ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

前往频道在 Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

显示更多
未指定国家未指定类别

📈 Telegram 频道 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi 的分析概览

频道 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) 是活跃参与者。目前社区聚集了 10 155 名订阅者,在 其他 类别中位列第 。

📊 受众指标与增长动态

自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 10 155 名订阅者。

根据 22 十一月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -395,过去 24 小时变化为 -54,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 7.62%。内容发布后 24 小时内通常能获得 4.83% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 780 次浏览,首日通常累积 495 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 5。

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

凭借高频更新(最新数据采集于 23 十一月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。

10 155
订阅者
-5424 小时
-1187 天
-39530 天
帖子存档
🇺🇿 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi Har yili 9-aprel sanasi o‘zbek xalqining buyuk tarixiy siymola
🇺🇿 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi Har yili 9-aprel sanasi o‘zbek xalqining buyuk tarixiy siymolaridan biri — Amir Temur tavallud topgan kun sifatida keng nishonlanadi. 1336-yilda Kesh (hozirgi Shahrisabz)da dunyoga kelgan Amir Temur yirik sarkarda, davlat arbobi va Temuriylar davlati asoschisi sifatida jahon tarixida muhim o‘rin egallagan. U qisqa vaqt ichida kuchli markazlashgan davlat barpo etib, poytaxtni Samarqand shahriga aylantirgan. 🟠Bolalik davri va ta’limi Amir Temur yoshligidan jasur, zukko va yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan. U harbiy san’at, siyosat va diplomatiyani chuqur o‘rganib, yoshligidanoq yirik janglarda ishtirok etgan. Uning shakllanishida o‘sha davr muhitining, ayniqsa Movarounnahr hududidagi siyosiy vaziyatning katta ta’siri bo‘lgan. 🟠Davlat boshqaruvi va harbiy faoliyati Amir Temur o‘z davrining eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida tanilgan. U ko‘plab yurishlar orqali katta hududlarni egallab, markazlashgan va qudratli davlatni barpo etgan. Uning boshqaruvida tartib-intizom, adolat va qat’iy qonun ustuvor bo‘lgan. Harbiy yurishlar bilan bir qatorda, davlat ichki boshqaruvini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratgan. 🟠Ilm-fan va madaniyatga qo‘shgan hissasi Amir Temur nafaqat sarkarda, balki ilm-fan va madaniyat homiysi ham bo‘lgan. Uning davrida Samarqand ilm va madaniyat markaziga aylangan, ko‘plab madrasalar, masjidlar va me’moriy obidalar bunyod etilgan. Bu davr keyinchalik “Temuriylar uyg‘onish davri” sifatida tarixga kirgan. 🟠Amir Temur merosi Bugungi kunda Amir Temur nomi nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo tarixida chuqur hurmat bilan tilga olinadi. Uning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati va bunyodkorlik faoliyati yosh avlodni vatanparvarlik, jasorat va ma’naviy kamolot ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 7月, 07:32

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktor o'rinbosari Ruxu
+5
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktor o'rinbosari Ruxullo Zikrillayev Pokistonning “Indus Apparel Group” kompaniyasi ijrochi direktori Khurram Haroon bilan muzokaralar o‘tkazdi. 🟠Muzokaralar davomida to‘qimachilik va ip-kalava sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan: — ishlab chiqarish kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish; — yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish; — eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 🟠Shuningdek, Kompaniya direktorini mamlakatimizning turli hududlarida joylashgan korxonalar faoliyatini ko’zdan kechirish, ishlab chiqarish jarayonlari, eksport salohiyati, mahsulot sifati hamda zamonaviy texnologik imkoniyatlari bilan tanishtirish belgilandi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni qisqa muddatlarda ishga tushirish hamda kelgusidagi aniq amaliy qadamlarni belgilashga kelishib oldilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 7月, 07:32

#Light_Industry_News 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatini rivojlantirish agentligi “Light Industry News” loyihasini ishga tushirdi. 🟠Endilikda yengil sanoat sohasidagi eng muhim yangiliklar va imkoniyatlar sizga atigi 2 daqiqada, aniq va tushunarli tarzda yetkaziladi. 🟠Mazkur video orqali “Yengil sanoatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan tadbirkorlarga taqdim etilayotgan keng imkoniyatlar bilan tanishing. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) #YengilSanoat #IndustrialNews #Rivojlanish
16 7月, 07:32

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayy
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qarori — Постановление Президента Республики Узбекистан "О подготовке и проведении широкого празднования 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 7月, 07:32

