SANATSIYA
前往频道在 Telegram
Qarzdorlik, to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik va iqtisodiy nizolarga huquqiy yechim!!!
显示更多未指定国家未指定类别
5 596
订阅者
-324 小时
-57 天
-430 天
吸引订阅者
八月 '26
八月 '26
+5 549
在5个频道中
七月 '260
在3个频道中
Get PRO
六月 '26
+65
在2个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 31 八月 | +5 | |||
| 30 八月 | 0 | |||
| 29 八月 | +2 | |||
| 28 八月 | 0 | |||
| 27 八月 | +5 | |||
| 26 八月 | +2 | |||
| 25 八月 | +1 | |||
| 24 八月 | +1 | |||
| 23 八月 | +2 |
频道帖子
| 2 | Тошкент давлат юридик университетида контракт нархлари кескин ошди
2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.
Янги нархларга кўра, бакалавриатнинг кундузги таълим шаклида бир йиллик контракт 22 496 700 сўм этиб белгиланган. 2025/2026 ўқув йилида ушбу сумма 16 695 000 сўм эди. Яъни контракт нархи ўтган ўқув йилига нисбатан 5,8 млн сўмга ёки қарийб 35 фоизга ошган.
Бакалавриатнинг бошқа таълим шаклларида ўсиш янада юқори. Сиртқи таълимда тўлов 14 868 000 сўмдан 21 352 800 сўмга етиб, 43,6 фоизга қимматлаган. Масофавий таълимда эса контракт 13 860 000 сўмдан 20 208 900 сўмга ошган. Бу 45,8 фоизлик ўсишни ташкил этади.
Магистратуранинг кундузги таълим шаклида ҳам контракт 5,8 млн сўмга қимматлаб, 18 585 000 сўмдан 24 403 200 сўмга етган. Яъни контракт нархи 31,3 фоизга ошган.
@pressuzb | 142 |
| 3 | Текширвой ва Тафтишбой кириб келса, уларга буни албатта кўрсатинг!
Кичик бизнес субъектларини текширишга 3 йиллик мораторий эълон қилинди—бу ҳақида ажойиб мултфилм тайёрланибди.
👉@yuristkadr | 181 |
| 4 | 🏥 Sog‘liqni saqlash tizimi — uzluksiz xizmat
Bayram yoki dam olish kunlaridan qat’i nazar, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi shifoxonalar, tez tibbiy yordam brigadalari, shifokor va hamshiralar aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida kecha-yu kunduz xizmat qiladi.
Ularning uzluksiz mehnati ortida inson hayoti, katta mas’uliyat va kasbga sadoqat turadi.
Salomatligimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildiramiz!!! | 240 |
| 5 | 🏥 Sog‘liqni saqlash tizimi -uzluksiz xizmat
Bayram yoki dam olish kunlaridan qat’i nazar, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi shifoxonalar, tez tibbiy yordam brigadalari, shifokor va hamshiralar aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida kecha-yu kunduz xizmat qiladi.
Ularning uzluksiz mehnati ortida inson hayoti, katta mas’uliyat va kasbga sadoqat turadi.
Salomatligimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildiramiz | 1 |
| 6 | 📌 Kontrakt va ipoteka to‘lovlarida daromad solig‘i imtiyozi: kimlarga tatbiq etiladi?
Ko‘pchilik kontrakt yoki ipoteka to‘lovini amalga oshirsa, to‘langan summaning 12 foizi avtomatik ravishda qaytariladi, deb o‘ylaydi. Aslida, soliq imtiyozi faqat qonunchilikda belgilangan shartlar bajarilganda qo‘llaniladi.
