ar
Feedback
FAO in Uzbekistan

FAO in Uzbekistan

الذهاب إلى القناة على Telegram

Official channel of the UN FAO Representation in Uzbekistan BMT FAOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rasmiy kanali 📍 2, University Street, Qibray district 📧 fao-uz@fao.org 🌐 http://www.fao.org/countryprofiles/index/en/?iso3=UZB

إظهار المزيد
Uzbekistan54 949الفئة غير محددة
339
المشتركون
+224 ساعات
+17 أيام
+2530 أيام

جاري تحميل البيانات...

القنوات المماثلة
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
أغسطس '26
أغسطس '26
+38
في 9 قنوات
يوليو '26
+22
في 5 قنوات
Get PRO
يونيو '26
+17
في 2 قنوات
Get PRO
مايو '26
+23
في 1 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+23
في 6 قنوات
Get PRO
مارس '26
+16
في 4 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+280
في 6 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
26 أغسطس0
25 أغسطس+2
24 أغسطس0
23 أغسطس0
22 أغسطس0
21 أغسطس+1
20 أغسطس0
19 أغسطس0
18 أغسطس+2
17 أغسطس+2
16 أغسطس+2
15 أغسطس0
14 أغسطس+2
13 أغسطس+4
12 أغسطس+14
11 أغسطس0
10 أغسطس0
09 أغسطس+1
08 أغسطس0
07 أغسطس0
06 أغسطس+2
05 أغسطس0
04 أغسطس+2
03 أغسطس+2
02 أغسطس+1
01 أغسطس+1
منشورات القناة
👩‍🌾 Tanishing, bu — Mamura Mingbayeva. U Bo‘stonliq tumanida 30 yildan buyon sut mahsulotlari tayyorlab keladi. FAOning “He
+5
👩‍🌾 Tanishing, bu — Mamura Mingbayeva. U Bo‘stonliq tumanida 30 yildan buyon sut mahsulotlari tayyorlab keladi. FAOning “Hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik” loyihasi doirasida tashkil etilgan trening Mamuraga ko‘p yillik tajribasini rivojlanayotgan biznesga aylantirishga yordam berdi. U mahsulotlar gigiyenasi va sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash, narx belgilash hamda ishini samarali rejalashtirish bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldi. Loyiha doirasida taqdim etilgan elektr sut separatori va sovutgich natijasida: 🔹 sutni qayta ishlash vaqti qariyb ikki soatdan 35 daqiqagacha qisqardi; 🔹 shu vaqt ichida tayyorlanadigan qurt miqdori 5 kilogrammdan 10 kilogrammgacha oshdi; 🔹 mahsulotlarni uzoqroq saqlash va ko‘proq buyurtma qabul qilish imkoniyati yaratildi; 🔹 Mamuraning daromadi uch barobardan ziyod oshdi. Bugun Mamura uchta sog‘in sigirga ega. U o‘z biznesini mustaqil boshqaradi va egallagan bilimlarini mahalladagi boshqa xotin-qizlar bilan baham ko‘radi.
“Agar ayollarga bilim va zarur jihozlar berilsa, ular biznes yurita oladi. Men buning isbotiman”, — deydi Mamura.
Bo‘stonliq tumanida loyiha doirasida sut mahsulotlari ishlab chiqarish va asalarichilik yo‘nalishlarida jami 48 nafar qishloq ayoli ta’lim, amaliy yordam va zarur jihozlar bilan qo‘llab-quvvatlandi. Batafsil

2
🔍 Sirdaryo viloyatida IPM texnologiyalari bo‘yicha amaliy tadqiqotlar davom etmoqda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtir+5
🔍 Sirdaryo viloyatida IPM texnologiyalari bo‘yicha amaliy tadqiqotlar davom etmoqda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan FAOning “Xavfli kimyoviy moddalarni samarali boshqarish uchun texnik ko‘maklashish” loyihasi doirasida ilmiy va amaliy tadqiqot ishlari davom etmoqda. ✔️ Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba Universal” klasterining g‘o‘za tajriba maydonlarida zararli organizmlarga qarshi integratsiyalashgan kurash tizimi (IPM) asosida dala tadqiqotlari olib borilmoqda. Tadqiqotlar davomida g‘o‘zaning fitosanitar holati, zararkunandalar va foydali entomofaglar muntazam monitoring qilinib, biologik himoya usullarining samaradorligi baholanmoqda. Shuningdek, dala mutaxassislariga IPM tamoyillari, zararkunandalarni monitoring qilish va biologik himoya usullarini amaliyotda samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda. ------ 🔍 Practical Research on IPM Technologies Continues in Syrdarya Region Scientific and practical research activities are continuing within the framework of the FAO project “Technical Assistance for the Sound Management of Hazardous Chemicals,” funded by the European Union. ✔️ Field research on Integrated Pest Management (IPM) technologies is being conducted in the experimental cotton fields of the “Sardoba Universal” cluster in Syrdarya Region. As part of the research, the phytosanitary condition of cotton crops, the presence of pests and beneficial entomophagous insects are regularly monitored, while the effectiveness of biological pest control methods is also being assessed. In addition, field specialists receive practical recommendations on the principles of IPM, pest monitoring, and the effective application of biological control methods under field conditions. 🌐 Facebook 🚀 Telegram 🌐 Website
