ar
Feedback
Writer_minds

Writer_minds

الذهاب إلى القناة على Telegram

Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa

إظهار المزيد
3 393
المشتركون
+8924 ساعات
+1917 أيام
+1 43130 أيام
أرشيف المشاركات
Poklik Bolaligimda bir surat ongimga mixlanib qolgan. Ular avval qo‘yni ikki oyog‘idan bog‘lashgan, keyin bo‘g‘izlashgan, so‘ng hovlining o‘rtasiga osib qo‘yishgan. Hamma huddi ko‘rgazmadagi bir san’at asariga tikilgandek tikilib turardi. Hech kimning yuragi qimir etmagan. Oxirgi sahna esa qo‘yni hovli chetidagi olmaga oyog‘i osmonda qilib osish bilan tugagan. Juda kichik edim. Amakimdan nega bunday qilishlarini so‘raganimda, “ichidagi kir-qon oqib ketadi, shunda go‘sht pok bo‘ladi,” degan edi. Qani endi insonni ham shunday osishsa, ichidagi hasad, gumon, hirs, nafrat, yig‘ilgan travmalar ham qon kabi oqib tushsa. Bazan o‘ylayman : ayol tanasi har oy o‘zidan bir dunyo kirni chiqarib yuboradi, o‘z vaqtida tug‘ilmagan bir hayotni, bir ehtimolni yer bilan bir qiladi. Balki shu ham bir poklanishdir, tabiatning ayolga bergan yashirin marosimi. Lekin bu oqimlar qalbimni emas, faqat tanamni yengillashtirdi. Qo’yga kelsak, har birimizda o‘sha osilgan qo‘yning sukunati bor, yarim chorasiz, yarim tirik, yarim jim. Biz o‘zimizni o‘zimiz boshqara olmaymiz. Balki allaqachon Annushka moyni to‘kib yuborgandir, va biz qayerda toyishimizni bilmaygina shaxdam qadamlar bilan, baqirib baqirib urishib yuribmiz. Odamning eng katta fojiasi shuki, ichidagi nopoklikni chiqarish uchun hech qanday pichoq, hech qanday osish, hech qanday marosim yetarli emas. Hech qachon tamomila toza bo‘la olmaymiz. Kecha aytganimdek, boshqaning gunohi uchun qo‘lingni bigiz qilolmaysan. Chunki senga ham o‘sha harom qon aralash. Va u mendan va sendan hech qachon chiqib ketmasa kerak. Uni to‘liq chiqarish uchun avval mening boshimni uzib, keyin meni olma daraxtiga osishingiz kerak. Note: Annushka Bulgakovning “Master va Margarita” asaridagi taqdirni inson bosqara olmasligiga ishora o’laroq yozildi. NAFISA ABDUSATTAROVA

photo content

15 minutda buncha kishi book clubga rozi bo’lganink ko’rib to’g’ri qoyil qoldim. Men so’ngi paytlarda bitta narsani juda qattiq his qilyapman. Insonlarni ikkita kategoriyaga bo’ladigan bo’lib qolibman. Kitob o’qiydiganlar va o’qimaydiganlar. “Hayot o’zi o’rgatyapti” deydigan insonlar bilan yarim soat zo’rg’a gaplashyapman. Bu juda yomon. Bu meni qiynaydi. Boshim og’rib qoladi, ulardan emas, o’zimni miyamdagi fikrlardan. Men ularga moslashishimga to’g’ri keladi. Odatda tortishadigan odam emasman. Ha haqsan deyman bo’ldi. Lekin so’ngi payt o’ylanib qolyapman. Menimcha ohirigacha tortishish kerakmikin. Bilmadim. But haqida bir izlanish qilib yana yozaman. Hozir bir narsadan juda g’ashim kelib, oldimda suhbatlashishga odam yo’qligi uchun sizlarga yozyapman. Love you all❤️❤️❤️

Book club qilaylik deydiganlar ko’p bo’ldi. Qishda ancha bo’shashimni hisobga olib, qaror qildim. Book club qilamiz, but safar ZOOMDA. Istaganlar kamerasini ochib gapirishi mumkin. Faqat 1 soatlik qilamiz, sifatga qarab, muddatini yana o’ylab ko’ramiz. Bu nimaga kerak, chunki juda ko’pchilik kitobni yuzaki o’qiydi, faqat kulminatsiyaga qarab yuguradi detallarni tahlil qilmaydi, etikani o’rganmaydi. Uniham qo’ying kitob sozga nafaqat etika balki siyosat, gumanizm, sotsiologiya, huquq, va ko’plab sohalarni o’rgatadi(lekin o’rganmaysiz). Ikkinchi sabab bazi o’zim tengqur yoki katta bazi o’zbeklar bilan gaplashib, shunaqa zerikib ketaman. Dunyo qarash past desammi, cliche ni ichuda yuradi desammi, manqurt desammi? Kelinglar qiziqarliroq inson bo’lishni, kengroq, tafakkutliroq inson bo’lishni o’rganamiz. Keyingi muloqotda “Dorian Greyning Portretini” gaplashamiz! Muddat: 25-dekabr! Soat: ? Aytgancha adabiyotshunoslar sizlar iloji bo’lsa nazariyalar va qo’shimcha boshqa maqolalarni o’qishingiz tavsiya qilinadi, chuqurroq tahlil qilish uchun. Ishonchli manbalardan Jstor ni tavsiya qilaman. Kutaymi?

