ch
Feedback
Рашидова Нодира Ильхамовна Депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан

Рашидова Нодира Ильхамовна Депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан

前往频道在 Telegram

• Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati 🇺🇿 • "Adolat" sotsial demokratik partiyasi 🌹 • "Doʻstlik" ordeni sohibasi 🏅

显示更多
未指定国家未指定类别
254
订阅者
+124 小时
+117 天
+1730 天
帖子存档
🇺🇿 “Diyqan arna” mahallasida ochiq muloqot va fuqarolar qabuli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2026-yil 16-i
+6
🇺🇿 “Diyqan arna” mahallasida ochiq muloqot va fuqarolar qabuli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2026-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan “Mahallalarga yangi muhit olib kirish” mavzusidagi videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbus va belgilangan ustuvor vazifalarni mahallalarga yetkazish, ularning joylardagi ijrosini o‘rganish hamda aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Nodira Rashidova “Diyqan arna” mahallasida bo‘ldi. Mahalladagi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan ochiq muloqot davomida hududda aholi bilan ishlash tizimi, belgilangan vazifalarning ijrosi, mahallani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolar qabuli tashkil etilib, aholi o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldi. Jumladan, fuqaro Abdenov Janibek kredit olish masalasida duch kelayotgan muammosini bildirdi. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi hamda uning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Muloqot davomida “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholining muammolarini manzilli o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq va tizimli ishlash hamda murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Открытый диалог и приём граждан в махалле «Дийқан арна» В целях доведения до махаллей инициатив, выдвинутых и приоритетных задач, определённых на видеоселекторном совещании под председательством Президента Республики Узбекистан 16 июля 2026 года на тему «Внедрение новой среды в махаллях», изучения их реализации на местах и непосредственного общения с населением депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса, член фракции Социал-демократической партии «Адолат» Нодира Рашидова провела встречу в махалле «Дийқан арна». В ходе открытого диалога с членами «махаллинской семёрки» были обсуждены организация работы с населением, исполнение поставленных задач, проводимая работа по развитию махалли, а также существующие проблемы. Кроме того, был организован приём граждан, в ходе которого жители смогли лично обратиться по интересующим их вопросам. В частности, гражданин Абденов Джанибек сообщил о проблеме, возникшей при получении кредита. Данный вопрос депутат взяла на контроль, а также были определены соответствующие меры для его положительного решения. В ходе встречи особое внимание было уделено повышению эффективности деятельности «махаллинской семёрки», адресному изучению проблем населения, открытому и системному взаимодействию с гражданами, а также практическому решению вопросов, поднимаемых в ходе приёма. Работа по обеспечению эффективной реализации поставленных задач в махаллях, изучению проблем населения на местах и защите законных интересов граждан будет последовательно продолжена. Telegram Instagram Facebook

🇺🇿 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Nodira Rashid
+8
🇺🇿 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Nodira Rashidova tadbirkorlik subyektlaridan birida bo‘lib, yaqinda faoliyatini boshlagan “Ustaxona” ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Mazkur obyekt bilan deputat joriy yil mart oyida, qurilish jarayonida tanishgan edi. Bugungi kunda loyiha to‘liq yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirilgan va “Ustaxona” o‘z faoliyatini boshlagan. 🎵 Ustaxonada: • milliy cholg‘u asboblari — qobiz va dutor; • zamonaviy musiqa asboblari ishlab chiqarilmoqda; • hozirda 5 nafar shogirdga hunar o‘rgatilmoqda. Muloqot davomida mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar alohida ta’kidlandi. Xususan, o‘z biznesini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. Bunday davlat ko‘magi fuqarolarga o‘z tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash imkonini bermoqda. “Ustaxona” faoliyati ham ana shunday imkoniyatlardan samarali foydalanib, milliy cholg‘u asboblarini ishlab chiqarish va yoshlarni hunarga o‘rgatishga xizmat qilmoqda. 🇷🇺 Открытый диалог с предпринимателями Депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса, член фракции Социал-демократической партии «Адолат» Нодира Рашидова ознакомилась с деятельностью одного из субъектов предпринимательства — недавно открывшейся «Мастерской». С данным объектом депутат ознакомилась ещё в марте текущего года, когда здесь велись строительные работы. Сегодня проект полностью завершён, объект введён в эксплуатацию, и «Мастерская» начала свою деятельность. 🎵 В мастерской: • изготавливаются национальные музыкальные инструменты — кобыз и дутар; • производятся современные музыкальные инструменты; • в настоящее время 5 учеников обучаются мастерству. В ходе встречи депутат ознакомилась с производственным процессом, созданными условиями, а также работой по обучению молодёжи профессии на основе традиции «устоз-шогирд» (наставник — ученик). В ходе диалога было отмечено особое внимание, уделяемое в нашей стране развитию предпринимательства, созданию благоприятных условий для предпринимателей, предоставлению льгот и расширению возможностей для ведения бизнеса. В частности, подчёркнута важность мер, направленных на поддержку граждан, желающих начать собственное дело, предоставление льготных кредитов для реализации новых проектов и создание необходимых условий для запуска предпринимательской деятельности. Такая государственная поддержка позволяет гражданам реализовывать свои инициативы, создавать новые рабочие места и обеспечивать занятость населения. Деятельность «Мастерской» также является примером эффективного использования предоставляемых возможностей, способствуя производству национальных музыкальных инструментов и обучению молодёжи востребованному ремеслу. Подобные инициативы имеют важное значение для развития производства национальных музыкальных инструментов, продолжения традиций ремесленничества, профессиональной ориентации молодёжи и дальнейшего развития предпринимательства. Telegram Instagram Facebook

