cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

JADID media | rasmiy

“Jadid” gazetasining rasmiy kanallari: ©Lotin > @Jadid_media ©Кирилл > @Jadidmedia_rasmiy Murojaat: @jadidgamurojaat_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
6 844
المشتركون
-11324 ساعات
+3 0497 أيام
+2 75130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
📱 jadid-media.uz 📚 “SHUM BOLA”NING JOZIBASI ✍️ Bahodir KARIM:
“Shum bola” asari Gʻafur Gʻulom ijodi­ning nasrdagi yuksak cho‘qqisi hisoblanadi. Qissaning fazilatlari juda ko‘p. Aynan shu asarida adibning cho‘ng badiiy mahorati yaqqol ko‘rinadi. Muhimi, “Shum bola” o‘zbek adabiyoti tarixidagi mingdan ortiq qissalar orasida o‘z poetik qimmati bilan hamon birinchilar qatorida turibdi. Bu asarni o‘qigan borki, Gʻafur Gʻulomning ibrat maktabidan sa­boq olishi tabiiy.
🖥 Batafsil: jadid-media.uz/shum-bolaning-jozibasi/ 🚀 🔵 🎬 📷 🐤 ➡️ @Jadid_media
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📱 jadid-media.uz 👵 URCHUQ YIGIRIB, BAXT TO‘QIDIM 🔹 Asiba BOTIROVA:
– Onam­ning boshqirdistonlik kursdoshi boʻlardi. U bizga qutida tivit junini joʻnatardi. Onam ana shu tivitdan roʻmol, paypoq toʻqib berardi. Mahallamiz ayollarining hammasi ham urchuq yigirishni yaxshi bilar, bilmaganlari noʻnoq hisoblanardi. Onam va ammamdan koʻrib men ham bu hunarga qiziqdim.
🔻 Bahrom BOYMURODOV suhbatlashdi. 🖥 Batafsil: jadid-media.uz/urchuq-yigirib-baxt-toqidim/ 🚀 🔵 🎬 📷 🐤 ➡️ @Jadid_media
إظهار الكل...
Repost from N/a
🔴 Bilimingizni sinab ko‘ring! Buxoro jadidlari 1908-yil “Buxoroi sharif shirkati” tuzishadi. Ushbu shirkat nima bilan shug‘ullangan?Anonymous voting
  • Darsliklar nashr etish va kitob savdosi
  • Xorijdagi talabalar uchun mablag‘ yig‘ish
  • Yangi usul maktablari tashkil etish
  • Gazeta va jurnallar orqali aholini xorij xabarlari bilan tanishtirish
0 votes
Photo unavailableShow in Telegram
📱 jadid-media.uz 🟢 HAQGO‘Y ADIB VA INSON ✍️ Ibrohim G‘AFUROV:
Tog‘lar uzoqlardan haybatli ko‘rinadi va yaqiniga borsangiz, ularning qorli cho‘qqilari ko‘klarga tutashib ketganday tuyuladi. Har qaysi odamning bir o‘zak xislati bo‘ladi. Bosh­qa barcha xislatlarini shu o‘zak xislat boshqaradi va o‘z ortidan ergashtiradi. Shoir, adib va dramaturg Shuhrat (Gʻulom Alimov)ning ham shunday o‘zak xislati bo‘lgan.
🖥 Batafsil: jadid-media.uz/haqgoy-adib-va-inson/ 🚀 🔵 🎬 📷 🐤 ➡️ @Jadid_media
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📱 jadid-media.uz 🟦🟦🟦🟦 📆 16-MAY – FATHULLA MA’SUDOV TUG‘ILGAN KUN
Fathulla Ma’sudov 1963-yil 16-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘z faoliyatini 1986-yilda O‘zbek Milliy akademik drama teatrida rejissyor yordamchisi sifatida boshlaydi. Fathulla Ma’sudov dublyaj sohasida ham besh yuzdan ortiq film qahramonlariga ovoz berib, tomoshabinlar qalbidan joy egallagan. Barchamizga tanish “Shaytanat” serialidagi Anvar obrazini Fathulla Ma’sudovning ovozisiz tasavvur etish qiyin. Ijodkor suratga tushgan “Tangalik bolalar”, “Kichkina tabib”, “Dada” kabi filmlar esa xalqimiz tomonidan hanuzgacha katta qiziqish bilan tomosha qilinadi. Aktyor o‘zining faoliyati davomida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni, “Shuhrat” medali va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan.
