cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

🕋JANNATDAGI⚡️TOJIM🕋

Kanalimiz faqat sizlar uchun barcha tòplagan ijod mahsullari bizda dòstlarni hamda yaqin insonlarizni taklif etishni unutmanglar eng ajoyib va betakror sher qushiq matnlari hamda ijrolari faqat bizda

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
110
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-1027 أيام
-41030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

01:08
Video unavailableShow in Telegram
1.99 MB
АЗИЗЛАР, АРАФА КУНИ МУБОРАК! Бошларда парвона, ушбу кун малак, Ихлос- ла ушалиб ҳар этган тилак, Гўзал дуо билан безанган фалак, Азизлар, арафа куни муборак! Бугун кўнгиллардан армонни отинг, Оллоҳ берган ризқни шукур деб тотинг, Муқаддас дуога бурка, дил, ёдинг! Азизлар, АРАФА куни муборак! Худо берсин Сизга ҳар тонг саодат, Иллоҳ кўрманг дейман, бу дунёда дард, Умрингиз ўтказинг, аҳил, тинч фақат, Азизлар, АРАФА куни муборак! Рўзимурод Маҳмуд.
إظهار الكل...
00:04
Video unavailableShow in Telegram
🕋Arafa kuningiz muborak boʻlsin🕋 🕋Yurtdoshim yuzingiz nurlarga toʻlsin 🕋Dur marjon koʻzingiz har doim kulsin 🕋Yaratgan qoʻllasin sizni har doim 🕋Arafa kuningiz muborak boʻlsin 🕋Ramazon roʻzasin tutdingiz bekam 🕋Oʻzi qabul etsin yaratgan egam 🕋Barcha musulmonlar bayrami boʻlgan 🕋Arafa kuningiz muborak boʻlsin 🕋Kuzatdik roʻzani koʻzimizda nam 🕋Yetkazsin keyingi arafaga ham 🕋Ezgu tilaklarim koʻrayin baham 🕋Arafa kuningiz muborak boʻlsin 🕋Solih amallarda boʻling iloyim 🕋Ajru savobingiz bersin xudoyim 🕋Allohim asrasin sizni har doim 🕋Arafa kuningiz muborak boʻlsin ✍️ Dilshod Samatov....Dil_Satri...09.04.2024
إظهار الكل...
7.94 KB
👍 1
"Qaro ko'zim" Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il, Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il. Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan, Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il. Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la, Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il. Firoq tog'ida topilsa tufrog'im, ey charx, Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il. Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni, Sochingni boshdin-ayog' chin ila shikan qilg'il. Xazon sipohiga, ey bog'bon, emas mone' Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il. Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il. Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang, Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il
إظهار الكل...
YAXSHILARNI IZLAB Nonga emas mehrga zorman, Ishonganim Hudoga yorman, Garchi hayot bogida borman, YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM... Kordim Majnun kezgan sahroni, Kordim ishqda kuygan insonni, Dunyo kezib kordim yomonni, YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM... Peshonmanga ajinlar chizib, Yillar o`tar yuragim ezib, Tovonimdan qora qon sizib, YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM... Nola qildim otam ruhiga, Faryod urdim onam ruhiga, Odam madad odam ruhiga, YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM...
إظهار الكل...
Qurbon o’lam Kelgin, ey mohiliqo, husningga qurbon o’lam, Xalqayi zulfi parishoningga qurbon o’lam. Chashmi masti labi xandoningga qurbon o’lam, Oftobi ruyi toboningga qurbon o’lam. Qadi navrastayi larzoningga qurbon o’lam, yor, Man sana qurbon o’lam. Ikki qoshing qalamu, ikki ko’zing chashamai nur, Barq urib oyinadek siynayi sofing ko’rinur. Bu sani dardu firoqing mani jonimga huzur, Yo’q nazokat ichinda sen kabi durdonayi dur. Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon o’lam, yor, Man sana qurbon o’lam. Ikki ko’zing ravshanu, shahdu shakar, sham’i jamol, Man dili xastaga rahm ayla bugun, ko’nglimni ol. Qilma ko’p jabru sitam, qolmadi hech tobi majol, Yo kelib, boshimni kes, qonimni to’k, jonimni ol. Man saning ul xanjari burroingga qurbon o’lam, Man sana qurbon o’lam. Tishlaring gavharu har bir suxaning obi hayot, G’unchadek ikki labingdin to’kilur qandu novot. Yozilur sahfayi devoningga yuz ming hasanot, Gul yuzingdin manga bir bo’sa berib ayla zakot. Man sani ro’yi gulistoningga qurbon o’lam, yor, Man sana qurbon o’lam. Qo’llaring panjayi xurshid, beling g’unchamiyon, Ko’ylak ichra badaning sof erur obiravon. Rahm qil, kel, mani og’ushima ey, ofatijon, Qaddi bastingga tasadduq bu Fuzuliy dema jon. Siyayu sogfi shofobaxshingga qurbon o’lam, Man sana qurbon o’lam. Man sanga banda bo’lib, hatto g’uloming bo’loyin, Barq urib qoshingda parvonasifat o’rgiloyin. Manga zulm aylama, o’shal yuzing ko’royin, Kulbayi hokingga siynamni qo’yib jon beroyin. Qaddi bastingga tasadduq bu Fuzuliy demakim, Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon o’lam, Man sana qurbon o’lam, Yor sana qurbon o’lam
إظهار الكل...