🏫 Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” SDP fraksiya
+7
🏫 Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Nodira Rashidova Nukus tumanidagi 21-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi. Asosiy e’tibor ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud infratuzilma hamda ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi. Maktabning moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, mavjud infratuzilmasi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. Alohida ta’kidlash joizki, maktab hududida 300 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan yangi “Inklyuziv ta’lim” binosiqurilib, foydalanishga topshirilgan. Mazkur bino alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Bugungi kunda maktabda jami 1164 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida maktabga xorijiy davlatlardan o‘qituvchilarni jalb etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Jarayon davomida deputat o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularni yangi o‘quv yili hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi. 🏫 Изучена готовность школ к осенне-зимнему сезону Депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса, член фракции СДП «Адолат» Нодира Рашидова побывала в общеобразовательной школе №21 Нукусского района и изучила состояние её подготовки к осенне-зимнему сезону. В ходе работы особое внимание было уделено условиям, созданным для учащихся, состоянию имеющейся инфраструктуры, материально-технической базе учреждения, а также проводимой работе по повышению качества образования. Были осмотрены учебные кабинеты, материально-техническое оснащение школы, существующая инфраструктура и уровень готовности учреждения к осенне-зимнему сезону. Особого внимания заслуживает тот факт, что на территории школы построено и введено в эксплуатацию новое здание «Инклюзивного образования», рассчитанное на 300 учащихся. Данное здание призвано обеспечить современные и комфортные условия для детей с особыми образовательными потребностями. В настоящее время в школе обучаются 1164 учащихся. В целях дальнейшего повышения качества образования также ведётся работа по привлечению в школу преподавателей из зарубежных стран. В завершение депутат провела тёплую беседу с учащимися и поздравила их с началом нового учебного года, а также с 35-летием независимости Республики Узбекистан. Telegram Instagram Facebook

🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZ — ENG ULUG‘ QADRIYATIMIZ! Mustaqillik — xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy qadriyatlarimizni tiklash va asrab-avaylash, erkin va farovon hayot barpo etish imkonini bergan buyuk ne’matdir. Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlamoqda. Ayniqsa, yoshlarimizning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z salohiyatini namoyon etishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bizni yanada katta maqsadlar sari ruhlantiradi. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 35 yillik qutlug‘ ayyom muborak bo‘lsin! Hurmat bilan Nodira Rashidova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Telegram Instagram Facebook

#bayram_muborak Nodira Rashidova: Mustaqilligimiz — eng ulug‘ va bebaho ne’matimiz! Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mus
#bayram_muborak Nodira Rashidova: Mustaqilligimiz — eng ulug‘ va bebaho ne’matimiz! Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram|  📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽ Yoshlar parlamenti

🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYATIMIZ! Mustaqillik — biz uchun, avvalo, erkin va ozod yashash, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni asrab-avaylash imkoniyatidir. Mustaqillik bizga katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Bugun yoshlarimiz zamonaviy bilim olish, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish, Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlarga ega. Eng muhimi, biz tinch va osoyishta yurtda, ertangi kunga ishonch bilan yashayapmiz. Har bir bunyodkorlik, har bir yangi tashabbus va har bir ezgu maqsad zamirida Mustaqillik bergan imkoniyatlar mujassam. 🇺🇿 Mustaqilligimiz — eng ulug‘ va bebaho ne’matimiz! Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! ❤️🇺🇿 Mustaqilligimiz muborak bo‘lsin!

