cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

O'qituvchiga yordam ( G'ofir Hamroyev metodi)

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
249
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
+830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Болалар ёзувчиси, шубҳасиз, талантли, билимли педагог бўлииш керак, лекин буларнинг устига ўзи одамохун бўлмаса қадри бир пул. Абдулла Қаҳҳор
إظهار الكل...
👍 6🔥 1
Болалар ёзувчиси, шубҳасиз, талантли, билимли педагог бўлииш керак, лекин буларнинг устига ўзи одамохун бўлмаса қадри бир пул. Абдулла Қаҳҳор
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#yangiliklar “Bizning eng katta kamchiligimiz taslim boʻlishdir. Muvaffaqiyatga erishishning eng aniq usuli - har doim yana bir bor urinib koʻrish.“ ©Tomas Edison 🎙 Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring:https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
إظهار الكل...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Ўқитувчи ҳукмронлиги Бола тафаккури мактабга келганда оқ қоғоздай бўлди, дейишади. Унда мантиқий тафаккур шакллангунга қадар тақлид қилиш кучли бўлади, бола бизга ўхшаган ўқитувчиларнинг кўз ўнгида улғаяди.  Ота-онасига қараганда ўқитувчига кўпроқ ишонади, аммо отаси қилган хатони устозида ҳам кўргач, у ҳам отамга ўхшаган одам экан деган хулосага келади ва оддий инсон сифатида қабул қилади.  Ўқитувчи ҳам бақирмаслик керак, деб бақирса, бировга озор бермаслик керак деб, озор берса, уйидагилари каби ёлғон гапириш гуноҳ деб тўхтамай ёлғон гапирса, бу мунофиқликка ўқувчи кўникади. Аслида энг катта ўғри бизмиз: ўқувчиларнинг ишончини ўғирлаймиз, бошқалари шунинг ортидан келаверади. Уларни табиий қабул қилиб, ҳар биринг фирини ҳурмат қилишимиз зарур. Дарсда ўқитувчи ҳукмролиги батамом тугатилиши керак.
إظهار الكل...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, kanalimiz a'zolari, barchamizga ramazon hayiti qutlug‘ bo‘lsin! Doim sog‘-salomat bo‘ling! Niyatlaringiz mustajob bo‘lsin!
إظهار الكل...
👍 1
Ibrat O‘qituvchi o‘quvchiga har tomonlama ibrat bo‘la olishi kerak, aks holda, hech kim hayotdagi haqiqatlarga ishonmay qo‘yadi, biz o‘z xatti-harakatlarimiz bilan "Mullaning aytganini qil, qilganini emas" degan maqolni yo‘qqa chiqarishimiz kerak. O‘quvchilarga ta'masiz yordam berishni, xizmat qilishni o‘rgatishimiz, ko‘rsatib berishimiz kerak. Qachon o‘qituvchining obro‘si oshadi, qachonki, uning ilmi va amali bir bo‘lsa. https://t.me/hamroyev_g
إظهار الكل...
👍 8
Boshqacha o‘qitish vaqti keldi Ona tili va adabiyot darslarida matnning, asarning mazmunini anglashi, muallifning nima demoqchi ekanini tushunishi uchun, avvalo, u o‘quvchi yoshiga mos bo‘lishi lozim. Biz bugun bola asar o‘qimaydi, deb noliymiz, ammo taqdim qilayotgan asarimiz qay darajada o‘qishli?! Uni o‘quvchi tushuna oladimi? Oltmish yoshli yozuvchi uni necha yoshdagi bola uchun yozgan? Masalan, Chingiz Aytmatovning asarlari bola idroki bilan yozilgan. Hatto "Jamila" qissasi ham. O‘zbek adabiyotida Qodiriyning "Uloqda" hikoyasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham chorak asrdan beri o‘qitib kelinayotgan edi, ammo aksariyat o‘qituvchilar bu hikoyaning mazmunini tushuna olmay, o‘quvchilarga uloq milliy qadriyat sifatida ulug‘langan deb uqtirib kelishgan, aslida hikoyada katta hayotiy saboq haqida bayon qilinadi. Endi Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasini oladigan bo‘lsak, bu asar 7-sinf o‘quvchilari tushuna olmaydigan mavzu, nazarimda. Unsin, uning ovsinlari, payg‘ambar yoshidan oshgan qari eri o‘rtasidagi muloqotni qanday his qiladi. Bu asarning badiiy qimmati, estetik ta'siri katta. Uni yuqori 10-11-sinflarda, o‘quvchini hayotga tayyorlash maqsadida o‘qitish mumkin. 7-sinf o‘quvchilari tabiat va qabriston manzaralaridagi dahshatni tasavvur qilishi mumkin, ammo haqiqiy "dahshat" ni, Unsinning dahshatli qismatini tushuna olishmaydi. Avvalo, o‘qituvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish kerak, ularga matn mazmunini anglashga olib boruvchi savol va topshiriqlar tuzishning sir-asrorlari o‘rgatilishi zarur. Umuman, badiiy asar tahliliga yangicha yondashish va'qti kelgan. "O‘g‘ri" hikoyasida o‘g‘rining kimligini topish haqida savol bermay, korrupsiyaning insonga, jamiyatga salbiy ta'sirini tushuntiruvchi topshiriqlar berish foydaliroq. @hamroye_g
إظهار الكل...
👍 8
Assalomu alaykum! Qadrli kanalimiz a'zolari suhbatimizni biroz kechiktiramiz. Soat 21:00 da bugun. Uzr so‘rayman! Universitetda kechki ta'limda ma'ruzam boshlanib qoldi.
إظهار الكل...
3
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.