cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

"Temiryo'lekspress" AJ

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "Temiryo`lekspress" AJ rasmiy sahifasi Yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdi haqida rasmiy ma'lumot Telefon: +998712999266

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
421
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+97 أيام
+3030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

2024 yil 10 -iyul kuni "Temiryo'lekspress" AJ Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha mas'ul xodim N.D.Mirxamidova va ma'ruzachi jamiyatning texnik xizmat ko'rsatish sifatini nazorat qilish bo'yicha mutaxassis (ikkinchi sohasi — individual gid) Hamidov Xurshid Abduraxmonovichlar tomonidan "Temiryo'lekspress" AJ da ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish, tizimda, ijtimoiy-ma'naviy muhit holatini mustahkamlash maqsadida, "Men tarixni bilishni istayman" tamoyili ostida O'zbekiston hududida yashab o'tgan tarixiy allomalar va tarixiy qahramonlar siymosi bilan tarixda iz qoldirganlarni o'rganishga qaratilgan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir mavzusi: "Registon maydoni va go'ri Amir maqbarasi" shiori ostida xodimlarda tarixga sayohat qilishga qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan mavzu tanlandi. Jamiyatning "Afrosiyob" elektropoezdlarga texnik xizmat ko'rsatish markazining o'quv mashg'ulotlar xonasida servis xizmat ko'rsatish va boshqa sexlar ishchi-xodimlari ishtirok etdilar. Tinglovchilar tomonidan tanlangan mavzuni qiziqish bilan tingladilar va o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 3 2🔥 1
03:35
Video unavailableShow in Telegram
Mening kasbim – mening faxrim! Gofurova Dinora – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibiga kiruvchi «Temiryo‘lekspress» AJga qarashli yuqori tezyurar elektropoyezdi «Afrosiyob», «O'zbekiston» lokomotiv deposining mashinist yordamchisi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan «Kelajak bunyodkori» medal sohibi. ___ Моя профессия – моя гордость! Гофурова Динора – помощница машиниста локомотивного депо «Узбекистан» на высокоскоростном поезде «Afrosiyob», принадлежащего АО «Темирйулэкспресс», входящего в состав акционерного общества «Узбекистон темир йуллари». Обладательница медали «Келажак бунёдкори», врученной Президентом Республики Узбекистан. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
إظهار الكل...
KASBIM FAXRIM 03.07.mp4433.41 MB
5
Rahbar va yoshlar uchrashuvi 2024-yilning 8-iyul kuni “Temiryo‘lekspress” AJ katta majlislar zalida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv “Temiryo‘lekspress” AJ bosh direktor birinchi o‘rinbosari X.Sh.Sherzodov tomonidan o‘tkazildi. Tadbirda yig‘ilish qatnashchilari o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar. “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 8
Yoshlar va rahbar uchrashuvi 2024-yilning 8-iyul kuni “Temiryo‘lekspress” AJ katta majlislar zalida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv “Temiryo‘lekspress” AJ bosh direktor birinchi o‘rinbosari X.Sh.Sherzodov tomonidan o‘tkazildi. Tadbirda yig‘ilish qatnashchilari o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar. “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 3🔥 2
2024-yilning 10-iyul kuni "Harakat xavfsizligi kuni" munosabati bilan "Temiryo'lekspress" AJ bosh direktori D.X.Xojiakbarov tomonidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarida vagon kuzatuvchilari tomonidan ko'rsatilayotgan servis xizmatlarini o'rganish, elektropoyezdlarning sanitar-gigiyenik hamda texnik holatini ko'zdan kechirish, poyezd jamoasining dam olish xonalaridagi shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida tekshiruv o'tkazildi. 