700
3
🌐 FAO Markaziy Osiyoda iqlimga chidamli rivojlanish bo‘yicha muloqot va hamkorlikni kuchaytirmoqda 🖥 Birlashgan Millatlar T+4
🌐 FAO Markaziy Osiyoda iqlimga chidamli rivojlanish bo‘yicha muloqot va hamkorlikni kuchaytirmoqda 🖥 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) 2026-yil 14-avgust kuni Toshkent shahridagi Green University bo‘lib o‘tgan “Iqlimga chidamli Markaziy Osiyo uchun fan, innovatsiyalar va hamkorlik” mavzusidagi Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muloqotda ishtirok etdi. Muloqot doirasida mintaqaning turli mamlakatlaridan olimlar, siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari va yosh mutaxassislar jamlanib, Markaziy Osiyo bugun duch kelayotgan eng dolzarb muammolar - iqlim xatarlarining kuchayishi, suv tanqisligi, yerlarning degradatsiyasi hamda o‘zgarib borayotgan iqlim sharoitiga bardosh bera oladigan oziq ovqat va qishloq xo'jaligi tizimlarini shakllantirish zarurati muhokama qilindi. Tadbirning muhim natijalaridan biri FAO va Green University o‘rtasidagi yangi mintaqaviy hamkorlikning rasman yo‘lga qo‘yilgani bo‘ldi. 🔼 FAOning O‘zbekistondagi vakili o'rinbosari Sherzod Umarov o‘zining ochilish nutqida Muloqotning asosiy yo‘nalishini belgilab berib, iqlim masalalariga tizimli bo'lmagan yondashuvlardan kompleks va uyg‘unlashtirilgan harakatlarga, alohida tadqiqotlardan esa dalillarga asoslangan siyosiy qarorlarni ishlab chiqishga o‘tish zarurligini ta’kidladi. U ilm-fan faqat qarorlar, investitsiyalar va aniq natijalarga aylantirilgandagina amaliy qiymat kasb etishini qayd etib, o‘zgarib borayotgan iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi, suv, yer va ekotizimlar bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikka oid FAO qarashlarini bayon etdi. FAO texnik ekspertlari iqlim barqarorligini ta’minlash uchun innovatsiyalar, aylanma iqtisodiyot va mintaqaviy hamkorlikka bag‘ishlangan IV sessiyada asosiy ma’ruzalarni taqdim etdilar. Ushbu sessiya Muloqotning kelajakka yo‘naltirilgan muhim muhokamalaridan biri bo‘ldi. Yoshlarning iqlim tashabbuslariga bag‘ishlangan maxsus sessiyada FAO vakili tadbir ishtirokchisi bo‘lgan yosh mutaxassislarga bevosita murojaat qilib, FAO doirasida yoshlar uchun rivojlanish va o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatlarini taqdim etdi hamda mintaqaning iqlim kun tartibini yoshlar ishtirokida shakllantirish muhimligini ta’kidladi. 🔗 Batafsil ------ 🌐 FAO Forges New Partnership and Leads High-Level Climate Dialogue in Central Asia 🖥 The Food and Agriculture Organization of the United Nations (FAO) participated in the Central Asian Climate Change Dialogue titled "Science, Innovation and Cooperation for a Climate-Resilient Central Asia" and held on 14 August 2026 at the Green University in Tashkent. The Dialogue brought together scientists, policymakers, international organizations and young professionals from across the region to address some of the most pressing challenges facing Central Asia today: accelerating climate risks, water scarcity, land degradation and the urgent need to build agrifood systems that can withstand a changing climate. The event also marked the formalization of a new regional partnership between FAO and Green University, one of the Dialogue's most significant outcomes. 🔼Mr. Sherzod Umarov, Assistant FAO Representative in Uzbekistan, set the tone for the Dialogue in his opening remarks, calling for a clear shift from fragmented responses to integrated climate action, and from isolated research to evidence-informed policy. He stressed that science creates value only when it translates into decisions, investment and measurable results — and outlined FAO's vision for regional cooperation on agriculture, water, land and ecosystems under a changing climate. FAO technical experts led and presented in Session IV, dedicated to innovation, circular economy and regional cooperation for climate resilience — one of the Dialogue's most forward-looking discussions. During the Special Session on youth climate initiatives, FAO's representative spoke directly to the next generation of professionals in the room, outlining pathways for young people to grow and contribute within FAO and shape the region's climate agenda from within. 🔗 Read more 🌐 Facebook 🚀 Telegram
