#tungi_suhbat
Bugun suhbatlashib qoldim.
Suhbatdoshim aytdi: “Bizda qaynona va buvilar nabiralarga qarab o’tirishadi. Onalar bolalariga faqat kechqurun qarashadi.”
Men aytdim: “Aslida unaqa bo’lishi kerak emas, bola onasi bilan vaqt o’tkazishi kerak”
Har ikki ayoldan birining muammosi nima bilasizmi?
Vazifalariga ulgurmayotganligi…
Bizdan oldingi momo-buvilardan hech yo’q bir marta bo’lsa ham ular qanday qilib ulgurishgani haqida so’rab ko’rgan bo’lsangiz kerak. Hammalarining javobi bir xil shunday emasmi?!
Ular hammasiga ulgurishgan.
- uy ishlariga,
- kiyim-kechaklarning tozaligiga,
- oila a’zolarni rozi qilishga,
- osh-ovqatga…
Lekin ularning bu ro’yxatida doim bir narsa tushib qoladi. Bolalar. Ular bolalarining bolaligiga to’ya olishganmi? Maza qilib, bearmon o’ynashganmi? Bolaligiga to’ya olmadim degan armonlari yo’qmi?
Ey ona! Ey nurligim! Boshqalar ulgurishyapti, men ulgurolmayapman deb o’zingizni boshqalarga solishtirmang. Boshqalarning “hamma narsasi” bilan sizning “hamma narsangizni” farqi bor. Boshqalar hamma narsaga ulguryapman deb faqat yuqoridagi narsalarni ko’zda tutayotgandiru, prioritetdagi eng asosiy narsani ko’zdan qochirayotgandir, balki. Balki siz eng asosiy narsaga ulgurayotgandirsiz.
@NilufarbintuUlugbek