🎓 Ta’lim to‘lovlari bo‘yicha
Soliq to‘lovchining quyidagi to‘lovlarga yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlariga daromad solig‘i solinmaydi:
• o‘zining, farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan eri yoki xotinining O‘zbekistondagi professional yoki oliy ta’lim tashkilotida o‘qishi uchun to‘langan kontrakt summalari;
• ta’lim krediti va uning foizlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar;
• farzandning nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki nodavlat maktabda o‘qishi uchun ota-ona tomonidan to‘langan, har bir farzand uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan summa.
🏠 Ipoteka krediti bo‘yicha
Ipoteka krediti va uning foizlarini to‘lashga yo‘naltirilgan daromadlarga imtiyoz har qanday ipoteka krediti bo‘yicha avtomatik ravishda berilmaydi.
Umumiy qoida bo‘yicha uy-joyni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish budjetdan ajratilgan dastlabki badal va yoxud ipoteka foizining bir qismini qoplash subsidiyasi hisobga olingan holda amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
Imtiyoz bir soliq davrida jami mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravarigacha bo‘lgan to‘lovlarga nisbatan qarz oluvchi va yoki birga qarz oluvchilarga qo‘llanilishi mumkin.
Yosh oila bo‘lgan er-xotin uchun esa qonunchilikda subsidiya sharti hisobga olinmaydigan alohida istisno mavjud.
⚠️ Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka hisobidan olingan uy-joy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 36 oy ichida boshqa shaxsga o‘tkazilsa, avval qo‘llanilgan imtiyoz bekor qilinadi va soliqni qayta to‘lash majburiyati yuzaga keladi.
📄 Imtiyozni qo‘llash uchun odatda deklaratsiya, ta’lim yoki ipoteka shartnomasi hamda to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlar talab etiladi. Murojaat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berilishi mumkin. | 1 681 |
| 7 | Malakali mutaxassis bilan ishlash — xarajat emas, ish beruvchi uchun huquqiy himoyadir!!!
Bir bankda faoliyat yuritgan davrimizda ayrim xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish masalasi yuzaga kelgan edi. Biz jarayonni Mehnat kodeksi talablariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligini bir necha bor ta’kidlaganmiz.
Afsuski, o‘sha paytda ayrim “mutaxassislar”ning fikri ustun kelib, biz bildirgan huquqiy ogohlantirishlar noto‘g‘ri baholandi. Natijada mehnat shartnomalari qonunga xilof ravishda bekor qilingan xodimlar ishga tiklandi, bankka esa juda katta miqdorda moddiy zarar yetkazildi. Eng achinarlisi, ushbu zararning miqdori hozir ham ortib bormoqda.
Bu holat yana bir haqiqatni ko‘rsatdi: qonunchilikka rioya qilish faqat xodimning huquqlarini emas, avvalo ish beruvchining manfaatlari, mablag‘lari va obro‘sini ham himoya qiladi.
Shu sababli har qanday sohada o‘z ishini biladigan, mas’uliyatni his qiladigan va qarorning kelgusidagi huquqiy oqibatlarini oldindan ko‘ra oladigan mutaxassislar bilan ishlash ish beruvchi uchun har tomonlama foydali va manfaatlidir.
Chunki mutaxassisning haqiqiy qiymati muammo yuzaga kelganidan keyin emas, uning oldini olganida namoyon bo‘ladi.
@sanatsiya | 273 |
| 8 | Tarix va kelajak bir manzilda
Bugun Islom sivilizatsiyasi markazida.
Toshkentda o‘tayotgan Silk Road Finance & Technology Forum 2026ning yakuniy kuni aynan shu maskanda davom etmoqda.
Bugungi muhokamalarda islom moliyasi, zamonaviy moliyaviy texnologiyalar va ularning kelajagi alohida o‘rin tutmoqda.
Bir tarafda - asrlar davomida shakllangan boy tarix va sivilizatsiya, ikkinchi tarafda - bugungi kun moliyasi, texnologiyasi va yangi g‘oyalar.
