cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi

Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali. 🌍Tuman MMTB eʼlon va yangiliklari 🎓Taʼlimga oid yangiliklar 📝Tanlovlar va musobaqalar

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
302
المشتركون
+224 ساعات
+197 أيام
+3730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Viloyat hokimi fan olimpiadasi g'oliblari tantanali ravishda taqdirlandi Bugun, viloyat hokimi tashabbusi bilan joriy yilda ham 11-sinf o'quvchilari o'rtasida tashkil etilgan 3 bosqichli, matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va axborot texnologiya, tarix, ona tili va adabiyot, xorijiy tillari (ingliz, nemis va fransuz tillari) fanlaridan o'tkazilgan "Viloyat hokimi fan olimpiadasi"ning viloyat bosqichi g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirni viloyat hokimi Murotjon Azimov o'z tabrigi bilan ochib berdi. Taqdirlash jarayonlarida soha mas'ullari, pedagoglar, g'olib o'quvchilar va ularning ustozlari hamda yaqin qarindoshlari ishtirok etib, g'oliblarga viloyat hokimligi tomonidan maxsus qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Shuningdek, mazkur olimpiadada fizika, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha ishtirok etib, 1-, 2- va 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan 9 nafar bitiruvchi yoshlarga Qarshi Davlat Universitetiga imtihonsiz, grant asosida talabalikka tavsiya etilganligi bo'yicha maxsus sertifikatlar va tadbir davomida Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblariga ham pul mukofotlari yorliqlari topshirildi. Viloyat hokimi Murotjon Azimovning “Viloyat hokimi fan olimpiadasi" g‘oliblari va ularning ustozlariga yo‘llagan tabrigi👉https://qashqadaryo.uz/oz/nview/vhmahfogyt1717064776 Qarshi Davlat Universitetiga imtihonsiz talabalikka tavsiya etilgan 9 nafar yoshlar ro'yxati👉 https://t.me/qashmatbuot/6170 📸 M.Komilov, N.Saynabiyev. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Chiroqchi tumanidagi 10-Davlat Maktabgacha ta‘lim tashkilotida 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish" kuniga bag‘ishlab tarbiyalanuvchilar o‘rtasida "Ertaklar olamida" nomli rasmlar tanlovi o‘tkazildi. @chiroqchi_tuman_mmtb
إظهار الكل...
XAYR BOG'CHA - SALOM MAKTAB Chiroqchi tumanidagi 15-Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cha- salom maktab" bayram tadbiri o'tkazildi. Unda tarbiyalanuvchilar bog'cha opalar, bog'cha, maktab va sevimli o'yinchoqlari haqida she'r hamda qo'shiqlar aytib berdi. Shuningdek, bolajonlar yil davomida olgan bilimlari asosida qiziqarli faoliyatlar namoyish etishdi, chiroyli raqslarga tushib mehmonlar va ustozlarini xursand qilishdi. Ushbu tadbirda tumanning 1-5-4-18-Davlat Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari ham qatshashishdi. ✍️Dilshoda Murodova 15-Davlat Maktabgacha ta‘lim tashkiloti direktori @chiroqchi_tuman_mmtb
إظهار الكل...
XAYR BOG'CHA - SALOM MAKTAB Chiroqchi tumanidagi 10-Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cha- salom maktab" bayram tadbiri o'tkazildi. Unda tarbiyalanuvchilar bog'cha opalar, bog'cha, maktab va sevimli o'yinchoqlari haqida she'r hamda qo'shiqlar aytib berdi. Shuningdek, bolajonlar yil davomida olgan bilimlari asosida qiziqarli faoliyatlar namoyish etishdi, chiroyli raqslarga tushib mehmonlar va ustozlarini xursand qilishdi. https://t.me/chiroqchi_tuman_mmtb
إظهار الكل...
👍 1
2023-2024 oʻquv yili yakuni yuzasidan muhim masalalar muhokama qilinib, vazifalar belgilandi. Bugun 63-umumiy oʻrta taʼlim maktabda tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig‘i F.Jumanov tomonidan Beshchashma hududidagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida taʼlim tizimida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni oldini olish, oʻquvchilar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga chek qoʻyish, taʼlim sifatini yaxshilash, maktablarda yakuniy davlat imtihonlarini xavfsiz oʻtkazish va tatil davridan unumli foydalanishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Shuningdek yigʻilishda, taʼlim tizimi rahbarlari oldida turgan ustuvor vazifalar belgilanib, maktablarda yakuniy davlat imtihonlarini xavfsiz oʻtkazish va tatil davrida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun sport tugaraklari, kampyuter savodxonligi hamda kitobxonlik tugaraklarini muntazam ravishda oʻtkazishga hamma birdek masʼul ekanligi haqida rasman ogohlantirilib kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. @chiroqchi_tuman_mmtb
إظهار الكل...
Chiroqchi tumanidagi 20-Davlat Maktabgacha ta‘lim tashkilotida 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish" kuniga bag‘ishlab tarbiyalanuvchilar o‘rtasida "Jajji musavvirlar" shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. https://t.me/chiroqchi_tuman_mmtb
إظهار الكل...
أرشيف المشاركات