Basriya
الذهاب إلى القناة على Telegram
«Baxtsiz kunimiz ilm olmagan kunimiz» Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
إظهار المزيد6 612
المشتركون
-524 ساعات
+907 أيام
+11030 أيام
أرشيف المشاركات
6 605
У тебя новое анонимное сообщение!
Анонимний қлинг берадигон саволларим кўп эди , роса кам қиласизе
Ха ҳар доим ҳам вақтим бўлмияпти …
6 605
+1
Хазратимнинг китоблари…
Келажакда Хазратнинг китоблари учун алохида, ўзгача жавон қилдираман. ИншааАллох ✨
6 605
🟠Хизмат - Аллохнинг наздида иймондан кегин энг мақбул амал бўлган муҳаббатнинг амалий кўринишидир. Муҳаббат самимий бўлиши, хизмат йўли билан ифода қилиниши керак. Ундай бўлмаса, бу муҳаббат гувоҳсиз, далилсиз даъводан бошқа нарса бўлмай қолади.
Хизмат- самимий муҳаббатнинг ифодаси, далили ва гувоҳидир. Бу хизмат - Аллоҳга, унинг Расулига, Китобига, мусулмонларнинг раҳбарларига, бутун умматга хизматдир. Бироқ бу хизмат инсониятнинг ўзи билан чекланмаслиги, балки барча махлуқотларни қамраб олиши керак.
💾Футувват.
6 605
🟠Инсонни Аллоҳга энг кўп яқинлаштирадиган нарса - қалбнинг амали бўлмиш муҳаббатдир.
💾Футувват.
6 605
🟠Андалус
Gʻarbliklar bizni aldab: “Andalusni oʻz egalari qaytarib oldi” deyishadi. Haqiqatda esa Andalusning asl aholisi boʻlmish musulmonlar va yahudiylarni taftish mahkamalari qoʻli bilan tarix bilgan eng jirkanch irqiy, diniy tozalash hodisasida qirib yuborishdi. Oʻz dinidan voz kechib nasroniylikni qabul qilishni istamagan uch million musulmonni oʻldirishdi, tarixning xayoliga kelmagan azob turlari ila azoblashdi. Ispanlar bu kunni har yil nishonlashadi. Biz bunga parvo qilmaymiz! Bilasanmi, taftish mahkamalari zulmidan qochib kelgan yahudiylar islom oʻlkalaridan qoʻnim topishdi. Shuning uchun koʻp diyorlarimizda ularning shaharchalari bor. Bu bizning axloqimiz. U esa ularning... Andalus qulaganidan soʻng masjidlar cherkovga aylantirildi. Qurtuba jomesida azon aytish va namoz oʻqishni man qilishdi. Musulmonlarning mollari musodara qilindi, yerlari egallab olindi. Andalus madaniyati islomning porloq madaniyatidir. Hatto insofli ispan tarixchilari Andalus fathini ilmiy inqilob, hamda jaholat qorongʻuligida yotgan Yevropaning uygʻonishi deb zikr qilishadi. Bugungi kunda musulmonlar qurgan birgina “Al-Hamro” qasri yiliga Ispaniya byudjetiga besh yuz million dollar daromad tushirib beradi. Musulmonlar fath qilgan diyorlarda boshqa din vakillarining ibodatxonalari buzilmagan. Islomning harbiy axloqi nihoyatda goʻzal boʻlgan. Eʼtibor bering harbiy axloqimizga: 1. Ayollarni oʻldirmaslik. 2. Daraxtlarni sindirmaslik. 3.Chaqaloqlarni oʻldirmaslik. 4. Yosh sabiy bolalarni oʻldirmaslik. 5. Bemorlarni oʻldirmaslik. 6. Qarilarni oʻldirmaslik. 7. Xiyonat qilmaslik. 8. Bir chekkada ibodat qilayotgan rohiblarni oʻldirmaslik. 9. Ibodatxonalarni buzmaslik. 10. Musla qilmaslik va vahshiylik bilan qatl qilmaslik.( Musla- bu quloq va burnini va boshqa aʼzolarini kesib oʻldirish). 11. Hayvonlarni faqatgina yeyish uchun soʻyish. 12. Uylarni buzmaslik, obod joylarni vayron qilmaslik. 13. Ahdga vafo qilish. 14. Asirlarga yaxshilik qilish, ikrom qilish va taomlantirish. 15. Islomga majburlamaslik. 16. Taslim boʻlganlarni avf qilib kechirish. Ularning qilgan vahshiyliklari tarix sahifalarida yozilgan turibdi! Abdulqodir Polvonov💾Тафаккур чизгилари.
6 605
🟠Ислом олтин асри хақида.
