Mehriddin_Nuriddinov
前往频道在 Telegram
Tizimli biznes qurish, xodimlarni tizimli boshqarish, marketing va sotuv bo'yicha tajribadan kelib chiqqan xulosa va biznesda o'qiganlarim bo'yicha instrumentlarni berib boraman. Konsultatsiya uchun: @Mehriddin_Nuriddinov1
显示更多未指定国家未指定类别
1 143
订阅者
-224 小时
-227 天
-2030 天
帖子存档
1 143
Hayotimizdagi eng muhim nuqtalarni toʻgʻri insondan so'rab javob olishimiz muhim.
Masalan, 100.000$ pulni qanday topsam boladi degan savolni shu pulni umrida topgan insonga berish kerak.
20 ta xodimni qanday qilib tizimli boshqarsam boʻladi degan savolni 20 ta xodimni yillardirki boshqarib koʻrgan insondan tavsiyalarni olishimiz kerak, duch kelgan insondan emas.
Shunday ekan avvalo muammo boʻyicha aynan egasiga toʻgʻri savol bilan murojaat qilish qanchalik ahamiyatli boʻlsa, javob beradigan inson ham oʻzidan otqizganidan yoki bilimidan kelib chiqib javobni berishi juda katta ahamiyatga ega.
Xullas, toʻgʻri insonga savol berishni va toʻgʻri javob berishni ham bilishimiz kerak.
1 143
Assalomu alaykum men novvoyxonada xodiman yaqinda oʼz nonvoyxonamdi ochmoqchiman meni asosiy klentlarim doʼkonlar va nonvoyxonamni atrofidagi domlardagi oilalar doʼkonlarga qanday noni oʼtkasam boʼladi meni boshqalardan ajralib turadigan tarafimni oʼzim koʼrmayabman
1 143
Do'koningiz bor lekin sotuv yoʻq shundaymi?
Agar zamonaviy instrumentlarni oʻrganmas ekansiz, savdoyingiz oshishi haqida umuman o'ylamang.
Sizga oʻrgatishimni xohlaysizmi?
Bularni amalda qo'llasangiz savdoyingiz karrasiga oshadi. Faoliyatim davomida bir nechta bizneslarni savdosini karrasiga oshirib berganman.
O'rganasizmi?
Izohlarda + belgisini qoldiring, qanchalik koʻp postga reaksiya bildirsangiz shuncha kirishim hammasini sizga taqdim etaman. Qani ketdik!!!😊👍
1 143
Yana bir savol tadbirkor opamizdan.
Avvalo, oʻzingizga va mahsulotingizga nisbatan ishonch yuqori boʻlsin. Bu yerda koʻrinib turibdiki mahsulot sotilmaganidan ishonchi yoʻqolgan va oxiri oʻzini narxiga berib yuborgan, foyda esa 0.
Bir narsa aniqki, sotuv birdaniga boʻladigan jarayon emas. Sotuv qachon boʻladi. Qachonki xaridorda og'riq boʻlsa.
Mahsulotni sotish jarayonida siz og'riq paydo qiling. Masalan, onangizni tugʻilgan kunlariga nima xarid qilishni bilmayapsizmi? Men sizga onangizni xursand qilish uchun hechkimda yoʻq mana bu roʻmolni olib berishni tavsiya qilaman.
(Tug'ilgan kunga sovgʻa olish-bu OG'RIQ)
Undan keyin toʻgʻri auditoriya tanlash, reklamaga toʻgʻri budjet ajratish, video kreativligi va bir nechta boshqa faktorlar borki ularga siz kompleks yondashuv qilishingiz kerak boʻladi.
Men aynan shu kabi masalalarga yechim berish uchun 26-iyulda bir kunlik trening tashkil qildim. Treningda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting: @Mehriddin_Nuriddinov1 ga murojaat qiling!
1 143
+1
Kanalimizda berib borilayotgan xabarlarni joyida ko'rib borish uchun Rasmda koʻrsatilgan 3 nuqtani bosib уведомления yozuvi oldidagi ovoz belgisini rasmda ko'rsatilgan holatga keltirib qoʻying!
Post joylashim bilan xabarni birinchi bo'lib ko'rasiz!
1 143
Savdoni oshirish uchun siz oʻzingizni noyob taklifingiz va qo'shimcha qiymat berishingiz kerak.
3-qism.
1 143
Ikki xil o'zbek tadbirkori bor:
1. Tavakkal qilsang oʻxshamaydi deydi.
2. Tavakkalchilikda baraka bor, toʻgʻri qilsang boʻldi ishni deydi.
1. O'qimayman hamma narsani oʻzim bilaman deydi.
2. Oʻsish uchun oʻqish kerak, biznes ilmlarini olmasam bozordan chiqib ketaman deydi.
1. Menga shu do'konim ham yetadi yurib turibdiku, ochimdan o'lmayapmanku deydi.
2. Do'konim bitta, keyingi uch oyda yana 2-3 ta ochishim kerak qanchalik ishni tartibli qilsam, shuncha kam ishlab ko'proq daromad qilaman deydi.
