cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Maftuna Bahriddinova|rasmiy

Ushbu kanaldagi she'rlar mualliflik huquqiga ega!Ruxsatsiz foydalanmang.. Barcha yangiliklar shu yerda. Bizga qoʻshiling va biz bilan qoling.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
425
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-227 أيام
-2930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

KULIB YURING, KULISHDAN QISMASIN XUDO DUET SHE'R Qalbingiz dardlarga toʻlib ketsa ham, Qaygʻular holingiz xarob etsa ham. Inshonganlaringiz sizdan kechsa ham, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Muhammad Azim Ishongan tog'ingiz bo'lsa ham yakson, Kulfat ko'chasida bo'lsangiz sarson, G'am sizni sira ham yengmasin oson, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Maftuna Bahriddinova Besh kunlik bu dunyo oʻtar-u ketar, Hayotdan quvoning asli shu yetar. Insonning boshidan eh nelar oʻtar, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Muhammad Azim Bor derlar umrning bahori, kuzi, Yurakda qolar goh dardlarning izi, Kulgu-la go'zaldir insonning yuzi, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Maftuna Bahriddinova Insonga hayotda uchraydi yovlar, Uchrab turar goho turfa sinovlar. Lek bular baxt uchun boʻlolmas gʻovlar, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Muhammad Azim Goh sinov keladi, goh omad kular, Taqdirda borini bir Alloh bilar, Boriga, bariga qilib shukrlar, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Maftuna Bahriddinova Shukr qilish kerak boriga asli, Sinovli kunlar bu- shukrona fasli. Soʻzimni eshiting odamzod nasli, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Muhammad Azim Qadringiz past bo'lsa yerdagi xasdan, To'yib ketsangiz ham ming bitta kasdan, Dardingiz olamga aylamay doston, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Maftuna Bahriddinova Asli sinovlardan yaralgan dunyo, Sinovlar oldida bosh egmang aslo. Suygan bandasini sinaydi axir, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Muhammad Azim Armon-u g'amlarni so'zsiz o'ldirib, Qalbingiz to'riga shodlik to'ldirib, Hech qachon sinmayman deya bildirib, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Maftuna Bahriddinova 19.05.2024.y Mualliflar: ✍️ Muhammad Azim https://t.me/sheriyat1olami_muhammadazim ✍️ Maftuna Bahriddinova https://t.me/maftuna_bahriddinova_shoira
إظهار الكل...
👍 5🔥 2🎉 2👏 1
#PREMYERA #BUGUN KULIB YURING DUET SHE'R Mualliflar: ✍️ Muhammad Azim ✍️ Maftuna Bahriddinova Reaksiyani portlatvoringlar-chi qani!😊
إظهار الكل...
👏 5🔥 2 1😢 1💯 1
Bu tanlovda qatnashyotganimni bilmagan edim🙈
إظهار الكل...
👍 8👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bu menga ustozimiz Akromjon Aliqulovdan kutilmagan sovg'a bo'ldi ☺️. Judayam xursand bóldim. Kattakon raxmat Alloh rozi bo'lsin 🤲
إظهار الكل...
👍 6👏 2🎉 1
🥀🥀"Lola, lolajonim, lolaqizg'aldoq"🥀🥀 (Muhammad Yusufning "Lolaqizg'aldoq" she'riga bog'langan nazira) Ariqning bo'yida ko'rdim rayhonni, Qovjirab qolibdi, labida titroq. "Shoir sevgisi" ni menda ko'rdi-yu, Muhammad qayda deb ayladi so'roq. Ne deb javob beray? o'rgat ne demoq, "Lola, lolajonim, lolaqizg'aldoq". 📆24.04.2024. Samarqand viloyati Qo'shrabot tumani 23-maktabning 9-sinf o'quvchisi Maftuna Bahriddinova✍✍ Ushbu sheʼr ijrochisi Nazira Tojikiston Respublikasi Xoʻjand shahridan 🎙🎙 🎙💧🎙💧🎙💧🎙💧🎙💧🎙
إظهار الكل...
Lolaqizgʻaldoq.mp35.22 MB
👍 5🔥 3😢 2
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
#tavallud Bugun O‘zbekiston xalq shoiri, ustozimiz Halima Xudoyberdiyevaning tavalludiga 77 yil to‘ldi. Ustoz o‘zbekona ayol madhiga ega, boy ijodi bilan hamon qalblarimizda yashamoqda: Agar nogoh chalsa bir tosh O'lim tutsa, solib to'r, Ko'zlaringga to'ldirib yosh Qay hislatim ko'rinur?! ©Halima Xudoyberdiyeva @umidjon_gayrullayev_sherlari
إظهار الكل...
🎉 3👏 1
Judayam ajoyib ijro bo'libdi Menga judayam yoqdi 🥰. Ovoziga ko'z tegmasin ijrochi akani👏👏👏
إظهار الكل...
🔥 8
1.35 MB
🔥 8👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📚 TAKLIFNOMA Hurmatli ijodkorlar, she’riyat ixlosmandlari, Qoʻshrabot tumani hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi, "Istiqbol sari" gazetasi, Qoʻshrabot tumani AKM, hamda Qo‘shrabot tuman MMTB qoshidagi ‘‘Dilmunchoq’’ yosh qalamkashlar ijodiy klubi hamkorligida 18-may kuni soat 9:30 da Ergash Jumanbulbul oʻgʻli ijodiga bagʻishlangan Xalqaro konferensiya doirasida "JUMANBULBUL IZDOSHLARI" mavzusidagi adabiy-ijodiy uchrashuv hamda "Dilmunchoq" ijodiy klubi a'zosi, yosh isteʼdodli ijodkor Ulugʻbek Salohning "TAFTISH" nomli birinchi kitobi taqdimotiga taklif etamiz! ✅ Manzil: "Ergash Jumanbulbul oʻgʻli uy-muzeyi" - Qo‘shrabot tumani "Qoʻshtamgʻali" MFY Qoʻrgʻon qishlogʻi 👇👇👇 https://t.me/dilmunchoq_klubi
إظهار الكل...
👍 4
#Tanlovga #Ishtirokchi16 Boringizga shukr dada boringizga Biz deb azob bergansiz-a joningizga, Chaqirsangiz yelib boray yoningizga, Borligingiz katta davlat bizlar uchun, Boringizga shukr dada boringizga. Ishlab goho tunni tongga ulagansiz, Yaratgandan menga omad tilagansiz, Goh yiqilsam, dalda berib qo'llagansiz, Boringizga shukr dada boringizga. Dadam bor deb mag'rur qadam tashlab yurdim, Soyangizda g'am chekmadim, davron surdim, Siz men uchun, men kim uchun qayg'urdim? Boringizga shukr dada boringizga. Madadkorim, siz padari-buzrukvorim, Qiblagohim, ulug'lardan ulug'vorim, Duo qilib yutug'imga umidvorim, Boringizga shukr dada boringizga. Dadajonim, siz duolar qilsangiz, Zo'rlardan ham zo'ri bo'lar qizingiz, Siz menga keraksiz agar bilsangiz, Boringizga shukr dada boringizga. Mehringiz beminnat non-u tuzingiz, Robbimning oldida yorug' yuzingiz, Shukr deyman, yonimdasiz o'zingiz, Boringizga shukr dada boringizga. 📆27.10.2023 🏞️ Samarqand viloyati Qo'shrabot tumani 23-maktabning 9-sinf o'quvchisi ✍ Maftuna Bahriddinova @Bektosh_Mansur
إظهار الكل...
6
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.