Competitive Programming Uz
前往频道在 Telegram
Uzbek Competitive Programmers’ Community Join our Discord: https://discord.gg/dMb3a99tPv Contact us: @cp_uz_support
显示更多未指定国家未指定类别
1 609
订阅者
无数据24 小时
无数据7 天
+630 天
帖子存档
🏆 IOI 2026 TST Day 2/4
Yakuniy saralash 2-kun musobaqasi boshlandi.
Online natijalar:
- https://sdfhar6.cms.robocontest.uz/
🧑💻 @cp_uz
🏆 IOI 2026 TST Day 1/4
IOI 2026 uchun yakuniy saralash bosqichi 1-kun musobaqasi boshlandi. Saralash jami 4 kun davomida bo'lib o'tadi.
Online natijalar:
- https://hyursdr5.cms.robocontest.uz/
Bu yilgi IOI'da mezbon bo'lganimiz uchun, 🇺🇿 O'zbekistondan ikkita jamoa, ya'ni 8 nafar ishtirokchi qatnashadi.
🧑💻 @cp_uz
🏆 APIO 2026
9-10 may kunlari 🇹🇼 Tayvan mezbonligida onlayn bo'lib o'tgan APIO 2026 musobaqasi natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra, 🇺🇿 O'zbekistonlik o'quvchilar 1ta kumush va 2ta bronza medallarini qo'lga kiritdi. Jumladan,
🥈Kumush medal — Rayxona Sanakulova, Navoiy shahar Prezident maktabi, 9-sinf
🥉Bronza medali — Jahonali Haydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf
🥉Bronza medali — Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf
Barcha sovrindorlarni tabriklaymiz!
P.S. Qiziqarli faktlar:
1. Rayxona APIOda O'zbekiston uchun birinchi kumush medalni olib keldi. Avvalgi yillarda faqat 6ta bronza qo'lga kiritganmiz.
2. Avval APIOda qizlarimiz medal olishmagan.
3. Rayxona va Jahonali APIOda medal olgan eng yosh o'quvchilarga aylanishdi.
🧑💻 @cp_uz
Repost from Fan olimpiadalari markazi | Rasmiy kanal
+2
#Bizning_qahramonlar
⚡️XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI!
✅Italiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa qizlar informatika olimpiadasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, faxrli g‘alabani qo‘lga kiritgan o‘quvchi qizlarimiz bugun tongda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
📢Tadbirda Fan olimpiadalari markazi vakillari, ustozlar, o‘quvchilar, keng jamoatchilik, OAV vakillari, mas’ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, g‘oliblarni qizg‘in tabrikladilar.
🥇Ma’lumot uchun, terma jamoamiz ushbu olimpiadada 3 ta medalni qo‘lga kiritdi — bu yurtimiz ta’lim sohasida yana bir yutuqdir.📌E’tiborga molik jihat: Olimpiadada 60 dan ortiq davlatlar orasidan Oʻzbekiston terma jamoasi yuqori natijaga erishdi. Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
🏆🏆 EGOI 2026
Kontest yakunlandi. Norasmiy natijalarga ko'ra, 🇺🇿 O'zbekistonlik o'quvchilar 2ta kumush va 1ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Jumladan,
- 🥈 Oysha Mirzatillayeva — kumush medal
- 🥈 Rayxona Sanakulova — kumush medal
- 🥉 Malika Xojamuratova — bronza medali
Natijalar ertaga, yopilish marosimi oldidan tasdiqlanadi.
🧑💻 @cp_uz
🏆🏆 EGOI 2026 Day 2
Ikkinchi, hal qiluvchi kun boshlandi.
Online natijalar:
- https://ranking.egoi2026.it
Qizlarimizga omad tilaymiz!
🧑💻 @cp_uz
🏆 EGOI uchun keyingi yillar mezbonlari e'lon qilindi.
EGOI 2027 – 🇵🇱 Polsha
EGOI 2028 – 🇽🇰 Kosovo
🧑💻 @cp_uz
🏆🏆 EGOI 2026 Day 1
1-kun musobaqasi boshlandi.
Online natijalar:
- https://ranking.egoi2026.it
Qizlarimizga omad tilaymiz!
🧑💻 @cp_uz
🏆🏆 EGOI 2026
Terma jamoamiz a'zolari EGOIda qatnashish uchun jo'nab ketishdi.
