning qisqa lahzalarda bo‘lsa-da, uchrashishi, bir-birini yurakdan his qilishi va dardiga sherik bo‘lishidadir.
📚Kitob nomi: Mayoq sari ✍️Muallif: Virjiniya Vulf 📖Betlar soni: 304💬Xo‘sh, bu ulkan va qorong‘u ummonda bizni bir-birimizga yetaklaydigan narsa nima? Ushbu kitob esa — o‘sha adashgan orollarni bog‘lovchi, ularga yo‘l ko‘rsatuvchi Mayoqdir. 🔦📘
🤩 Franklin siri
Ko'pchilik biron ko'nikmani o'rganishda shunchaki soatlab bir xil harakatni takrorlash, masalan, tinimsiz yuzaki matn yozish yoki shunchaki inglizcha so'zlarni yodlash natija beradi deb o'ylaydi.
⭐️ Axborot asrida esa, bu katta xatodir. Benjamin Franklinning dunyodagi eng zo'r publitsistlardan biriga aylanish siri bir strategiyada yotadi: u taniqli "The Spectator" jurnali maqolalarini o'qib, har bir jumlani qisqa eslatma ko'rinishida belgilaydi va bir necha kun o'tgach, original matnga mutlaqo qaramasdan, o'sha shaxsiy eslatmalardan maqolani noldan qayta tiklaydi. O'z variantini asl nusxa bilan solishtirish orqali u mantiq va so'z boyligidagi eng zaif nuqtalarini matematik aniqlikda topadi va butun diqqatini faqat o'sha qusur ustida alohida ishlashga qaratadi.
Ushbu metod "Ultrabilim" kitobida muvaffaqiyatning fundamental asosi — "Mashq (Drill) prinsipi" sifatida tahlil qilinadi. Murakkab sohalarni o'rganishda shunchaki umumiy harakat qilish miyani behuda charchatadi, xolos.
📌 Har qanday qiyin ko'nikmani (tillar, dasturlash, biznes strategiyalar) minimal vaqt ichida o'zlashtirish va miyani maksimal darajasiga olib chiqishning muhandislik aniqligidagi qoidalari yaqin kunlarda chop etiladigan kitobimiz — "Ultrabilim"da to'liq ochib beriladi.
@booktopia_press – kitobsevarlar uchun yangi olam!
🩵 Ulkan mo'jiza #iqtibos
Yillar o'tgani sari ayrim savollar bizdan uzoqlashmaydi. "Mayoq sari" esa o'sha savollarga javob berishga emas, ular bilan birga yashashni o'rgatadi.
Telegram 😎 Instagram
🎥 Tayyor kadr asorati
"Kitob kinodan yaxshi, chunki unda voqealar to'liqroq yoritiladi" degan gap — adabiyot olamidagi eng yuzaki, siyqasi chiqqan va sodda qarashdir. Masala syujetning hajmi yoki qaysidir sahnalarning qisqarib ketishida emas.
Asl haqiqat biz ekran qarshisiga o'tirganimizda yoki qo'limizga kitob olganimizda miyamizda sodir bo'ladigan mutlaqo ikki xil neyrobiologik jarayondadir. Siyosat, psixologiya yoki badiiy syujet bo'ladimi, inson ongi ma'lumotni qanday qabul qilishi uning fikrlash darajasini belgilaydi.
📖 Batafsil o'qish uchun 4 daqiqa@booktopia_press
📘 Olomonning shafqatsiz tabiati
Yuzingizga qarab jilmayib, ortingizdan sovuqqonlik bilan hukm chiqarishga tayyor jamiyat. Anna Brontening "Ijarachi" romani faqatgina bitta ayolning shaxsiy qismati haqida emas, balki unda shahar olomonining qo'rqinchli va asabni egovlovchi psixologiyasi yalang'ochlanadi.
Sirli ijarachi paydo bo'lishi bilan atrofingizdagi barcha "yaxshi insonlar" bitta niyat atrofida birlashadi: ular haqiqatni qidirishga urinmaydi, shunchaki o'zlariga o'xshamaydigan, mustaqil va jimgina yashaydigan shaxsni ko'rganda, uning ortidan loy otishga, mudhish yolg'onlar to'qishga kirishadi. Biz ham bugun hayotda yoki ijtimoiy tarmoqlarda o'zimiz tushunmaydigan yopiq insonlarni uchratsak, xuddi shu 19-asrdagi olomon kabi ularga darhol tamg'a bosishni boshlaymiz.