Shu ma’noda, forumning yakuniy kuni uchun Islom sivilizatsiyasi markazining tanlangani ham o‘ziga xos ramziy ma’no kasb etadi. | 293 |
| 9 | Бугун, 25 август куни Бош прокурор Ниғматилла Йўлдошев фуқароларнинг прокуратура органларида дастлабки тергов ва терговга қадар текширув, жиноий, иқтисодий ҳамда фуқаролик суд ишларига оид масалалар бўйича мурожаатларини қабул қилди.
Кўз тегмасин, Бош прокуроримиз қабули одат тусини олмоқда.
@u_generalissimus | 298 |
| 10 | Bugungi kundagi ayrim vaziyatlar va bir yuristimiz haqida...
Bu postni o‘zimni oqlash, shaxsiy manfaatimni himoya qilish yoki kimnidir yomonlash maqsadida yozmayapman. O‘z hayotim, oilam, ishim va maqsadlarim bilan bandman. Ushbu fikrlarni o‘sha inson ham o‘qib, o‘ziga kerakli xulosani chiqarishi va bu unga foydali bo‘lishi mumkin degan niyatda yozdim.
Men bilgan yuristlardan biri uzoq yillik tajribaga ega. Biroq tajriba insonning faqat o‘z fikrini to‘g‘ri deb bilishi, boshqalarning qarashlarini tan olmasligi yoki har qanday vaziyatda o‘z so‘zini o‘tkazishga intilishi uchun asos bo‘la olmaydi.
Ayniqsa, boshqa bir yuristning faoliyati, bilimi yoki yutug‘i e’tirof etilganda, buni xotirjam qabul qila olmaslik insonning o‘ziga zarar qiladi. Birov haqidagi yaxshi fikrni o‘ziga qarshi aytilgan gap sifatida qabul qilish ham to‘g‘ri emas. Chunki birovning muvaffaqiyati boshqa insonning obro‘sini kamaytirmaydi.
Ammo doimiy ravishda boshqalarning yutug‘ini tan olmaslik, har bir masalada faqat o‘zini haq deb bilish va atrofdagilarga yuqoridan munosabatda bo‘lish bora-bora inson haqidagi tasavvurni o‘zgartiradi. Hozir o‘sha yurist haqida ilgari bildirilgan yaxshi fikrlar kamayib, salbiy fikrlar ko‘payib borayotgani sezilmoqda.
Eng achinarlisi, inson o‘zini bilimli va haq deb hisoblagan holda, jamoa hamda atrofidagi insonlar oldidagi hurmatini asta-sekin yo‘qotib borayotganini sezmasligi mumkin. Aslida esa haqiqiy bilim faqat qonunni bilish bilan o‘lchanmaydi. U boshqalarning fikrini eshita olish, yutuqlarini tan olish, to‘g‘ri muomala qilish va o‘z xatosini vaqtida anglay bilishda ham namoyon bo‘ladi.
Bu hayotda har kimning o‘z yo‘li, o‘z oilasi va o‘z maqsadlari bor. Boshqalarning hayoti va yutuqlarini kuzatib, ulardan bezovta bo‘lib yashash o‘rniga, inson o‘z ustida ishlashi va ortidan qanday fikr qoldirayotgani haqida o‘ylashi kerak.
Biz haqimizda asossiz fikrlar aytilgani, keyinchalik esa ularni tasdiqlaydigan biror dalil topilmagach, qanday noqulay holat yuzaga kelganini juda yaxshi bilamiz.
Shunga qaramay, masalaga yurist sifatida emas, avvalo inson sifatida yondashdik. Chunki har bir so‘z va amalning qaytishi bor. Biz esa ortga qaramay, o‘z yo‘limizda davom etdik.
Alhamdulillah, bugun hammasi a’lo darajada ketmoqda. Ba’zan eng munosib javob tortishuv emas, natijadir.