Ma'lumot o'rnida, olimpiada 12-18 may kunlari 🇮🇹 Italiyaning Cesenatico shahrida bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!
🧑💻 @cp_uz
🏆 Ulug'bek KAISTda!
IOIda bronza medali sohibi bo'lgan Ulug'bek Rahmatullayev KAIST (Korea Advanced Institute of Science & Technology) ga qabul qilindi.
Bu ajoyib natija bilan Ulug'bekni, uning oila a’zolarini va o’qituvchilarini tabriklaymiz.
P.S. Ulug'bekda hali yana bir marta IOIda qatnashish imkoniyati bor.
🧑💻 @cp_uz
Repost from RoboContest.UZ
Informatika fanidan asosiy fan olimpiadasining IV - respublika bosqichi Buxoro viloyatida tashkil etilmoqda. Bugun musobaqaning 1-kuni boshlandi. Natijalarni onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin:
https://robocontest.uz/olympiads/3725/public-results
@robocontest
🏆🏆 EGOI 2026
EGOI 2026 uchun yakuniy saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, 🇺🇿 O'zbekiston terma jamoasi a'zolari:
- Oysha Mirzatillayeva, Olmazor tumani ITM, 9-sinf
- Rayxona Sanaqulova, Navoiy shahar Prezident maktabi, 9-sinf
- Malika Xojamuratova, Nukus shahar 1-son ITM, 10-sinf
- Durdona Akramova, Jizzax shahar 1-son ITMA, 11-sinf
To'liq natijalarni quyida ko'rishingiz mumkin:
- havola
Eslatib o'tamiz, EGOI 2026 musobaqasi 12-18 may kunlari 🇮🇹 Italiyaning Cesenatico shahrida bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz.
🧑💻 @cp_uz
+1
🏆 Asilbek MITda
IOIda kumush medali sohibi Asilbek Sunnatov O’zbekistonda birinchilardan bo’lib MITga o’qishga qabul qilindi!
Bu ajoyib natija bilan Asilbekni, uning oila a’zolarini va o’qituvchilarini tabriklaymiz.
@cp_uz
Sport dasturlash sohasida so'nggi 2 oyda bo'lib o'tgan tadbirlar haqida bilib oling!
• 19-31-yanvar kunlari, Nufuzli xalqaro informatika olimpiadasi - IOI 2026 🏆 musobaqasiga tayyorgarlik maqsadida saralangan ishtirokchilar uchun Ruminiyalik va mahalliy trenerlar boshchiligida o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi;
• 9-13-fevral kunlari, Toshkent shahrida, O'zbekistonda bo'lib o'tadigan IOI 2026 tayyorgarligini muhokama qilish uchun tashkiliy qo'mitalar yig'ini bo'lib o'tdi;
• 18-19-fevral kunlari, Evropa qizlar informatika olimpiadasi - EGOI 2026 🏆 musobaqasiga navbatdagi saralash o'tkazildi va unga ko'ra 15 nafar qiz ishtirokchilar keyingi bosqichga saralab olindi. 4 kishidan iborat terma jamoa shakllantirish uchun so'nggi saralash bosqichi yaqin kunlarda o'tkazilishi kutilmoqda;
• 21-22 fevral kunlari, IOI 2026 musobaqasiga navbatdagi saralash bosqichi o'tkazildi. Bu saralashdan 50 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga o'tishdi. Eslatib o'tamiz, bu yili musobaqaga O'zbekiston mezbonlik qilgani sababli, bizning mamlakatimiz nomidan 8 kishi qatnashish huquqiga ega bo'ladi. Ushbu ishtirokchilarni aniqlash uchun yana uchta saralash bosqichi bo'lib o'tadi;
• 23-fevral - 14 mart kunlari, IOI 2026 musobaqasiga tayyorgarlik maqsadida saralangan ishtirokchilarga Polshalik mutaxassis boshchiligida intensiv tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
🧑💻 @cp_uz
+1
🏆 Ushbu natijalar tasdiqlandi.
Barcha g'oliblarni tabriklaymiz.
Ma'lumot o'rnida: Bu IZhO Informatika yo'nalishida 🇺🇿 O'zbekistonning eng yaxshi natijasi hisoblanadi. Bundan oldingi yagona oltin medal 2024-yilda olingan edi.
