ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

前往频道在 Telegram

Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. Manfaat vaʼda qilmayman!

显示更多
未指定国家未指定类别
221
订阅者
无数据24 小时
-137 天
-8030 天
帖子存档
photo content
+1
28 2月, 21:08

#iqtibos Umar roziallohu anhu deydi: “Yaxshilikning barchasi rozilikdadir. Agar qodir bo’lsang, rozi bo’l. Qodir bo’lmasang s
#iqtibos Umar roziallohu anhu deydi: “Yaxshilikning barchasi rozilikdadir. Agar qodir bo’lsang, rozi bo’l. Qodir bo’lmasang sabr qil!”
🤍 "Qalbi singanlarga" kitobidan
27 2月, 12:56

OISHA roziyallohu anho Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning suyukli ayoli.✉ Islom olamidagi muhtarama zotlarning eng avvalida shubhasiz Oisha onamizning nomi zikr etiladi. Chunki ul muhtarama Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun eng sevimli rafiqa bo’lgan. Shuning uchun ham Nabiy alayhissalom Oisha onamizni erkalab, “Ya A’ish” deb chaqirar ekanlar. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uchun sevimli bo’lgan zotlar uning ummatlari uchun ham sevimlidir. Qolaversa, Oisha onamiz bilan bog’liq oyati karimalar nozil bo’lganki, bu ulug’ hodisa ham ul zotning Alloh huzuridagi martabasidan nishonadir. Oisha onamizning o’zidan shunday hadis rivoyat qilinadi: “Rasul alayhissalom menga: “Ey Oisha, Jabroil senga salom keltirdi” dedilar” (Buxoriy rivoyati). Jabroil alayhissalomdek ulug’ farishtaning salomiga munosib bo’lish saodati har kimga ham nasib etavermaydi. Termiziyning “Shamoyil”ida Nabiy alayhissalom uni “Ey muvaffaqa” (qammatbaho tosh nomi) deb chaqirganlari keltirilgan. Ko’p hollarda “Ey Siddiqning qizi, Ey Abu Bakrning qizi” deya murojat qilganlar. Oisha roziyallohu anho Nabiy alayhissalomdan o’ziga kuniya berishni so’raganda “Seni o’g’ling nomi bilan “Ummu Abdulloh” deb chaqiramiz”, deganlar. U opasining o’g’li Abdulloh ibn Zubayrni tarbiyasiga olgan edi. Nasoiyning “Sunan”ida Nabiy alayhissalomning bu suyukli ayolini “Ey Humayro” deb chaqirganlarini tasdiqlaydigan ikki hadis ham mavjud.
26 2月, 19:12

“Er-xotinning eng chiroyli sifatlari — sabr va kechirimdir. Sabr bo‘lmagan uyda urush, kechirim bo‘lmagan qalbda nafrat hukmr
+1
“Er-xotinning eng chiroyli sifatlari — sabr va kechirimdir. Sabr bo‘lmagan uyda urush, kechirim bo‘lmagan qalbda nafrat hukmron bo‘ladi.”
Imom ash-Shofi’iy
25 2月, 10:05

Agar inson hohlasa albatda maqsadiga yetadi. Avvola niyat, keyin maqsad va harakat, oxirida esa goʻzal natija.🤩
Agar inson hohlasa albatda maqsadiga yetadi. Avvola niyat, keyin maqsad va harakat, oxirida esa goʻzal natija.🤩
24 2月, 13:00

🫠
24 2月, 11:27

اللهم بارك جزاك الله خيرا Menga berilgan eng yaxshi hadya...🤩🫠
+3
اللهم بارك جزاك الله خيرا Menga berilgan eng yaxshi hadya...🤩🫠
24 2月, 11:24

