Али🧢
前往频道在 Telegram
inson axloqi ila qalblarda qolur. -O’qigan kitoblarim haqida yozib boraman…📚
显示更多未指定国家未指定类别
853
订阅者
-324 小时
+147 天
-3230 天
帖子存档
847
Taqdir?
Taqdir-Alloh va bandasi yozgan eng go’zal ssenariydir..va uning bosh qahramoni sizsiz.Lekin shu ssenariyning yozilishida sizning ham ishtirokingiz bor. risqingiz masalasi, duo bilan o’zgaradi.Kelishingiz va ketishingiz,taqdiri azal deydi.. bu ssenariyni siz yozasiz, siz bitasiz..🕊️
847
“Biz ko‘pincha ko‘radiganlar hamma narsani tushunadi deb o‘ylaymiz. Aslida esa ayrim haqiqatlarni faqat zulmat ichida qolganlar his qila oladi. Ko‘z nuridan ayrilish insonni ojiz qilmasligi mumkin, ammo umiddan ayrilish uni butunlay sindiradi.”
“A’mo”kitobidan📚
847
-mahzunmisan?-sukut saqla
-Erishdingmi?-sukut saqla.
-yutdingmi?-sukut saqla.
-yangi rejalar bormi?-sukut saqla.
So’zning qadrini bil..!🕯️
847
Qalblar oʻzi xoxlagan narsasini so‘raydi, lekin Alloh ular uchun eng yaxshisi bilan javob beradi..🌷
847
“Kitob — bu qog‘ozdagi siyoh emas, bir insonning yuragidan boshqa yurakka yetib borgan hisdir.”📖
847
#mutolaa
Ba’zan oldinga borish — qaytishdir aslida. O‘zingga, o‘zligingga qaytish… Buning ustiga, yo‘l degani faqatgina ketish uchun bo‘lmasa… Qaytish uchun ham yo‘l kerak.💡
“A’mo” kitobidan📚
847
Ko’rinishi chiroyli bo’lsa, seni ko’zlar unutmaydi deyishadi.
Aslida esa axloqi go’zal insonni qalblar unutmaydi…
847
☪☪☪☪☪
Assalomu alaykum va rohmatulloh va barakatuh 💡
Qurbon hayiti muborak! Hayotingiz quvonch, sog‘lik va barakaga to‘lsin. Hayit ayyomi barchamizga yaxshilik olib kelsin!
847
💡Unutmang, siz aytgan (yozgan)har bir so‘z orqali insonlar sizning axloqingiz, dunyoqarashingiz va tafakkuringizga baho berishadi. So‘z — bu qudratli quroldir. Uni behudaga sarflamang.
847
💡”Odam ulg‘aygani sari ovozi emas, sukuti o‘zgaradi. Oldin dardini hammaga aytgisi kelardi, keyin esa tushunadigan inson kamligini bilib qoladi. Shundan keyin inson ichida gapirishni o‘rganadi.”
“Fotih Duman” 🤍
847
Eng pastkash ishlardan biri - insonning yaxshi xulqidan foydalanishdir:
U saxiy bo'lsa, shilib olasiz; kechirimli bo'lsa, unga nisbatan xato qilasiz; sizga ishonsa, uni aldaysiz; muloyim bo'lsa, uni mensimaysiz. Keyin u "portlab" sabri tugagaganda "ana uni asl basharasi ochildi" deysiz.
847
#tugadi 21/50 2026yil📚
•Arosat
•Kadir Akel
•20.05.26➡️23.05.26
•216 bet
•10/10
Taqriz⬇️
Kitob insonni qo‘rqitish uchun emas, uyg‘otish uchun yozilgandek taassurot beradi. Muallif o‘quvchini hayotning shovqinidan chiqarib, o‘z qalbi bilan yolg‘iz qoldiradi. Ayniqsa o‘lim, qabr va mahshar haqidagi tasvirlar odamni chuqur o‘yga toldiradi. Asarni o‘qiganda inson o‘zini ichidan حساب qilayotgandek his qiladi.
847
“Har kimning ichida bir arosat bor: ketolmaydigan o‘tmish va yetolmaydigan kelajak orasida qolgan bir sukut…”🕊️
“Arosat”kitobidan xulosa💡
847
Ko'nglimga xush yoqdi yomg'irli kunlar,
Har bir tomchisida farishta bo'yi.Yomg'ir oraladim o'radi munglar.Hech kimsa sezmadi yig'ladim to'yib…
Usmon A'zim
847
Qo'ying uni qarg'amang,
Axir u ham gul edi.
Suyib-suyib sevilmagan,
Yori tirik tul edi.
Kundoshining kulgulari,
Bag'rin teshgan o'q edi.
Yori bilan baxt topmoqqa,
Uning haqqi yo'qmidi?
U yoridan zarra qadar,
Oddiy mehr kutgandi.
Kumush bir bor zahar yutsa,
U ming bora yutgandi.
Xudoyim bu ko'rgulikni,
Hech kimsaga solmasin.
Hech kim Zaynab kabi,
Sevilmasdan qolmasin…🕊️
“O’tkan kunlar” Abdulla Qodiriy📚