764-sonli “Toshkent — Qarshi”, 768-sonli “Toshkent — Buxoro” 769-sonli “Buxoro — Toshkent”, 765-sonli “Samarqand — Toshkent” elektropoyezdlari hamda Buxodo va Samarqand dam olish xonalari ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga kerakli maslahat va takliflar berildi. “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli yo‘lovchilar, 2024-yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kunigacha “To‘qimachi” bekatida modernizatsiya ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar ushbu vaqt oralig`ida Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanishini ma'lum qilamiz 762-sonli "Toshkent — Qarshi" yo`nalishi Toshkent-janubiy 7:02 — Qarshi 10:33 761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi Qarshi 16:44 — Toshkent-janubiy 20:17 764/774-sonli "Toshkent — Qarshi/Shahrisabz" yo‘nalishi Toshkent-janubiy 7:27 — Qarshi/Shahrisabz 10:58 763-773-sonli "Shahrisabz/Qarshi — Toshkent" yo`nalishi Shahrisabz 16:06 — Toshkent-janubiy 20:44 766-sonli "Toshkent — Samarqand" yo‘nalishi Toshkent-janubiy 7:50 — Samarqand 10:12 765-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi Samarqand 16:59 — Toshkent-janubiy 19:31 768-sonli "Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi Toshkent-janubiy 8:26 — Buxoro 12:29 767-sonli "Buxoro — Toshkent" yo‘nalishi Buxoro 15:44 — Toshkent-janubiy 19:49 770-sonli "Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi Toshkent-janubiy 8:53 — Buxoro 13:02 769-sonli "Buxoro — Toshkent" yo‘nalishi Buxoro 14:34 — Toshkent-janubiy 18:45 772-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi Toshkent-janubiy 19:20 — Buxoro 23:26 771-sonli “Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi Buxoro 4:17 — Toshkent-janubiy 8:25 Yo`lovchilardan va ularni kutib oluvchilardan, ushbu vaqt oralig`ida sayohatni amalga oshirish uchun Toshkent-janubiy vokzalga kelishlarini so`raymiz! "Temiryo`lekspress" AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 3
Самарқанд транспорт прокурори Б.Н.Алихонов томонидан масъул ходимлар иштирокида  “Темирйўлэкспресс” АЖнинг “Тошкент-Самарқанд-Бухоро” йўналишидаги юқори тезликда харакатланувчи йўловчи поездида йўловчиларга намунали хизмат кўрсатиш аҳволи ўрганилди. Ўрганишда, йўловчиларга намунали хизмат кўрсатиш, уларга яратилган шарт-шароитлар ва сервис хизматларини янада яхшилаш, йўловчи ташиш хавфсизлигини таъминлаш, хизмат кўрсатувчи ходимларнинг муомала маданиятини ошириш, санитария ва ёнғин хавфсизлиги қоидаларига риоя этилиши бўйича масъулларга тегишли тавсия ва кўрсатмалар берилди.
إظهار الكل...
👍 4 2
00:56
Video unavailableShow in Telegram
“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi sayyohlarining fikri “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
IMG_7145.MP442.59 MB
👍 9🔥 1👏 1
"Temiryo'lekspress" AJ tomonidan "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida o'tkaziladigan sport musobaqalarinining bayram tadbiri bo'lib o‘tdi. Tadbir sport musobaqalari orqali "Temiryo'lekspress" AJ ishchi-xodimlari ommaviy sport turlari bilan shug'ullanishlarini ta'minlash va ularni foydali, mazmunli harakatga yo'naltirish, sog'lomlashtirish hamda chiniqtirish, jamoa bo'lib harakat qilishga o'rgatish maqsadida tashkil etildi. Musobaqaga korxonada sportga qiziqadigan ishchi-xodimlar jalb etildi. Ular sportning 2 ta turi bo'yicha: stol tennisi va darts bilan bellashdilar. "Temiryo'lekspress" AJ bosh direktori D.X.Xojiakbarov tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlarni kelgusi iashlariga muvofaqiyatlar tilab, musobaqada qatnashganlar va ishchi-xodimlari orasida faolligi bilan ajralib turadigan hamda tashabbuskorlik, qat'iyat va namuna ko'rsatayotgani uchun yoshlar “Faxriy yorliq" va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladilar. “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 16🔥 11👏 1
01:08
Video unavailableShow in Telegram
“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi sayyohlarining fikri “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati
إظهار الكل...
IMG_6924.MP451.52 MB
👍 10🔥 2👏 2🍾 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.