▫️Uch holatda inson oʻzini hotirjam his qiladi.▫️ • Aql bilan) • Ruh bilan) • Jism bilan) -Aqlning ozuqasi ilm olish, kitob o
▫️Uch holatda inson oʻzini hotirjam his qiladi.▫️ • Aql bilan) • Ruh bilan) • Jism bilan) -Aqlning ozuqasi ilm olish, kitob oʻqish, yangiliklar oʻrganish bilan boʻladi. -Ruhning ozuqasi ibodatlar, Qur’on tilovati va zikrlar bilan boʻladi. - Jismning ozuqasi sunnatga muvofiq toʻgʻri ovqatlanish va halol rizq bilan boʻladi. Bularning barchasini oʻzida jamlay olgan inson doim hotirjam yashaydi!
24 2月, 02:00

Ba’zida so‘zlar ojiz qoladi… Ichimda to‘lqinlanayotgan tuyg‘ularni ifodalamoqchi bo‘laman, lekin har gal ularni so‘zga aylant
Ba’zida so‘zlar ojiz qoladi… Ichimda to‘lqinlanayotgan tuyg‘ularni ifodalamoqchi bo‘laman, lekin har gal ularni so‘zga aylantirishga uringanimda, ular yanada chuqurroq ildiz otadi. Ba’zi hislar bor ular na tilga, na qog‘ozga sig‘adi. Ular yurakning sokin go‘shalarida yashaydi, qalb tilida gapiradi… Anglash mumkin, lekin tushuntirish nihoyatda mushkul.✉️
22 2月, 20:44

Taroveh namozi nechchi rakat? Taroveh namozi yigirma rakat. Har ikki rakatdan keyin salom beriladi va to'rt rakatdan so'ng ta
Taroveh namozi nechchi rakat? Taroveh namozi yigirma rakat. Har ikki rakatdan keyin salom beriladi va to'rt rakatdan so'ng tasbeh aytiladi. Taroveh namozining tasbehi
«Subhaana zil-mulki val-malakuut. Subhaana zil-’izzati val-’azomati val-qudroti val-kibriyaa’i val-jabaruut. Subhaanal-malikil hayyillazii laa yanaamu va laa yamuut. Subbuuhun quddusun Robbunaa va Robbul-malaaikati var-Ruuh. Laa ilaaha illalloohu nastag‘firulloh. Nas’alukal-jannata va na’uuzu bika minan-naar»
Ma'nosi: Mulk va malakut Egasini poklab yod etaman! Izzat, buyuklik, qudrat, ulug'vorlik va hukmronlik Egasini poklab yod etaman! Hargiz uxlamaydigan va o'lmaydigan Hayyni, Malikni poklab yod etaman! U Zot Subbuhdir, Quddusdir, farishtalarning va Ruhning Robbidir. Allohdan O'zga iloh yo'q! Allohdan mag'firat so'raymiz. Sendan jannatni so'raymiz va do'zaxdan O'zingdan panoh tilaymiz. Yodlash uchun saqlab oling muslimam 🌟 @alfalaahh
21 2月, 12:06

#iqtibos Yahyo ibn Xolid Barmakiy xalifa Horun Rashidga vazir edi. U olimlardan Sufyon ibn Uyayna rohimahullohga ilm berish h
#iqtibos Yahyo ibn Xolid Barmakiy xalifa Horun Rashidga vazir edi. U olimlardan Sufyon ibn Uyayna rohimahullohga ilm berish hamda sunnatni tarqatishdan chalg’imasligi uchun har oy ming dirham yuborardi. Sufyon uning haqqiga: “Allohim! Yahyo mening dunyoyimga kifoya qildi. Sen uning oxiratiga kifoya qilgin!” deb sajdada duo qilar edi. Yahyo vafot qilgach, do’stlaridan biri uni tushida ko’rib so’radi: - Ey Yahyo! Alloh senga qanday muomala qildi? Yahyo dedi: - Alloh meni Sufyonning duosi sabab mag’firat qildi!
🤩 "Qalbi singanlarga" kitobidan
21 2月, 04:11

#iqtibos G’alaba - eslaganda ingramaslikdir. G’alaba - ko’zing jarohatingga tushganida namlanmasligidir. G’alaba- qalbingda y
#iqtibos G’alaba - eslaganda ingramaslikdir. G’alaba - ko’zing jarohatingga tushganida namlanmasligidir. G’alaba- qalbingda yaraning og’rig’ini tuyaturib, shikoyat qilmasligingdir.
📕 " Qalbi singanlarga " kitobidan
20 2月, 12:44