Munosib e’tirof — yuksak mukofot! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz tar
+2
Munosib e’tirof — yuksak mukofot! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimizning mehnati yuksak e’tirof etilmoqda. Ana shunday sharafga munosib ko‘rilganlar safida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Nodira Rashidova ham bor. Nodira Rashidova Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofoti — “Ko‘krak nishoni” bilan taqdirlandi. Deputatlik faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiga biriktirilgan holda, aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish hamda joylarda mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Uning xalq bilan bevosita muloqotga asoslangan, mas’uliyatli va samarali faoliyati ko‘plab ijobiy natijalarda o‘z aksini topmoqda. Nodira Rashidovani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! 🌷 Kelgusidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam iroda, kuch-g‘ayrat va yangi-yangi zafarlar tilaymiz! Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿

Тридцать пять лет независимости – возраст зрелости Осенью 1991 года мы, вчерашние школьники, еще не умели выговорить слово «н
Тридцать пять лет независимости – возраст зрелости Осенью 1991 года мы, вчерашние школьники, еще не умели выговорить слово «независимость» так, чтобы оно звучало буднично. Оно звучало как обещание. Тридцать пять лет спустя можно сказать, что обещание оказалось тяжелым, честным и выполнимым. УзА - https://uza.uz/posts/900045 Все наши каналы

Надира РАШИДОВА, КУЛЬТУРНАЯ БЛИЗОСТЬ, ВОПЛОЩЕННАЯ В ПРОЕКТАХ Состоявшийся государственный визит показал, что между Узбекистан
+1
Надира РАШИДОВА, КУЛЬТУРНАЯ БЛИЗОСТЬ, ВОПЛОЩЕННАЯ В ПРОЕКТАХ
Состоявшийся государственный визит показал, что между Узбекистаном и Азербайджаном сформировался комплекс межгосударственных связей, в котором политическое доверие лидеров опирается также на гуманитарные проекты.
Газета «Народное слово» №173 от 25.08.2026 🇺🇿@OMQP_kutubxonasi

🏢DAVLAT MUKOFOTLARI TANTANALI TOPSHIRILDI Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat mukofotlarini tantanali topshirish maros
+9
🏢DAVLAT MUKOFOTLARI TANTANALI TOPSHIRILDI
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat mukofotlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov ishtirok etib, yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi va ularga ezgu tilaklar bildirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan davlat xizmati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa sohalarda fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimizga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
🚨 BATAFSIL 🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram|  📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti

🟦🟦🟦 Давлат рамзлари – миллий ғурур тимсоли “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!” шиори остида ўт
+8
🟦🟦🟦 Давлат рамзлари – миллий ғурур тимсоли “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!” шиори остида ўтган маънавий-маърифий тадбир мамлакатимиз мустақиллигининг қутлуғ 35 йиллигига ўзига хос туҳфа бўлди.
Президентнинг тегишли қарори ижросини таъминлаш мақсадида “Адолат” СДП Сиёсий Кенгаши марказий аппарати ташаббуси ҳамда Судьялар ассоциацияси, Республика Маънавият ва маърифат маркази, Ёшлар ишлари агентлиги ҳамкорлигида ўтказилган анжуманда Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари, партия Фахрийлар кенгаши аъзолари, “Маърифат” тарғиботчилар жамияти вакиллари, судьялар, Тошкент шаҳар Кенгаши депутатлари, Ёшлар парламенти аъзолари, “Ёш адолатчилар” ҳаракати фаоллари қатнашдилар.
✈️ Батафсил ⚖️ Расмий саҳифаларимиз

❇️ ДЕПУТАТЛАР ОЛИЙ СУДДА... ❗️Ўзбекистон Республикаси Олий судида Янги Ўзбекистон —инсонпарвар демократик давлат: инсоннинг о
+1
❇️ ДЕПУТАТЛАР ОЛИЙ СУДДА... ❗️Ўзбекистон Республикаси Олий судида Янги Ўзбекистон —инсонпарвар демократик давлат: инсоннинг олий қадриятлари, аёллар ва болалар ҳуқуқларини ишончли таъминлаш масалалари суд-ҳуқуқ соҳасидаги ислоҳотларнинг асоси мавзусидаги давра суҳбутида иштирок этилди. ✍ Давра суҳбатида бир гуруҳ депутатлар ва мутахассислар ўзларининг фикрлари ва таклифларини баён этишди. Шундан сўнг,  Олий суд биноси ва музайи бўйлаб таништириш олиб борилди.