Shuningdek, Fizika yo'nalishida ham ilk oltin qo'lga kiritildi.
Photo credits: @Fan_olimpiadalari_M
🧑💻 @cp_uz
🏆 IZhO 2026
2-kun yakunlandi. Natijalarni quyida ko'rishingiz mumkin:
- https://ranking.comprog.art
Norasmiy natijalarga ko'ra, 🇺🇿 O'zbekistonlik o'quvchilar 2ta oltin 🥇, 2ta kumush 🥈 hamda 2ta bronza 🥉 medallarini qo'lga kiritishdi.
🥇 Oltin medal — Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf
🥇 Oltin medal — Ulug'bek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf
🥈 Kumush medal — Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf
🥈 Kumush medal — Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf
🥉 Bronza medali — Humoyun Abduraupov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf
🥉 Bronza medali — Isamatdin Baybolov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf
Yakuniy natijalar 15-yanvar kuni, Yopilish Marosimida e'lon qilinadi.
🧑💻 @cp_uz
🏆 IZhO 2026 Day 1
Hozirda 🇰🇿 Qozog'istonning Olma-ota shahrida Xalqaro Jautikov Olimpiadasi bo'lib o'tmoqda. 1-kundan so'ng natijalarni quyida ko'rishingiz mumkin:
- https://ranking.comprog.art
Ishtirokchilarimizga ertangi, 2-kun musobaqasida ham omad tilaymiz.
🧑💻 @cp_uz
🐮 USACO 2025/26 mavsumi boshlandi.
📆Musobaqalar ro'yxati:
1-contest: 9-12 yanvar (allaqachon boshlangan!)
2-contest: 30-yanvar — 2-fevral
3-contest: 20-23 fevral
4-contest: 28-mart
Barcha contestlar soat 10:00 da (Toshkent vaqti) boshlanadi. O'zingizga qulay 4 soat davomida qatnashishingiz mumkin.
P.S. USACO musobaqalari haqida kanalimizda batafsil yozgan edik.
🧑💻 @cp_uz
🏆 ICPC Yarim Finali boshlanmoqda 🏆
NEF (NERC) bu Shimoliy Yevrosiyo mintaqasidagi davlatlarga ICPC World Finals uchun so'nggi saralash bosqichi hisoblanadi.
Bu yilgi musobaqa bir vaqtning o'zida Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Almaty hamda Tbilisi shaharlarida o'tqazilmoqda.
🇺🇿 O'zbekistondan 20 ga yaqin universitet jamoalari hozirda Almaty shahridagi musobaqada qatnashishmoqda.
Umumiy natijalar:
- https://neerc.ifmo.ru/archive/2025/standings.html
Jonli efir:
- https://www.youtube.com/watch?v=mXjGn0kLKtQ
- @NERCNews
Barcha jamoalarga omad tilaymiz!
🧑💻 @cp_uz
Repost from Xalqaro IT-olimpiadalar 🏆
Sport dasturlash bo‘yicha tajribaga ega yoshlarni murabbiylikga taklif qilamiz!
🏆 2025-yil noyabr oyida 100 nafar iqtidorli o‘quvchilar uchun IOI o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Mazkur mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun sport dasturlash bo‘yicha tajribaga ega murabbiylar 2 bosqichli saralash asosida jalb etiladi: ➡️1-bosqich: barcha rezyumelar ko‘rib chiqiladi va munosib deb topilgan 15 nafar murabbiy keyingi bosqichga o‘tkaziladi. ➡️2-bosqich: Saralab olingan 15 nafar nomzod o‘rtasida suhbat o‘tkazilib, bundan jami 6 nafari murabbiy sifatida tanlab olinadi.⚜️ Murabbiy sifatida Siz xorijiy ekspertlar bilan bevosita muloqot qilish, tajriba orttirish va moddiy rag‘batlantirishdan tashqari, kelajakdagi IOI g‘oliblarini tayyorlashda o‘z hissangizni qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 🗓 IOI o‘quv mashg‘ulotida murabbiy sifatida ishtirok etish istagida bo‘lganlar 5-noyabrga qadar ariza yuborishlari mumkin! @xalqaro_it_olimpiada