296
4
⬆️ From Uzbekistan to FAO headquarters: Tamila Khojaeva’s professional journey 🎓 Tamila Khojaeva, a Master’s student at Gree
⬆️ From Uzbekistan to FAO headquarters: Tamila Khojaeva’s professional journey 🎓 Tamila Khojaeva, a Master’s student at Green University, was selected through a competitive process announced by FAO and is currently undertaking an internship at FAO headquarters in Rome, Italy. Working with FAO’s Forest and Landscape Restoration Mechanism team, Tamila supports the documentation of good ecosystem restoration practices from Uzbekistan and other Central Asian countries, the development of knowledge products and the implementation of a regional project. 🌍 This experience enables the young professional to gain international knowledge and explore how global approaches can be adapted to Uzbekistan’s context. 💬 “My experience at FAO is providing me with the technical knowledge and tools needed to apply global ecosystem restoration standards in Uzbekistan,” Tamila said. 🔗 Read more
243
5
⬆️ O‘zbekistondan FAO bosh qarorgohigacha: Tamila Khojaevaning professional yo‘li 🎓 Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zg+2
⬆️ O‘zbekistondan FAO bosh qarorgohigacha: Tamila Khojaevaning professional yo‘li 🎓 Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) magistranti Tamila Khojaeva FAO tomonidan e’lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘lib, ayni paytda Italiyaning Rim shahridagi FAO bosh qarorgohida amaliyot o‘tamoqda. 🌳 Tamila FAOning O‘rmon va landshaftlarni tiklash mexanizmi jamoasi bilan birgalikda O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi ekotizimlarni tiklash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni hujjatlashtirish, bilim mahsulotlarini tayyorlash hamda mintaqaviy loyihani amalga oshirishga ko‘maklashmoqda. 🌍 Ushbu tajriba yosh mutaxassisga xalqaro bilim va yondashuvlarni o‘rganish hamda kelgusida ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkonini bermoqda. “FAOdagi tajriba global ekotizimlarni tiklash standartlarini O‘zbekistonda qo‘llash uchun zarur texnik bilim va vositalarni egallash imkonini bermoqda”, — deydi Tamila. ➡️ Batafsil 🌐 Facebook 🚀 Telegram 🌐 Website
724
6
🔈 Diqqat tanlov | O‘zbekistonda barqaror yaylov chorvachiligi kelajagini yoshlar bilan birgalikda shakllantirish tadbiri Qis
🔈 Diqqat tanlov | O‘zbekistonda barqaror yaylov chorvachiligi kelajagini yoshlar bilan birgalikda shakllantirish tadbiri Qishloq xo‘jaligi, chorvachilik yoki iqlim o'zgarishi masalalariga qiziqasizmi? Unda bu tanlov aynan siz uchun. 2026-yil BMT tomonidan Xalqaro yaylovlar va chorvadorlar yili deb e’lon qilingan. Bu O‘zbekiston yoshlari uchun chorvachilik va yaylovlardan foydalanishning kelajagini shakllantirishda faol ishtirok etish uchun muhim imkoniyat. 🖥 FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, WFF Uzbekistan Youth Chapter, Qishloq xo'jaligi vazirligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda 18–35 yoshdagi yoshlarni O‘zbekistonda barqaror yaylov chorvachiligi kelajagini yoshlar bilan birgalikda shakllantirish milliy maslahatlashuvida ishtirok etishga va 2026-yil Rim shahrida bo'lib o'tadigan Butunjahon oziq-ovqat forumi (WFF) uchun O‘zbekiston yoshlari tavsiyalarini ishlab chiqishga taklif etadi. Nega ishtirok etish kerak? 📣 O‘z fikringizni milliy va xalqaro darajada bildiring 🤝 Yosh yetakchilar va chorvachilik hamda yaylovlardan foydalanish bo‘yicha ekspertlar bilan tanishing 💡 Chorvachilik va yaylov xo‘jaligining kelajagi bo‘yicha g‘oyalaringizni ulashing ✈️ Rim shahrida bo‘lib o‘tadigan WFF 2026 da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ling Qanday ishtirok etish mumkin? 1️⃣ Ushbu havola orqali Milliy yoshlar so‘rovnomasini to‘ldiring (So'rovnoma to'ldirish muddati: 2026-yil 25-avgust, soat 23:00) 2️⃣ Saralangan ishtirokchilar yakuniy tavsiyalarni shakllantirishga bag'ishlangan onlayn maslahatlashuvda ishtirok etadilar. 3️⃣ Eng faol bir yoki ikkita ishtirokchi O‘zbekiston tavsiyalarini Rim shahrida WFF 2026 doirasida taqdim etish uchun tanlab olinadi. 