 Og'abek Sobirov - Xush soat edi “Хуш соат” Алишер Навоий ғазалига Муҳаммадниёз Нишотий мухаммаси Хуш соат эди, вах не замони зуман эрди, Бул маҳлиқоға караму лутфу фан эрди. Жон эрди анинг пайкари, жоним бадан эрди, Ўтгaн кeчa мeн эрдиму ул сиймтaн эрди, Гулшaн тўридa мaскaнимиз бир чaмaн эрди. Ёрим бу кеча ман сориға келгали мойил, Васл оятидин бўлди мани шаънима нозил, Булбул эди уйқуда, дағи гул эди ғофил, Гулбин aрo икки кишигa сиғқучa мaнзил, Булбул билa гулдeк икимизгa вaтaн эрди. Гулгун май ичиб, бизни қилиб сарви сарафроз, Пайдори пай сўнмоғидин айлабон эъзоз , Лаъли берибон, жон олибон чашми фусунсоз , Мaст aйлaди гaҳ нoзу гaҳe aрбaдa oғoз, Кўксум кeби чoк этгaн aнгa пирaҳaн эрди. Хуршидини еткарди бугун чархи забардаст, Жон бирла бадандан берибон ҳар ера пайвайст. Лаъли майидан ичгач бўлиб тупроқ уза паст, Мeн дoғи юзумни кaфи пoйиғa қўйуб мaст, Гулбaрг узa кирпикдин aгaрчи тикaн эрди. Зиндони фироқ ичра ебон заҳар, ютиб қон, Юз қатра ҳаёти дам бўлиб ранжу аро жон. Васл оқшомида сурди Нишотий каби даврон, Ҳaжр эмди Нaвoийни гaр ўлтурсa, нe aрмoн Мунчaки, мурoд aнгa бу вaжҳи ҳaсaн эрди.
إظهار الكل...
Bo’lmas Har nomardga aytma dardu-siringni, Hasrat o’ti jisming yoqqancha bo’lmas. G’ussa bilan dona-dona ko’zingdan Achchiq yoshlaringni to’kkancha bo’lmas. Qanoatda izzatda tut o’zingni, Ta’ma qilib sarg’aytirma yuzingni. Har nomardga ravo ko’rma so’zingni, So’zingni binosini yiqqancha bo’lmas. (x2) Mag’rur bo’lib kezma umring guliga, Duch bo’lursan bir kun xazon yeliga. Yuz yil yashab tushsang ajal qo’liga, Chapingdan o’ngingga boqqancha bo’lmas. (x2) Ko’ngli qaro bilan bo’lmanglar ulfat, Yuqar undan turli-tuman kasofat. Ko’mirga har necha aylasang izzat, Yuzingga qarosi yuqqancha bo’lmas. (x2) Mahtumquli hargiz topmadi omon, Yomon tilning zaxri tig’lardin yomon. Yomon til yonida zaxri ko’p ilon Chaqsada, bir chivin chaqqancha bo’lmas.(x2) Har nomardga aytma dardu-siringni, Hasrat o’ti jisming yoqqancha bo’lmas. Hasrat o’ti jisming yoqqancha bo’lmas.
إظهار الكل...
Borib ayting azizim ko‘zlarim g‘a to ‘tiyo kelsun Meni bed a stup o ri ko‘rgali ul podsho kelsun Solib b o ‘ynig‘a zulfi anbarin m ushki Xito kelsun Mening kulbam ni ravshan qilg‘ali ul purziyo2 kelsun Um idim borki ranjurini3 izlab har sabo4 kelsun Kam on abro‘lari5 har qaysisi bir sayfi6 jallodi Yurur b o ‘lsa cham anda qaddidur m onandi sham shodi Dubora7 kelm ag‘ay olam da m undoq sarvi ozodi Bilolm aym an nechun paydo qilibdur oni ustodi Dilim da yuz jaro h at bor bennakka davo kelsun Bahori fayzbaxsh keldi jahon rangin cham an b o ‘ldi Bu kun majlis tuzunglar navbati gulpirahan8 b o ‘ldi Ayog‘ bosgan yen sarsabz9 b o ‘ldi yosum an10 bo ‘ldi Mashom im 11 b o ‘yidin har soati m ushki X o‘tan b o ‘ldi Bu y o id a d o ‘stu dushm an ayb aylar goh-goh kelsun Borib ayting o ‘shal zebo sanaing‘a: «U1 yoring o lldi» deb «Seni hajringda kuygan osliiqi diydoring o ‘ldi» deb «Teshilgan tiyri g‘am din siynasi afgoring o ‘ldi» deb « Glaribu xastayu hajring firoqi zoring o ‘ldi» deb Agarchi vaqti ishrat kelm adi vaqti azo kelsun Chunon bexudlig‘im din subhim ul2shom im ni bilm aym an Ketubdur aql m endin puxtayu xom im ni bilm aym an Bilolm asm an nechuk o ‘tkardim ayyom