MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI
الذهاب إلى القناة على Telegram
📢 Madaniyat ta'limi markazi rasmiy sahifasi 📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b 📞 Telefon: (95) 889 12 11 📨 Email: info@madaniyattalimimarkazi.uz 📲Instagram: @madaniyat_talimi_markazi
إظهار المزيد5 926
المشتركون
-1824 ساعات
-1947 أيام
-53130 أيام
جاري تحميل البيانات...
القنوات المماثلة
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
أغسطس '26
أغسطس '26
+29
في 39 قنوات
يوليو '26
+34
في 29 قنوات
Get PRO
يونيو '26
+10
في 8 قنوات
Get PRO
مايو '26
+31
في 74 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+951
في 48 قنوات
Get PRO
مارس '26
+2 028
في 38 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+1 868
في 49 قنوات
Get PRO
يناير '26
+3 235
في 72 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+73
في 9 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+165
في 24 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+375
في 65 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+1 569
في 24 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+213
في 19 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+17
في 8 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+304
في 8 قنوات
Get PRO
مايو '25
+41
في 9 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+625
في 17 قنوات
Get PRO
مارس '25
+1 265
في 8 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+2
في 18 قنوات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 26 أغسطس | +1 | |||
| 25 أغسطس | 0 | |||
| 24 أغسطس | 0 | |||
| 23 أغسطس | 0 | |||
| 22 أغسطس | 0 | |||
| 21 أغسطس | 0 | |||
| 20 أغسطس | +1 | |||
| 19 أغسطس | +9 | |||
| 18 أغسطس | 0 | |||
| 17 أغسطس | 0 | |||
| 16 أغسطس | +1 | |||
| 15 أغسطس | 0 | |||
| 14 أغسطس | +1 | |||
| 13 أغسطس | +1 | |||
| 12 أغسطس | +2 | |||
| 11 أغسطس | +1 | |||
| 10 أغسطس | +2 | |||
| 09 أغسطس | 0 | |||
| 08 أغسطس | 0 | |||
| 07 أغسطس | 0 | |||
| 06 أغسطس | +1 | |||
| 05 أغسطس | +2 | |||
| 04 أغسطس | +1 | |||
| 03 أغسطس | +3 | |||
| 02 أغسطس | 0 | |||
| 01 أغسطس | +3 |
منشورات القناة
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi.
Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi.
Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi.
Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
– Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman,– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. Facebook|Instagram|X
| 2 | Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqiqiy qahramonlik sifatida e’tirof etildi.
Bekobod metallurgiya kombinatida uzoq yillardan buyon po‘lat erituvchi vazifasida ishlayotgan G‘ulomjon Turonovning “Xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangani butun metallurglar mehnatining e’tirofidir.
Paxtachilik va g‘allachilikda yuksak natijaga erishib, o‘z maktabini yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov, ipak qurtini bahor, yoz va kuz mavsumida parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik pillakor Jamila Xudoyberdiyeva, chorvachilikda ilg‘or texnologiya va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilayotgan qoraqalpog‘istonlik Esenbay Aytimuratov hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirishga hissa qo‘shayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari ham munosib baholandi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezatgan usta-naqqosh Sattorxo‘ja To‘xtaxo‘jayevga “Xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni berildi.
Facebook|Instagram|X | 384 |
| 3 | Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi.
– Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda,
– dedi davlatimiz rahbari.
Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish har bir inson uchun katta baxt ekani ta’kidlandi.
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Prezidentimiz har bir mukofotlanganning mashaqqatli mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini yaxshi bilishini ta’kidladi.
Mukofotlanganlar orasida butun umrini bunyodkorlikka bag‘ishlagan xorazmlik otaxon Rustam Sultonov ham bor. U kishi tabarruk yoshda bo‘lsalar-da, viloyat nuroniylariga boshchilik qilib, mahalla va qishloqlarni obod qilishda yoshlarga chinakam ibrat bo‘lib kelmoqda.
Facebook|Instagram|X | 326 |
| 4 | So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi.
O‘tgan davrda mamlakatimizga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Iqtisodiyotimiz 2,5 barobardan ziyod ko‘paydi. Joriy yil yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.
Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 500 ming o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi.
Odamlarning uzog‘ini yaqin qilish uchun 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. Hududlarda 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi.
O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi. Xalqimizda “Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish” degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi!
Facebook|Instagram|X | 329 |
| 5 | Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mahoratida, islohotlar ijrosini har bir mahalla va har bir xonadonga yetkazayotgan davlat xizmatchilarining mehnatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidladi.
Joylarda odamlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirayotgan nuroniylar va mahalla faollari, xalq osoyishtaligi hamda Vatan tinchligini ta’minlayotgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining jasorati alohida qayd etildi.
– Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi, bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir!
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Fidoyi va bunyodkor vatandoshlarimiz, mustaqillikning eng katta kuchi va tayanchi bo‘lgan butun xalqimizga chuqur minnatdorchilik bildirildi.
Prezidentimiz inson qadri ulug‘langan, adolat va taraqqiyotga tayangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan xalq bilan birgalikda dadil borilayotganini ta’kidladi.
Facebook|Instagram|X | 322 |
| 6 | Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,
– dedi Prezident.
Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi.
Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi.
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt|YouTube|Mediabank | 456 |
| 7 | Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi.
—
Сегодня в резиденции «Куксарой» Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды по случаю 35-й годовщины независимости нашей страны.
Facebook|Instagram|X | 360 |
| 8 | #Mustaqillik_35
⚡️ “Mening O‘zbekistonim” fototanlovi e’lon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi tomonidan joriy yilning 27-avgustidan 5-sentabriga qadar “Mening O‘zbekistonim” fototanlovi tashkil etilmoqda.
