cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

TDAU Xotin-qizlar maslahat Kengashi rasmiy kanali!

Toshkent davlat agrar universiteti Xotin-qizlar maslahat Kengashi rasmiy sahifasi!

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
793
المشتركون
-524 ساعات
-227 أيام
-13830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#Xotin_qizlar_huquqlari “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi: 🟢ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar; 🔴tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar; 🟢boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar; 🔴ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar; 🟢uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar; 🔴qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar. ✅ “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi boʻyicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi boʻyicha doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turmasligi “Ayollar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. 💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
إظهار الكل...
📌 Ma'lumot uchun: qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi 2024-yilda ham magistraturaga kiradigan xotin-qizlarning kontraktini davlat to'lab berishi rejalashtirilgan. 📝 Buning tartibi qanday? 👩‍💼Magistraturada o'qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o'zlari o'qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to'lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig'ilib OTM tegishli bo'lgan vazirlikka yuboriladi.
📆15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
❗️ Eslatma: magistraturaga qabul 30-iyulgacha davom etadi. Kanalga obuna bo’ling⤵️ https://t.me/OTM_Minbari
إظهار الكل...
Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal 💰REKLAMA xizmati, taklif va muammolar uchun:👉 @murojaatuztvbot

#nashriyot 🌟Toshkent davlat agrar universitetining izlanuvchi va iqtidorli yoshlari “O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi” jurnalining 7-sonida eʼtirof etildi Jurnalni yuklab olish: http://qxjurnal.uz/load/jurnal_2024/o_39_zbekiston_qishloq_va_suv_xo_39_jaligi_jurnali_7_soni_yuklab_olish/13-1-0-555 ✍️ Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati 🌐WEB-SITE | 🌐 TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM |🌐FACEBOOK | 🐦TWITTER📺YOUTUBE
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#bilgan_yaxshi Ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada tug‘ma nuqson va irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalar soni yildan-yilga ortmoqda yoki ko‘rsatkich darajasi muqim qolmoqda. ✅ Birgina 2023 yilda 1 741 nafar bola tug‘ma nuqson va irsiy kasalliklar bilan tug‘ilgan bo‘lib, ularning 9,7 foizi yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan tug‘ilgan. Surxondaryoda 31,6 foiz, Qashqadaryoda 26,0 foiz, Sirdaryoda 13,0 foiz, Andijonda 12,0 foiz, Samarqandda 10,3 foiz, Buxoroda 10,1 foiz tug‘ma nuqson va irsiy kasalliklar bilan kasallangan go‘daklar qarindoshlar nikohidan tug‘ilganligi aniqlangan. ✅ Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya markazida 2024 yilning 5 oyi davomida statsionar tartibda tibbiy xizmat ko‘rsatilgan 6 660 nafar bemor bolalardan 28,9 foizining ota-onalari yaqin qarindosh bo‘lishgan. 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
إظهار الكل...
01:07
Video unavailableShow in Telegram
#faxr ✅Joriy yilning 29-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan muloqot bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda Toshkent davlat agrar universiteti magistranti Anvarbekova Charos ishtirok etdi. ⚜️Yig'ilish davomida Prezident faol va tashabbuskor yoshlarni takliflarini eshitdi. Charos Anvarbekovaning oliy ta'lim muassasalari iqtidorli talabalari uchun "Iqtidorli yosh kadrlar zaxirasi" platformasi tashkil etilishi haqidagi taklifi qo'llab-quvvatlandi. ♻️Biz Charos kabi talabalarimiz borligidan faxrlanamiz hamda ulkan zafarlar tilaymiz! ✍️ Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati 🌐WEB-SITE | 🌐 TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM |🌐FACEBOOK | 🐦TWITTER📺YOUTUBE
إظهار الكل...
IMG_4327.MP45.87 MB
👍 4👏 1
📌 Endi foizsiz taʼlim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan xotin-qizlarga beriladi Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi. ❓Kredit kimlarga beriladi? ➖ Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari); ➖ Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.). ❓Qaysi taʼlim shakliga beriladi? ➖ Kunduzgi; ➖ Sirtqi; ➖ Kechki. Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀️ ❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti? Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi.Toʻlash qachondan boshlanadi? Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. ❓Qanday hujjatlar kerak? ➖ bankka ariza; ➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat; ➖ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi; ➖ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. ❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. Kanalga obuna bo’ling⤵️ https://t.me/OTM_Minbari
إظهار الكل...
Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal 💰REKLAMA xizmati, taklif va muammolar uchun:👉 @murojaatuztvbot

Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum, aziz farzandlarimiz - azamat o‘g‘lonlarimiz, oqila qizlarimiz! 📌 O‘zbekistonimizning intellektual kuchi, kelajak qudrati, millat xazinasi hisoblanadigan qadrli yoshlar! ‼️ Ushbu go‘zal ayyom - Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin! Sizlarga hayotingizning barcha jabhalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! O‘qish, ish va shaxsiy hayotda tengdoshlaringizga namuna bo‘ling! 📌 Aziz yoshlar, bu Vatan Sizniki, zamon Sizniki! ✅ Jahonga tanilib, taraqqiyotning yuksak bosqichlariga chiqqan Yangi O‘zbekistonimizga bilimli,  liberal qarashli, keng fikrli, o‘z ishiga kreativ yondashadigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallagan, shaxsiy yetuklik xislatlarini jamlagan, milliy qadriyatlarni asragan kadrlar zarur. Shunday ekan, o‘z ustingizda muntazam ishlang, o‘qing, o‘rganing va ulug‘ yurt ishiga munosib farzandlar bo‘lib ulg‘aying! Ibratli oila sohiblari bo‘ling! Ulug‘ shoir Gʻafur Gʻulom ta’kidlaganidek: «A’lo mamlakatning a’lo farzandi, bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!» Ozoda Parpiboyeva, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
إظهار الكل...
👍 1
🇺🇿O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2023-yil  21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  PQ-401-son qarori, O‘zbekistoon Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 7-may №07/13-06/741-son xatiga javoban Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti professor oʻqituvchilari ayni damda 29-30-iyun kunlari Bo'stonliq bag'rida joylashgan Ko'kTosh-Shifo sog'lomlashtirish maskanida unutilmas sayohat hamda madaniy hordiq chiqarmoqda deya xabar bermoqda. Zooinjeneriya fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, dekan maslahatchisi  Y.Y.Mirzayeva. ✍️ TDAU Xotin-qizlar maslahat Kengashi rasmiy sahifasi:@tdau_xotin_qizlar
إظهار الكل...
👍 3😍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 Yana bir Agrar universiteti talabasi “Innovatsion g’oyalar yetakchisi” ko’krak nishoni sohibi bo’ldi
✅28-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 20 nafardan ortiq yoshlar, jumladan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohiblari, talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan matematika olimpiadasi g‘oliblari hamda tizim tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalarida eng samarali faoliyat olib borgan Yoshlar akademiyasi liderlari orasida Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Yaxshibekova Gulhayo Ravshan qizi  “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangani quvonarli albatta.
Ma’lumot o’rnida, e’tirof etilgan yoshlarga vazirlikning maxsus sertifikati, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari taqdim etildi. 💾 “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohiblari ro‘yxati ✍️ Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati 🌐WEB-SITE | 🌐 TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM |🌐FACEBOOK | 🐦TWITTER📺YOUTUBE
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 Agrar universiteti talabasi “Innovatsion g’oyalar yetakchisi” ko’krak nishoni sohibi bo’ldi
28-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 20 nafardan ortiq yoshlar, jumladan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohiblari, talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan matematika olimpiadasi g‘oliblari hamda tizim tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalarida eng samarali faoliyat olib borgan Yoshlar akademiyasi liderlari orasida Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Aygul Minbayeva “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangani quvonarli albatta.
Ma’lumot o’rnida, e’tirof etilgan yoshlarga vazirlikning maxsus sertifikati, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari taqdim etildi. 💾 “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohiblari ro‘yxati ✍️ Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati 🌐WEB-SITE | 🌐 TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM |🌐FACEBOOK | 🐦TWITTER📺YOUTUBE
إظهار الكل...
👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.