ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

前往频道在 Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

显示更多
未指定国家未指定类别

📈 Telegram 频道 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi 的分析概览

频道 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) 是活跃参与者。目前社区聚集了 10 360 名订阅者,在 其他 类别中位列第 。

📊 受众指标与增长动态

自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 10 360 名订阅者。

根据 15 十一月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 302,过去 24 小时变化为 -130,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 5.85%。内容发布后 24 小时内通常能获得 5.28% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 606 次浏览,首日通常累积 547 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 6。

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

凭借高频更新(最新数据采集于 16 十一月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。

10 360
订阅者
-13024 小时
+3487 天
+30230 天
帖子存档
UNIDO bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🇺🇿 Joriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
+6
UNIDO bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🇺🇿 Joriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov hamda UNIDOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida hamkorlik aloqalarini kengaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠 Uchrashuv davomida UNIDO tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi hamda yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
🟠 Mazkur tashabbus doirasida yengil sanoat uchun Kompetensiyalar markazi (CoE) faoliyatini rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, u quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: • kiyim konstruksiyasi (to‘liq va qisqa muddatli kurslar) • moda dizayni va fashion-illyustratsiya (uzoq va qisqa muddatli) • tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyalari • virtual prototiplash (ASSOL platformasi) • tikuv operatorlarini tayyorlash • bolalar va o‘smirlar uchun fashion-sketching • ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish • talabalar uchun amaliy stajirovkalar
🟠 Shuningdek, markaz tomonidan biznes subyektlariga quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: — kiyim konstruksiyasi va andozalar ishlab chiqish — mahsulot sifatini nazorat qilish 📈 Loyiha natijasida: — iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlari qo‘llab-quvvatlanadi — kichik va o‘rta korxonalarning eksport salohiyati oshiriladi — marketing, brending va dizaynda zamonaviy yondashuvlar joriy etiladi — inson kapitali va texnologik salohiyat mustahkamlanadi — global qiymat zanjirlarida faol ishtirok etish imkoniyatlari kengayadi 🟠 Tomonlar tekstil sanoati, moda va dizayn yo‘nalishlarida xalqaro tajriba asosida malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Sanoat xavfsizligi va eksport: KIOSH 2026 yakunlari 🇺🇿 Joriy yilning 28–30-aprel kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida me
Sanoat xavfsizligi va eksport: KIOSH 2026 yakunlari 🇺🇿 Joriy yilning 28–30-aprel kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi yo‘nalishidagi yirik xalqaro ko‘rgazma — “KIOSH 2026” bo‘lib o‘tdi. 🔷 Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan milliy stend orqali yurtimizning Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Farg'ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan yetakchi ishlab chiqaruvchilari munosib ishtirok etdi. 🟠 Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston mahsulotlari Qozog‘istonning yirik kompaniyalari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. 🟠 O‘tkazilgan B2B uchrashuvlar natijasida MDH bozoriga maxsus kiyim-kechak va poyabzal eksportini kengaytirish bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi. 🟠 Ma’lumot uchun, ko‘rgazmada 100 dan ortiq xalqaro kompaniyalar va 3 000 dan ziyod mutaxassislar ishtirok etdi. ✅ Mahalliy ishlab chiqaruvchilarimizning xalqaro bozordagi o‘rni tobora mustahkamlanmoqda. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #KIOSH2026 #YengilSanoat #Eksport #MadeInUzbekistan

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishidagi nutqidan eng mu
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishidagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 Xotira va qadriyatlar — kelajak poydevori 🟠Vatan ravnaqi, ilm-ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan jadid bobolarimizning hayoti va faoliyatini yod etish — bugungi avlod zimmasidagi muhim mas’uliyatdir. 🟠Ularning boy ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar qalbida tarixga hurmat va milliy o‘zlikni mustahkamlash maqsadida ijtimoiy videorolik tayyorlandi. ✅Mazkur videorolikni tayyorlashda suniy intellektdan foydalanilgan. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #Xotira #Qatag‘onQurbonlari #MaNaviyat #Tarbiya #TarixniUnutma

Ochiq muloqot: tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar va dolzarb masalalar 🇺🇿 2026-yil 2-may kuni O‘zbekiston texnik jihatda
+9
Ochiq muloqot: tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar va dolzarb masalalar 🇺🇿 2026-yil 2-may kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamkorligida to‘qimachilik sohasi vakillari uchun ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. 🟠Mazkur tadbirda tikuv-trikotaj va to‘qimachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan oflayn va onayn 100 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. 🟠Ochiq muloqot davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning joriy holati, mavjud imkoniyatlar hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. 🟠Xususan, PF–25-son farmon asosida tadbirkorlar uchun yaratilgan yangi imkoniyat va qulayliklar, shuningdek 729-son Qarorga muvofiq ajratilayotgan moliyaviy imtiyozlar hamda ulardan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi. 🟠Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan sohaga oid mavjud muammolar, xususan, kompensatsiyalardan foydalanish jarayonlari, texnik tartibga solish talablari, logistika imkoniyatlari va ishlab chiqarish faoliyatiga raqamlashtirishni joriy etish masalalari ko‘tarildi. Mazkur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli javoblar berildi. 🟠Ochiq muloqot yakunida tadbirkorlar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#Light_Industry_News 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatini rivojlantirish agentligi “Light Industry News” loyihasini ishga tushirdi. 🟠Endilikda yengil sanoat sohasidagi eng muhim yangiliklar va imkoniyatlar sizga atigi 2 daqiqada, aniq va tushunarli tarzda yetkaziladi. 🟠Mazkur video orqali “Yengil sanoatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan tadbirkorlarga taqdim etilayotgan keng imkoniyatlar bilan tanishing. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) #YengilSanoat #IndustrialNews #Rivojlanish