🔗 Batafsil ma’lumot ❓ Savollar uchun: fao-uz@fao.org ------ 🔈 Call for Youth Participation | Youth Shaping Sustainable Pastoralist Futures in Uzbekistan Passionate about agriculture, livestock, climate action, or rural communities? 2026 is the UN's International Year of Rangelands and Pastoralists — and Uzbekistan's youth have a chance to shape the future of pastoralism. 🖥 FAO Representation in Uzbekistan, with the WFF Uzbekistan Youth Chapter, Ministry of Agriculture, "Zamin" International Public Foundation and the Youth Affairs Agency, invites youth aged 18–35 to join the national consultation on Youth Shaping Sustainable Pastoralist Futures and help develop Youth Recommendations from Uzbekistan for the World Food Forum 2026 in Rome. Why join? 📣 Make your voice heard nationally & internationally 🤝 Connect with young leaders and pastoralism experts 💡 Share ideas for the future of livestock & pastoral systems ✈️ Get a chance to represent Uzbekistan in Rome How to participate: 1️⃣ Complete the National Youth Survey by clicking to this link (Deadline: 25 August 2026, 23:00 UZT) 2️⃣ Selected participants join an online consultation to shape the final recommendations 3️⃣ One or two representatives are chosen to present Uzbekistan's recommendations at WFF 2026 in Rome 🔗Read more ❓ Questions? Contact: fao-uz@fao.org 🌐 Facebook 🚀 Telegram 🌐 Website
6 767
7
📣 Diqqat, diqqat! 🌾 2026-yil 8–12-oktabr kunlari Italiyaning Rim shahridagi Circo Massimo maydonida FAOning ikkinchi #Seeds
📣 Diqqat, diqqat! 🌾 2026-yil 8–12-oktabr kunlari Italiyaning Rim shahridagi Circo Massimo maydonida FAOning ikkinchi #Seeds2Foods — “Urug‘dan oziq-ovqatgacha” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 🌍 Ko‘rgazmada dunyoning turli mamlakatlariga xos mahsulotlar, oziq-ovqat xilma-xilligi va milliy an’analar namoyish etiladi. 🇺🇿 Ko‘rgazmada O‘zbekiston ham o‘z milliy ekspozitsiyasi bilan ishtirok etadi. 📍Manzil: Circo Massimo, Rim, Italiya 📆 Sana: 2026-yil 8–12-oktabr 🎟 Kirish bepul 🔗 Batafsil •••••••••• 📣 Mark your calendar! 🌾 The second FAO #Seeds2Foods Exhibition will take place at Circo Massimo in Rome, Italy, from 8 to 12 October 2026. 🌍 Discover the diversity of foods, products and culinary traditions from around the world. 🇺🇿Uzbekistan will also participate with its national exhibition. 📍 Venue: Circo Massimo, Rome, Italy 📆 Dates: 8–12 October 2026 🎟 Free entry 🔗 Learn more 🌐 Facebook 🚀 Telegram 🌐 Website
288
8
📣 Diqqat, diqqat! 🌾 2026-yil 8–12-oktabr kunlari Italiyaning Rim shahridagi Circo Massimo maydonida FAOning ikkinchi #Seeds
📣 Diqqat, diqqat! 🌾 2026-yil 8–12-oktabr kunlari Italiyaning Rim shahridagi Circo Massimo maydonida FAOning ikkinchi #Seeds2Foods — “Urug‘dan oziq-ovqatgacha” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 🌍 Ko‘rgazmada dunyoning turli mamlakatlariga xos mahsulotlar, oziq-ovqat xilma-xilligi va milliy an’analar namoyish etiladi. 🇺🇿 Ko‘rgazmada O‘zbekiston ham o‘z milliy ekspozitsiyasi bilan ishtirok etadi. 📍Manzil: Circo Massimo, Rim, Italiya 📆 Sana: 2026-yil 8–12-oktabr 🎟 Kirish bepul 🔗 Batafsil •••••••••• 📣 Mark your calendar! 🌾 The second FAO #Seeds2Foods Exhibition will take place at Circo Massimo in Rome, Italy, from 8 to 12 October 2026. 🌍 Discover the diversity of foods, products and culinary traditions from around the world. 🇺🇿Uzbekistan will also participate with its national exhibition. 📍 Venue: Circo Massimo, Rome, Italy 📆 Dates: 8–12 October 2026 🎟 Free entry 🔗 Learn more 🌐 Facebook 🚀 Telegram 🌐 Website
1
9
🧪 FAO va Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda xavfli kimyoviy moddalarni xavfsiz boshqarish uchun laboratoriyalar salohiyatini mus+6
🧪 FAO va Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda xavfli kimyoviy moddalarni xavfsiz boshqarish uchun laboratoriyalar salohiyatini mustahkamlamoqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Xavfli kimyoviy moddalarni samarali boshqarish uchun texnik ko‘maklashish” loyihasi doirasida Ekologik Monitoring Milliy Markazi (EMMM) mutaxassislari uchun ixtisoslashtirilgan laboratoriya o‘quv dasturining ikkinchi bosqichini boshladi. 📈 2026-yil 10–13-avgust kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan to‘rt kunlik trening kimyoviy tahlillar, pestitsid qoldiqlarini aniqlash hamda atrof-muhit monitoringi sohasida milliy salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan. Mazkur trening laboratoriya mutaxassislarining texnik salohiyatini oshirish hamda laboratoriyaning xalqaro akkreditatsiyaga erishish jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan to‘rt modulli o‘quv dasturining uchinchi va to‘rtinchi modullarini o‘z ichiga oladi. 