Islom Oltin asri - bu Islom tarixida an'anaviy ravishda VIII asrdan XIII asrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi, bu davr davomida Islom olamining ko'p qismini turli xil xalifaliklar boshqargan va ilm -fan, iqtisodiy taraqqiyot va madaniyat gullab-yashnagan. An'anaga ko'ra, bu davr Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid (786–809) hukmronligi davrida, Bag'dodda Donolik uyi (Bayt ul-hikma)ning ochilishi bilan boshlangan bo'lib, u yerda dunyoning turli burchaklaridan kelgan, turli madaniyatdagi olimlar toʻplanib faoliyat yuritishgan va dunyoning barcha mumtoz bilimlarini arab tiliga oʻgirishgan. Oltin asrning barham topishi turli xil tarzda, 1258-yilda Bag'dod mo'g'ullar istilosi bilan, yoki 1492-yilda Ibrana (Pireney) yarim orolidagi Al-Andalusda Granada amirligining xristianlar tomonidan egallanishi bilan belgilanadi. Oltin asr davrida yirik Islom poytaxtlari Bag'dod, Qohira va Kordova ilm-fan, falsafa, tibbiyot va ta'limning asosiy intellektual markazlariga aylandi. Hukumat olimlarga keng miqyosda homiylik qilgan. Hunayn ibn Is'hoq kabi eng yaxshi olimlar va taniqli tarjimonlarning maoshlari hozirgi professional sportchilarniki kabi yuqori bo'lgan. Nisibis maktabi va keyinchalik Edessa maktabi klassik bilimlarni o'rganish va keng tarqatish markaziga aylandi. Donolik uyi o'z navbatida kutubxona, tarjima instituti va akademiyasi edi, Aleksandriya kutubxonasi va Konstantinopol imperator kutubxonasi yangicha ruhdagi adabiyot namunalarini saqlagan. Nestorian nasroniylari arab madaniyatining shakllanishida muhim rol o'ynagan, Jundishopur shifoxonasi va tibbiyot akademiyasi sosoniylar, umaviylar va abbosiylar davrida dovrugʻ qozongan. Xususan, Nestorian Buxtishu oilasining sakkiz avlodi VIII -XI asrlar orasida xalifa va sultonlarga shaxsiy shifokor bo'lib xizmat qilgan.
6 605
Жудддда кўп маълумотлар излаб топтим, хаммасини илиняпман)
Кечаси ёзиб қўяман эрталаб ўқисизлар, жуда узун бўлиб кетиш эхтимоли бор…😄
6 605
Бундан ҳам ҳайратланарли томони шундаки, қайд этилишича, ал- Ҳакам || қироллик кутубхонасидаги барча китобларни ўқиб чиққан ва шарҳлай олган. Бу даъво, эҳтимол мавҳумдир, лекин у ал- Ҳакамнинг китобларини қанчалик даражада севганини кўрсатиб беради. Халифанинг китобга ва китоб ўқишга муҳаббати охир- оқибат ўз шахрини бутун дунё учун билим марказига айлантирди.
6 605
Ал- Андалусда хусусий кутубхоналар гуллаб яшнади. Айтишларича, Кордова 10- асрда ғарбий дунёдаги энг катта китоб бозори бўлган.
10- асрга келиб, шахар кўп сонли олимлар, таржимонлар, файласуфлар ва зиёлилар учун жаннатга айланди ва уни Европанинг интеллектуал марказига айланди. У қадимги лотин ва юнон матнларини араб тилига таржима қилишни фаол қўллаб қувватлаган. Бу лойиҳа учун нафақат мусулмонлардан, балки инсоният маданияти,илмий ва интеллектуал меросини келажак авлодларга, мерос қилиб сақлаш учун жамоавий ишлашган.
6 605
Халифа ал- Ҳакам || ва Андалуснинг буюк кутубҳонаси.
Ал- Андалусдаги Кордова ҳалифаси Ал- Ҳакам нинг китоблар ва илмга бўлган меҳри ўзгача эди. Айтишларича у улкан кутубхонани жамлаган, унда энг камида 400минг китоб бўлган. ,,Қироллик кутубхонаси мажмуаси,, фақат қирқ тўрт жилддангина иборат эди. Ал- Ҳакам даврида бу кутубхона 500 дан ортиқ одамни иш билан таминлаганлиги ҳақида хабар берилади.
Мусулмон Испаниясининг бошқа жойларида жами етмишта кутубхона бор эди . Х асрда Толедода бир нечта бўлган қироллик кутубхонасидан ташқари, Кордова, Севиля, Малага ва Гранада университетдаги кутубхоналар ва бошқа масжидлар ҳам бор эди.
6 605
Тарихга қизиқмидигонларни ҳам қизиқтириб юборадиган маълумотлар йиғиб қўйдим, бўлишеми? 👀