Asar sizga g'iybat va ijtimoiy bosim inson taqdirini qanchalik oson yakson qilishi mumkinligini tiniq ko'rsatib beradi.
Instagram 🌟 Telegram
📕 Miyangizni "buzib" kiradigan asar
Entoni Byorjess asosan rus tilidagi so'zlarni inglizchaga moslab "Nadsat" sun'iy tilini yaratadi ushbu kitob uchun.
🇷🇺 Qahramonlar do'stlarini "droog" (drug), pullarni "deng" (dengi) yoki qizlarni "ptitsa" deb ataydi. Muallif bu usul orqali kitobxonning o'zini ham ongsiz ravishda psixologik tajriba qurboniga aylantiradi.
Dastlabki sahifalarda qiynalib, asabiylashib o'qiysiz. Ammo kitob yarmiga yetganda, miyangiz bu yovvoyi tilni to'liq o'zlashtirib, qahramonlar kabi o'ylashni boshlaydi.
🍊 Oramizda "Nadsat"ga moslasha olib, asar mazmunini chaqqanlar bormi?)
@booktopia_press
💐 Biz kimmiz o'zi: shaxsmi yoki shunchaki xotiralar yig'indisi?
Biz o'zimizni doim mustaqil va ozod shaxs deb hisoblaymiz. Lekin aslida bizni kimligimizni atrofimizdagi narsalar, odamlar, san'at asarlari va shaxsiy xotiralar ushlab turadi.
📖 "Mushuklar dunyodan g'oyib bo'lsa" asarida kinoteatrlar va butun kinematografiya dunyodan yo'q qilinadigan joyi mavjud. Barcha filmlar g'oyib bo'lishi bilan, kadrlardagi ma'nolarni tahlil qilish orqali tug'ilgan qadrdon do'stliklar, chuqur falsafiy munozaralar va o'sha kino asarlari bizga bergan o'ziga xos dunyoqarash ham odamlar xotirasidan o'chib boradi.
Biz shunchaki oddiy buyum yoki oddiy tomosha deb bilgan har bir narsa — aslida insonlar bilan o'rtamizdagi yagona ko'prikdir. Atrofdagi detallar g'oyib bo'la boshlagach, insonning o'zligi ham asta-sekin bo'laklanib, yemirilib boradi. Ushbu kitob insoniyatning qanchalik zaif va o'z xotiralariga qanchalik tobe ekanligini isbotlab beradi.
💥 Rasm ichida bir savolni sizga qoldirganmiz, qani, topib olib, javob berishga jur'at qila olarmikinsizlar?)
@booktopia_press – kitobsevarlar uchun yangi olam!
🔳 Nega 100 ta kitob o'qish ham sizni aqlli qilmaydi?
Katta ishtiyoq bilan qalin bir kitobni o'qib tugatdingiz. Tagiga chizib, qoidalarni miyangizga joylagandek bo'ldingiz. Ammo oradan bir oy o'tgach, kimdir "shu kitob o'zi nima haqida, senga nima berdi?" deb so'rasa, "anaqa, unaqa" deb har doimam aniq, ravon tushuntirib berolmaysiz, yoxud bironta tuzukroq iqtibos yo aniq g'oyani eslay olmaysiz. Tanish holatmi?
📖 Batafsil o'qish uchun 3 daqiqa@booktopia_press
+1
🌟 To'g'ri kitobni topish — baxtli nikohdek gap
Didga mos kelmaydigan asarni qiynalib o'qish xuddi begona va sovuq inson bilan bir uyda yashashdek asabni yemiruvchi jarayon. Aynan shu psixologik azobdan qutulishingiz uchun saytimizdagi "Kitob sovchilari" maxsus funksiyasi sizni kutmoqda.