Taylor Swift - The Fate of Ophelia _Official Music Video_3.68 MB

Melanie_Martinez_Cry_Baby_Audio_Melanie_Martinez_youtube_.m4a3.69 MB

Gapni qisqasi, vaqtim yo’q, gapiraman-u qochaman. Kuni kecha Ghayat Almadhoun bo’yicha prezentatsiya qildim. Va prezentatsiya ohirida bir kishi savol berdi: -“Nega aynan Almadhounni tanladingiz,Almadhoun Musulmon shuning uchunmi?” Men shokga tushib qoldim. Men hijobdaman va doim Global North va hatto Global Southda ham musulmonlarga nisbatan negativ fikrlar bo’lgani uchun ro’molli boshimni bo’ynimni ichiga tiqib olgim keladi. Bu savolga duduqlanib qolganimni ko’rib, professor gap boshladi. “-sizning savolingiz eng hato savol bo’ldi, Almadhoun she’rlari ichida bironta diniy mavzu yo’q, but hammasi etika haqida, urush haqida siyosat haqida, Falastin, Suriya haqida sini hayolingizga birdan din qayerdan keldi.” Oradi boshqa bur kursdoshim( hetoresexsual) debatega qo’shildi. “-Judayam havotirda edim prezentatsiyamga shour tanlash uchun va aynan gey bo’lganim uchun gey shoirni tanlashdan oldin prof bilan maslahatlashdim, o’zimni stereotyped qilib ko’rsatgim kelmagandi, lekin menimcha buyerdagi hamma o’z shaxshiyati va o’zligidan faxrlanadi” . Xullas bu debate yarim soatga cho’zilib men doskada qolib ketdim. shu paytgacha bo’lgan univerdagi eng awkward holat bo’ldi(professorimga zoomda yig’lab berganimni hisobga olmasak) Birozdan so’ng “uzrli xabar” keldi. Prof juda qattiq tekkan darsdan keyin qaltis savoli uchun. Hali ham o’z haqqi huquqlarimni bilmayotganimdan uyalib ketdim. Nega heterosexualga bu savol tekkanchalik meni dinim ilmoq qilingani menga tegmadi. Haqiqatdan ham Gayat Almadhoun bilan deyarli bir hil madaniy tariximiz bor, u ham men ham musulmon. Lekin umuman mavzuga aloqador bo’lmagan savol bilan nega boshqa shoirni tanlamading deyishlik haqiqatdan “Otherness” ga to’g’ri keladi. Kuch, Power ana shunday paydo bo’ladi. Ajratiladi, irqlashtiriladi, kategoriyaga ajratilinadi va chetlatiladi, va o’chiriladi. Michel Faucaultni shuncha o’qib, powerni manosini bugun chaqdim. Frankenshteynni shuncha o’qibmanu lekin aynan o’zim undagi “Monster” ekanimni anglamabman. Men Janubiy Koreada bazi konservativ fikrlovchilar uchun “other” man. But juda havfli nazariya. Agar meni “other” ko’rib(yoki kursdoshim geyni) other ko’rib, kimdir boshqachalikni chekaga chiqarsa, yani yo’q qilsa, yo’q qilgisi kelsa, o’ldirgisi kelsa, toshbo’ron qilgisi kelsa, somosud qilgisi kelsa, yoki shunchaki betiga shapoloq urgisi kelsa buni unda johillikdan nima farqi bor? Kim kimni yaratgan? Biz hozirgi kunda kimnidir juda qattiq tanqid qilayotganda nega faqat okulyar va bir tomonlama qarab tanqid qilyapmiz. Yoki nega men umuman “biz” deyapman. “Biz” shu qadar birhilmi? “Biz” shu qadar umumiymi? Kim u “biz” ? Uzbeklarmi? Musulmonlarmi? Ayollarmi? PhDlarmi? Ziyolilar? Tepada mediocre deganda shu vaziyat miyamdan chiqib ketmay so’ragandim. Mediocre odamlar gramatikani to’gri yozadigan lekin gapini manosi yo’q odamlarmi? Sayoz fikrlaydigan? Boshqalar nima desa shuni qaytaradigan insonlarmi? Faqat yuzaga, tashqi ko’rinishga etibor beradigan insonlarmi? Shu aniq shunaqa bo’ladi, yoki bu aniq shu narsa” deydigan odamlarmi? Qo’llab quvatlash o’rniga xasad qiladiganlar? “Ular” deb “biz” deb hammani aralashtirib gapiradiganlarmi? Men “olimman” deydiganlarmi? Savollarim juda ko’p bir o’zimdan komilroq sherik va vaqt kerak, suhbat kerak.