2026-yil iyun oyida o‘tkazilgan birinchi bosqichning mantiqiy davomi sifatida ushbu bosqich ISO/IEC 17025:2017 standarti talablariga muvofiq tahlil usullarini validatsiya qilish, shuningdek laboratoriyalarda kimyoviy xavfsizlik va xavf-xatarlarni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan. 🔗 Batafsil ------ 🧪FAO and European Union strengthen Uzbekistan’s laboratory capacity for safer chemicals management The Food and Agriculture Organization of the United Nations (FAO), through the European Union-funded project Technical Assistance for the Sound Management of Hazardous Chemicals, has launched the second phase of specialized laboratory training for staff of the National Center on Environmental Monitoring (NCEM) in Uzbekistan. 📈The four-day training taking place from 10 to 13 August in Tashkent aims to strengthen national capacities in chemical analysis, pesticide residue testing and environmental monitoring. The training includes the third and fourth modules of a four-part programme designed to enhance the technical expertise of NCEM specialists and support the laboratory’s progress towards international accreditation. Building on the first phase delivered in June 2026, the programme focuses on analytical method validation in accordance with ISO/IEC 17025:2017 requirements, as well as chemical safety and hazard management in laboratory settings. 🔗 Read more 🌐 Facebook 🚀 Telegram 🌐 Website
1 184
10
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun mamlakatimizda ilk bor Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligiga start berildi. Barqaror rivojlanish bugung+9
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun mamlakatimizda ilk bor Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligiga start berildi. Barqaror rivojlanish bugungi kunda har bir davlatning uzoq muddatli taraqqiyotini belgilaydigan muhim omilga aylanmoqda. U iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda inson kapitali, ijtimoiy adolat, atrof-muhit muhofazasi va samarali davlat boshqaruvini qamrab oladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi bilan uyg‘unlashtirildi. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada tizimli va natijador tashkil etish uchun mustahkam asos yaratdi. Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi davlat organlari, parlament, hukumat, mahalliy hokimliklar, fuqarolik jamiyati institutlari, xususiy sektor va xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda yangi tashabbuslarni shakllantirish uchun muhim maydon bo‘ladi. Biz uchun eng muhim vazifa — qabul qilingan maqsad va vazifalarning har bir hududda, har bir mahallada va eng muhimi, insonlar hayotida o‘zining amaliy ifodasini topishidir. Ishonamanki, ushbu oylik doirasida shakllantiriladigan taklif va tashabbuslar mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, inson qadrini yuksaltirishga va Milliy maqsadlarga erishishga munosib hissa qo‘shadi. #senat @tanzilanarbaeva
279
11
🍎 Baxmalda iqlimga chidamli bog‘dorchilik sari yangi qadam Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Osiyo taraqqiyot banki (ADB)+5
🍎 Baxmalda iqlimga chidamli bog‘dorchilik sari yangi qadam Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Osiyo taraqqiyot banki (ADB) tomonidan moliyalashtirilayotgan yangi “Barqaror tijorat bog‘dorchiligi uchun aniq qishloq xo‘jaligi” loyihasi amalga oshirilmoqda. FAO va ISCAD hamkorligidagi loyiha aniq dehqonchilik texnologiyalari va iqlimga mos amaliyotlarni joriy etish orqali fermerlarning suv tanqisligi hamda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlarga bardoshliligini oshirishga qaratilgan. Loyiha uchun 124 nafar ishtirokchi, jumladan, 75 nafar xotin-qiz saralab olindi. 