cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Xusniddin Mamadiyev

👤Mamadiyev Xusniddin Norboyevich 🇺🇿Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i 💼Sotsiolog, huquqshunos, sotsiologiya fanlari tadqiqotchisi

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
6 444
المشتركون
-4224 ساعات
-1097 أيام
-36530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

ХУШХАБАР !!!
إظهار الكل...
👍 9👏 2💯 2
28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO) yakuniy natijalari e’lon qilindi. Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o’tkazilgan o’smirlar o’rtasida 28-Bolqon Matematika olimpiadasida Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya,  Bolgariya, Ukraina, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Xoravatiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Montenegro, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Turkiya  kabi mamlakatlardan jami 135 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi 28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi yakuniy natijalariga ko‘ra o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥈3ta kumush, 🥉3 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi. Sovrindorlarimiz bilan tanishing: ⚡️Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi  - 🥈 Kumush medal ⚡️Anvarov Javohir —  Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi  - 🥈 Kumush medal ⚡️Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani  3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi  - 🥈 Kumush medal ⚡️Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi - 🥉 Bronza medal ⚡️Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi -🥉 Bronza medal ⚡️Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o'quvchisi - 🥉 Bronza medal Barcha g’oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz! Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang. Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin! ⏺ olympiad.uzedu.uz 🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
إظهار الكل...
👏 34👍 9👌 4🕊 3
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli yoshlar!
Siz, azizlarni "30-iyun - Yoshlar kuni" bilan samimiy muborakbod etaman! Siz - Mustaqil O‘zbekistonning porloq kelajagi egalarisiz. Tomiringizda buyuk ajdodlarimiz qoni oqmoqda. Zimmangizga ajdodlarga munosib avlod bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek sharafli vazifa yuklanar ekan, bu yo‘lda sizlarga omad, ulkan zafarlar, g‘ayrat va shijoat yor bo‘lishini tilayman. Vatanimizning gul-u lolalari bo‘lgan aziz yigit-qizlar! Iqbolingiz hamisha porloq bo‘lsin!
Xusniddin Mamadiyev Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Telegram | Facebook
إظهار الكل...
00:42
Video unavailableShow in Telegram
Президент фаол ёшларга давлат мукофотларини топширди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
reels_mukofotlash_tg_new.mp424.10 MB
👏 15👍 6💯 3
☄️ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi 📣 Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini jismonan chiniqtirish va ular uchun yozgi sog‘lomlashtirish davrini mazmunli tashkil etish, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun Sariosiyo tumanidagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi. 🗣️ Seminar davomida mas’ullarga bolajonlar uchun yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. 🌐 Veb-sayt |📱 Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
إظهار الكل...
👍 10👏 2💯 1
⚡️Surxondaryoda ilk bora nemis tili o‘qituvchilari uchun "Goethe Zetifikat B2" til imtihonlari o‘tkazilmoqda ▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi bilan Gyote institutining Toshkentdagi filiali bilan hamkorlikda 27-28-iyun kunlari Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida "Goethe Zertifikar B2" til imtihoni bo‘lib o‘tmoqda. ➖Unda surxondaryolik bir guruh nemis tili o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda. ☑️Eslatib o‘tamiz, mazkur imtihonni o‘qituvchilar 50 foiz chegirma asosida topshirishyapdi. ✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Sizni “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan chin qalbdan samimiy tabriklayman. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda ta’lim yo‘nalishida olib borilayotgan islohot, yo‘lga qo‘yilayotgan tizimli o‘zgarishlar va tashabbuslar mohiyatini xalqimizga yetkazishda OAV xodimlarining xizmati beqiyos. Shu ma’noda, o‘z iste’dodi, ijodi, o‘tkir qalami va so‘zi bilan milliy jurnalistikamiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan o‘tkir qalam egalarining fidokorona mehnati doimo e’tirof va e’zozga loyiq.
Aziz jurnalist va blogerlar!
Yurtimiz farovonligi va jamiyat ochiqligi yo’lidagi faoliyatingizda zafarlar tilaymiz. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Xusniddin Mamadiyev Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Telegram | Facebook
إظهار الكل...
👍 35🙏 2👌 2 1🎉 1🫡 1
⚡️Surxondaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi faoliyati o‘rganildi ▪️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabiga tashrif buyurdi. ➖Tashrif davomida maktabdagi to‘garaklar faoliyati, yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Boshqarma boshlig‘i malakali mutaxassislarni maktabga jalb etish, to‘garaklar faoliyatini yanada kengaytirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi. ☑️Ma'lumot uchun, viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi 1989-yilda qurilgan bo‘lib, 350 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirda maktabda jami 7 ta yo‘nalishda 30 ta to‘garak faoliyat yuritmoqda va ularga 840 nafar bolalar qamrab olingan. ✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
إظهار الكل...
👍 29👏 5💯 2 1🎉 1🙏 1👌 1🕊 1🫡 1
Repost from Fan olimpiadalari
Photo unavailableShow in Telegram
📣📣📣📣📣 Matematika bo’yicha O’zbekiston yoshlar terma jamoasi Ilk bor O’smirlar o’rtasidagi Balkan matematika olimpiadasida (JBMO) ishtirok etish uchun Antalyaga jo’nab ketdi. 😄Terma jamoa tarkibi bilan tanishing: ⚡️Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi; ⚡️Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi; ⚡️Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani  3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi; ⚡️Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi; ⚡️Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o'quvchisi; ⚡️Anvarov Javohir — Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! ⏺ olympiad.uzedu.uz 🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
إظهار الكل...
👍 43
☄️ Surxondaryoda 36 ta MTT o’z faoliyatini boshladi 📣 Surxondaryo viloyatida 36 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti o’z faoliyatini boshladi. Jumladan, Denov tumanida 4 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. “Oxtom” mahallasida 29-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bolajonlarni o’z bag’riga oldi. Mazkur MTT 120 o'ringga mo'ljallangan bo'lib, 4 mlrd 130 mln so'm mablag' evaziga qurilib, jihozlandi. Shuningdek, “Elobod” mahallasida bunyod etilgan 38-davlat MTT foydalanishga topshirildi. MTT 90 o’ringga mo’ljallangan bo’lib, “Hazarbogʻ qurilish ta'mirlash” MChJ 3 mlrd 940 mln so’m mablag’ evaziga bunyod etildi. Tumandagi “Mehnatobod” mahallasida “Boysun-Sabrina” MCHJ tomonidan 4 mlrd 85 mln so’m mablag’ evaziga bunyod etilgan 120 o’rinli 53-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Shu bilan birga, “Sunbula” mahallasida 54- davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Mazkur MTT 120 o'ringga mo'ljallangan bo'lib, MTT 4 mlrd 85 mln so'm mablag' evaziga qurilib, zamonaviy jihozlandi. ➡️ Shu bilan birga, Angor, Boysun, Muzrabot, Sherobod, Qumqo‘rg‘on, Qiziriq hamda Uzun tumanlarida jami 32 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat boshladi. 🗣️ Ma’lumot uchun: Viloyatda 3-7 yoshgacha bo’lgan bolalar 268 108 nafar bo'lib, shundan 168 352 nafar yoki 62.8 foizi jami 2920 ta (shundan, 463 ta davlat, 169 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 2279 ta oilaviy, 9 ta xususiy) maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olingan. 🌐 Veb-sayt |📱 Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
إظهار الكل...
👍 33👏 3💯 3🕊 1🫡 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.