Eng qizig'i, atigi 3 daqiqalik test yakunida siz mutolaa olamida aslida kim ekanligingizni isbotlovchi maxsus rasmiy "Guvohnoma" va ruhiyatingizga mos tushadigan 2 ta kitob nomini qabul qilib olasiz.
🔺 Shuyerni bosing va o'zingizga qanday "Guvohnoma" tushganini izohlarda skrinshot qilib tashlang. Qani ko'raylikchi, oramizda qaysi turdagi kitobxonlar hukmronlik qilarkin?)
🌟 Erkinlik — osmondan tushadigan sovg'a emas.
Ko'pchilik erkinlik va taraqqiyotni qachondir o'z-o'zidan keladigan, tayyor holatdagi ne'mat deb tushunadi. Ammo taniqli siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning "Erkin millat poydevori" kitobi bu sodda tasavvurni butunlay yo'qqa chiqaradi.
🤎 Biz odatda o'z huquqlarimiz haqida gapirishni yoqtiramiz, lekin siyosiy institutlar, davlat boshqaruvi va o'zimizdagi fuqarolik mas'uliyati haqida bosh qotirib ham o'tirmaymiz. Ushbu asar o'quvchiga quruq shiorlar yoki maqtovlar taklif qilmaydi.
Muallif O'zbekistonning yaqin tarixidagi eng murakkab jarayonlarni tahlil qilib, millat qanday qilib o'z tafakkurini qullikdan va loqaydlikdan qutqarishi mumkinligi haqida chuqur, ba'zan esa noqulay savollarni o'rtaga tashlaydi.
@booktopia_press – kitobsevarlar uchun yangi olam!
👎 Rad javoblaridan qurilgan ijod
"Martin Iden" asarida qahramonni yozgan maqolalari yuzlab nashriyotlardan qaytib kelgani va u ochlikdan qiynalgani tasvirlanadi. Lekin aslida, bu muallifning real hayotida ham sodir bo'lgan voqelik.
Jek London yozuvchi bo'lishga qaror qilganda, 5 yil davomida tahririyatlardan qop-qop rad javoblarini oladi. U bu xatlarni yirtib tashlamaydi, balki xonasidagi uzun sim (nayza)ga ketma-ket sanchib boradi. Qachonki umidsizlikka tushsa, shu qalin rad javoblari dastasiga qarab, alam bilan yozishda davom etavergan.
Ushbu asarni sevib o'qiganlar, o'qimaganlarga reaksiyalar orqali tavsiyangizni yetkaza olasizlarmi?)
Instagram 🌟 Telegram
🤥 Yolg'onning isini hidlab bilish mumkinmi?
Pinokkioning yolg'on gapirganda burni o'sib ketishi haqidagi mashhur ertakni hammamiz eshitganmiz. Ammo "Tana tili haqida mukammal kitob" asari mualliflari bu shunchaki bolalar uydirmasi emas, balki rostdakam tibbiy haqiqat ekanligini isbotlaydi.
🎠 Ilm-fanda buni "Pinokkio effekti" deb atashadi. Inson ongli ravishda yolg'on gapirganida, tanadagi qon bosimi keskin oshib, burun to'qimalariga maxsus kimyoviy moddalar ajralib chiqadi. Natijada burun uchida asabni egovlovchi, sezilar-sezilmas qichishish uyg'onadi. Miya qanchalik professional va ishonchli yolg'on to'qimasin, qo'llar baribir unga bo'ysunmaydi — ular beixtiyor burunni qashishga yoki yuzga yengil teginishga majbur.
🤔 Chiroyli gapirib, ko'zingizga qarab turgan suhbatdoshingiz to'satdan burniga tez-tez qo'l olib bora boshlasami, demak, u nimadirni yashiryapti.
@booktopia_press – kitobsevarlar uchun yangi olam!
Ushbu suhbatimizni yozib olingan varianti
00:00 Kirish
01:05 Tarjimalarni qanday tanlaysiz?
03:47 Tarjima boshlashdan oldin nimalar qilasiz?
05:58 "Mayoq sari" va "Ijarachi" asari tarjimasiga qanday kirishgansiz?
10:00 Nega Virjiniya Vulfni o'qish kerak o'zi?
16:08 Ong osti uslubida yozilgan asarlar qanday bo'ladi o'zi?