Mediocre(oddiy, o’rtacha fikrli) inson bilan yuqori intellekti bor insonni nima farqi bor?

Men bugun kitob haqida yozmoqchi emasman. Har kuni 8 soat ekranga qarab shu kitob haqida nimadurlar yozib o’tiraman, keyin u professorga yoqmaydi va men uni qayta yozaman. Keyin u meni zoom meetingga taklif qiladi. Keyin zoom meetingda 1 soat qanchalik ahmoqligimni ahmoqsan demay yetkazadi. Master bilan PhD ni farqi borligini va meni masuliyatim kattaligini 20 chi asrni tanlasam butun 20 asr adabiyotini o’qishim kerakligini 19 ni tanlasam butun 19 asr adabiyotini o’qishim kerakligini uqtiradi. Oradi o’zi “Paradise Lost” ni 10 marta o’qiganligini meni esa hatto Beawolf ni o’qimaganligimni pesha qiladi. PhD qilishga 50 ta sabab bo’lsa endi men qilmas uchun 100 ta sabab aytib berolaman. Birinchisi: farzandingizga yetarlicha vaqt ajrata olmaysiz(bugun qizim “aba bolalar ko’k choy ichmaydi, yogurt ichadi dedi, keyin yogurt tugab qolibdi qizim desam, muzlatgichni ochgin sut bor dedi) yes I am failed in mothering. Ikkinchisi: oilani ushlab turadigan mehr muhabbatni mustahkam qiladigan narsa bu suhbat lekin afsuski bu jihat ham oilamizda kamayib ketyapti chunki men ovqat yeb bo’liboq kitoblarimga qaytaman va qo’shimchasiga men katta mavzularda univerda diskussiyalardan keyin erimni “sochingni bekor kuydiribsan” degan maishiy gaplari menga erish tuyuladi. Uchinchisi: agar o’zingni eng aqlli inson deb hisoblasang PhD boshlab ko’r degan bo’lardim. 5 yil o’zimni ahmoq his qilishimni o’ylasam to’kilgandan qolgan sochim ham hayratda To’rtinchisi: vaqt. O’zimga ajrata olmagan vaqtimni bu yerda nimadir yozib o’tirishga sarflash ham absurdday tuyuladi. Beshinchisi: Struggle ni PhD dan boshqa odam tushunmasligi. Menga qanchalik qiyinligini erimga tushuntirsam uni nazarida 5 yoshli ho’rozqand uchun yig’layotgan singlisiday ko’rinaman. Xulosa: ering tashlab ketgan bo’lsa dardingni faqat eri yo’qlarga ayt; ota onang yo’q bo’lsa faqat yetimlar bilan gaplash; farzanding yoq bo’lsa farzandsizlar; hullas travma degan gapga kulgisi qistaydiganlarni o’sha ilonzor ichiga otvorgim keladi, keyin ana ko’rsang qanday chaqishi haqida zorlanishini. Hayot hamma uchun qiyinku nega hamma o’z qiyinchiliklarini bo’rttiradi deb yozdi bir kishi. O’g’rig’ini aytish shunchaki uni ham robot emas inson ekanligini ko’rsatadi. Va unutmaslik kerak hammani tajribalari qaysidir nuqtada limitlangan yani cheklangan va siz o’sha kalta tajribangiz bilan boshqa bir insonni muhokama qilmaganingiz maqul.

Men bu varoqqa yozmoqchi bo’lganimdan Alloh rozi boladimi”? Gap gapirmoqchi bo’lsangiz yana sorang “Uni rozi qiladigan gap gapiramanmi”? Yo’l tutmoqchi bo’lsangiz o’ylang tutayotgan yolingiz Uning nazdida mahbubmi. Alloh nimadan rozi bo’ladi?. Ruhingizga unga hojatmand bolishni o’rgatsangiz, vaqt o’tib dunyoviy narsalarni ko’paytirishdan hayo qilib qolasiz. Aksincha hamma intilishlaringiz uhroviyga aylanadi. Halifa kabani tavof qilib yurgan Ibn Umar roziyallohu anhuga dedi: - “Mendan soraganingizni sorang ey Ibn Umar”. U kishi unga hojatini Allohga aytuvchi insonning qarashi bilan mag’rurona qaradilarda dedilar: - “Dunyo ishlaridanmi yo ohiratnimi”? Halifa javob berdi: “Ohirat Allohniki, dunyo ishlaridan. Shunda Ibn Umar roziyallohu anhu: - Dunyoning haqiqiy egasi bo’lgan zotdan so’ramaymanu egasi bo’lmagan kishidan so’raymanmi” deb javob berdi. Allohga hojatmandlik sizni yer yuzidagi mulkdorlarga boqmaydigan mag’rur insonlarga aylantrib qo’yadi. Dunyo Allohga hojatmand insonlar bog’lnamaydigan past narsadir. Chunki sen Allohsan by Ali Jobir Fayfiy

Telegramda Long readni rasm bilan uploadqilishni biladiganlar bo’lsa tushuntirib berolmaysizmi? Qaridim shekilli tushunmadim.