Ushbu fikrlar kimnidir kamsitish uchun emas, o‘z vaqtida xulosa chiqarish uchun yozildi. Agar o‘sha inson buni o‘qib, hech bo‘lmasa bir marta o‘ziga chetdan nazar tashlasa, postdan ko‘zlangan maqsadga erishilgan bo‘ladi. Chunki ba’zan achchiq bo‘lsa ham, o‘z vaqtida aytilgan xolis fikr insonning o‘zgarishiga yordam beradi. | 331 |
| 11 | ⚖️ HAR BIR YURIDIK XIZMAT VA XARID KOMISSIYASI E’TIBOR BERISHI LOZIM BO‘LGAN HOLAT
Mazkur materialda tanlov g‘olibi va zaxira g‘olibi sifatida ko‘rsatilgan korxonalar o‘rtasida avvalgi ta’sischilik va rahbarlik munosabatlari mavjud bo‘lgani haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Albatta, bunday holatning o‘zi qonun buzilishi sodir etilganini avtomatik ravishda anglatmaydi. Biroq u xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning o‘zaro bog‘liqligi, manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoli va tanlovda haqiqiy raqobat muhiti ta’minlanganini qo‘shimcha ravishda o‘rganish uchun jiddiy asos hisoblanadi.
Xarid komissiyasi faqat taqdim etilgan hujjatlarning rasmiy jihatdan to‘liqligini tekshirish bilan cheklanmasligi kerak. Ishtirokchilarning:
▪️ ta’sischilari va rahbarlari;
▪️ avvalgi ta’sischilik va boshqaruv munosabatlari;
▪️ manzili, aloqa vositalari va texnik resurslari;
▪️ taqdim etgan narx takliflari va hujjatlaridagi o‘xshashliklar;
▪️ bir-biri bilan iqtisodiy yoki tashkiliy bog‘liqlik alomatlari
ham tahlil qilinishi lozim.
Yuridik xizmat esa xarid hujjatlari va komissiya qarorlarini baholashda qonuniylik, xolislik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda sog‘lom raqobatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Davlat xaridida hujjatlarning shaklan to‘g‘riligi yetarli emas. Eng muhimi — tanlovda haqiqiy raqobat va qaror qabul qilishning xolisligi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
@sanatsiya | 307 |
| 12 | 🔎 Haqiqatni faqat o‘zing ko‘rgan qism bilan o‘lchama
Jaloliddin Rumiy “Masnaviy”da qorong‘i xonadagi fil haqida rivoyat keltiradi.
Xonaga kirgan odamlarning biri filning oyog‘ini ushlab: “Fil ustunga o‘xshaydi”, deydi. Boshqasi qulog‘ini ushlab, uni yelpig‘ichga o‘xshatadi. Yana biri xartumini ushlab: “Yo‘q, fil quvurga o‘xshaydi”, degan xulosaga keladi.
Ularning hech biri yolg‘on gapirmayotgan edi. Ammo har biri haqiqatning faqat o‘zi anglagan qismini butun haqiqat deb qabul qilgan edi.
Hayotda ham ko‘pincha shunday bo‘ladi. Biz bir voqeaning faqat bir tomonini ko‘rib, insonlar va hodisalar haqida qat’iy xulosa chiqaramiz. Boshqa tomonning fikrini tinglamaymiz, holatning sabablarini o‘rganmaymiz va bizga ma’lum bo‘lgan kichik bir qismni to‘liq haqiqat deb hisoblaymiz.
Shuning uchun biror insonni ayblashdan, voqeaga baho berishdan yoki xulosa chiqarishdan avval masalaning barcha tomonini ko‘rishga harakat qilish kerak.
Siz ko‘rgan narsa yolg‘on bo‘lmasligi mumkin. Lekin u haqiqatning barchasi ham bo‘lmasligi mumkin.
Haqiqatga yaqinlashish uchun faqat ko‘z bilan ko‘rish emas, boshqalarni tinglash, mulohaza qilish va xolis bo‘lish ham zarur.