🔎 FAO ekspertlari fermerlarning ehtiyojlarini aniqlash va mahalliy sharoitga mos yechimlarni belgilash maqsadida 15 ta bog‘ hamda 20 ta dehqon xo‘jaligida o‘rganishlar olib bordi. Natijalar suv tanqisligi hudud bog‘dorchiligidagi eng dolzarb muammo ekanini ko‘rsatdi. Loyiha doirasida quyidagi yechimlarni joriy etish rejalashtirilgan: ☑️ tomchilatib va aqlli sug‘orish tizimlari; ☑️ quyosh energiyasida ishlovchi uskunalar; ☑️ yuqori zichlikdagi ekish texnologiyalari; ☑️ sovutish omborlari; ☑️ aniq dehqonchilik, iqlimga mos qishloq xo‘jaligi va o‘simliklarni integratsiyalashgan himoya qilish bo‘yicha amaliy treninglar. Kutilayotgan natijalar – suvdan samaraliroq foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, hosildorlikni oshirish, mahsulot yo‘qotishlarini qisqartirish hamda fermer xo‘jaliklarining iqlim xatarlariga bardoshliligini mustahkamlash. Bugungi kunda an’anaviy olma bog‘larida hosildorlik gektariga 8–12 tonnani tashkil etsa, intensiv bog‘larda bu ko‘rsatkich 25–40 tonnagacha yetishi mumkin. ............ 🍎 A new step towards climate-resilient horticulture in Bakhmal A new project entitled “Precision Agriculture for Resilient Commercial Horticulture Sector,” financed by the Asian Development Bank (ADB), is under way in Bakhmal district of Jizzakh region. Implemented jointly by FAO and the International Strategic Center for Agri-Food Development (ISCAD), the project aims to strengthen farmers’ resilience to water scarcity and climate-related risks through the introduction of precision agriculture technologies and climate-smart practices. A total of 124 beneficiaries, including 75 women, have been selected to participate in the project. 🔎 FAO experts have assessed 15 orchards and visited 20 dehkan farms to identify farmers’ needs and determine solutions suited to local conditions. The findings showed that water scarcity is the most pressing challenge facing horticultural production in the area. The project plans to introduce the following solutions: ☑️ drip and smart irrigation systems; ☑️ solar-powered equipment; ☑️ high-density planting technologies; ☑️ cold storage facilities; ☑️ practical training in precision farming, climate-smart agriculture and integrated pest management. Expected results include more efficient water use, lower production costs, higher yields, reduced post-harvest losses and greater resilience of farming households to climate-related risks. Traditional apple orchards currently produce 8–12 tonnes per hectare, while intensive orchards can yield 25–40 tonnes per hectare.
1 667
12
O‘zbekiston va Turkiya o‘rmonlarni tiklash bo‘yicha tajriba almashdi 🇺🇿O‘zbekistonlik o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari Turki+4
O‘zbekiston va Turkiya o‘rmonlarni tiklash bo‘yicha tajriba almashdi 🇺🇿O‘zbekistonlik o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari Turkiyada o‘rmonlarni barqaror boshqarish, tiklash va sifatli ko‘chat yetishtirish bo‘yicha amaliy tajribalarni o‘rgandilar. 🌳 Delegatsiya Istanbul o‘rmon mintaqaviy boshqarmasi faoliyati bilan tanishib, o‘rmonlarni muhofaza qilish, yong‘inlarning oldini olish va degradatsiyaga uchragan hududlarni tiklash masalalarini muhokama qildi. 🌳 Bahçeköy o‘rmon ko‘chatxonasida esa daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish, parvarishlash, mahalliy sharoitga moslashtirish va ekishga tayyorlash jarayonlari o‘rganildi. 🤝 Tashrif davomida olingan bilimlar O‘zbekistonda o‘rmon ko‘chatxonalari faoliyatini takomillashtirish, sifatli ekish materiallari yetishtirish hamda ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Texnik tashrif Global ekologik jamg‘arma (GEF) tomonidan moliyalashtirilayotgan, FAOning “O‘zbekiston tog‘ va vodiy o‘rmonlarini barqaror boshqarish” loyihasi doirasida tashkil etildi. --- Uzbekistan and Türkiye exchange expertise on forest restoration 🇺🇿 Forestry specialists from Uzbekistan visited Türkiye to gain practical insights into sustainable forest management, forest restoration and the production of quality planting material. 🌳 The delegation learned about the work of the Istanbul Regional Directorate of Forestry and discussed forest protection, fire prevention and the restoration of degraded areas. 🌳 At the Bahçeköy Forest Nursery, participants observed how tree and shrub seedlings are produced, maintained, acclimatized and prepared for planting. 🤝 The knowledge gained during the visit will support efforts to improve forest nursery operations in Uzbekistan, strengthen the production of quality planting material and expand cooperation between research and production institutions. The technical visit was organized under the “Sustainable Forest Management in Mountain and Valley Areas of Uzbekistan” project, financed by the Global Environment Facility (GEF).
