cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Hamro (Китобхон)

Мақсадимиз: Инсонларни китоб ўқишлари ортидан савобга эришиш, сабабчи бўлиш Ушбу каналда қуйидаги турдаги китоблар билан танишасиз: - электрон китоблар; - аудио китоблар; - янги китоблар - ибратли битиклар https://t.me/+vpRavgt1batlNmEy

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
5 766
المشتركون
-224 ساعات
-377 أيام
-21330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#сарказм Бой ва камбағал Бой гердайса — салобат. Камбағал тазим қилса — хушомад, Бой гапирса донолик, камбағал сукут қилса —нодонлик. Бой "мерсадес" олса — камтарлик, камбағал велосипед олса — манманлик. Бой жиноят қилса — шўхлик, камбағал шўхлик қилса — жиноят. Бой ўлса — мотам, камбағал ўлса — бандалик. ✍️ Ўткир Ҳошимов Нишонига тегадиган гаплар фақат бизда: @nishondagi_gaplar_tegadi
إظهار الكل...
👍 15 3
🌐Musulmonlikni davo qilgan kishi Payg‘ambarimizni o‘z Ota onasini tanigandek tanishi zarur!!! Payg‘ambarimiz Rasululloh sollollohu alayhi va sallam, 6-asrda melodiy 571-yilda, robiul-avval oyining 12-kuni, dushanba kuni Makka shahrida tug‘ilganlar, 40 yoshda nabiy bo‘lganlar va melodiy 634-yili, hijratning 10-yili, robiul avval oyining 12-kuni dushanba kuni madinada 63 yoshda vafot etganlar. 99 ta ismlari bor shundan 4 tasini albatta bilishimiz kerak. 1-Muhammad 2-Mustafo 3-Mahmud 4-Ahmad. Jami 11 ta ayollari va 2 ta cho‘rilari bo‘lgan. Rasululloh ayollarining ismlari: 1-Xadicha binti Huvaylit 2-Savdo binti Zama 3-Oisha binti Abu Bakr 4-Hafsa binti Umar 5-Zaynab binti Huzayma 6-Ummu Salama binti Abu Umayya 7-Zaynab binti Jaxsh 8-Juvayria binti Horis 9-Ummu Habiba binti Abu Sufyon 10-Safiya binti Huyay 11-Maymuna binti Horis 12-(cho‘ri)Moria Qibtiya 13-(cho‘ri)Rayhona Payg‘ambarimizning  otalarining ismi Aбдуллоҳ.  Onalarining ismi Омина.  Dodalarining ismi Abdulmuttalib (Shayba ) 9ta amakilari bo‘lgan, shundan 5 tasi Payg‘ambar bo‘lmaslaridan avval vafot etgan, 4 tasi Payg‘ambarlik vaqtlarida yashab o‘tgan, ismlari: 1-Abu tolib (mushrik bo‘lgan) 2-Hamza (mo‘min bo‘lgan) 3-Abbos (mo‘min bo‘lgan) 4-Abu Lahab (mushrik bo‘lgan). 6 ta ammalari bo‘lgan: 1- Sofiya 2- Ummu Hakim 3- Arvo 4- Barra 5- Otika 6- Umayma Payg‘ambarimizning 7 farzandlari bo‘lgan: 4 ta qiz 3 ta o‘g‘il. Qizlarining ismi: 1- Ummu kulsum 2- Ruqayya 3- Zaynab 4- Fotima O‘g‘illarining ismi: 1-Qosim 2-Abdulloh 3-Ibrohim faqat Ibrohim o‘g‘illarini Moriya cho‘rilaridan ko‘rganlar, qolgan farzandlarini Hadicha Onamizdan ko‘rganlar. Tahminan 33 ming saxobalari bo‘lgan, ulardan 10 tasi (asharai mubashshara) tiriklik vaqtida jannat bashoratini olgan sahobalar: 1-Abu Bakr Siddiq 2-Umar ibn Hattob 3-Usmon ibn Affon 4-Ali ibn abu Tolib 5-Abdurahmon ibn Avf 6-Zubayr ibn Avvom 7-Talhatul Ubaydulloh 8-Saad ibn abi Vaqqos 9-Abu ubayda ibn Jarroh 10-Said ibn Zayd.. Ko‘ngil yaqinlarga ham ulashing savobiga sherik bo‘lasiz!!! ✅Yaqinlarizga ham ulashing!!! @hamro_kitob
إظهار الكل...
👍 6 5
00:41
Video unavailableShow in Telegram
uvlatadı.mp45.88 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻqing, ammo yigʻlamang... Qon olinadigan boʻlsa, biroz miqdorda olinadi. Ammo shifoxonadagilar hokimning ayolini qutqaramiz degan maqsadda oʻgʻlimdan toʻxtovsiz qon olishibdi. Natijada uning yuzi sap-sariq boʻlib qolibdi, ammo shunday boʻlsa ham gʻing demabdi. Lablari ham sargʻaya boshlagach, “Boshim aylanyapti”, deya olgan, xolos. Qon olayotgan odam, “Qon olayotganda, albatta, bosh aylanadi”, deb uqtiribdi. Yuchin vujudining kuchi yetganidan ham koʻpini bergan, biroq qon olish xonasiga kirib kelgan shifokor haliyam qon yetmayotganini aytgan. Qon olayotgan tovuqmiya oʻgʻlimning tanasidagi deyarli bor qonni tortib olibdi. Yuchinning lablari koʻkarib ketibdi, ammo u odam toʻxtamasmish. Boshi shilq etib yoniga osilib qolganidan keyingina... "Yashamoq" romani
إظهار الكل...