Vilette by Charlotte Bronte Villetteni tugadi. Hamma uchinchi bobida uhlab qoladigan asarni tugatganimdan hursandman.Men ichimdan top” deydiganlar bilan gaplasholmaganim uchun Lucy harakterni yoqtirolmadim. Jane Eyre yoqgan. Charlotte bronteni shu ikki asarini o’qib tushundimki yozuvchini fikricha ayol yani mustaqil ayol, o’ziga ishongan ayol, dominant bo’lgan yo agressiv bolgan yo oziga bino qoygan erkak bilan birga bo’lolmaydi, misol Jane avvaligi Rochesterni rad qiladi keyin choster ko’zi ko’r bo’lib martabasi va mulkiga putur yetgandan keyin unga turmushga chiqishga rozi boladi . Demak Brontening nazdicha o’ta mustaqil ayollar yo bo’sh, o’ziga ishonchi past erkakga turmushga chiqadi yo erga tegmay yolg’iz o’tadi. Vilettega kelsak birinchi ko’rib turgan insonigayoq ichida tarif beradi va u albatta negativ. Ozining inglizligidan faxrlanadigan va boshqa millatlatdan o’zini ustun deb biladigan oppog’oyimizni Rochester Fransuzcha varyantini topib oladi. Hullas asar deadly boring. Men Dostoyevskiyning muhlisi sifatida qahramonni miyasi orasidagi ong osti suyuqligini simirib ichishni hohlayman. Viletteni esa qayerdan kelib chiqqan ota onasi kim bo’lgan, depressiyasiga nima sabab bularni bilolmay shunday bu ayol bilan kofe ichyotgan joyimizda turib chiqib ketvordim. Keyin iloji yoq gapini tugatib olsin deb yana qaytdim lekin u yana o’zligini ochmasadan asarni 400 betgacha cho’zdi. Melanxolik kayfiyati bilan uyqusizlik kasalimga davo bo’ldi.

“Ko‘rgan ko‘rmagan bilan bahslashsa, ko‘rmagan uni aqldan ozgan deb o‘ylaydi.”

رسالة صوتية03:12

Instagramda reels aylantirishni boshlaganda, savol bering “so what?” Yani-Xoooooo’sh? Ana undan keyinam 10 ta reelsdan o’ta olasizmi yo’qmi?

“Original sin” yani “original gunoh” ga qanday qaraysiz? Sizningcha Don Juan ni oilali ayol bilan zinosi “original gunohmi? Yoki erli ayolning yani Julianing Don Juanni sevib qolishi va gunohi, kontrol qilib bo’lmaydigan “original sin”mi. Yani Odam atoning taqiqlangan mevani yeyishi ham “origanal sin” deyiladi. Yozilgan, kontroldan tashqari, bitilgan. Bu borada prof bilan ortamizda ziddiyat bo’lib qoldi. Sizlarni fikringiz qiziq.

رسالة صوتية04:15

Assessment da yozgan she’rlarim uchun yo B yo C olaman deb o’ylagandim. A oldim, hursand bo’lishim kerak qadar quvonmayapman.
+1
Assessment da yozgan she’rlarim uchun yo B yo C olaman deb o’ylagandim. A oldim, hursand bo’lishim kerak qadar quvonmayapman. Meni uncha muncha narsa qimirlatmay qo’ydi.

Umid Kechgi 8:00. 30-Oktyabr. Avtobusdan tushsam, moshinada turmush o’rtog’im va qizim doimgiday kutib o’tirishgan ekan bekat yonida. Doimgiday derazadan qizim baqirmadi ismimni aytib, qarasam uhlab qolibdi. Moshinada doimgidek mayin jazz musiqasi yangraydi. Uyga yetib kelib dadasi sekin ko’tarib, joyiga yotqizib chiqdila. Umid qilamanki …….o’lim ham shunday keladi. Sekin moshinadan oladi, yelkamga urib, ehtiyot qilib, bezovta qilmay joyimga sekin yotqizadi. Va men yarim ochiq eshikdan otam va onamni shovqinini, pichirini eshitib Odam ato quvilgan joyga qaytaman.