ch
Feedback
choylashilu

choylashilu

前往频道在 Telegram

Hayot haqida qisqa satrlar

显示更多
未指定国家未指定类别
297
订阅者
+924 小时
+257
+3030
帖子存档
⚫️Mahzun bo‘lsangAllohni zikr qil; ⚫️G‘am cheksangduo qil; ⚫️G‘azablansangsukut saqla va tahorat ol; ⚫️Xayollaring ko‘payib ketsaQurʼon tilovat qil yoki sayr qilib tafakkur qil; ⚫️Sinovlar og‘irlashsasabr va namoz bilan yordam so‘ra. choylashilu

Namozlarini joyiga qo‘yib ado qila olmagan, boshqa ishni qanday ham uddalay olsin? choylashilu

Fazilat ziyoda bo‘lgani sari masʼuliyat ham ortib boradi. “So‘ngra o‘sha kuni siz neʼmatlar haqida, albatta, so‘roq qilinursiz.” choylashilu

–Agar men bo‘lsam mana bunday qilar edim ❌ –Bizga bunday qilish yarashmaydi ❌ –Rosululloh ☪️ bu vaziyatda bunday qilganlar ✔️ #hayot_madrasasi choylashilu

Onam menga: “Senga ishonaman, har qanday kasbda o‘rningni topa olasan!” dedilar... Va men Ona (oshpaz, shifokor, muallim, tarbiyachi, qo‘llab-quvvatlash agentligi boshlig‘i, rassom, haydovchi, izquar, advokat, sudya, bankomat...) bo‘ldim 💕 choylashilu

Allohning bandalariga bergan eng ulug' ne'mati – Rosululloh☪️ni yuborganidir va dunyodagi barcha neʼmatlar bir pallaga qo‘yilsa ham uning og‘irligiga yeta olmaydi. Kimga ergashishimiz kerakligini eslab oldik) choylashilu

Ota-ona haqqiga duo qilmaydigan farzand solih deyilmaydi. choylashilu

Muammo holatda emas. Muammo–holatga bo‘lgan reaksiyada bo‘ladi. choylashilu

Kunlardan bir kun bitta qaror qabul qilding va ana endi o‘sha qaroring tufayli senga kasal bo‘lish, o‘lish yoki kambag‘al bo‘lish mumkin emas... Bu qaror–“farzandli bo‘lish” deb nomlanadi🌞 choylashilu

U juda serqirra qiz. Qo‘lida kasb(lar)i bor, yaxshigina daromadi bor, hobbylarini sanab sanog‘iga yeta olmaysiz, sog‘lig‘iga ahamiyatli, o‘zini ham, kerak bo‘lsa ro‘zg‘orni ham, uka-singilu, jiyanlarini ham istaklarini amalga oshirishni eplaydi. U juda kuchli... Va men doim unga o‘zidanda kuchliroq, boyroq, empatroq, aqilliroq, iymoni ziyodaroq, qiziqarliroq, emotsional intellekti balandroq bir solih juft so‘rab duo qilaman. Shunaqangi juft bo‘lsinki uning oldida zaifa bo‘la olsin, ayollik nafosatini his qila olsin, hech narsa qilmasa ham o‘zini noqulay sezmasin, shunchaki erining pulini bemalol ishlatib yura ololadigan bo‘lsin. Og‘ir ishlar u yoqda tursin, hattoki idishlarni yuvishga ham yordamlashib turadigan, choy damlab olib, uzundan-uzun gaplashib o‘tira oladigan, yoki shunchaki uzoooooq va o‘zini bundan noqulay sezmaydigan holatda sukut qila oladigan bir juft nasib qilsin😊 choylashilu

Menga yangi 🧠 kerak. Bunisi har safar “oxirgisi shu, boshqa qilmayman, vaʼda beraman” degan odamlarni kolleksiya qilib yuribdi. choylashilu

Sen – layk bosgan, repost qilgan postlaring emas. Balki layk bosib, repost qilmoqchi bo‘lgan, lekin qo‘rqib, qilmagan postlaringsan. choylashilu

–Okay, hali ham o‘qiyapsan, xo‘sh, nima o‘zgardi? –To‘g‘ri, yo‘lim o‘zgarmadi, lekin yo‘limdagilar o‘zgardi. choylashilu

Sen Turkiyaga plyajda yotib dam olgani borishni xohlaysan, men esa boshdan oyoq check-up’dan o‘tgani. Biz har xilmiz. Ma’lum
Sen Turkiyaga plyajda yotib dam olgani borishni xohlaysan, men esa boshdan oyoq check-up’dan o‘tgani. Biz har xilmiz. Ma’lum 💅 choylashilu

Menga yangi 🧠 kerak. Bunisi karantinda “sal dam olaman” deb kirib ketib, hali ham chiqmadi. choylashilu

Xuddi kimdir menga tinmay qo‘ng‘iroq qiladigandek, stressga tushganimda darrov “полёт” rejimini yoqish odatimni nima qilay? choylashilu

– Bola namoz o‘qiydi. Masjidlarga chiqadi. Jumalarni qoldirmaydi. Tez-tez umraga borib turadi. Bir ko‘rishib ko‘r. – Xo‘p, bu bilan ish hal bo‘lmaydiku, tug‘ilgan kun, yangi yil, navro‘zlarni ham qilar ekanku. – Tug‘ilgan kun emas, shukronalik kunini nishonlaydi! – Tushunarli, ummat bo‘lgan kunini ham nishonlasa kerak-a, tortga oy shaklidagi shamlarni terib, "happy birthday"ning musiqasiz variantini orqa fonga qo‘yib. – .... – Jumaga salla o‘rab chiqsa ham u bilan uchrashuvga chiqmayman, ovora bo‘lmang. choylashilu

Insonlardan ko‘proq narsa kutishimiz sababi o‘zimiz va’da qilinganidan ham ortig‘ini berishga odatlanganimizdandir? choylashilu

Boş adam boş işlere kalkışır choylashilu

Odamlar harakatinga emas, birgina xatoyinga qaraydilar. Harakatingni haqini to‘laligicha beradigan Zot faqat Allohdir. choylashilu