@sanatsiya | 287 |
| 13 | 🇺🇿 ALHAMDULILLAH!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan esdalik nishoni bilan taqdirlanish men uchun katta sharaf, shu bilan birga yuksak mas’uliyatdir.
Hayotda erishilgan har bir natija ortida insonning yolg‘iz mehnati emas, balki unga tarbiya bergan ota-ona, bilim va yo‘l ko‘rsatgan ustozlar, qo‘llab-quvvatlagan yaqinlar, yonida turgan jamoa hamda unga ishonch bildirgan rahbariyatning ham munosib hissasi bo‘ladi.
Avvalo, ota-onamga — tarbiyasi, duosi va har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun, ustozlarimga — bergan bilimi, o‘giti va hayotiy saboqlari uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
Shuningdek, insonning o‘z salohiyatini namoyon etishida ishdagi sog‘lom muhit, hamjihat jamoa va eng muhimi, senga ishonch bildiradigan rahbariyat alohida ahamiyatga ega. Bildirilgan ishonch insonni yanada katta mas’uliyat bilan ishlashga, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaslikka va yangi marralar sari intilishga undaydi.
Bugungi e’tirofda meni qo‘llab-quvvatlagan, ishongan va birgalikda mehnat qilayotgan barcha hamkasblarim hamda rahbariyatning ham hissasi bor.
Barchangizga duolaringiz, ko‘magingiz va ishonchingiz uchun chin qalbimdan RAHMAT!
Bu e’tirofni kelgusida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yanada sidqidildan mehnat qilishga undaydigan katta ishonch va mas’uliyat sifatida qabul qilaman.
🇺🇿 Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! | 5 754 |
| 14 | SILK ROAD FINANCE AND TECHNOLOGY FORUM SALMOQLI TARZDA ISHTIROKCHILAR UCHUN FOYDALI TARZDA O’TKAZILMOQDA!!!
Tafsilot va olingan axborot bo’yicha qo’shimcha ravishda kuzatuvchilarga ma’lumot berib boriladi. | 330 |
| 15 | Silk Road Finance and Technology Gruop Forumi salmoqli tarzda foydali tarzda o’tkazilmoqda!!! | 1 |
| 16 | Қўлга олиш чоғида полициячининг томоғига нимадир тиқилиб қолибди. Тармоқларда қўлга олинаётган шахс полициячига ёрдам бергани резонанс берди. Бу видео AIми билмадим лекин таъсирли.
Инсон ҳар қандай пайт инсон
👉@bahodirahmedoff👈 | 323 |
| 17 | САВОЛ:
Корхонамизда бир ходим ички ўриндош бўлиб ишлайди, асосий иш жойи бошқа корхонада, хайдовчилик. Эшитишимча хайдовчиларга ўриндош бўлиб ишлаш таъқиқланибди, шу тўғрими энди хайдовчимизни ички ўриндошликдан бўшатишимиз керакми, энди улар ўриндош бўлиб ишлаши мумкин эмасми?
ЖАВОБ:
Амалдаги Меҳнат Кодексининг 500-моддаси, 4-қисмига кўра транспорт ходимларига транспорт воситаларини бошқариш ёки транспорт воситаларининг ҳаракатланиши билан боғлиқ бўлган ишда ўриндошлик асосида ишлашга рухсат этилмайди- деб белгиланди.
Эътибор берган бўлсангиз транспорт воситалари ва уларни бошқариш билан боғлиқ ишларда
дейилмоқда. Агар уларнинг иши транспорт воситалари ва уларни бошқариш билан боғлиқ бўлмаса, бемалол ўриндошлик ишида ишлаши мумкин.
Агар сизнинг ходимингиз бошқа жойда хайдовчи лавозимида асосий иш ўринда, сизнинг ташкилотингизда бошқа лавозимда фаолиятни ички ўриндош сифатида амалга ошираётган бўлса, бемалол ишлашлари мумкин, ҳозирги холатда бўшатишга ҳожат йўқ.