TADBIRKORLAR HAMDA ISHLAB CHIQARUVCHILAR UCHUN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILADI 🇺🇿 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish age
TADBIRKORLAR HAMDA ISHLAB CHIQARUVCHILAR UCHUN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILADI 🇺🇿 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda to‘qimachilik sohasi vakillari uchun ochiq muloqot tashkil etiladi. 📌 Mazkur tadbir tadbirkorlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazish hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berishga qaratilgan. 🔹 Tadbir tafsilotlari: 📅 Sana: 2026-yil 2-may 🕘 Vaqt: soat 10:00 📍 Joy: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi 333a, 2-qavat, majlislar zali 🌐 Hududlardan turib ishtirok etish uchun onlayn ulanish imkoniyati mavjud: https://us06web.zoom.us/j/84042064516?pwd=DcXAIXBgHf3jOIZ5ZqCQy6Lay9vuuy.1 🔹 Muhokama qilinadigan masalalar: — Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PF–25-son Farmoni asosida tadbirkorlar uchun yaratilgan yangi imkoniyat va qulayliklar; — To‘qimachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning joriy holati; — Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-son qaroriga muvofiq ajratilayotgan subsidiyalar; — Subsidiyalardan foydalanish tartibi bo‘yicha taqdimot va savol-javoblar. 🟠 Tadbirda tikuv-trikotaj va to‘qimachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ishtiroki kutilmoqda. 🟠 Barcha tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni ochiq muloqotda faol qatnashishga chorlaymiz. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentl
+4
🇺🇿 Joriy yilning 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Agentlik direktori Nozimjon Xolmurodov hamda Yevrosiyo Taraqqiyot Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Aleksey Rogachevskiy ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠 Uchrashuv davomida yengil sanoat sohasini yanada rivojlantirish, korxonalarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 🟠 Muzokaralarda, xususan, Bank bilan hamkorlikda soha korxonalarining loyihalariga past foizli kreditlar va islomiy moliya xizmatlarini jalb etish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilish masalasi ko‘rib chiqildi. 🟠 Shuningdek, laboratoriyalar va kompetensiya markazlari tashkil etish, sohadagi asosiy ishchi kuchi hisoblangan ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida texnik ko‘mak mablag‘larini ajratish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Bundan tashqari, birinchi bosqichda qiymati 10 mln AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan 15 ta loyiha tanlab olinib, ularni kreditlash jarayonlarini boshlashga kelishib olindi. 🔹Ma’lumot uchun: Yevrosiyo Taraqqiyot Banki a’zo davlatlarda iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro moliya instituti bo‘lib, yo‘l qurilishi, yashil energiya, qayta ishlash sanoati, mashinasozlik, infratuzilma va qishloq xo‘jaligi loyihalarini moliyalashtiradi. Bank mahalliy banklar orqali ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ham moliyalashtirish amaliyotiga ega bo‘lib, xususiy sektorga investitsiya kreditlari, savdo moliyasi, akkreditiv kafolatlari, islomiy moliya va eksport kreditlarini taklif etadi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, istiqbolli loyihalarni birgalikda qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy natijalarga erishishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida
+6
🇺🇿 2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Hisob palatasi vakili Sanjar Jo‘rayev tomonidan 2025-yilning 18-dekabrdagi “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-252-son Farmoniga asosan, byudjet qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etish, moliyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, mablag‘lardan foydalanishda xavflarni aniqlash va bartaraf etish, davlat xaridlari jarayonlarida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash kabi masalalar yuzasidan o'quv seminari tashkil etildi. 🟠 Seminar davomida davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga alohida tushuntirish berildi. 🟠Xususan, yangi nazorat mexanizmlarini joriy etish, komplayens va ichki nazorat tizimini takomillashtirish hamda korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha fikr almashildi. 🟠 Shuningdek, “Bosh inspektorlar instituti”ni joriy etish orqali davlat organlarida doimiy monitoringni ta’minlash va moliyaviy intizomni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. 🟠 Seminarda sohada raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish, zamonaviy axborot tizimlari orqali nazorat samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona shahridagi IT-parkda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona shahridagi IT-parkda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями, созданными в IT-парке в городе Фергане. #Mirziyoyev #safar #Fargona #IT Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. —
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам социально-экономического развития Ферганской области. #Mirziyoyev #safar #Fargona #yigilish Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻonaga tashrifining ikkinchi kuni Fargʻona shahridagi Investorlarga xizmat koʻrsatish markaz