-Qismatimga oshiqman... -Chunki uni yozuvchisi Alloh...🩷
-Qismatimga oshiqman... -Chunki uni yozuvchisi Alloh...🩷
20 2月, 11:47

Nubuvvat daraxtining mevasi Payg'ambarimiz alayhissalom Hazrati Alidan so‘radilar: — Ey Ali, meni yaxshi ko‘rasanmi? — Ha, ya
Nubuvvat daraxtining mevasi Payg'ambarimiz alayhissalom Hazrati Alidan so‘radilar: — Ey Ali, meni yaxshi ko‘rasanmi? — Ha, yaxshi ko‘raman, Rasululloh! — Allohni-chi? — Albatta! — Ayolingni-chi? — Yaxshi ko‘raman. — Bolalaringni-chi? — Ularniyam! Payg'ambarimiz tabassum bilan Hazrati Aliga qarab, bunday dedilar: — Ey Ali, birgina qalbing bo‘lsa, shuncha sevgini bitta qalbga qanday qilib sig‘dira olasan? Hazrati Ali Rasulullohning savollari qarshisida jim qoldilar... Uning o‘ychan holda kirib kelganini ko‘rib, hazrati Fotima so‘radilar: — Nimadan xafasiz? Agar dunyo uchun bo‘lsa, siqilishingizga arzimaydi. Bordiyu Alloh uchun bo‘lsa, ayting, birgalikda hal qilamiz. Sizga yordam beraman. (Soliha ayolning namunasi) Hazrati Ali bo‘lib o‘tganlarni so‘zlab berdilar. Hazrati Fotima tinglab turib, tabassum qildilar va: — Kishi payg‘ambarini qalbi bilan, Allohni aqli bilan, jufti halolini nafsi bilan, bolalarini esa, shafqati bilan yaxshi ko‘radi, — dedilar. Darhol Hazrati Ali Rasulullohning huzurlariga borib, ayollari Fotimadan eshitgan javobni yetkazdilar. Allohning elchisi Fotimaning zukkoliklaridan mamnun bo‘ldilar va: — Ey Ali, bu nubuvvat daraxtining mevasidir, — dedilar.
📚 Solihalar gulshani
19 2月, 12:21

🌸🩷
+1
🌸🩷
19 2月, 08:18

🌙 Ramazon: Qalb va Ruhning Bahori. Islom dinida Ramazon — oylarning sultoni, ezgulik va xayr-sahovat oyidir. Bu oyning o'rni va ahamiyati quyidagi uchta asosiy ustunda namoyon bo'ladi: Qur'on nozil bo'lgan oy: Insoniyatga to'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi muqaddas Kitobimiz aynan shu oyda nozil bo'la boshlagan. Bu — ilm va tafakkur vaqtidir. Ruhning jism ustidan g'alabasi: Ro'za tutish nafaqat yeb-ichishdan tiyilish, balki nafsni tarbiyalashdir. Bu jarayonda inson o'z irodasini chiniqtiradi va sabrni o'rganadi. Ijtimoiy birdamlik: Ramazon — mehr-oqibat oyi. Unda boy va kambag'al bir safda turadi, ehtiyojmandlarga yordam qo'li cho'ziladi. Ochlik hissi orqali inson boshqalarning dardini his qilishni o'rganadi.
"Kim Ramazon ro'zasini iymon bilan, savob umidida tutsa, uning o'tgan gunohlari mag'firat qilinadi."
— (Hadisi sharifdan) Ramazon — shunchaki och qolish emas, balki yomon xulqlardan voz kechib, yaxshilikka qaytish imkoniyatidir.
18 2月, 23:12