Экспертимиз Эъзозабону Мамаризаева
Telegram🚀I Instagram 📷 I Youtube 🎬 | 289 |
| 18 | ⚖️ Bugun sudlarda sermahsul va mas’uliyatli kun bo‘ldi.
Bir kunning o‘zida turli yo‘nalishdagi 5 ta sud ishida ishtirok etdik. Shundan 4 ta ish bo‘yicha ijobiy natijaga erishildi. 1 ta ishni ko‘rish esa keyingi sud majlisiga qoldirildi.
Bugungi sud ishlari quyidagi turdagi nizolardan iborat bo‘ldi:
1️⃣ To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish
2️⃣ Mehnat munosabatlaridan kelib chiqqan nizo
3️⃣ Majburiy ko‘chirish to‘g‘risidagi nizo
4️⃣ Mol-mulkni noqonuniy egalikdan talab qilib olish yuzasidan vindikatsion da’vo
5️⃣ Soliq munosabatlaridan kelib chiqqan nizo
Yuristni aynan bir-biridan farq qiladigan va turli huquq sohalariga taalluqli murakkab nizolar toblaydi. Chunki har bir ish o‘ziga xos yondashuv, puxta huquqiy tahlil va alohida himoya strategiyasini talab qiladi.
Bir ishda qarzdorning moliyaviy holati va kreditorlarning talablari muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, boshqa ishda mulk huquqini tasdiqlovchi dalillar, mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari yoki soliq hisob-kitoblarining qonuniyligi hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Sudda ijobiy natijaga erishish faqat qonun normalarini bilish bilan cheklanmaydi. Ishning barcha holatlarini to‘g‘ri baholash, dalillarni puxta shakllantirish, talab va e’tirozlarni aniq asoslash hamda protsessual harakatlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimdir.
Biz uchun har bir mijozning ishi oddiy hujjatlar to‘plami emas. Uning ortida insonning huquqi, mulki, mehnati va qonuniy manfaati turadi. Shu sababli har bir murojaatga individual yondashib, huquqiy xavflarni oldindan baholash va amaliy natijaga erishishga alohida e’tibor qaratamiz.
Agar sizda to‘lovga qobiliyatsizlik, mehnat, mulk, soliq yoki boshqa iqtisodiy-huquqiy nizo mavjud bo‘lsa, masalani dastlabki bosqichdayoq professional huquqiy tahlil qilish va to‘g‘ri himoya strategiyasini belgilash muhim.
📩 Huquqiy maslahat olish hamda sudlarda manfaatlaringizni professional himoya qilish masalalari bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin.
@sanatsiya | 507 |
| 19 | BITTA IJRO HUJJATI IKKI MARTA IJRO ETILISHI MUMKINMI?
Yaqinda amaliyotimizda uchragan holat Majburiy ijro byurosining ijro hujjatlarini hisobga olish va nazorat qilish tizimi bo‘yicha jiddiy savollarni yuzaga keltirdi.
MIBning Olmazor tumani bo‘limida 2026-yil 17-avgust kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur ishga Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida faoliyat yurituvchi xususiy notariusning ijro xati asos bo‘lgan.
Bir qarashda bu odatiy ijro ishidek ko‘rinadi. Biroq mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, aynan shu ijro xati bo‘yicha avval ham ijro ishi qo‘zg‘atilgan, hujjat talablari amalda bajarilgan va ijro ishi yuritish tamomlangan.
Shundan so‘ng o‘sha sana, o‘sha raqam va o‘sha talablar ko‘rsatilgan ijro hujjati asosida yana yangi ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu yerda gap faqat to'langan summa haqida emas. Asosiy masala bitta majburiyatni fuqaro zimmasiga ikki marta yuklash xavfi va MIBning ichki nazorat tizimi qay darajada ishlayotgani bilan bog‘liq.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga ko‘ra, ijro hujjati amalda ijro etilganda ijro ishi yuritish tamomlanadi. Bunday holatda ijro hujjatining asl nusxasi ijro ishi materiallarida qolishi kerak.