223
13
🦗 Chigirtkalarni erta aniqlash — xavflarning oldini olishning muhim sharti 🇰🇿 🇹🇲 🇺🇿 Birlashgan Millatlar Tashkilotinin+5
🦗 Chigirtkalarni erta aniqlash — xavflarning oldini olishning muhim sharti 🇰🇿 🇹🇲 🇺🇿 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Islom oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti (IOFS) Buxoro viloyatida Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston mutaxassislari uchun chigirtkalar va chigirtkasimon hasharotlarni, jumladan saksovul bukri chigirtkasini aniqlash bo‘yicha mintaqaviy amaliy mashg‘ulotlar tashkil etdi. 🔬 Ishtirokchilar Jondor, Peshku va Romitan tumanlarida dala kuzatuvlarini o‘tkazib, namunalar to‘plash, chigirtka turlari va ularning rivojlanish bosqichlarini aniqlash, shuningdek, biologik kurash usullarini qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi. 📊 Tadbir FAOning Kavkaz va Markaziy Osiyoda chigirtkalarni boshqarishni takomillashtirish dasturi hamda IOFSning Transchegaraviy zararkunandalarga qarshi kurashish dasturi doirasida, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. 🤝 Ishonchli dala ma’lumotlari, samarali erta ogohlantirish tizimi va mamlakatlar o‘rtasidagi tezkor axborot almashinuvi ehtimoliy xavflarni ular kuchayishidan oldin aniqlash, ekinlar va yaylovlarni himoya qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. ........ 🦗 Early locust identification is essential for effective risk prevention 🇰🇿 🇹🇲 🇺🇿 The Food and Agriculture Organization of the United Nations (FAO) and the Islamic Organization for Food Security (IOFS) brought together specialists from Kazakhstan, Turkmenistan and Uzbekistan in Bukhara Region to strengthen their capacity to identify locusts and grasshoppers, including the Saxaul humpback grasshopper. 🔬 During field surveys in Zhondor, Peshku and Romitan districts, participants collected specimens and strengthened their practical skills in identifying species and their developmental stages, as well as applying biological control methods. 📊 The initiative was implemented under FAO’s Programme to improve national and regional locust management in Caucasus and Central Asia and the IOFS Transboundary Pests Control Programme, in cooperation with Uzbekistan’s Agency for Plant Protection and Quarantine. 🤝 Reliable field data, effective early warning systems and timely information exchange among countries are essential for identifying risks before they escalate, protecting crops and rangelands, and safeguarding food security.