21:27 Tarjimon chizmakashmi yoki rassom?
29:03 Tarjima jarayonida o'quvchini chalg'itmaslik uchun nima qilasiz?
31:54 Jarayonda ko'proq tahlil qilasizmi yoki his qilasizmi?
35:30 Davr muhitiga bog'liq jihatlarda qanday yondashasiz?
38:39 Nega Vulf ayollarni yaxshiroq ko'rsata olgan adabiyotda?
45:55 Hech tarjima jarayoni hayotingizga, kayfiyatingizga yuqib qolganmi?
58:19 "Mayoq" nimaning ramzi?
01:00:23 Yaxshi tarjimon bo'lish uchun nima qilish kerak?
01:04:25 15 yil oldingi o'zizga nima degan bo'lardingiz?
01:10:10 Qolganlarni tarjimasini o'qiganizda, qanday mutolaa qilasiz?
01:13:20 O'zingiz tarjima qilgan asarlar ichida eng yaqin qahramon qaysi bo'lgan va nima uchun?
@booktopia_press - kitobsevarlar uchun yangi olam
😁 Yovuzlikning eng xavfli qiyofasi — bu "yaxshi odamlar"
Biz yovuzlikni doim noma'lum va yirtqich maxluqlardan qidirishga o'rganib qolganmiz. Mixail Bulgakovning "Usta va Margarita" romani esa bu shirin illuziyani bir hamla bilan parchalaydi.
Asardagi Voland (Shayton) — yovuzlik tarqatuvchi qora kuch emas, u jamiyatga tutilgan shafqatsiz ko'zgu. Asl yovuzlar uning oldida shunchaki havaskor bo'lib qoladi. Ular kim? O'z qo'rqoqligi sabab haqiqatni sotadiganlar, bir tiyinlik foyda uchun do'stining ustidan yozadiganlar va o'zini "ziyoli" deb atovchi ikkiyuzlamachi olomon.📖 Bu kitob — insoniyatning eng jirkanch, xudbin va qo'rqoq tabiatiga qarshi o'qilgan ochiq ayblov xulosasi. Ushbu xulosani o'qishga ulgurganmisiz? @booktopia_press
📚 Qanday qilib 650 ta asar yozish mumkin?
Aleksandr Dyuma o'z umri davomida 650 ga yaqin asar — qalin romanlar, pyesalar, maqolalar va sayohatnomalar nashr ettirgan. Oddiy arifmetika shuni ko'rsatadiki, u deyarli har haftada bitta yangi asar qoralagan bo'lib chiqadi.
Xo'sh, jismonan buning qanday iloji bor? Biz sevib o'qiydigan "Askanio" yoxud "Uch mushketyor" asarlari haqiqatan ham uning qalamiga mansubmi?
📖 Batafsil o'qish uchun 3 daqiqa@booktopia_press
+1
☀️ O'ylab topilgan fojialardan charchamadingizmi?
Biz hammamiz romantiklashtirilgan dramalarni, qandaydir qahramonliklarni o'qishni yaxshi ko'ramiz. Axir ular yoqimli va mutolaadan so'ng osongina unutiladi. Ammo yonginangizda yashayotgan, siz bilan bitta havodan nafas olayotgan insonlarning real fojiasiga tik qarashga hammada ham jur'at topiladimi?
📖 Nashriyotimizda chop etilgan "O'zbekistonda yana bir kun" kitobi shunchaki navbatdagi badiiy to'qima emas. Jahongir Azimov bu asarda hech narsani o'ylab topmaydi. Unda o'nta real inson, o'nta murakkab taqdir, o'nta yopilmagan jarohat mavjud.
Yurak kasalligiga qarshi dori ixtiro qilib, o'zining yuragi azobda qolgan olim... Bolalikdagi og'ir jinsiy zo'ravonlik jarohatini butun umr ko'tarib yurgan qiz... Ularning barchasi bugun qayerdadir biz bilan birga yashaydi.
⭐️ Bu kitob sizni komfort hududingizdan yulib oladi va "Men o'zi qanday yashayapman?" degan noqulay savol bilan yuzma-yuz qoldiradi.
@booktopia_press – kitobsevarlar uchun yangi olam!