Tamomlangan ijro ishini qayta tiklash uchun ham qonuniy asos bo‘lishi lozim. Qonunning 41¹-moddasida ijro ishini qayta tiklash asoslari belgilangan. Qayta tiklash alohida protsessual qaror bilan rasmiylashtiriladi va shundan keyingina majburiy ijro harakatlari davom ettirilishi mumkin.
Demak, majburiyat avval bajarilgan bo‘lsa, ayni ijro hujjati asosida alohida yangi ijro ishi qo‘zg‘atilishining qonuniy sababi aniq ko‘rsatilishi kerak. “Tizimdagi xato” yoki “hujjat qayta kelib tushgan” degan izoh fuqaroning huquqlarini takroran cheklash uchun yetarli asos bo‘la olmaydi.
MIBning elektron bazasida bir xil raqam va sanadagi ijro hujjati avval ijro qilingan yoki qilinmaganligi, ish nima sababdan tamomlanganligi va qarzdorlik haqiqatan saqlanib qolganligi yangi ijro ishi qo‘zg‘atilishidan oldin tekshirilishi shart.
Agar birinchi ijro ishi bo‘yicha majburiyat to‘liq bajarilgan bo‘lsa, ikkinchi marta ijro ishi qo‘zg‘atilishini oddiy texnik kamchilik deb baholab bo‘lmaydi. Chunki bunday qaror fuqaroning bank kartasi bloklanishi, mol-mulkiga cheklov qo‘yilishi, qo‘shimcha ijro yig‘imi hisoblanishi yoki mablag‘ning takroran undirilishiga olib kelishi mumkin.
Qonunning 85-moddasi davlat ijrochisiga o‘z vakolatlaridan qonunga muvofiq foydalanish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ijro hujjatlarining to‘liq va to‘g‘ri ijro etilishini ta’minlash majburiyatini yuklaydi.
Qonunning 83¹-moddasiga muvofiq, yuqori turuvchi bosh davlat ijrochilari quyi turuvchi davlat ijrochilaridan ijro ishi materiallarini tekshirish uchun talab qilib olishi, noqonuniy va asossiz qarorlarni bekor qilishi hamda qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan davlat ijrochisini keyingi ijro harakatlarini amalga oshirishdan chetlashtirishi mumkin.
Endi tabiiy savol tug‘iladi. Aynan bir ijro xati bo‘yicha avvalgi ijro ishi nega aniqlanmagan? Bir xil raqam va sanadagi hujjat MIBning elektron tizimida nega avtomatik ravishda to‘xtatilmagan? Avvalgi ishni tamomlash to‘g‘risidagi qaror va majburiyat bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlar nega tekshirilmagan? Yangi ijro ishini qo‘zg‘atishga aynan qanday huquqiy asos bo‘lgan?
Ushbu savollarga MIBning vakolatli rahbarlari tomonidan hujjatlarga asoslangan aniq javob berilishi, ijro ishlari o‘zaro solishtirilishi va zarur bo‘lsa xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi lozim.
Davlat ijrochisining vakolati katta. Shuning uchun uning mas’uliyati ham shunga yarasha bo‘lishi kerak. MIB faoliyati faqat qancha mablag‘ undirilgani bilan emas, har bir undiruvning qonuniyligi bilan baholanishi zarur.
Bunday vaziyatga duch kelgan shaxs avvalgi ijro ishini tamomlash to‘g‘risidagi qaror, qarzdorlik to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlar va yangi ijro ishi haqidagi ma’lumotlarni ilova qilib, yuqori turuvchi MIB organiga yoki ma’muriy sudga shikoyat qilishi mumkin. Qonunning 86¹-moddasiga ko‘ra, shikoyat huquq buzilganligi ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida beriladi.