1. Koʻp pul halol yoʻl bilan topilmaydi deydi
2. Faqat bilim bilan ishimni toʻgʻirlab biznesimni kengaytirgan Alloh rizqimni shuncha keng qilib beradi deb oʻylaydi.
1. Marketing bu xarajat, reklama pul tiksam pulim kamayib qoladi deydi.
2. Marketing bu biznesimga investitsiya, qancha koʻp reklamaga toʻgʻri pul tiksam shuncha koʻp foyda qilaman deydi.
Siz qaysi birisiz?
1 143
Ҳозир Европа 1976 йилдан бери энг иссиқ ёзни ўтказмоқда. Бу иқлим шароитларига мослашмаган давлатда анча қийинчиликлар яратмоқда. Бизда маълум эркинликларга Европаликлар, айниқса французлар ҳавас билан қарашади. Масалан, кондиционерлардан фойдаланиш ҳуқуқи.
Бу борада французлар экологлар, бюрократлар, шаҳарсозлар ва амалдорлар томондан жуда чеклаб қўйилган. Бизга ўхшаб французлар шунчаки буюртма қилиб кондиционер ўрнатолмайди. Бу учун аввало ҳокимиятдан (мерия) ва уй жойни бошқарадиган ташкилотдан рухсат олиш керак. Кўп қаватли уйлар учун бу деярли имконсиз чунки кондиционер уйнинг ташқи кўринишини бузиб қўяди деб ҳисоблашади. Иккинчи томондан, аксар шаҳарлар марказларидаги бинолар тарихий бинолар ҳисобланади ва уларда ҳар қандай ўзгариш қилиш қатъий тақиқланади. Ундан ташқари экологлар кондиционерларни табиатга зарар деб билишади учун максимал қаршилик қилишади. Шу учун ҳам ҳатто 40 градусда ҳам французлар чидашга мажбур. Уйларнинг ҳатто 20 фоизи ҳам кондиционерлар билан жиҳозланмаган.
Бу фақат кўп қаватли уйларга деб ўйласангиз адашасиз. Ҳатто ўз ҳовлингизда ўрнатиш учун ҳам мериядан рухсат олиш керак. Мерия бўлса сиз ўрнатадиган кондиционер ҳовлини ташқи кўринишига таъсир қилмаслиги, шовқин қўшниларни безовта қилмаслиги ва яна бир қатор деталларни текшириб кўради. Яқинда ўқиган бир мақоламда айтилишича уйдан 500 метр ҳудудда черков ёки тарихий ёдгорлик бўлиши ҳам мумкин эмас экан.
Сиз бир қанча ҳужжат тўплаб, чоп этиб, ойлаб кутиб рухсат олсангиз ҳам, масалан арзонгина 3 299 000 Сўмга кондиционер харид қилиб ўрнатолмайсиз. Аввало кондиционерлар турли хил божлар сабаб қиммат, ундан ташқари кондиционерни ўрнатиш бир неча кун вақт олади. Франция қонунлари бўйича кондиционер фақат лицензияга эга усталар томонидан ўрнатилади. Уларни топиб, навбатга туриб узоқ муддат кутиш керак бўлади. Кўпинча кондиционерни ўрнатиш харажатлари 1000 евродан ошиб кетади.
Биз учун оддий бўлган нарса, Францияда узоқ бюрократик қиммат азобли жараён. Ўрнатгандан кейин ҳам бу муаммолардан қутулмайсиз. Масалан, ичкаридаги ҳаво ташқаридагидан 8 градусдан ортиқ фарқ қилмаслик керак деган аҳмоқона норма бор. Дейлик, ҳозир Парижда 40 градус бўлса, сиз ичкарида ҳавони қонун бўйича 32 даражадан пастга туширмаслигингиз керак. Шунчаки қонун бўлса керак десангиз, шу кунларда бир нечта хусусий боғчаларда айнан шуни назорат қилиб чиқишибди. Ундан ташқари бино ичида ҳаво 26 даражадан паст бўлиши ҳам қонунан тақиқланади. Сиз бино ичида ҳаво 26 даражага тушганда кондиционерни ўчиришга мажбурсиз.
Хуллас, жазирамада биз учун оддий нарса бўлган кондиционерда салқинда нафас ростлаганда, бу французлар учун эришиш қийин бўлган катта комфорт эканлигини эслаб қўйинг))
Manba: https://t.me/allaevuzb
1 143
Konditsionerni ixtiro qilgan insonga ming rahmat! Tasanno.
Agar konditsioner boʻlmaganda bu kabi postlar ham yozilmasdi, menimcha😄