🇺🇿 2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va
+8
🇺🇿 2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi vakillari Bekobod tumanidagi Agentlikga biriktirilgan yoshlar masalasida olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida Bobur Mirzo va Istiqbol MFYlarida uchrashuvlar tashkil etildi. 🟠Xususan, Bekobod tumanining "Bobur Mirzo" MFY hududida istiqomat qiluvchi yoshlar xonadonlariga Agentlik mutasaddilari tashrif buyurib, biriktirilgan yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan bevosita muloqot o‘tkazishdi. Suhbatlar davomida yoshlarning qiziqishlari, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. 🟠Shuningdek, "Dehqonobod" MFY hududidagi bo‘sh turgan bino negizida yoshlar uchun yengil sanoat yo‘nalishida “Kichik pilot” loyihasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Mazkur loyiha yosh qizlarni yengil sanoat yo'nalishida bandligini ta’minlash hamda daromad manbaini yaratishga xizmat qiladi. 🟠 Agentlik tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday manzilli ishlar har bir yosh bilan individual yondashuv asosida tashkil etilib, ularning kelajagini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettiriladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 7月, 07:32

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi o‘z faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik oldida hisobdorlik tamoyillariga qat’iy amal qiladi. 🟠 Agentlik tizimida har qanday korrupsiyaviy holatlarga mutlaqo murosasiz yondashiladi. 🟠 Fuqarolar, tadbirkorlar va manfaatdor tomonlar bilan ishlash jarayonlarida halollik va adolat ustuvor hisoblanadi. 🟠 Korrupsiyaga oid murojaatlar bo‘yicha barcha ma’lumotlar tezkor, xolis va qonuniy tartibda ko‘rib chiqiladi. 🟠Keling, birgalikda korrupsiyaga qarshi muhitni mustahkamlash, halol va adolatli tizimni yaratishga hissa qo‘shaylik. 🌐 https://gov.uz/oz/adli #KorrupsiyagaQarshiKurash #Shaffoflik #YengilSanoatAgentligi
16 7月, 07:32

🇺🇿🇧🇾 O‘zbekiston – Belarus: yengil sanoatda Belarus davlat xaridlarida ishtirok etish imkoniyati 2026-yil 2-aprel kuni O‘
🇺🇿🇧🇾 O‘zbekiston – Belarus: yengil sanoatda Belarus davlat xaridlarida ishtirok etish imkoniyati 2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elchixonasi hamkorligida Belarus tomoni bilan mahalliy yengil sanoat korxonalari ishtirokida “onlayn-seminar” bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir Belarus universal tovar birjasi (BUTB) delegatsiyasining O‘zbekistonga ishchi tashrifi doirasida tashkil etilib, unda Agentlik rahbariyati hamda videokonferensiya orqali yetakchi mahalliy to‘qimachilik va charm mahsulotlari eksportyorlari uchun BUTB savdo platformasida mahsulotlarni sotish va sotib olish, Belarus davlat xaridlarida ishtirok etish masalalarini yoritish rejalashtirilgan. Onlayn-seminardan ko‘zlangan asosiy maqsadlar: – mahalliy, to‘qimachilik (ip-kalava, gazlama va trikotaj mato) va charmsanoat korxonalarini xalqaro hamkorlikka faol jalb qilish; – Belarus bozoriga kirish istagidagi korxonalarga birja savdolari tizimida erkin ro‘yxatdan o‘tish va davlat xaridlari sessiyalarida ishtirok etish imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi hamkorlik aloqalarini o'rnatish ko'maklashish; Ushbu tashabbuslar Belarus bozorida “Made in Uzbekistan” milliy brendini ilgari surish, logistika zanjirlarini qisqartirish, ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek davlat xaridlari sessiyalarida vositachilarsiz ishtirok etish orqali ishonchli va uzoq muddatli eksport shartnomalarini jalb etishga xizmat qiladi. 🕒 Sana: 2026-yil 2-aprel, 16:00da 💻 O'tkazilish tartibi: Onlayn 🔗 Onlayn-seminar havolasi:https://us06web.zoom.us/j/82012870957?pwd=mdvHTkbFINLzlMaNLFesPt7gvlRoSs.1 Идентификатор конференции: 820 1287 0957 Код доступа: 2SkUn8 📝Mazkur onlayn-seminarda ishtirok etish uchun, arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdipLSKvMzPHbCrrpc_E-VTMws5-wRrzbj9ZFOZG1833in73Q/viewform ✅ Joylar soni cheklangan. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi mas‘ul xodimiga murojaat qiling. 📞 +998 (91) 889 54 52 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 7月, 07:32

#OAV_biz haqimizda Ortga qaytmas islohotlar 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik
16 7月, 07:32

Bekobodda yoshlar bilan ochiq muloqot 🇺🇿 2026-yil 27-mart kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi rahbariyati Bekobod tumanidagi Agentlikga biriktirilgan ishsiz yoshlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. 🟠Uchrashuv tafsilotlari va jarayonlarni video orqali tomosha qilishingiz mumkin. #YengilSanoat #Bekobod #YoshlarBandligi #Agentlik #Rivojlanish
16 7月, 07:32

Davlat rahbarlari Buxoro viloyatidagi yirik to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. — Главы государств ознакомились с деятельностью крупного текстильного предприятия в Бухарской области. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 7月, 07:31

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon "Shoyigul" savdo belgisi ostida mahsulot is
+6
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon "Shoyigul" savdo belgisi ostida mahsulot ishlab chiqarayotgan fabrikaga tashrif buyurdilar. — Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Таджикистана Эмомали Рахмон посетили фабрику, выпускающую продукцию под брендом "Shoyigul". #Mirziyoyev #tashrif #Buxoro #korxona Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 7月, 07:31

🇺🇿 2026-yil 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ra
+8
🇺🇿 2026-yil 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi rahbariyati Bekobod tumaniga tashrif buyurib, Agentlikka biriktirilgan ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 🟠Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ishga joylashishiga amaliy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi. 🟠Muloqotda tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi. Xususan, Bobur Mirzo MFY, Dehqonobod MFY va Istiqbol MFY hududlaridan biriktirilgan yoshlar bilan suhbatlar tashkil etildi. 🟠Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, kasb egallashi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zarur tavsiyalar berildi. 🟠Agentlik tomonidan “Yoshlar balansi” asosida olib borilayotgan ishlar doirasida har bir yosh bilan individual ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar izchil davom ettiriladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 7月, 07:31

Davlat rahbarlari Tojikistonning mamlakatimizdagi elchixonasining yangi binosi bilan tanishdilar. — Главы государств ознакомились с новым зданием посольства Таджикистана в нашей стране. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 7月, 07:31

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Tojikiston Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasining yangi binos
+9
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Tojikiston Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasining yangi binosini tantanali ravishda ochdilar. — Президенты Шавкат Мирзиёев и Эмомали Рахмон торжественно открыли новое здание посольства Республики Таджикистан в городе Ташкенте. #Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #elchixona Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 7月, 07:31

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Oliy davlatlararo
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishi yakunlari yuzasidan bayonot berdilar. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Таджикистан Эмомали Рахмон выступили с заявлениями об итогах первого заседания Высшего межгосударственного совета. #Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #bayonot Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 7月, 07:31

Oʻzbekiston – Tojikiston Oliy davlatlararo kengashining birinchi yigʻilishidan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va a
+9
Oʻzbekiston – Tojikiston Oliy davlatlararo kengashining birinchi yigʻilishidan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va almashish marosimi boʻldi. — По итогам первого заседания узбекско-таджикского Высшего межгосударственного совета состоялась церемония подписания и обмена двусторонними документами. #Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hujjatlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 7月, 07:31

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi quyidagi yo‘nalishda och
+3
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi quyidagi yo‘nalishda ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qiladi. 🟠 Korrupsiyaga qarshi kurashish — jamiyat taraqqiyoti, adolatli boshqaruv va ochiq iqtisodiyotning eng muhim tamoyillaridan biridir. 🟠 Ochiqlik va shaffoflik — ustuvor vazifamiz. Agentlik faoliyatida barcha jarayonlarni ochiq, tushunarli va kuzatuvchan etish, jamoatchilikka ishonchli ma’lumot yetkazish doimiy e’tiborda. 🟠 Jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorlik. Har bir qaror, amalga oshirilgan ishlar, loyihalar va natijalar yuzasidan jamoatchilikka muntazam axborot berish — agentlikning muhim vazifasidir. 🟠 Korrupsiyaga oid har qanday holat bo‘yicha ommaviy axborot vositalariga tezkor, aniq va shaffof izoh berish, jurnalistlar bilan ochiq muloqot yuritish — bizning qat’iy pozitsiyamizdir. 🟠 Korrupsiyaga toqatsizlik — barqaror rivojlanish garovi. Yengil sanoat sohasida sog‘lom raqobat, halol mehnat va adolatli boshqaruvni ta’minlash orqali O‘zbekistonning yorqin kelajagiga hissa qo‘shamiz. 🟠Keling, korrupsiyaga qarshi kurashda birgalikda faol bo‘laylik. Halollik — taraqqiyot kaliti. Batafsil: https://gov.uz/oz/adli #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 7月, 07:31

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirdilar. — Президенты Узбекистана и Таджикистана запустили крупные проекты кооперации. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 7月, 07:31

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon yirik kooperatsiy
+4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Таджикистан Эмомали Рахмон приняли участие в церемонии запуска крупных проектов кооперации. #Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #kooperatsiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 7月, 07:31

Prezidentlar tor doiradagi uchrashuv hamda Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishini o‘tkazdilar. — Президенты провели встречу в узком формате и заседание Высшего межгосударственного совета. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 7月, 07:31