Kegeylidagi yana bir muammo deputat tashabbusi bilan ijobiy yechim topmoqda Aholining hayot sifatini yaxshilash, ularni toza
+3
Kegeylidagi yana bir muammo deputat tashabbusi bilan ijobiy yechim topmoqda Aholining hayot sifatini yaxshilash, ularni toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, chekka hududlarda yillar davomida saqlanib qolayotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda deputatlik nazorati, saylovchilar murojaatlari hamda hududlarni o‘rganish ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi "Juzimbog‘" ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan "Qozoyoqli-obod" qishlog‘i ham ana shunday hududlardan biri edi. Mazkur qishloqda istiqomat qilayotgan 60 dan ortiq xonadon aholisi uzoq yillar davomida ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekib kelgan. Kundalik ehtiyoj uchun suvni uzoq masofalardan tashib kelishga majbur bo‘lgan fuqarolar, ayniqsa, qishning sovuq kunlari hamda kuz va bahor mavsumlarida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishgan. Mazkur masala avvalroq "Tashabbusli byudjet" jarayonlarida ham ilgari surilgan bo‘lsa-da, loyiha yetarli ovoz to‘play olmagani sababli amalga oshmay qolgan. Hududdagi mavjud vaziyatni joyiga chiqib o‘rganish, fuqarolar bilan muloqot qilish va ularning murojaatlarini tahlil etish natijasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodira Rashidova tashabbusi bilan ushbu muammoni amaliy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Natijada "Qozoyoqli-obod" qishlog‘ini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratilishi ta’minlandi. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida nafaqat aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi, balki hududdagi sanitariya-gigiyena sharoitlari yaxshilanib, fuqarolarning turmush sifati yanada oshadi. Ayni paytda qishloqda ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Loyiha yakunlangach, "Qozoyoqli-obod" qishlog‘i aholisi uzoq yillardan buyon kutilgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bu esa aholi manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlariga amaliy yechim topish borasida olib borilayotgan ishlarning yana bir muhim natijasi bo‘lib xizmat qiladi. 📱Telegram  📱Instagram 📱facebook

🟦🟦🟦🟦🟦 Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги “Адолат” СДП фракцияси ҳамда Қонунчилик палатасининг Коррупцияга қарши курашиш ва суд-ҳуқуқ масалалари қўмитаси ташаббуси билан Ўзбекистон Республикаси Олий суди ҳамкорлигида давра суҳбати ташкил этилди.
Мулоқотнинг асосий мавзуси – жамиятда хотин-қизлар ва болалар ҳуқуқларини ишончли таъминлаш, уларни ҳар қандай тазйиқ ва зўравонликдан ҳимоя қилиш тизимини янада кучайтириш масалаларига қаратилди.
Муҳокамалар давомида иштирокчилар суд амалиётидаги мавжуд муаммоларни биргаликда ҳал этиш, қонунчиликни такомиллаштириш ва одил судловни таъминлаш юзасидан ўзларининг муҳим таклифларини илгари сурдилар.
Таъкидланганидек, парламент ва Олий суд ўртасида йўлга қўйилган бундай янги форматдаги ҳамкорлик қонун ижодкорлиги жараёнини такомиллаштириш ҳамда инсон ҳуқуқ ва эркинликларини кафолатлашда муҳим аҳамият касб этади.
⚖️ Расмий саҳифаларимиз

🟦🟦🟦🟦🟦
Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги “Адолат” СДП фракцияси ва Қонунчилик палатасининг Коррупцияга қарши курашиш ва суд-ҳуқуқ масалалари қўмитаси ташаббуси билан Ўзбекистон Республикаси Олий суди ҳамкорлигида ташкил этилган давра суҳбатидан видеорепортаж.
Батафсил юқоридаги лавҳада 👆 ⚖️ Расмий саҳифаларимиз

Бугун Ўзбекистон Республикаси Олий судида “Янги Ўзбекистон – инсонпарвар демократик давлат: инсоннинг олий қадриялари, аёллар
+6
Бугун Ўзбекистон Республикаси Олий судида “Янги Ўзбекистон – инсонпарвар демократик давлат: инсоннинг олий қадриялари, аёллар ва болалар ҳуқуқларини ишончли таъминлаш масалалари суд-ҳуқуқ соҳасидаги ислоҳотларнинг асоси” мавзусидаги давра суҳбати ташкил этилди. Сайт I Telegram I Facebook I YouTube I Instagram