😢 4😱 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ўғлимни тупроққа топширишим керак эди, бироқ ундан ажрала олмаётгандим. Ота-рнамнинг қабрлари пойига чўкдим ва Ючинни бағримга босдим-уни ерга қўёлмаётгандим. Аста елкамга суядим, юзлари ҳам қотиб қолганди, худди елкамда бир парча муз тургандек гўё... Кечки шамол баргларни тўзғитар, ўғлимнинг танаси қировдан нам бўлиб улгурган эди. бугун эрталаб мактабга кетаётганидаги ҳолати кўз олдимда шундоққина турибди: югургилаб борар экан, елкасидаги сумкаси бир юқорига, бир пастга сакрарди. Ючин энди бир оғиз ҳам сўз айта олмаслигини ёки мактабга ялангоёқ чопиб борлмаслигини ўйлаш юрагимга тиғдек ботарди. Йиғлайвериб кўзимнинг ёзи қуриб қолди... "Кўз ёшларга ғарқ қилган асар" Тавсия қиламиз "Яшамоқ"
إظهار الكل...
😭 5
Photo unavailableShow in Telegram
“Lolazor” M.Do’st. Taqriz. Kitobda do’stlik, oila, siyosat. Insoniy munosabatlardagi yaqinlik, uzoqlik va devorlar ikki inson orasidagi munosabatlarda ko’rsatib berilgandek. Asarda, Yaxshiboyev degan yozuvchi va uning katta amaldor do’sti Oshno laqabli do’stining yoshligigan to oltmish yoshlik davrigacha bo’lgan vaqtni qamrab olgan. Ikkala do’st o’qishga kirishi, muvaffaqiyatlari, birinchi asari. Birinchi lavozimi, oila qurishi, farzandlar taqdiri tasvirlanagan. Asosan Yaxshiboyev bosh qahramon va uning ko’zi bilan hamma voqealar o’lchanadi. @hamro_kitob
إظهار الكل...
#iqtibos Lev Nikolayevich oʻsha yerda, ish boshqaruvchining uyida tunab qoldi va uyqu oldidan oʻqishga nimadir bormi, deb soʻradi-da, soʻngra qoʻliga tushgan birinchi kitobni ochdi. Sheʼriy kitob. U mutolaa qilishni boshladi va bir oʻqishda oxirigacha tugatdi; keyin yana qayta oʻqidi va shunday qilib, tonggacha uxlamadi. Bu "Yevgeniy Onegin" sheʼriy romani edi. Tolstoy bu romanni qayta-qayta oʻqigan oʻsha tun adabiyotga oʻquvchi emas, balki yozuvchi sifatidagi qarashi uygʻongan yangi kecha boʻldi. © Shklovskiy "Lev Tolstoy"
إظهار الكل...
4 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qaysi asar yodingizga keldi. Izohlarda javobingizni qoldiring. @hamro_kitob
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📚Muslima ayollarga tavsiya qilinadigan 10 ta kitob: 1. "Qur'oni Karim" 2. "Tafsiri Hilol" (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) 3. "Hadis va hayot" 25- juz (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) 4. "Saodat asri" qissalari (Ahmad Lutfiy Qozonchi) 5. "Al-Askor" kitobi (İmom G'azzoliy) 6. "Payg'ambarlar tarixi" (Muhammad Sayyid Tantoviy) 7. "Qaynona" 8. "O'gay ona" (Ahmad Lutfiy Qozonchi) 9. "İmomning Maniken qizi" (Omina Shenliko'g'li) 10. "İbodati İslomiya" ( Ahmad Hodiy Maqsudiy) @hamro_kitob 🌱
إظهار الكل...
1
Photo unavailableShow in Telegram
«Qarasam, yetti yashar oʼgʼlim hovli oʼrtasida turibdi. Oyogʼi ostida yitilib, qamishlari qovurgʼadek turtib chiqqan varrak loyga qorishib yotibdi. Oʼzi koʼylakchan. Boshyalang. Yomgʼir ostida qiydirab turibdi. -Uyga kir, Farrux !- dedim baqirib. -Uyga kir shamollab qolasan! Quloq solsa, qani! Goh varragiga, Goh menga qaraydi. Kapalagim uchib ketdi! Tomda sirgʼalib- sirgʼalib, narvon tomonga yugurdim. Uch - toʼrt pillapoya tushib qarasam, onam hamon narvon oyogʼini changallab turibdi. Roʼmoli jiqqa hoʼl boʼlib, sochlariga yopishib qolgan... Bir qoʼli narvon oyogʼida. Bir qoʼlida toʼn..» Men kuyarman bolamga, bolam kuyar bolasiga deb bejiz aytishmaganda. Ota-onamizni holini oʼzimiz ota-ona boʼlganimizda tushunamiz Oʼtkir Xoshimov "Yarim asr daftari" @hamro_kitob
إظهار الكل...
👍 4
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.