📌 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/210578
🎨 O‘zbekistonni o‘z nigohingiz bilan namoyon eting!
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank | 669 |
| 9 | ⚡️Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi bo'lib o'tdi
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank | 1 382 |
| 10 | ⭐️ Ta’lim — madaniyat va san’at taraqqiyotining mustahkam poydevori
Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashini o‘tkazdik
📲Telegram 📲Instagram | 994 |
| 11 | #RespublikaKengashi #MadaniyatTalimi #OquvSeminar #Jarayondan
RESPUBLIKA KENGASHI: I VA II SHO‘BA YIG‘ILISHLARI DAVOM ETMOQDA
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi doirasida I va II sho‘ba ishtirokchilarining o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari, Respublika oliy maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Jarayonda 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yuritish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularni tanlov va loyihalarga tayyorlash hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tashabbuslar ilgari surilmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📱 Youtube | 2 224 |
| 12 | #Live #RespublikaKengashi #OquvSeminar #Jarayondan
RESPUBLIKA KENGASHI: SHO‘BA YIG‘ILISHLARI DAVOM ETMOQDA
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi doirasida oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari rahbarlari hamda ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassislar ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Jarayonda 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish, tizimdagi ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, hududlararo hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy va ijodiy faoliyatni rivojlantirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar yuzasidan fikr almashilmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📱 Youtube | 2 052 |
| 13 | لا يوجد نص... | 841 |
| 14 | 🟦🟦
#Respublika_kengashi
#Fotoreportaj
🔻 Ayni damda Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasining ilk g‘oliblarini taqdirlash hamda
2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’limtashkilotlarida samarali faoliyat yuritib, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda tizimni rivojlantirish yo‘lida munosib natijalarga erishgan ta’lim muassasalari rahbarlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.
💠 Barcha yangiliklarni Markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📱 Youtube | 3 636 |
| 15 | #LIVE
#Respublika_kengashi
#Fotoreportaj
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi boshlandi.
⚡Kengash yig‘ilishida 450 nafarga yaqin soha vakillari ishtirok etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri, Madaniyat ta’limi markazi direktori Alisher Djamaldinov, Toshkent shahar va viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari hamda ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul mutaxassislar, oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari hamda oliy maktablar rahbariyati, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari qatnashmoqda.
Respublika kengashi davomida Madaniyat vazirligi tomonidan so‘nggi davrda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar va istiqbolli rejalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Shuningdek, ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari — oliy ta’lim tashkilotlari, oliy maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari o‘rtasidagi uzviy integratsiyani yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yig‘ilish doirasida tizimda mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari, ta’lim sifatini yanada oshirish, pedagog kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, madaniyat va san’at ta’limi sohasidagi eng dolzarb yangiliklar, zamonaviy yondashuvlar hamda kelgusidagi vazifalar ishtirokchilar e’tiboriga havola etilmoqda.
Respublika kengashi — tajriba, hamkorlik va yangi istiqbollar sari muhim qadam!
💠 Barcha yangiliklarni Markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📱 Youtube | 6 439 |
| 16 | 🟦🟦
#Respublika_kengashi
#Fotoreportaj
🔻O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi boshlandi.
✔️Kengash yig‘ilishida 450 nafarga yaqin soha vakillari ishtirok etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri, Madaniyat ta’limi markazi direktori Alisher Djamaldinov, Toshkent shahar va viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari hamda ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul mutaxassislar, oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari hamda oliy maktablar rahbariyati, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari qatnashmoqda.
✍️ Respublika kengashi davomida Madaniyat vazirligi tomonidan so‘nggi davrda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar va istiqbolli rejalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
✍️ Shuningdek, ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari — oliy ta’lim tashkilotlari, oliy maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari o‘rtasidagi uzviy integratsiyani yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✍️ Yig‘ilish doirasida tizimda mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari, ta’lim sifatini yanada oshirish, pedagog kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar muhokama qilinmoqda.
✍️ Shuningdek, madaniyat va san’at ta’limi sohasidagi eng dolzarb yangiliklar, zamonaviy yondashuvlar hamda kelgusidagi vazifalar ishtirokchilar e’tiboriga havola etilmoqda.
Respublika kengashi — tajriba, hamkorlik va yangi istiqbollar sari muhim qadam!
💠 Barcha yangiliklarni Markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📱 Youtube | 572 |
| 17 | لا يوجد نص... | 7 770 |
| 18 | 🟦🟦
#Respublika_kengashi
#Fotoreportaj
🔻 Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi boshlanish arafasida.
💠 Barcha yangiliklarni Markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📱 Youtube | 5 341 |
| 19 | #Respublika_kengashi
🔻 Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi boshlanish arafasida.
Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at ta’limining yangi sahifasini birgalikda ochamiz.
💠 Barcha yangiliklarni Markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📱 Youtube | 3 988 |
| 20 | #Respublika_kengashi
🎓 Poytaxtda madaniy ta’lim ziyolilarini bir nuqtada jamlaydigan Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur Respublika kengashi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, oliy maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari direktorlarini bir maydonda jamlaydi.
Kengash doirasida madaniyat va san’at ta’limida erishilgan natijalar sarhisob qilinib, istiqboldagi maqsadlar, sohani yanada rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda tizimni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama etiladi.
Bu — ilg‘or g‘oyalar tutashadigan, boy tajribalar almashinadigan, yangi tashabbuslar shakllanadigan va kelajak taraqqiyoti sari muhim qadamlar belgilanadigan nufuzli muloqot maydonidir.
Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at ta’limining yangi sahifasini birgalikda ochamiz.
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank | 1 755 |