Davlat ijrochisi tomonidan yetkazilgan zarar esa Qonunning 88-moddasiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Bir majburiyat bir marta bajariladi. Fuqaro davlat organining texnik yoki tashkiliy xatosi uchun takroran haq to‘lamasligi kerak.
@sanatsiya | 551 |
| 20 | Судми бу ё ...?
Ҳозиргина Тошкент туманлараро маъмурий судида ВКА орқали бир ишда қатнашдим.
Дастлаб раислик этувчи аризачи вакиллари келмаганлиги сабабли ишни уларнинг иштирокисиз кўриш бўйича фикримизни сўради. Барча бунга рози бўлди.
Шундан кейин учинчи шахс вакили кўрсатма берди. Кўрсатма тугагач, раислик этувчи аризачи вакилига савол беришни таклиф қилди (Суд бошланганда у йўқ эди). Аризачи вакили бир нечта савол бергач, судья “Ие, сизни ўзи ишончномангиз борми?” деб сўради. Аризачи вакили ариза билан бирга ишончнома тақдим этилганлигини айтгач, раислик этувчи ишончномани текшириб, аризачи вакилларининг шахсини аниқлади.
Бу орада саволларга жавоб бераётган учинчи шахс вакили кутиб турди.
Шундан кейин мен суд мажлисида тартиб бузилаётганлиги бўйича эътирозимни билдирдим. Чунки ваколати ва шахси аниқланмаган аризачи вакили савол бериши ва саволларини бериб бўлгандан кейин савол жавобни тўхтатиб, аризачи вакилининг шахси аниқланиши тартибга зид.
Раислик этувчи менинг эътирозимга жавобан белгиланган тартибда шикоят қилишим мумкинлигини тушунтирди, мен эса эътирозимни баённомага киритишини сўрадим.
Бу ҳали холваси экан. Энг қизиғи охирида бўлди.
Раислик этувчи ишда танаффус эълон қилиб, кейинги суд мажлиси санасини тайинлай бошлади.
Шу пайтда мен вакиллик қилаётган учинчи шахс судга илтимосномаси борлигини айтиб қолди. Мен раислик этувчи ишда танаффус эълон қилганлиги сабабли илтимосномани кейинги суд мажлисида муҳокама қилинишини тушунтирса керак, деб ўйладим.
Лекин бундай бўлмади, раислик этувчи илтимосномани баён қилишни сўради ва уни муҳокамага қўйиб, тарафлардан фикрларини сўради.
Энг қизиғи, судья мендан ҳеч қандай фикр сўрамади ва илтимосномани рад қилиш ҳақида жойида ажрим чиқарди. Мен яна эътироз билдирдим, нимага мендан фикримни сўрамадингиз, деб.
Шундан кейин раислик этувчи майли илтимоснома бўйича фикрингизни билдиринг, эшитамиз, деб турибдида. Мен эса “Сиз илтимосномани рад қилиб бўлдингиз, энди фикр билдиришимни кераги йўқ” дедим.
Шундан кейин, суд нима учун илтимоснома рад қилинганлигини тушунтирди. Рад қилиш асосларидан бири эса илтимоснома суд мажлиси тугаб, суд танаффус эълон қилгандан кейин киритилганлиги экан.
Қисқаси, Тошкент туманлараро маъмурий судида суд мажлиси шунақа ўтказиларкан.
Бу суддан кейин ўз-ўзидан саволлар пайдо бўлади: Судья МСИЮТК ни ўқиганмикан? Ўрганишни қўйиб туринг, ҳеч йўқ бирор марта кўз югуртирганмикан?
Энг муҳими, Судьялар Олий Кенгаши судьяларни тайинлашда номзоднинг билимига ҳам эътибор берадими? Ёки биз билмаган бошқа танлов мезонлари борми?
Каналга уланиш👇
👉@advokatqosimov👈 | 481 |
