MSR Aka - uka matematiklar
الذهاب إلى القناة على Telegram
📌 Kuçli ustoz | 2020-yildan boşlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻♂️300+ muvaffaqiyatli öquvçilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy öquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslaştirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27
إظهار المزيد562
المشتركون
+224 ساعات
+57 أيام
-1230 أيام
أرشيف المشاركات
O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
Hukumat qaroriga ko‘ra, belgilangan toifadagi talabalar uchun 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi (GPA) 3,5 va undan yuqori bo‘lgan talabalarga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bunday imtiyoz beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
✅ @MSRtestlari
⚡️Bu yil ham OTMga kirish imtihonlarida maksimal ball 189 bo‘ladi!
Test topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Barcha uchun majburiy 3 ta fan:
Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) 10 ta;
Matematika 10 ta;
O‘zbekiston tarixi 10 ta.
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
fan 30 ta savol (har biri 3.1 balldan 93 ball);
fan 30 ta savol (har biri 2.1 balldan 63 ball).
60 ta savol jami 156 ball.
✅ Obuna bo’lishni ununtmang!
@MSRtestlari
#Diqqat #Yaxshi_xabar
❗️Talabalar kontraktining 35 foizi to‘lab beriladi!
Quyidagi talabalar uchun kontrakting 35% qismini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoplab beradi:
▫️O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘taganlar
▫️Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar
▫️To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar
Arizalar 15 fevralga qadar universitet yoshlar yetakchisi tomonidan qabul qilinadi!
✅ @MSRtestlari
⚡️Rasman: Sertifikatga ega o‘zbek tili (davlat tili) o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi!
🇺🇿 Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi deya xabar bermoqda maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova.
Unga ko‘ra, 1-fevraldan boshlab, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi o‘rta ta'lim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.✅ @MSRtestlari
❓Abituriyent milliy sertifikat olsa kirish imtihoni topshirmasa ham bo'ladimi?
✅ Albatta bo'ladi! Abituriyentlar quyidagi fanlar bo'yicha sertifikat uchun imtihon topshirib oldindan ballni naqd qilib qo'yishi mumkin:
1️⃣ Matematika
2️⃣ Biologiya
3️⃣ Kimyo,
4️⃣ Fizika
5️⃣ Ona tili va adabiyot (rus, qoraqalpoq)
6️⃣ Tarix
7️⃣ Geografiya
❌ Eslatma: Boshqa fanlardan ayni vaqtda milliy sertifikat olish imkoni yo'q (chet tillaridan boshqa) balki kelgusi yillardan qo'shilishi mumkin.
Masalan, tibbiyot universitetiga topshirmoqchi bo'lgan abituriyent kimyo, biologiyadan sertifikat olib qo‘ysa, imtihonda faqat majburiy blokdagi 3 ta fandan test ishlaydi xolos.
Yoki bo'lmasa, asosiy blok fani tarix va ona tili va adabiyoti bo'lgan pedagogika yo'nalishiga kirmoqchi bo'lgan abituriyent Tarix va Ona tili fanlaridan milliy sertifikat olishga muvaffaq bo'lsa unga ham asosiy ham majburiy fan ballarini oldindan naqd qilib qo'yadi. Kirish imtihonida faqat Matematika fanidan majburiy blok teslarini ishlaydi holos! Agar Matematika majburiy blokni ham ishlagisi kelmasa bu fandan ham milliy sertifikat olib qo'yishi mumkin.
Mazzami? Qarang, qanday imkoniyatlar bor!
✅ @MSRtestlari
Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar ❗️
Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi.
Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir.
✅ Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi.
✅ Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi.
✅ Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir.
✅ Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali.
✅ Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan.
✅ Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya.
✅ Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring:
Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz;
Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi.
⚠️ Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning.
❗️Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi.
✅ @MSRtestlari
Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi
Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi yana bir bor eslatmoqda.
Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.
2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan.
❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.
❓Bu nima degani?
Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi.
Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi.
ℹ️ Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283
👉 @xushnudbek 👈
+5
⚡️Bilimlaringizni sertifikatlar bilan tasdiqlang!
🎓 Kelajak rejalaringizda kuchli sertifikatlar talab qilinadi, ammo qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Biz sizga yordam beramiz!
💡 Biz bilan:
✔️ Milliy Sertifikat – olishga tayyorlanasiz muvaffaqiyat eshiklarini ochuvchi birinchi qadam;
✔️ SAT bo‘yicha tayyorlov – xalqaro darajada tan olingan bilimlarni tasdiqlang;
✔️ Attestatsiya olish – bilimlaringizni rasmiy hujjat bilan isbotlang!
🎯 Nega biz?
