Oldies Station
الذهاب إلى القناة على Telegram
thank you for the music Art project by @TashpulatoffJamshid
إظهار المزيد398
المشتركون
+424 ساعات
+47 أيام
+1530 أيام
أرشيف المشاركات
#Day25 🎶
Agar umringiz davomida faqat 1ta qoʻshiq eshitish tanlovi berilsa qaysi qoʻshiqni tanlagan boʻlardingiz?
#Day20 & #Day21 🤩
1. Nima boʻlishidan qatʼiy nazar eshitib qolsangiz kayfiyatingizni koʻtaradigan musiqa? 🫠
2. Qaysi qoʻshiqni eshitsangiz oyoqlaringiz oʻzidan oʻzi qimirlab ketadi?(Eng yaxshi koʻrgan shoʻx/raqsga tushadigan musiqangiz?) 🕺
Mahsulot e'loni:
Lot 1: Denver MC5000 stereo pleyeri
Qurilma haqida:
Model: Denver MC-5000 (Stereo FM Radio / CD Player/ AUX)
Rangi: Toʻq pushti
Holati: Ishlashi yaxshi, tugmalari ishlaydi. Pulti bor(ishlashi nomaʼlum). Devorga ilib qoʻysa boʻladi.
Kosmetik holati: oʻrtachadan yaxshi
Eʼtiborga molik joylari: deyarli 20 yil oldin chiqarilgan qurilma boʻlgani sababli biroz injiq pleyer, ishlash vaqtida qattiq qimirlatsa disk boshqattan oʻqib ketadi. Kolonkalari kichkinaroq lekin xohlagan boshqa kolonkaga ulab qoʻyish mumkin. Bitta kolonkasini ovozi sal pastroq. Faqat Audio-CD oʻqiydi.
Qoʻshimcha qulayliklari: Ajratsa boʻladigan stereo dinamiklar, FM radio, soat va budilnik funksiyasi, AUX.
Boshlangʻich narxi: 100 ming soʻm
Maksimal limit narxi: 250ming soʻm
Auksion boshlandi, sotib olmoqchi boʻlsangiz oʻz takliflaringizni kommentga yozib qoldiring.
Legendarniy Sony magnitofoni
Model: Sony CFD-RS60CP
Rangi: toʻq kulrang
Holati: Zoʻr, har qanday musiqali diskni tiniq oʻqiydi, kasetta o'qiydi, USB fleshka ham eshitsa boʻladi. Radiosi ham ishlaydi, ovozi zoʻr, baland
Aybi: bitta, tugmachalari sal qattiroq bosish kerak, ichini ochib changini tozalab yuborsa ketadi bu muammosi ham.
Boshlangʻich narxi: 150 ming soʻm
Maksimal limit narxi: 350 ming soʻm
Auksion: bugun 12:00dan 20:00gacha davom etadi
#Day19
19-kun 19-savol.
Hayotingizdan 5 daqiqa vaqtingiz qolgan boʻlsa qaysi qoʻshiqni tinglab koʻz yumgan boʻlardingiz?
Mahsulot e'loni:
Lot 1: Denver MC5000 stereo pleyeri
Qurilma haqida:
Model: Denver MC-5000 (Stereo FM Radio / CD Player/ AUX)
Rangi: Toʻq pushti
Holati: Ishlashi yaxshi, tugmalari ishlaydi. Pulti bor(ishlashi nomaʼlum). Devorga ilib qoʻysa boʻladi.
Kosmetik holati: oʻrtachadan yaxshi
Eʼtiborga molik joylari: deyarli 20 yil oldin chiqarilgan qurilma boʻlgani sababli biroz injiq pleyer, ishlash vaqtida qattiq qimirlatsa disk boshqattan oʻqib ketadi. Kolonkalari kichkinaroq lekin xohlagan boshqa kolonkaga ulab qoʻyish mumkin. Bitta kolonkasini ovozi sal pastroq.
Qoʻshimcha qulayliklari: Ajratsa boʻladigan stereo dinamiklar, FM radio, soat va budilnik funksiyasi, AUX.
❗️Narxi va boshqa maʼlumotlar lot ochilgan kuni eʼlon qilinadi.
Maksimal narxdan tushgan foydalar kelgusida "Enigma Quiz" oʻyinlarini yanada koʻproq sovgʻalar bilan boyitishga ishlatilinadi.
KANALIMIZDA AUKSION QOIDALARI 💿📻
ℹ️Mahsulotlar e’loni:
Sotuvga qoʻyiladigan buyumlar auksiondan oldin alohida postda barcha texnik va vizual holati (rasm/video) bilan birga e’lon qilinadi. Unda boshlangʻich narx, qadam narxi va maksimal narx (limit) koʻrsatiladi.
🔔Vaqt oraligʻi:
Auksion - e’lon berilgan kunning ertasiga soat 12:00 da boshlanadi va (vaziyatga qarab)20:00 da yakunlanadi. Takliflar faqat o'sha post ostidagi izohlarda (kommentlarda) qabul qilinadi.
❤️Qadam narxi:
Narxni oshirib borishning minimal qadami — 10 000 soʻm (undan kam oshirish hisobga olinmaydi, koʻproq oshirishga ruxsat beriladi).
⚜️Maksimal narx (Limit qoidasi): Auksion sun’iy ravishda haddan tashqari qimmatlashib ketmasligi uchun har bir buyumga chegara narx belgilanadi. Belgilangan maksimal narxni birinchi boʻlib izohlarda yozgan ishtirokchi toʻgʻridan-toʻgʻri gʻolib deb e’lon qilinadi va oʻsha buyum uchun auksion muddatidan oldin toʻxtatiladi.
🛑Snaypingga qarshi qoida (Anti-sniping): Agar kimdir soat 19:55 dan 20:00 gacha oraliqda yangi narx taklif qilsa, hamma uchun adolatli boʻlishi maqsadida auksion muddati avtomatik ravishda yana 5 daqiqaga uzaytiriladi.
❗️Tahrirlash va bekor qilish:
Narx yozilgan izohni keyinchalik tahrirlash (edit) yoki oʻchirib yuborish taqiqlanadi. Tahrirlangan izohlar qabul qilinmaydi.
✔️Gʻolibni aniqlash va toʻlov:
Agar maksimal limitga yetilmasa, soat 20:00 holatiga koʻra eng yuqori narxni qoldirgan ishtirokchi gʻolib boʻladi. Gʻolib e’lon qilinganidan soʻng 6 soat ichida toʻlovni amalga oshirishi shart. Aks holda kelishuv bekor qilinadi va buyum undan oldingi narxni taklif qilgan ishtirokchiga oʻtadi.
🦖Savol yoki takliflaringiz boʻlsa izohlarda kutib qolamiz.
