ar
Feedback
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi

الذهاب إلى القناة على Telegram
3 216
المشتركون
-1924 ساعات
-8917 أيام
-1 32230 أيام
أرشيف المشاركات
#sessiya Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasidan fotolavhalar. Xalq deputatlar
+9
#sessiya Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasidan fotolavhalar. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Sessiya yakunida sessiya kotibi, “15-Zuhro” saylov okrugidan deputat, Kengash kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi sessiyasining o‘tkazilishi yuzasidan axborot berildi. Unda sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan masalalar ko‘rib chiqilgani, muhokamalar yakunlari hamda qabul qilingan qarorlar haqida axborot berildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasi belgilangan t
+9
#sessiya
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishiga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev raislik qildi. Unda Kengash deputatlari bilan bir qatorda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, Kengash huzuridagi ekspert-maslahat hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 🔹Dastlab shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi shahar hokimligi taklifi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyev hisobot berdi. 🔹Shuningdek, 2026-yilning 2-mavsumida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish hamda Jamg‘armadan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish masalasi muhokama qilindi. Ushbu masala yuzasidan shahar Moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Xolmatov hisobot berdi. Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi xulosasi ham sessiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi. Komissiya raisi E.Yunusov tomonidan xulosa mazmuni bayon qilindi. 🔹Kun tartibidagi navbatdagi masala — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot bo‘ldi. Mazkur masala yuzasidan bo‘lim boshlig‘i N.G‘ulomov hisobot berdi. Hisobot va muhokamalar davomida shaharda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ko‘kalamzorlashtirish hamda ekilgan daraxt va ko‘chatlarni saqlab qolish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Mening bog‘im” loyihasi doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlarning kechikayotgani yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida masala ko‘tarildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M. Abdurahmonova loyihaning o‘z vaqtida boshlanmagani, kechikish sabablari, bugungi holati hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mas’ullardan aniq ma’lumot berilishini so‘radi. Kengash raisi O.Axmatshayev ham mazkur masalaga to‘xtalib, loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarga e’tibor qaratish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhimligini ta’kidladi. Muhokama davomida Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Abdurahmonov “Mening bog‘im” loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarning qancha qismi saqlanib qolingani masalasiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, mazkur doimiy komissiya a’zosi M.Mirzayev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va ko‘chatlarni sug‘orish tizimi masalasi ko‘tarildi. Ko‘chatlarni muntazam sug‘orish va parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga savollar berildi. 🔹Sessiya kun tartibidagi to‘rtinchi masala Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish masalasi bo‘ldi. Ushbu masala yuzasidan shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov axborot berdi. Unda deputatlarning odob-axloq qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati hamda deputatlik faoliyatida odob-axloq me’yorlariga rioya etishning ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikr va takliflar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi. Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda deputatlik faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya #kotibiyat_mudiri Sessiya kun tartibidagi to‘rtinchi masala — Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov axborot berdi. Axborotda deputatlarning odob-axloq qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, ularning mazmun-mohiyati hamda deputatlik faoliyatida odob-axloq me’yorlariga rioya etishning ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya #doimiy_komissiya_xulosasi Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi xulosasi ham sessiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi. Doimiy komissiya raisi Z.Domilayev tomonidan o‘qib eshittirilgan xulosada masala yuzasidan komissiyaning taklif va munosabati bayon etildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Muhokama davomida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Mirzayev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va ko‘chatlarni sug‘orish tizimi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ekilgan ko‘chatlarni muntazam sug‘orish, ularning parvarishini ta’minlash hamda yashil hududlarni saqlab qolish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga savollar berildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Muhokama davomida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Abdurahmonov tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarning bugungi kunda necha foizi saqlanib qolingani masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ekilgan ko‘chatlarning saqlanish darajasi, ularni parvarishlash va nobud bo‘lgan daraxtlar o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mas’ullardan aniq ma’lumot berilishi so‘raldi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida loyihaning nega o‘z vaqtida boshlanmagani, bugungi holati, kechikish sabablari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan masala ko‘tarildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Sessiyada 2026-yilgi “Mening bog‘im” loyihasi doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlarning kechikayotgani masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida loyihaning nega o‘z vaqtida boshlanmagani, bugungi holati, kechikish sabablari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan masala ko‘tarildi. Mazkur masala yuzasidan Kengash raisi O.Axmatshayev ham o‘z fikrlarini bildirib, loyihalarni amalga oshirishda belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni e’tiborsiz qoldirmaslik hamda aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish muhimligini ta’kidladi. “Mening bog‘im” loyihasi doirasidagi ishlarning bajarilishi deputatlik nazoratida bo‘lishi qayd etildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i N.G‘ulomov hisobot berdi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Sessiyada uchinchi masala — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i N.G‘ulomov hisobot berdi. Hisobotda shaharda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida xisobot berildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya #doimiy_komissiya_xulosasi Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi xulosasi ham sessiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi. Doimiy komissiya raisi E. Yunusov tomonidan komissiya xulosasi o‘qib eshittirilib, unda masala yuzasidan komissiyaning tegishli taklif va munosabati bayon etildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Ikkinchi masala muhokamasi davomida Kengash raisi O.Axmatshayev o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari N.Tilavoldiyev va M.Salimova tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyihalarni alohida ta’kidlab o‘tdi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Sessiyada ikkinchi masala — 2026-yilning 2-mavsumida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish hamda Jamg‘armadan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan shahar Moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Xolmatov hisobot berdi. Unda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni tanlab olish, ularni moliyalashtirish hamda ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish masalalari yuzasidan xisobot berildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Sessiyada ikkinchi masala — 2026-yilning 2-mavsumida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish hamda Jamg‘armadan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan shahar Moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Xolmatov hisobot berdi. Unda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni tanlab olish, ularni moliyalashtirish hamda ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish masalalari yuzasidan xisobot berildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Sessiyada dastlabki masala — shahar mahalliy byudjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi shahar hokimligi taklifini ko‘rib chiqish masalasi muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyev hisobot berdi. U o‘z ma’ruzasida mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari, ularni shakllantirish hamda mazkur mablag‘larni belgilangan tartibda tegishli yo‘nalishlarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida xisobot berdi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishiga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev raislik qildi. Sessiyada kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli ma’ruzalar tinglanib, deputatlar tomonidan muhokamalar olib borildi hamda har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz ikkinchi sessiyasi belgilangan t
+3
#sessiya Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi  oʻttiz ikkinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi. 🖥 Sessiya jarayoni Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirda namoyish etildi. 🎥 Agar siz jonli efirni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, sessiyani quyidagi havola orqali qayta tomosha qilishingiz mumkin: 👉https://www.facebook.com/share/v/191tTDCUC4/ Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz ikkinchi sessiyasi bo'l
#sessiya ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda Sessiyani  koʻrish uchun quyidagi havolaga oʻtishingiz mumkin. https://www.facebook.com/share/v/191tTDCUC4/ Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz ikkinchi sessiyasi boshlanish arafasida. Sessiya da
+5
#sessiya Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz ikkinchi sessiyasi boshlanish arafasida. Sessiya davomida qabul qilinadigan qarorlar fuqarolar manfaatlarini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Sessiya ishida tegishli mutasaddilar, soha rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Sessiya ishini Kengashning Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi orqali real vaqt rejimida kuzatib borishingiz mumkin. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram