Ozodbek Zayniddinov | IT Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
Dasturlash | Kiberxavfsizlik | Shaxsiy blog ............................................................................. Build Break Secure @ozodbekdev | @dasturchichoyxonasi
إظهار المزيد407
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-67 أيام
-1930 أيام
أرشيف المشاركات
Gpt-6 Astra ni sinab koʻrdik
Prompt shunchaki: Toshkent shahri ichida harakatlanuvchi avtomobil oʻyinini yasa
Koʻp qatori Claude pro dan Gpt Plus ga oʻtgan men.
Token sarfi va ishlash samaradorligi boyicha farq ancha sezilarli 😺
🐧 Yangi maqola!
Linux operatsion tizimlari haqida batafsil qo'llanma tayyor
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
• Linux nima?
• Afzallik va kamchiliklari
• Qaysi distributiv kimlar uchun mos?
• Yangi boshlovchilar uchun tavsiyalar
TOʻLIQ MAQOLA
Repost from N/a
🚀 BedorAI ishga tushdi!
Endi Telegram'dagi mijozlaringizga sun'iy intellekt sizning nomingizdan javob berishi mumkin.
💬 Mijoz yozdi, lekin siz bandsizmi?
🛌 Uxlaysizmi?
📞 Har doim telefonni kuzatib o'tirishga vaqtingiz yo'qmi?
BedorAI sizning nomingizdan:
👉 Mijozlarga javob beradi;
👉Mahsulotlar haqida ma'lumot beradi;
👉 Savdoni davom ettiradi;
👉 24/7 ishlaydi.
Eng muhimi bu userbot emas va BedorAi hisobingiz xavfsizligini oʻz zimmasiga oladi 🤖
Hoziroq sinab ko'ring:
🌍 bedorai.ozodbekdev.uz
Fikr va takliflaringiz biz uchun juda muhim. BedorAI hozir faol rivojlanish bosqichida va sizning fikrlaringiz mahsulotni yanada yaxshilashga yordam beradi.
Siz uxlaysiz. BedorAI ishlaydi. 🤖
📘 "TARMOQ ASOSLARI 2" — Cisco IOS & GNS3 bo'yicha to'liq qo'llanma
Muallif: Zayniddinov Ozodbek
Ushbu qo'llanma Cisco IOS va GNS3 simulyatori asosida tarmoq texnologiyalarini o'rganishni boshlagan talabalar hamda professional mutaxassislar uchun mo'ljallangan. Asarda nazariy ma'lumotlar amaliy misollar bilan uyg'unlashtirilgan bo'lib, har bir bob yakunida mustaqil bajarish uchun topshiriqlar keltirilgan.Kitob tarkibi:
🔹 1–14-boblar (Asosiy bilimlar): GNS3 platformasi, Cisco IOS operatsion tizimi, 3745 router xususiyatlari, IOS rejimlari hamda ular orasida harakatlanish, asosiy konfiguratsiya buyruqlari, interfeyslarni sozlash (FastEthernet, Serial, Loopback), show buyruqlari, running-config va startup-config bilan ishlash, GNS3 da laboratoriya qurish, VPCS orqali tarmoq testlari, troubleshooting (muammo diagnostikasi), Telnet orqali masofaviy boshqarish, parol va xavfsizlik sozlamalari, command reference (70 dan ortiq buyruqlar ma'lumotnomasi). 🔹 15–19-boblar (Chuqurlashtirilgan mavzular): Static Routing (AD, metric, longest match, ECMP, IP SLA, IPv6), NTP (stratum, clock discipline, PTP, Chrony), DNS (DNSSEC, DoH/DoT, zone transfer, glue record, split DNS, DDNS), DHCP (DORA, DHCPv6, prefix delegation, snooping, failover), SSH (RSA, key exchange algoritmlari, port forwarding, sertifikatlar, FIPS).⬇️ YUKLASH
2-qism ham jarayonda
Endi CISCO IOS & GNS3 muhitini tayyorlash, Router, qurulmalar qoʻshish, boshqarishni va koʻplab amaliy terminal buyruqlarini oʻrganamiz. Xullas ancha qiziqarli boʻladi. Kiberxavfsizlik sohasini oʻrganayotganlar uchun Tarmoq mavzulari juda muhim va kelgusi ishlar uchun asos hisoblanadi
📶 Tarmoq Asoslari
Muallif: Zayniddinov Ozodbek
Kiberxavfsizlik sohasiga endi qadam tashlayotganlar uchun tarmoq asoslari bo‘yicha to‘liq qo‘llanmaMavzular: • Tarmoq, Router va Switch • IP va MAC manzillari • Subnet Mask va Gateway • OSI va TCP/IP modellari • TCP va UDP protokollari taqqoslanishi • Ping va Routing jarayonlari ⬇️ PDF yuklash
Repost from Naxalov | AI Blog 🔥
Har bir davrning o‘z dam olish sabablari bor:
• Qadim zamonlarda: "Quyosh botdi — uxlaymiz."
• Yaqin o‘tmishda: "Svet o‘chdi."
• O‘tgan yili: "Internet ishlamayapti."
• Bugun: "You’ve reached your max token usage. " 😂️️
@naxalov
🚨 Wireshark’da Kritik Zaifliklar (RCE) Aniqlandi
Mahsulot: Wireshark
Zaiflik turi: Remote Code Execution
Daraja: Critical 🔴
📌 Wireshark’ning ayrim versiyalarida bir nechta xavfli zaifliklar aniqlandi. Ular orqali hujumchi maxsus tayyorlangan tarmoq paketlari yoki ".pcap/.pcapng" fayllar orqali qurilmada ixtiyoriy kod ishga tushirishi mumkin.
📌 Zaiflik parsing jarayonida yuzaga keladi — Wireshark noto‘g‘ri formatlangan trafikni tahlil qilayotganda zararli kodni ishga tushiradi.
---
🎯 Ta’sir qiluvchi versiyalar:
4.x eski versiyalari (aniq patchgacha bo‘lganlar)
🛠 Yechim (Mitigation):
• Wireshark’ni eng so‘nggi versiyaga yangilang
• Noma’lum ".pcap/.pcapng" fayllarni ochmang
• Administrator/root huquqlarida ishlatmang
• Tahlilni sandbox yoki VM muhitida bajaring
---
⚠️ Xavf:
Hujumchi tizimni to‘liq nazoratga olishi mumkin (RCE)
#cybersecurity #wireshark #cve #infosec