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻonaga tashrifining ikkinchi kuni Fargʻona shahridagi Investorlarga xizmat koʻrsatish markazi va koʻrgazma-yarmarka bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев во второй день поездки в Фергану ознакомился с деятельностью Центра обслуживания инвесторов и выставкой-ярмаркой в городе Фергане. #Mirziyoyev #safar #Fargona #kurgazma Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida “Quva Agrostar” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. — През
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida “Quva Agrostar” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев в ходе поездки в Ферганскую область ознакомился с деятельностью предприятия «Quva Agrostar». #Mirziyoyev #safar #Fargona #agromajmua Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga Farg‘ona vodiysi shaharlarini bog‘lovchi yangi elektropoyezdd
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga Farg‘ona vodiysi shaharlarini bog‘lovchi yangi elektropoyezdda Qo‘qondan Marg‘ilonga keldi. — Президент Шавкат Мирзиёев вместе с представителями общественности прибыл из Коканда в Маргилан на новом электропоезде, связавшем города Ферганской долины. #Mirziyoyev #safar #Fargona #poyezd Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz Farg‘ona viloyatiga kelgach, Qo‘qon shahridagi "Yangi O‘zbekiston" massivi bilan tanishdi. — По прибытии в Ферганскую область Президент нашей страны ознакомился с массивом «Янги Узбекистон» в городе Коканде. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fargʻona viloyatiga tashrifi Qoʻqon shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida amalga oshirila
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fargʻona viloyatiga tashrifi Qoʻqon shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshlandi. — Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Ферганскую область началась с ознакомления с созидательной работой в жилом массиве «Янги Узбекистон» в городе Коканде. #Mirziyoyev #safar #Fargona #massiv Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Light_Industrial_News 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatini rivojlantirish agentligi “Light Industry News” loyihasining 2-soni e’lon qilinadi. 🟠 Ushbu son orqali yengil sanoat korxonalari uchun joriy etilgan yangi subsidiyalar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida qisqa va aniq ma’lumotga ega bo‘lasiz. 🟠 Xususan, xalqaro standartlash, eksport faoliyati, xorijdagi marketing va ko‘rgazmalar, shuningdek konsalting xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash mexanizmlari kengaytirildi. 🎥 Batafsil videoda tanishing! ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) #YengilSanoat #IndustrialNews #Rivojlanish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha birinchi chorak yakunlari
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha birinchi chorak yakunlari tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. — Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по анализу экономического роста в регионах и отраслях в первом квартале и приоритетным задачам на период до конца текущего года. #Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #tahlil Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿🇨🇳 Xitoyda yangi hamkorlik yo‘nalishlari kengaymoqda 🇺🇿 2026-yilning 20–26 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vaz
+3
🇺🇿🇨🇳 Xitoyda yangi hamkorlik yo‘nalishlari kengaymoqda 🇺🇿 2026-yilning 20–26 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi bilan hamkorlikda bir qator hududlarda xorijiy investorlar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi. 🟠Jumladan, 20 aprel kuni Urumchi shahrida Xinjiang Yinlong Cooperation kompaniyasi direktori hamda Urumqi Textile and Garments Trade Center rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi. Uchrashuvlar davomida hududdagi ishlab chiqarish infratuzilmasi o‘rganilib, amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 🟠Muzokaralar yakunida: Xitoy tomoni may oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ko‘rgazmada ishtirok etishga qiziqish bildirdi hamda Xitoy ishlab chiqaruvchilari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi va mahalliy korxonalar faoliyati bilan tanishish rejalashtirildi. 🟠Shuningdek, Urumqi Bonded and Trading Center bosh direktori bilan o‘tkazilgan uchrashuv alohida ahamiyat kasb etdi. Mazkur savdo markazi boj va soliqsiz savdo tizimi asosida faoliyat yuritib, umumiy maydoni 3600 kv.mni tashkil etadi. 🟠Ushbu markazda Afg‘oniston, Hindiston, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u xalqaro ulgurji savdo uchun muhim platforma hisoblanadi. 🟠Muzokaralar natijasida: — Joriy yil 25–30 iyun kunlari o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazma doirasida — O‘zbekiston delegatsiyasi uchun 100–150 kv.m savdo maydoni bepul ajratilishiga kelishildi. 🟠Bundan tashqari, mazkur maydonni kelgusida O‘zbekiston tekstil mahsulotlarini namoyish etish va realizatsiya qilish uchun doimiy asosda saqlab qolish bo‘yicha ham muhim kelishuvga erishildi. 🟠Ushbu tashrif yengil sanoat sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda O‘zbekiston mahsulotlarini global bozorlarga olib chiqishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mintaqaviy ekologik sammitdagi nutqi — Выступление Президента Респ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mintaqaviy ekologik sammitdagi nutqi — Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на Региональном экологическом саммите — Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Regional Ecological Summit Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X