cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

🇺🇿 Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanovning rasmiy kanali

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot X.com/AkhrorBurkhanov Fb.com/AkhrorBurkhanov Instagram.com/AkhrorBurkhan

إظهار المزيد
Uzbekistan24 973لم يتم تحديد اللغةالسياسة15 164
مشاركات الإعلانات
1 773
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+127 أيام
+3230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

06:09
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining o‘tgan 6 oydagi faoliyati to‘g‘risida brifing Batafsil: https://mfa.uz/36188 👉 @TIVmatbuot
إظهار الكل...
Brifing__2024 yarim yillik final.mp459.71 MB
👍 8🔥 3👏 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati OAV vakillari bilan Vazirlikning 2024-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatiga bag'ishlangan muloqot o'tkazdi. Uchrashuvimiz davomida bir qator mavzularni qamrab oldik. Bu kabi samimiy ruhdagi muloqotlarni kelgusida ham doimiy ravishda tashkil etamiz. Mazkur tadbirda ishtirok etgan, bizning faoliyatimizga muntazam qiziqib kelayotgan jurnalist do'stlarimizga o'z minnatdorligimizni bildiramiz. 👉 @TIVmatbuot
إظهار الكل...
👍 11 3👏 3
Hurmatli OAV vakillari, Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati OAV vakillarini 12-iyul soat 15:00 da o'tkazilishi rejalashtirilgan Vazirlikning 2024-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatiga bag'ishlangan muloqotga taklif etadi. Mazkur tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan OAV vakillari 12-iyul soat 10:00 ga qadar (+998) 71 239 46 91 raqamiga yoki @TIVpress telegram akkauntiga bog'lanib, ro'yxatdan o'tishlari lozim. 👉 @TIVmatbuot
إظهار الكل...
👍 4 2🔥 2
🇺🇿🤝🇲🇾 O'zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya 9-iyul kuni tashrif bilan Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo'ladi. Kun tartibidan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari o'rtasidagi muzokaralar va bir qator yuqori darajadagi uchrashuvlar o'rin olgan. 👉 @TIVmatbuot
إظهار الكل...
👍 10
Photo unavailableShow in Telegram
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz faoliyatida o’tgan haftada qanday yangiliklar bo'ldi? “Diplomatik dayjest” ko’rsatuvining navbatdagi soni (1-6-iyul) barchasi haqida sizga ma'lumot beradi. Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
إظهار الكل...
👍 1
03:21
Video unavailableShow in Telegram
“Men o‘zbekistonlikman — qonimda g‘alaba” Mamlakatimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan futbol bo‘yicha terma jamoamiz aynan shu shior ostida Parij-2024 maydonlarida bellashadi. Bir guruh tashabbuskorlar tomonidan jamoa madhiyasi uchun video ham suratga olinibdi. Bunday sifatli kontent uchun tashabbuskorlarga rahmat. Vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat g‘oyalari, faol va sog‘lom turmush tarzini yoshlarimizga yetkazishda mana shunday zamonaviy usullar, yoshlarbop shakllardan foydalanish juda muhim. Ushbu video bunga yorqin namuna bo‘la oladi. Terma jamoamiz va barcha olimpiyachilarimizga esa bo‘lajak yirik musobaqada katta zafarlar yor bo‘lsin!
إظهار الكل...
Telegram 2.mp455.25 MB
6 2👍 1
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimidagi nutqi: Janob Prezident, Hurmatli Xonimlar va Janoblar! O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan ajoyib mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. Men bu yuksak mukofotga munosib emasman deb o‘ylayman. Ammo mojarolar va tabiiy ofatlarga to‘la bu dunyoda eng zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, insoniy azob-uqubatlarni kamaytirish uchun hamma narsani qilayotgan va jahonning turli burchaklarida jonini fido aylayotgan, G’azoning o‘zida 200 nafar hamkasblarim haqida o‘ylaganimda, men yanada taskin topaman. Bunda geosiyosiy tafovutlar, iqlim o‘zgarishi va boshqa muammolar yig‘indisi tinchlik va xavfsizlikning global vaziyatini juda zaif qiladi. Ammo bu e’tirof men uchun juda alohida ma‘noga ega. Chunki u butun dunyoda guvoh bo‘lishimiz mumkin bo‘lgan eng chuqur islohot siyosatidan birini olib borayotgan inson tomonidan berilmoqda. O‘zbekistonga birinchi tashrifim 20 yildan ortiq vaqt oldin bo‘lgan. Siz, janob Prezident, rahbarligingizning ilk yillarida men O‘zbekistonga rasman tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘lgan edim va shuni aytishim kerakki, amalga oshirilgan islohotlar bu mamlakatning o‘z fuqarolarini eng zarur ijtimoiy sharoit bilan ta’minlash salohiyatidagi kvantum sakrashni (ulkan taraqqiyotni) ifodalaydi hamda ularning farovon kelajagi uchun eng qulay istiqbollarni yaratadi. Siz Barqaror rivojlanish maqsadlariga toʻliq mos keladigan siyosatni ishlab chiqdingiz va Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha boʻlgan kun tartibi sizning 2030-yilga moʻljallangan strategiyangizga toʻliq mos keladi, bu biz birgalikda intilayotgan kelajakka nisbatan istiqbollarning ajoyib uyg‘unligini ifodalaydi. Lekin mening chuqur hayratimni oqlaydigan yana bir sabab bor. Har doim ham birdam boʻlmagan Markaziy Osiyoda Siz, janob Prezident, hamkasblaringiz – Markaziy Osiyo davlat rahbarlari bilan birgalikda yangi muhitni yaratishga muvaffaq boʻldingiz. Muloqot muhiti, hamkorlik muhiti va o‘tmishdagi qiyinchiliklar birin-ketin hal qilinayotgan muhit, mening orzuimga ko‘ra, bir kun kelib bu ajoyib mintaqa aholisining manfaati uchun Markaziy Osiyo bir bo‘ladi, deb umid qilaman. Ko‘pchilik Markaziy Osiyoni tashqaridan ko‘rib, bu mohiyatan sivilizatsiyalar chorrahasi, deb o‘ylaydi. Haqiqat shuki, Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston sivilizatsiyalar chorrahasidan ham ko‘proq, u sivilizatsiya markazidir. Bu hududning jahon sivilizatsiyasiga qanchalik hissa qo‘shganini, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti markazida turganini his qilish uchun Samarqand yoki Buxoroga borishning o‘zi kifoya. Janob Prezident, siz ko‘prik qurdingiz, halol dallol, tinchlik elchisi bo‘ldingiz. Shu bilan birga, Barqaror rivojlanish maqsadlari ifodalaganidek, adolat bilan farovonlikka intiladigan rahbarsiz. Va inson huquqlari muhimligini tan olgan rahbarsiz. Yaqinda oʻtkazilgan universal davriy sharhda Oʻzbekiston tavsiyalarning aksariyat qismini qabul qildi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti uni amalga oshirishda Hukumatni qoʻllab-quvvatlashga tayyor. Biz Hukumatingizni bu mamlakatni tinchlik, farovonlik va adolat mayoqchasiga aylantirish, O‘zbekiston fuqarolariga o‘zlariga munosib, har bir inson faxrlanishi mumkin bo‘lgan mamlakatga aylantirish borasidagi ulug‘vor, to‘liq asoslangan loyihangizni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Men bu mukofotni o‘zim faxrlanadigan va do‘stligi men uchun juda aziz bo‘lgan davlat arbobi qo‘lidan olingan mukofot sifatida doimo qadrlayman. https://www.un.org/sg/en/content/sg/statement/2024-07-01/secretary-generals-remarks-upon-receiving-the-highest-order-of-the-dostlik-award @TIVmatbuot
إظهار الكل...
👍 3👏 3🙏 2 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz faoliyatida o‘tgan haftada qanday yangiliklar bo‘ldi? “Diplomatik dayjest” ko‘rsatuvining navbatdagi soni (24-29-iyun) barchasi haqida sizga ma’lumot beradi. Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
إظهار الكل...
🔥 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, Kasb bayramingiz kuni bilan Tashqi ishlar vazirligi jamoasi chin dildan tabriklashdan mamnun. Bugun jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan har qanday jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor hamda haqqoniy ma’lumotlarni  yetkazishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni tobora oshib bormoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzurida doimiy akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy jurnalistlar soni qariyb ikki barobarga oshdi. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni xorijiy auditoriyaga yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda. Murakkab va sharafli kasbingizda yuksak ijodiy parvozlar tilaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, faoliyatingizda yangi yutuq va muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Chuqur ehtirom bilan, Tashqi ishlar vazirligi Facebook | YouTube | Instagram | X
إظهار الكل...
👍 5 2👏 2
🇺🇿 tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 26-27-iyun kunlari O‘mon Sultonligi poytaxti Maskat shahrida bo‘ladi. Tashrif davomida bir qator ikki tomonlama muzokaralar va O‘zbekiston-O‘mon biznes forumida ishtirok etish rejalashtirilgan. @TIVmatbuot
إظهار الكل...
👍 7👏 3
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.