❤️❤️
18 2月, 20:47

🦋رمضان
+1
🦋رمضان
18 2月, 13:56

Rasululloh Sollallohu alayhi vasallam tarovehning fazilatlari haqida shunday dedilar: 🌙*Banda birinchi kechada oʻqigan tarov
Rasululloh Sollallohu alayhi vasallam tarovehning fazilatlari haqida shunday dedilar: 🌙*Banda birinchi kechada oʻqigan tarovehi uchun gunohlari toʻkilib, onadan yangi tugʻilgandek boʻladi. 🌙 Ikkinchi kechada oʻqisa, moʻmin ota-onasining gunohlari kechiriladi. 🌙Uchunchi kechada oʻqisa, Arshning tagida turgan farishta: "Amalingni ixlos bilan qil, Alloh seni magʻfirat qiladi", deydi. 🌙toʻrtinchi kechada oʻqisa, Alloh taolo Zabur, Tavrot, Injil va Qurʼonni oʻqiganning savobini beradi. 🌙Beshinchi kechada oʻqisa, uch buyuk masjidda namoz oʻqiganning savobi beriladi. 🌙 Oltinchi kecha oʻqisa, Baytul-maʼmurni ziyorat qilganning savobi beriladi. 🌙 Yettinchi kechada oʻqisa, Muso alayhissalomga najot berilgandek, najot topadi. 🌙 Sakkizinchi kechada oʻqisa, Ibrahim alayhissalomga berilgan neʼmatlar beriladi. 🌙 Toʻqqizinchi kechada oʻqisa, Muhammad alayhissalomning sunnatlarini ado qilgan boʻladi. 🌙 Oʻninchi kechada oʻqisa, dunyo va oxirat rizqlari ato etiladi. 🌙Oʻn birinchi kechada oʻqisa, onadan yangi tugʻilgandek pok boʻladi. 🌙 Oʻn ikkinchi kechada oʻqisa, Qiyomat kuni oʻn toʻrt kunlik oydek kirib keladi. 🌙Oʻn uchinchi kechada oʻqisa, Qiyomat kuni yomonliklardan omonlikda keladi. 🌙 Oʻn toʻrtinchi kechada oʻqisa, Qiyomat kuni unga farishtalar guvohlik beradilar. 🌙 Oʻn beshinchi kechada oʻqisa, farishtalar unga salovat aytib turadi. 🌙Oʻn oltinchi kechada oʻqisa, Farishtalar: "doʻzaxdan ozod boʻladi, jannatga kirishi vojib boʻladi", deb guvohlik beradilar. 🌙 Oʻn sakkizinchi kechada oʻqisa, bir farishta:"Ey Allohning bandasi, Alloh sendan va ota - onangdan rozi boʻldi", deb nido qiladi. 🌙Oʻn toʻqqizinchi kechada oʻqisa, bandaning darajasi yuksaladi. 🌙 Yigirmanchi kechada oʻqisa, shahidlar va solihlarga beriladigan ajrlar beriladi. 🌙Yigirma birinchi kechada oʻqisa, jannatga nurdan bir uy bino qilinadi. 🌙 Yigirma ikkinchi kechada oʻqisa, oxirat gʻamlaridan ozod boʻladi. 🌙 Yigirma uchinchi kechada oʻqisa, Alloh taolo uning uchun bir shahar quradi. 🌙 Yigirma toʻrtinchi kechada oʻqisa, Alloh uning duosini ijobat qiladi. 🌙 Yigirma beshinchi kechada oʻqisa, qabr azobidan ozod boʻladi. 🌙 Yigirma oltinchi kechada oʻqisa, qirq yillik nafl ibodatning savobiga erishadi. 🌙 Yigirma yettinchi kechada oʻqisa, Sirotdan chaqmoqdek tez oʻtob ketadi. 🌙 Yigirma sakkizinchi kechada oʻqisa, darajasi ming pogʻona koʻtariladi. 🌙 Yigirma toʻqqizinchi kechada oʻqisa, maqbul haj qilgan hojining ajri beriladi. 🌙 Oʻttizinchi kechada oʻqisa, " Ey bandam, jannat mevasidan yegin, Salsabil buloqlarida choʻmilgin, kavsardan ichgin. Men senga Robbingman, sen Mening bandadan!" Deyiladi." "Moxi Ramazon muborak"
18 2月, 11:10

Ramazon oyini muborak boʻlsin 🩷🌷
Ramazon oyini muborak boʻlsin 🩷🌷
18 2月, 06:14