Али🧢
前往频道在 Telegram
inson axloqi ila qalblarda qolur. -O’qigan kitoblarim haqida yozib boraman…📚
显示更多未指定国家未指定类别
834
订阅者
-1024 小时
-657 天
-19330 天
帖子存档
833
“Munavvar kalomingda insof-u adolatga chorlaysen,mehr-u shafqatga,imon-u diyonatga da’vat etasen.Bani odam ersa buning teskarisini qilg’oni qilg’on.U dunyo g’amini yemoq o’rniga,bu dunyoning o’tkinchi shon-shuhrati ortidan chopg’oni-chopg’on”
Mirzo Ulug’bek
833
G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.
G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.
G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.
G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati.
Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini
O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi.
G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam.
Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida,
Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam.
G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang.
Tag‘in, dardlarini eshitayin deb
Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!!
✍ Xayrulla Hamidov
833
الذاكرة شعور رائع يمكن أن يجعلك حزينًا حتى في أسعد أوقاتك.
Hotira bu sizni eng xursand chogʻingizda ham mahzun qila oladigan ajoyib tuygʻu..🍂
833
Havas qilinadigan hayotda ham, oshkor qilinmaydigan sirlar bor. Siz tashqi tomondan baho berishingiz mumkin, aslida esa nima yashirin ekanligini anglolmaysiz...)
833
#Taqdir
Fikrimcha, inson hayotidagi hech bir narsa tasodif emas, siz yegan har bir luqma, ko‘rgan har bir inson, hatto koʻnglingizni og‘ritgan holatlar ham barchasi siz uchun yozilgan taqdirdan. Inson o‘z ixtiyorida erkin, ammo natija Allohning qo‘lida, ya'ni biz ko‘p hollarda reja tuzamiz, orzu qilamiz, lekin natijasi biz xohlagandek bo‘lmaydi. Shunda noliy boshlaymiz, “nega men?”, “nima uchun men?” deymiz, aslida bu savollar bizni Allohga yaqinlashtirishi kerak, lekin ko‘pincha bizni shubha va g‘amga olib kiradi. “Sizlar hech bir narsani xohlaysizlar, Alloh xohlamaguncha (hech narsa bo‘lmaydi). Alloh hamma narsani biluvchidir” (Taqvir surasi, 29-oyat), ya'ni oyatda biz faqat sababchimiz, natija esa Allohning qo‘lida. Rasululloh ▫ “Qalam ko‘tarilgan, sahifalar qurigan”, ya’ni Alloh tomonidan taqdir allaqachon yozilib bo‘lgan. Inson bunga ishonch bilan qarasa, qalbi tinch bo‘ladi, chunki Alloh hech qachon bandasi uchun yomonlikni yozmaydi, faqat yaxshilik sari sinov yuboradi. Ba’zan siz orzu qilgan narsa kechikadi, ba’zan umid uziladi, lekin aslida Alloh sizni yaxshiroq narsaga tayyorlayapti. Balki biz hozir yo‘qotgan narsa, ertangi kunimizda bizni halokatdan saqlab qolgandir. Shuning uchun o‘zligimiz bilan yuzlashib bu “nega men?” deyish oʻrniga, “bu orqali Alloh menga nimani o‘rgatyapti?” deb so‘rashimiz zarur. Har bir kechikish, har bir sinov, hatto ko‘z yosh ham sizni poklaydi, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi, biz orzu qilgan emas, Alloh xohlagan narsa eng to‘g‘ri, shunday ekan, taqdirni qabul qilish ojizlik emas, balki Allohga bo‘lgan eng katta ishonchdir. Alloh barchamizga tavfiq bersin.
Oxirgacha o’qing🦋😢
833
тун келганда олам ўзгариб қолади. кундузнинг шовқин-сурони секин йўқолади, ҳаво ҳам бошқача туюлади. шаҳар устига жимжитлик ёйилади, одамлар тўхтаб, хаёлга чўмилади. тун гўё қалбга қараб шивирлайди: «энди ўйла, ўзингни тингла, ичингдаги сирларни эшит». тун — сирли парда, унда юлдузлар чақнайди, ой эса йўлчи учун чироқдек ёнади..