218
14
🌳 O‘rmonlarni barqaror boshqarishda gender tengligi nega muhim? O‘zbekistonda Davlat o‘rmon fondi 11,7 million gektarni, ya’
🌳 O‘rmonlarni barqaror boshqarishda gender tengligi nega muhim? O‘zbekistonda Davlat o‘rmon fondi 11,7 million gektarni, ya’ni mamlakat hududining 26 foizdan ortig‘ini egallaydi. Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik sohalarida band bo‘lganlarning 43 foizdan ortig‘ini ayollar tashkil etadi. Ularning mehnati oilalar farovonligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligiga muhim hissa qo‘shmoqda. FAOning texnik ko‘magida ishlab chiqilgan Gender strategiyasi va Harakatlar rejasi: 🌱 rahbarlik lavozimlarida ayollar ulushini kamida 20 foizga yetkazish; 🌱 daromad keltiruvchi faoliyat ishtirokchilarining kamida 30 foizini ayollar tashkil etishini ta’minlashni ko‘zda tutadi. 📚 FAO ko‘magidagi o‘quv dasturlari 442 nafar ayolga asalarichilik, hunarmandchilik va dorivor o‘simliklar yetishtirish orqali daromadlarini oshirishga ko‘maklashdi. 🔗 Batafsil 🌐Facebook 💎Telegram 🌎Website
167
15
Ўзбекистонда миллионлаб чорва моллари ҳам “қоғозда” кўпайтириб кўрсатилган Энг катта гўштни қўшиб ёзиш ҳолати Қашқадарёда. Ўз
Ўзбекистонда миллионлаб чорва моллари ҳам “қоғозда” кўпайтириб кўрсатилган Энг катта гўштни қўшиб ёзиш ҳолати Қашқадарёда.   Ўзбекистонда қорамоллар сони расмий ҳисоботларда ёзилган 14,5 млндан 2,5 млнга (17,2 фоизга), қўй ва эчкилар сони эса 24,5 млндан 1,5 млнга (6,1 фоизга) кам чиққан. Бунинг ортидан йиллар давомида аҳолининг гўшт ва сут маҳсулотларига бўлган реал эҳтиёжи ҳамда гўшт инфляцияси нотўғри ҳисоблаб келинган. “Қашқадарёда қорамоллар сони 171 минг бошга, қўй ва эчки 288 минг бошга кам. Бу битта вилоят ҳисобидан бозорга 50 минг тонна гўшт, 120 млн литр сут чиқмайди дегани. Норқулов, Марказий банк раиси Нодир Очилов, Бўтаевга топшириқ — 1 августгача гўшт балансини вилоят кесимида тўлиқ қайта кўриб чиқсин. Қачон, қайси давлатдан қанча гўшт олиб келишни календар қилиб тадбиркорлар билан амалий ишга киришсин. Бунинг учун гўштни самолётда олиб келишга имтиёз йил якунигача узайтирилади”, деди Мирзиёев. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
177
16
https://www.facebook.com/share/v/1Hev3e3d4h/
1
17
لا يوجد نص...
185
18
O‘zbekiston va FAO hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi 🌱Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘ja+1
O‘zbekiston va FAO hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi 🌱Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2026-yil 20–24-iyul kunlari Italiyaning Rim shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohida o‘tkazilayotgan Qishloq xo‘jaligi qo‘mitasining (COAG) 30-sessiyasi ishida ishtirok etmoqda. ℹ️Sessiya doirasida vazir FAO Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Mauritsio Martina bilan uchrashdi. 🗣Muloqot davomida O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar, shuningdek, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va dasturlarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🚜 Uchrashuvda Toshkent shahrida FAOning texnologiyalar va ilg‘or tajribalar markazini (Centre of Excellence) tashkil etish tashabbusi alohida ko‘rib chiqildi. 📰Mazkur markaz orqali xalqaro ilg‘or qishloq xo‘jaligi tajribalari va zamonaviy texnologiyalarni namoyish etish, ularni mamlakatimiz sharoitida sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish, shuningdek, O‘zbekistonning agrar sohadagi tajribasini boshqa davlatlar bilan almashish imkoniyatlari yaratilishi ta’kidlandi. 🌱Tomonlar FAO va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilm-fan, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. ✅Uchrashuv yakunida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Mauritsio Martinaga FAO Bosh direktori lavozimiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda omad va muvaffaqiyat tiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
157
19
https://www.fao.org/webcast/en
158
20
COAG 30-sessiyasi: O‘zbekiston agrar islohotlari xalqaro e’tibor markazida 🗣Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov 20+4
COAG 30-sessiyasi: O‘zbekiston agrar islohotlari xalqaro e’tibor markazida 🗣Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2026-yil 20–24-iyul kunlari Italiyaning Rim shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohida o‘tkazilayotgan Qishloq xo‘jaligi qo‘mitasining (COAG) 30-sessiyasi ishida ishtirok etmoqda. 🤝 Dunyoning turli mamlakatlari vazirlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va soha ekspertlarini bir maydonga jamlagan mazkur nufuzli anjuman doirasida oziq-ovqat xavfsizligi, bioiqtisodiyot, "Yagona salomatlik" (One Health) konsepsiyasi, iqlim o‘zgarishlariga moslashgan qishloq xo‘jaligi, yer va suv resurslarini samarali boshqarish, chorvachilikni transformatsiya qilish hamda barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. 🌐COAG 30-sessiyasi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazmoqda. 📰Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov FAO Bosh direktori Suy Dunyuy bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar, xususan, ilm-fan, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. 🌱Muloqot davomida O‘zbekistonda agrar sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, suv resurslaridan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishlariga moslashgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish borasida erishilayotgan natijalar yuzasidan ma’lumot berildi. 📈FAO Bosh direktori Suy Dunyuy O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. 🔬 Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonning agrar ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi tajribasini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar almashinuvini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✅Uchrashuv yakunida tomonlar FAO va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi tashabbus va qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
156