im ni bilm aym an Bu yo‘lda misli M ajnundek saranjom im ni bilm aym an Charog‘i dilni ravshan qilg‘ali nuri safo kelsun «Vafodorim » dedim oxir dam ida bevafo b o id i Bilolmaym an ne ayb ko‘rdiki ul m endin ju d o b o 'ld i Ko‘zum ni kavlagan xalqlarga borib oshno boMdi Boshim g‘a xonavayronlig1 tushub qaddim d u to 1 b o ‘ldi Meni ro ‘zi siyohni2 ko‘rgali ul dilrabo kelsun Ko‘zum ning oqi yanglig1 m ehribonim din ayurdilar Meni jo n m ulkida orom i jonim din ayurdilar Boshim ustida turg‘on soyabonim din ayurdilar Teshib bag‘rim ni oxir ustixonim din ayurdilar Ko‘zum ni kosasiga to ‘ldi naqshi b o ‘ryo kelsun 0 ‘zini bilm aganlar aytadurlar: « 0 ‘zga yor axtar» «K o‘ngulni bevafog‘a berm agil bir g‘am gusor3 axtar» «Agarchi dilraboni topm asang digar4 diyor axtar»' «K o‘ngulning m uddaosin bilgudek bir dilfigor axtar» M en ayturm an: «K o‘zum ni o ‘ysa o ‘ysun oshno kelsun» 0‘shal vaqtiki anga ahd qildim asli ham dam dur Um endin ko‘ngul uzsa to tirikm an ko‘ngul uzmam dur Digar yor axtarib m en dashtu sahrolam i kezm am dur Qiyom at subhi otg‘uncha bu paym onim ni5 buzm am dur Boshim ni kessa-kessun aylanib nozuk ado kelsun Budur ahdim ki to qaddim d u to bo ‘lg‘uncha ayrilm am Lahad tufrog‘i to diydam g‘a jo b o ‘lg‘uncha ayrilm am Du ro ‘za eski olam din fano b o ‘lg‘uncha ayrilm am Boshim g‘a c h a rt toshi osiyo b o ‘lg‘uncha ayrilm am Ki bo ‘ldi n o ‘hs falak boshim g‘a misli osiyo kelsun Meni bedastu c ul yor ko‘yina etolm ayman Chu har nomahram eg'a rozi dilni ko‘rsatolm aym an Sari zulfig‘a qo ‘1 solsam qo ‘lum ni berkitolm aym an Ravishi rohi rasm in bemehrga o ‘rgatolm ayman Borib ayting m eni kulbamg‘a yori bevafo kelsun Nechuk bo ‘ldiki Iskandar edim iqbol past tushdi Ko'ngulni ganda aylab oshg‘a chun bir magas tushdi Nem ushkuldur birodar xonai nokasga kas tushdi Agarchi podshoh erdim chubo ‘ynum ga qafas tushdi Bu mushkullarni oson qilg‘ali mushkulkusho kelsun Karashm a bir taraf xulq bir taraf kuydurdi d o g id in Magar hure tushubdur kulbam a jannatning bog‘idin Qo'lini tutdim u qildim tavof o ‘pdim ayog‘idin Charog‘e anga paydo ayladim diydamning yog‘idin U m idim dur m eni tirguzgali Arshdin Iso kelsun Jahonning xo‘blarini bevafo qilmoqg‘adur qasdi Qilib bexonum on sohibazo qilmoqg‘adur qasdi H azoron dardu g‘amg‘a oshno qilm oqg‘adur qasdi Tagi devorlarg‘a mubtalo qilm oqg‘adur qasdi Olov yoqsun boshimg‘a to tirikm an muddao kelsun
إظهار الكل...
Ayo soqiy Ayo soqiy, sunib joming, qil ehson yashnasin dillar,  Ko‘rindi avval ishq oson-u, so‘ngra tushdi mushkillar.  Sabo yechmoqchi bo‘lgan sochining xush bo‘yiga ontkim,  Muanbar halqa-halqa sochidan qon bo‘ldi bu dillar.  Botir sajjodani mayga agar piri mug‘on aytsa,  Yo‘lovchiga erur ma’lum yo‘l ahvoli va manzillar.  Menga yor uyida ishrat qurish imkoni yo‘q har dam,  Qilurkan qo‘ng‘iroq faryodki, bog‘lang yukni g‘ofillar.  Qorong‘idir kecha, qo‘rqinchli mavj, dahshatlidir girdob,  Na bilgay holimizni chetda turgan yuki yengillar.  Yomon ot birla fosh o‘ldi ishim oxir o‘jarlikdan,  Nechuk yoshrin qolur sir so‘zlasa majlisda oqillar.  Agar vasl istasang, undan yiroqqa ketma, ey Hofiz,  Tilakni izla, qo‘y dunyoni, ber orzuga tabdillar.  Hofiz Sheroziy
إظهار الكل...