🚀 🔵 🎬 📷 🐤 ➡️ @Jadid_media
إظهار الكل...
Repost from N/a
🔴 Bilimingizni sinab ko‘ring! 1913-yilda Toshkentda chop etilgan “Sadoyi Turkiston” gazetasining muharriri kim?Anonymous voting
  • Obidjon Mahmudov
  • Mahmudxo‘ja Behbudiy
  • Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev
  • Munavvarqori Abdurashidxonov
0 votes
Photo unavailableShow in Telegram
📱 jadid-media.uz 📚 XOTIRA UYG‘ONSA GO‘ZAL ✍️ Almaz ULVI:
Ismoil G‘asprali tomonidan asos solingan va “Tilda, fikrda, ishda birlik” shiori bilan chinakam ma’noda yangi Renessans fenomenini yuzaga keltirgan ushbu ma’rifatparvarlik harakati turkiy xalqlar tarixining yorqin sahifalarini tashkil qiladi. Mazkur harakat faoliyatiga teran nazar solsak, jadidlik turkiy musulmon xalqlar tarixida haqiqatan ham noyob hodisa ekaniga amin bo‘lamiz.
🖥 Batafsil: jadid-media.uz/xotira-uygonsa-gozal/ 🚀 🔵 🎬 📷 🐤 ➡️ @Jadid_media
إظهار الكل...
Repost from N/a
🔴 Ushbu misralar kimning qalamiga mansub? “Yo‘q ishim hokim, amaldor, shoh-u xoqonlar bilan; Birgadurman doimo hamdard bo‘lg‘onlar bilan!..”Anonymous voting
  • Oybek
  • Abdulhamid Cho‘lpon
  • Abdurauf Fitrat
  • Usmon Nosir
0 votes
Photo unavailableShow in Telegram
📱 jadid-media.uz 📚 ADABIYOT OTAMDAN KUCHLI (hajviya) ✍️ Domla TUROB:
– Bo‘l-may-di! Umuman, bo‘lmaydi. Anavi qudalikka nomzodning to‘ng‘ich o‘g‘li alimentshik ekan. Birinchi ro‘zg‘oridan oltita bolasi onasiga qo‘shilib qaynog‘alikka nomzodni orqasidan galalashib quvib yurarmish. Aniq tegib ketadi! Otamiz bo‘shashibroq kitobni teskari qo‘ydilar. Qo‘lga ilashgan keyingi asar “Bahor qaytmaydi” bo‘ldi. Padarimiz to‘lqinlanib: “O‘tkir okamgila bu romanni yorib qo‘yganlar. Videofilmini ko‘rganman. Alimardon To‘rayev! Lutfulla Sa’dullayev!” deb xitob qildilar. Shu joyga kelganda rafiqamiz bir o‘rnidan turdi-yu, botinolmay jo­yiga qayta cho‘kdi.
🖥 Batafsil: jadid-media.uz/adabiyot-otamdan-kuchli/ 🚀 🔵 🎬 📷 🐤 ➡️ @Jadid_media
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📱 jadid-media.uz 🟦🟦🟦🟦 📆 15-MAY – ABDUSAID KO‘CHIMOV TUG‘ILGAN KUN
Abdusaid Ko‘chimov 1951-yil 15-may kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. Ilk kitobi 1978-yil “Kashfiyotchi bolalar” nomi ostida nashr etilgan. Undan so‘ng “Mening O‘zbekistonim”, “Toshburgut” , “Mening yulduzim”, “Chanoq” nomli publitsistik, she’riy va nasriy kitoblari chop etilgan. Ijodkorning bir nechta qissa va she'rlari rus, ukrain, uyg‘ur, turk va boshqa jahon tillariga tarjima qilingan. “Baland tog‘lar” qissasi va “Boychechak” hikoyasi asosida badiiy filmlar yaratilgan. Tabiatni asrab-avaylash mavzusidagi asarlari uchun Xalqaro YUNESKO mukofoti berilgan. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni, “Shuhrat” medali va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
🚀 🔵 🎬 📷 🐤 ➡️ @Jadid_media
إظهار الكل...