👨🏫 Tajribali ustozlar;
📔 Eng samarali o‘quv metodlari;
📃 Muvaffaqiyatli natijalarga erishgan o‘quvchilar tajribasi;
✅ Individual yondashuv va qulay jadval!
📌 Darslar offlayn tarzda o'tiladi.
❌ Kurs narxi 350.000 - 250.000 ming
Batafsil ma’lumot uchun adminga murojaat qiling!
📞 +998 97 129 27 27
👨🏻💻 Admin: @MuhammadAziz888
🏆 Kelajakka birinchi qadamni biz bilan tashlang!
#diqqat #eslatma
❗️Maktablarda III chorak darslari 13 yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
🔗 https://t.me/MSRtestlari
#abituriyent_2025
#fanlar_majmuasi
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!
📚 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi.
📌 Mazkur fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
🔗 https://t.me/MSRtestlari
+9
🎉 Bizning kursimiz o‘z samarasini bermoqda!
⚡️ Ushbu yutuqlar – qat’iyat, mehnat va o‘z ustida ishlashning yorqin natijasi. Har bir sertifikat – bilim olishga bo‘lgan intilish va muvaffaqiyatga olib boruvchi bir qadam.
🖼 Quyidagi rasmlarda siz bugungi qahramonlarni ko‘rishingiz mumkin. Ularning barchasi bizning faxrimiz va ilhom manbamizdir.
💡 Siz ham matematikani chuqur o‘rganishni istasangiz, bizning kursimizga qo‘shiling va kelajakdagi muvaffaqiyatingiz uchun birinchi qadamni tashlang.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun bog‘laning:
📞 +998971292727
🔗 @MuhammadAziz888
📌 Mashaqqat,Sabr va Rohat.
Sizni kursimizda kutib qolamiz 😊
#rasmiy
❗️Talabalar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
Barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
🔗 https://t.me/MSRtestlari
#Расман #Тезкор
⚡️Расман: Мактабларда қишки таътил 29-декабрдан бошланади
✅ Ота-оналар, ўқувчилар ва педагогларга қулайлик яратиш ҳамда ўқув жараёнларининг узлуксизлигини таъминлаш мақсадида қишки таътил кунлари 2024 йил 29 декабрдан бошланиб, 2025 йил 11 январга қадар давом этади.
Бунда мактабларда 2025 йил 11 январь (шанба) кунига белгиланган дарслар 2024 йил 28 декабрь (шанба) кунига ўтказилади ҳамда ўқув йилининг 3-чораги 2025 йил 13 январь (душанба)дан бошланади.
🔗 https://t.me/MSRtestlari
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari
✅ Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda
🔗 https://t.me/MSRtestlari
🇺🇿Talabalar, shoshiling: chegirmali chiptalar sizni kutmoqda
Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50% gacha chegirma e’lon qiladi.
❗️Chegirma davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi. Batafsil ma’lumot www.uzairways.com saytida.
Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi. Bu qishda uyga qulay va arzon narxlarda parvoz qilish imkoniyatini boy bermang!
50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin. Yoʻlovchi tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. Ularga 50% gacha taqdim etiladigan chegirma amal qilmaydi.
#norasmiy
❗️O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari va oliy ta'lim talabalari uchun qishki ta'til muddati e'lon qilindi!
📆 Umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.
Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha davom etadi️ va III chorak darslari 11-yanvardan boshlanadi.
📌 Ma’lumot uchun, OTM talabalari, professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilariga qishki ta’til 25-dekabrda boshlanib, 2024-yil 7-yanvargacha davom etadi.
📚 https://t.me/MSRtestlari
#табрикнома
❗️Бугун 17 ноябрь «Халқаро талабалар куни» билан барча талабаларни қутлаймиз 🥳
Шу юрт бизники, келажак бизники. Халқимизга ва жамиятимизга фойдаси тегадиган етук кадр бўлишингизга насиб айласин!
Талабаларга юбориб қўямиз
@MSRtestlari
❗️Кузги таътил тугади, эртадан барча таълим муассасаларида II чорак бошланади
Мактаб ўқувчилари учун 4 ноябрдан бошланган кузги таътил ниҳоясига етди. Эртага, 11 ноябрдан мактабларда II чорак бошланади.
Эслатиб ўтамиз, 11 ноябрь Касаба уюшмаси ходимлари байрами бўлса-да, бу сана дам олиш куни деб эълон қилинмаган. Яъни, эртага одатдагидек дарс жараёнлари бўлади. Шу сабабли, электрон (қоғоз) журналга ҳам ўзгартиришлар киритиш талаб этилмайди.
https://t.me/MSRtestlari
